TheUsmonova
Open in Telegram
Going to the international areana: 🇺🇿 🇦🇷 🇲🇨 🇵🇰 🇹🇷 🇦🇿 🇺🇸 🇮🇳 🇬🇧 🇹🇭 🇨🇦 🇰🇪 🇩🇪 🇦🇩 ... Student of SamDU 4/2
Show more251
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-2930 days
Posts Archive
251
SHARQLIK AYOL
Sal katta bo‘ldimu, dunyoga boqdim,
Ko‘nglimni qurshadi turfa xayollar.
Gʻarblik xonimlarning ko‘zidan o‘qdim:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Nazokat bobida buloqdek tiniq
Ovro‘po – hammadan farqlik ayollar.
Gʻarblik yigitning-da tasdig‘i aniq –
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Gollivud ko‘rsatar har bir yo‘lakda
Ming bir Romeolar bo‘lmish uvollar.
Julyetta topilmas boshqa o‘lkada,
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Sharqqa safar qilib ne muarrixlar
Mushtipar nigohdan so‘rmish savollar.
Javob yo‘q, bu holni ilojsiz sharhlar:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Huquqshunos xonim aylaydi taftish
Va o‘z xulosasin uyalmay yo‘llar:
“Nega xo‘rlanmasin, axir, oddiy ish –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Anjeli Joli ham topibdi bir gap,
O‘zi ko‘rsa hamki, turli visollar:
“Kundoshi bo‘lsa ham indamas, sabab –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Ne zotlar farangiy ishq otashida
Kuyib yonmishdirlar, ko‘pdir misollar:
Ne bois farangqiz Zidan qoshida?
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Ha, bundoq misollar ko‘pdir ehtimol,
Ehtimol go‘zaldir g‘arblik ayollar,
Shu sabab aytarsiz balki bemalol:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
To‘g‘ri, sharq ayoli aytmas sevgisin,
Bir umr sir tutar yostiqdoshidan,
Qattiq rashk qilganin bila olmaysiz,
Sezib qolmasangiz ko‘zda yoshidan.
O‘sha sharq ayoli qattiq suygandan
Muhabbat bog‘iga xayolan kirar,
Hayosi o‘ta zo‘r kuchli bo‘lgandan
Tushini ham zo‘rg‘a, uyalib ko‘rar.
Jimgina qimtinib, kulib odimlar,
Samo ham tinglayur buyuk xayol bu.
Qaniydi, bilishsa g‘arblik xonimlar -
Sevishda beqiyos sharqlik ayol bu!
Birovga sochmayin ko‘ngil sirini
Qo‘lini jimgina tutgan ham udir,
Jangda o‘lib ketgan sodiq erini
O‘lguncha indamay kutgan ham udir.
Sadoqat bobida cheksizdir didi,
Tunlari yostiqqa to‘kar ko‘z yoshin,
Musibat chog‘ida ko‘rsangiz edi
Sharqlik ayollarning temir bardoshin:
... Momom bor edi, qirq uchinchi yili
Qoraxat olganu, kuchaygan dardi.
Sovchilar uch yilcha qo‘yishmagan tinch,
Farzandi yo‘q edi... Tegsa bo‘lardi.
Erga tegsa, birov koyimas sira,
Lokin momom mani sharqlik edi-da -
Birovning qo‘yniga kirishdan ko‘ra
Yoqardi yonishlik xijron dardida.
Kutdi, kutaverdi xayol to‘rida,
Shod bo‘lib yashardi ishq taskinidan.
Birdan... qirq oltinchi yil oxirida
Bobom qaytib keldi finn zaminidan.
Qoraxat ne bo‘ldi, dersiz, aslida
Bunga sabab – jangda ko‘p ofat edi.
Bobomning qaytishi sirsiz – aslida
Momomning sabriga mukofot edi.
Urushgacha o‘n yil yashab befarzand,
Ularning qalbiga sanchilardi o‘q.
Taqdirni qarangki, ajib, shul kundan
Farzandlar tug‘ildi birin-ketin sho‘x.
Mana sizga sevgi, mana sizga g‘am!
Ko‘ring dunyodagi eng yuksak farqni -
Insofdan bo‘lurmu shundan keyin ham
Sevishdan bexabar deyishlik sharqni?!
Men g‘arblik ayolning sha’niga zinhor
Yomon sifatlarni tirkalamasman,
Ammo o‘z momomning sha’nin beg‘ubor
Himoya qilmasam, farzand emasman.
Ey g‘arblik do‘stlarim, bilmasangiz gar
Haqiqiy sevgini, buyuk xayolni,
Tilingizni tiying qiyomat qadar
Tinch qo‘ying, tinch qo‘ying SHARQLIK AYOLNI!
© Xayrulla Hamidov
251
Repost from G‘allaorolda...
+8
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Beknazar Qorajonov va "Qaqnus" ijodkorlar toʻgaragi aʼzolari "Mushtum" jurnali muxbiri Muqaddas Saddinova, yosh ijodkorlar Nilufar Shakarova hamda Mashhura Usmonovalar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda ijodkorlar oʻzlarining ijodiy faoliyati haqida soʻzlab, sheʼrlaridan oʻqib berishdi.https://t.me/Gallaorollik_yoshlar
251
Tarbiyaning zamoni
Emdi ochiq maʼlum boʻldiki, tarbiyani tugʻilgan kundan boshlamak, vujudimizi quvvatlandurmak, fikrimizi nurlandurmak, axloqimizi goʻzallandurmak, zehnimizi ravshanlandurmak lozim ekan.
