cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ilyosbek M.|| Blog ✍

Eng katta boylik — bu bilim.  Eng dahshatli qashshoqlik — bu nodonlikdir. Ilyosbek Musurmonovning shaxsiy blogi.

Show more
Advertising posts
198
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Boshqa OTMlarni yomonlab, oʻzini muassasasini reklama qilish qanchalar toʻgʻri, Oliy taʼlimda muammolarimiz bor, lekin, men inson effektiga katta baho beraman. Oʻqituvchi sizni bilimli qilib qoʻymaydi, kitob oʻqimasdan turib rivojlangan kadr boʻla olmaysiz, lekin oʻqimay turib bizni OTM yaxshi emas deydiganlar aslida oʻzi yaxshi oʻqimayotkan boʻladi. Sifatli taʼlimga qoʻshilaman, lekin u sifatli oʻquvchi va oʻqtuvchi bilangina boʻladi. Oʻquvchi bor aybni oʻqtuvchiga toʻnkab qoʻyadi va muammo hal, sizning bilmsizligingizga oʻqtuvchi aybdor boʻladi. Reklamaga kelsak, huddi bozorda bu yaxshi mol sotmaydi kel mendan ol deb sherigini yomonlashdan gap. Faqatgina sotuvni bilmaydigan savdogargina boshqalarni yomonlab oʻzi foyda topishga harakat qiladi. Bu baʼzi "aqlli" bloggerlarga ham tegishli gap, davlatni yoki raqobatchisini yomonlab oʻzi huddiki kuchli siyosatchiday tutadi. Masalan Nozim safar kabi. @Kanspektor
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“WikiStipendiya II”da Voha oyligi: mukofot jamg'armasi 18 million so'm WikiStipendiya 2-mavsumi davomida hududiy oyliklar loyihasi tashkil etilmoqda. Bunda 2023-yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar Oʻzbekiston viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni tahrirlash maqsad qilingan. Mukofot jamgʻarmasi: Voha oyligi marafoni davrida yuqori oʻrinlarni egallagan foydalanuvchilar quyidagi tartibda mukofotlanadi: — 1-oʻrin uchun — 10 million soʻm. — 2-oʻrin uchun — 5 million soʻm. — 3-oʻrin uchun — 3 million soʻm. Ishtirokchilar 2023-yil 1-avgustdan 31-avgustga qadar Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatiga oid maqolalarni yozish va boyitishlari lozim. Bunda yangi yaratilgan yoki tahrirlangan maqolalar kamida 200 soʻzdan iborat boʻlishi, bilgiqutiga ega boʻlishi, turkumlashtirilgan hamda kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi lozim. 👉 Dastur shartlari bilan batafsil BU YERDA tanishing. 𝙏𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 𝙧𝙖𝙨𝙢𝙞𝙮 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞
Show all...
Kanalda Rus, ingliz, turk, arab tillarini biladiganlar, yoki tanishlaringiz bormi? @ilyosbekM ga yozinglar.
Show all...
Hissiyot Mega jamiyatimizdagi odamlar borgan sari yuzsizlaahib ketmoqda deb oʻyladingizmi? Biror xato qilsa, aybini tushuntirsangiz ham hech qanday uyalish hissi sezmaydi. Ota, ona oʻz bolalarini kaltaklab, birini ipga bogʻlab boʻgʻsa, yosh bolaga ozor bergan odamda nega shafqat hissi yoʻq? Biz 30 daqiqada rels video tomosha qilsak, 15 sekundan jami 120 ta video koʻramiz. Unda har bir video odamga har xil emotsiya, hissiyot beradi. Masalan bir vayn koʻrsa kulib hursand boʻladi, izidan qaygʻuli video koʻrib gʻamga botadi, yana birida insonni oʻylashga majbur qiladi. Bu 30 daqiqa ichida 120 ta hissiyotni boshidan kechirdi degani. Bu jarayon bizning hissiyotimizga taʼsir qiladi va har qanday holatda bizni hissiyotmizni oʻldirib boradi. Shuning uchun ham, odamlarimiz bir biriga shafqatsiz boʻlib bormoqda, oʻz bolasini boʻgʻib, bola otasini pichoqlaydigan holatlar kundan kunga koʻpaymoqda. Ularda hissiyot oʻlib bolgani uchun ular oldingizda siz aytayotgan dakkingizga eʼtibor ham bermaydi, uyalmaydi, yuzsizlarcha turaveradi. Bir xatoni qayta qilaveradi, tez jahli chiqadi, mehr, shafqat, hurmat, eʼtibor, maʼsuliyat va shu kabi hislatlar ularda yoʻq boʻlib ketadi. P.s: "Shuning uchun rels videolarni iloji boricha kamroq koʻrishni tavsiya qilaman" - agar, bu gapim sizga taʼsir ham, oʻylanishga majbur ham qilmagan boʻlsa demak yuqoridagi alomatlar sezilishni boshlagan. @Kanspektor
Show all...
Davlatning rivojlanishi yoki rovjlanmasligiga uning tanlagan yoʻli emas, balki, shu davlatda yashovchi jamiyatning saviyasida, nima bilan band ekanligida, va shu davlat uchun nima qila olishligini bilganida. @Kanspektor
Show all...
01:11
Video unavailableShow in Telegram
❗️Afg‘oniston hukumati neft sifati pastligi sababli 67 ta neft sisternasini O‘zbekistonga qaytarib yubordi – OAV Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
Show all...
