“ART & MUSIC PLANET” ijodiy loyihasi
Open in Telegram
“ART & MUSIC PLANET” ijodiy loyihasi doirasida musiqa va san’at yo‘nalishlarida tanlovlar, festivallar, mahorat darslari, seminarlar, treninglar, badiiy plenerlar hamda turli ijodiy loyihalar amalga oshiriladi.
Show more2 215
Subscribers
-424 hours
-277 days
-9330 days
Posts Archive
✅TEZ KUNDA… YANGI LOYIHA!
🤩Iste'dodlar uchun yangi imkoniyatlar.
Kuzatib boring! 👀
#YangiLoyiha #TezKunda #Ijod #Sanat
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt |YouTube|Mediabank
Repost from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
🇺🇿 DO‘PPI ESKI EMAS. BIZNING TASAVVURIMIZ ESKIRGAN
O‘zbek qiyofasini eski do‘ppi, yirtiq chopon, sarg‘aygan libos bilan ko‘rsatayotgan kontent egalari haqida gapirmoqchiman.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek obrazini namoyish qilayotgan ayrim kontent mualliflari milliy libosni ataylab eski, yirtiq, sarg‘aygan, dazmollanmagan yoki hayotdan uzilgan ko‘rinishda tasvirlayotganini ko‘ryapmiz.
Go‘yoki o‘zbeklik — chang bosgan chopon, eski do‘ppi va qashshoq hovli fonidan iboratdek.
Yo‘q.
O‘zbekning kechagi qiyofasi boshqa edi.
Bugungi qiyofasi esa boshqa.
Bizning milliy kiyimimiz — muzey eksponati emas. U tirik madaniyat.
O‘zbek atlasini zamonaviy libosda ham ko‘rish mumkin.
Do‘ppini kostyum bilan ham kiyish mumkin.
Choponni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
Milliy naqshni zamonaviy moda tilida dunyoga ko‘rsatish mumkin.
Buning uchun milliyligimizdan uyalish ham, uni eskilik bilan tenglashtirish ham shart emas.
Aksincha, biz o‘zligimizni zamonaviylik bilan birga namoyish qila olishimiz kerak.
Chunki bugungi o‘zbek — faqat kechagi xotira emas.
Bugungi o‘zbek — universitetda o‘qiyapti.
Startap qilyapti.
Dunyoga chiqyapti.
Ilm bilan shug‘ullanyapti.
Yangi texnologiyalar yaratyapti.
Dizayn qilyapti.
San’at yaratyapti.
Dunyoning eng katta shaharlarida o‘z mamlakatining nomini olib yuribdi.
Nega uning milliy qiyofasi ham shunday zamonaviy bo‘lmasligi kerak?
Men milliy libosni yomon ko‘rsatgan odamni yomon demoqchi emasman.
Lekin bir savol bor:
Biz o‘zimizni dunyoga qanday ko‘rsatmoqdamiz?
Chunki chetdagi odam O‘zbekistonni ko‘pincha biz yaratgan tasvirlar orqali taniydi.
Agar biz har safar o‘zbek obrazini eskilik, qarovsizlik va qashshoqlik bilan ko‘rsatsak, ertaga boshqalar ham bizni shunday tasavvur qilishi mumkin.
Bu — shunchaki kiyim masalasi emas.
Bu — millatning o‘zini qanday ko‘rishi va boshqalarga qanday ko‘rsatishi masalasi.
Milliylik — eskilik emas.
Milliylik — o‘zligingni yo‘qotmasdan zamonaviy bo‘la olish.
Shuning uchun do‘ppini kiyganimizda faqat boshimizni emas, millat oldidagi mas’uliyatimizni ham to‘g‘rilab olaylik.
Do‘ppi qiyshayib qolsa, to‘g‘rilash oson.
Ammo millatning qiyofasi qiyshayib ketsa, uni to‘g‘irlash biroz mushkul bo‘ladi.
Bu jarayonlarda daxldor ekaningizni unutmang!
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari – vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt|YouTube|Mediabank
Repost from “ART & MUSIC PLANET” ijodiy loyihasi
#TAVSIYA
Xalqaro onlayn tanlovlarga ishtirok etish uchun quyidagi telegram kanalga o'tishingiz mumkin
👇👇👇
https://t.me/tanlov_onlayn
#TAVSIYA
Xalqaro onlayn tanlovlarga ishtirok etish uchun quyidagi telegram kanalga o'tishingiz mumkin
👇👇👇
https://t.me/tanlov_onlayn
#VIDEOLAVHA
🇰🇬 Qirgʻiziston Respublikasining Issiq-Kul viloyatida oʻtkazilgan "Jete-Okuzdo aymak ishkubozdoru-2026" xalqaro tanlov-festivaldan videolavha! 🎭🎶
Bu safar ham unutilmas taassurotlar, yorqin chiqishlar, yangi doʻstlar va qimmatli tajribalarga boy kunlarni boshdan kechirdik.
Sanʼat chegaralarni bilmaydi. U xalqlarni yaqinlashtiradi, doʻstlikni mustahkamlaydi va isteʼdodlarni birlashtiradi. Barcha ishtirokchilar, ustozlar va ota-onalarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
📹 Quyidagi videoda festivalning eng yorqin lahzalarini tomosha qilishingiz mumkin.
#Qirgiziston #XalqaroFestival #ArtAndMusicPlanet #Sanat #Iste'dod #Madaniyat #Doʻstlik