“Tarbiyani kimlar qilur, qayda qilinur?” – degan savol keladur. Bu savolga, “Birinchi – uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi – maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur”, – deb javob bersak, bir kishi deyurki, “Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paqmoq, qoʻli toʻqmoq onalarmi? Oʻzlarida yoʻq tarbiyani qaydan olib berurlar”, – der. Mana, bu soʻz kishining yuragini ezar, bagʻrini yondurar. Otasiga nima dersiz, desak, “Qaysi ota? Toʻychi, uloqchi, bazmchi, doʻmbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni koʻzlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval oʻzlarini oʻqitmak, tarbiya qilmak lozimdur”, – der.
Mana bu soʻzni eshitgach, umid qoʻllari qoʻltuqgʻa urilur.
Xayr, boʻlmasa muallimchi desak, “Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda oʻqumagan, “usuli taʼlim” koʻrmagan muallimlarni aytursizmi? Avval oʻzlari “dorilmuallimin”larda oʻqimaklari, soʻngra dars bermaklari lozimdur”, – der. Mana bu soʻz insonni hayrat daryosiga gʻarq qilur.
Mudarrislarga na dersiz desak, “Qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular oʻz vazifalarini bilub, nafslaridan kechub, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilub, imtihon birla oʻqutmaklari lozimdur”, – der. Mana bu soʻz har kimni “Al-isloh” demakga majbur qilur. Boʻlmasa, hukumat-chi, desak, “Xayr, hukumat hammaning otasidur. Oʻz fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim. Lekin oʻzimiz ish bilmagan, yalqov, uyda onamiz tarbiyasi, otadan pul tarbiyasi, muallimdan axloq tarbiyasi, mudarrisdan funun tarbiyasi koʻrmaganimizdan, hukumat maktablaridan ham oʻz hissalarimizni ololmaymiz»” – der. Mana bu soʻz bizlarni tarbiyadan mahrum, huquqning na ekanin bilmaganligʻimizni bildirur.
Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot , yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: “Insonlarning karami dinidadur, muruvvati aqlindadur, hasabi axloqindadur”, – demishlar.
Agar bir qushning yosh bolasin olib,
Boʻlur tarbiyat birla yoʻlga solib.
Onasin olib asragʻon birla rom,
Qilmas kishi saʼy qilsa mudom.
Kerak tarbiyat yoshlikdan demak,
Ulugʻ boʻlsa lozim kelur gʻam yemak.
Egur bemashaqqat kishi navdani,
Toʻgʻunchi egur kuydirib kavdani.
👉 https://mutolaa.com/book/turkiy-guliston-yoxud-axloq
251
#Mutolaa
Muslihiddin Sa’diyning “Guliston” asaridan ilhomlanib bitilgan ushbu asar, chin ma’nodagi o’zbek tilida yozilgan ilk “Odobnoma” darsligidir. Har bir inson bilgan va bilmagan o’zining “menidagi” illat-u qusurlarini anglashi qadar qayta va qayta mutolaa etishi joiz. Ba’zi satrlar diqqatimni tortgan ekan:
✅ Aflotun hakim: “Dildagi adovat temirdagi zanggʻa oʻxshar. Zang temirni yegani kabi adovat qalbni azobga soladur”, – demish.
✅ Hukamolardan biri: “Mol va ashyo oʻgʻrilaridan koʻproq odamlar orasidan doʻstlik, ulfat, muhabbatni oʻgʻirlaydurgan odamlardan saqlanmak lozimdur”, – demish.
✅ Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosdan boʻlur oʻtkur.
Fikrning oyinasi olursa zang,
Ruhi ravshan zamir oʻlur benur.
Albatta o’qib ko’ring 👉 https://mutolaa.com/book/turkiy-guliston-yoxud-axloq
📊Shaxsiy reyting 10/10
251
🎓 STANFORD BEPUL ONLAYN KURSLARI 2025
🇺🇸 AQSHning TOP-1 universitetidan sertifikatli bilim oling!
🌐 Davlat: AQSH
💸 Kurs narxi: To‘liq BEPUL
👥 Kimlar uchun: Talabalar, yosh olimlar, IT, biznes, tibbiyot, marketing va boshqa yo‘nalishlarga qiziqqan barcha uchun
🔍 Nimalar kutmoqda?
✨ Dunyodagi eng nufuzli universitet — STANFORD tomonidan tayyorlangan kurslar
✨ Hech qanday ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi yo‘q
✨ Xalqaro darajadagi sertifikat olish imkoniyati
✨ Har kim o‘ziga qulay vaqtda o‘rganishi mumkin
📚 Yo‘nalishlar:
✔️ Sun’iy intellekt (AI)
✔️ Psixologiya
✔️ Ma’lumotlar tahlili (Data Science)
✔️ Biznes va liderlik
✔️ Tibbiyot asoslari
✔️ Kompyuter fanlari va dasturlash
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati:
⏳ Cheklanmagan — doimo ochiq!
🔗 Boshlash uchun havola:
👉 online.stanford.edu/free-courses
🚀 Karyerangni endi boshlayotgan bo‘lsang ham, tajribang bo‘lsa ham — STANFORD bilan yanada kuchli bo‘l!
251
Repost from Dostoyevskiydan qaydlar
Menga tinchlik kerak. Meni bezovta qilmasliklari uchun butun dunyoni bir tiyinga sotib yuboraman.
@dostoyevskiydan_qaydlar
251
#Mutolaa
“Insonlar ikki yuzli emaslar, hozir ularda 5-6 ta yuzlar mavjud”
👉 https://mutolaa.com/book/xameleon