IMG_4486.MP43.34 MB
  "Molxona" haqida Haqiqiy ismi Erik Artur Bler bo‘lgan angliyalik mashhur va mahoratli yozuvchi Jorj Oruell o‘zbek kitobxonlariga “Molxo­na” va “1984” asari bilan yax­shi tanish. Bugun loyihamiz doirasida eʼtiboringizga “Molxona” asarini havola qilamiz. Asarda siyosiy arboblar Le­nin va Stalin tomonidan davr­lashtirilgan SSSR Totalitar kom­munistik-sotsial tuzumi qattiq tanqid ostiga olinib, hayvonlar misolida gavdalantiriladi. Asar haqida turli ilmiy farazlarga duch ke­lish mumkin. Ayrimlar buni Rossiyadagi 1917-yil qo‘zg‘olonining yilnomasidir desa, kimdir ayrim davlatlarning kelajakda qu­rilishi mumkin bo‘lgan tuzumlari haqidagi bashorat deb hisoblaydi. Ammo kitobni o‘qigan har qanday insonda baʼzi davlatlarning siyosiy tuzilishi haqida yaxlit tasavvur hosil bo‘lishi aniq. Asardagi voqealar har qancha qiziq va kulgilidek ko‘rinmasin, tag zamirida o‘ziga xos va bugun uchun ham taalluqli haqiqatlar ko‘p. Bir so‘z bilan “Molxona”ga utopik, siyosiy-majoziy asar deb taʼrif berish mumkin! 1943-yil noyabr, 1944-yil fevral va 1945-yil avgust – bu uch sana asarning yozila boshlangan, tugallangan va dunyo yuzini ko‘rgan davr­laridir. Hajman kichik bu ki­tobning bosh g‘oyasi, aso­siy maʼnosini sezgan kitobxon qayta-qayta o‘qishga ishtiyoq sezadi. Voqealari mustaqil hayvonlar jamiya­ti qurilishidan boshlanib, to qulashigacha bo‘lgan davr­ni qamrab olgan asarni mutolaa qilgan ko‘pchilik yosh­larda tanqidiy kayfiyat paydo bo‘ladi. Shu o‘rinda ko‘pchilik­ka sevimli bo‘lib ulgurgan obrazlar haqida ham qisqa­cha to‘xtalib o‘tsak. Shunday qahramonlar­dan biri – Boksyor. Yozuvchi u orqali sadoqat, mehnatkash­lik, umid va ishonchning tafak­kurimizdagi dogmatik qoliplari, pirovard natijada halokatga olib kelishi mumkinligini mu­kammal yoritadi. Demokratik hayotni o‘zi bilan olib ketgan Snouboll ham kitobxonda bir vaqtning o‘zida ham achinish, ham havas hissini uyg‘ota­di. Napoleon va Qichqiroq obrazi esa ko‘pchilikka ayrim amaldor va chinqiroq siyo­satchilarni eslatib yuboradi. Asarni o‘qimagan, ammo o‘qib chiqish niyatidagi yoshlar uchun esa, kitobda uchratishingiz mumkin bo‘lgan eng “qaymoq” iqtiboslardan keltirib o‘tamiz: O‘rtoq Napoleon tufayli osmonimiz tinch. Qichqiroq raqamlar bilan qurollangan hol­da ularga ishlar kundan kunga yaxshilanayot­ganiga ishonchli tushuntirardi. Quyidagilar ishlagan, yuqoridagilar yeb ichgan, hayvonlar uchun hamisha ochlik, qashshoqlik va hayronalik hasrati. Bu foniy dunyoning rad qilib bo‘lmas tartiboti shundoqdir. Bir paytning o‘zida o‘n ikki ovoz qichqirar, ammo ularning hammasi bir xil edi. Cho‘chqa­larga nima bo‘lgani endi ayon edi. Tashqarida qolganlarning nazari cho‘chqalardan odam­larga, odamlardan cho‘chqalarga ko‘char, ular yana va yana goh odamlarning basharalari­ga, goh cho‘chqalarning basharalariga boqar, ammo ularning qay biri cho‘chqa-yu, qay biri odam ekanligini ajrata olmasdilar. Snouboll davrida hayvonlar uchun 7 ta ar­kon tuzilgandi... 1. Ikki oyoqda yuradigan har kim – dushman. 2. To‘rt oyoqda yuradigan yoki qanoti bor har kim – birodar. 3. Hayvonlar kiyim kiymaydilar. 4. Hayvonlar to‘shakda yotmaydilar. 5. Hayvonlar sharob ichmaydilar. 6. Hech bir hayvon boshqa hayvonni o‘ldirishi mumkin emas. 7. Barcha hayvonlar teng huquqlidir.   @Kanspektor
Show all...
Oʻzbekiston terma jamoasi JCHga chiqishi mumkin. Baʼzi manbalarga koʻra 2034 yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatini Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlikda qabul qilish boʻyicha ariza topshirgan. Federatsiya hali rasmiy maʼlumot bermadi. @Kanspektor
Show all...
Bugungi muqaddas Juma bilan barchani tabriklayman. @Kanspektor.
Show all...
#Kayfiyat – Shayx hazratlari, hozirda bosh urushtirib koʻrishish urfga kirdi, bu mumkinmi? – Ha, yorilmasa boʻldi! @Kanspektor
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.