en
Feedback
Talaba24

Talaba24

Open in Telegram

👨‍🎓TALABA 24 | Talabalar tanlovi 📢Project: Mehrimiz siz uchun 📞Call: +998905451817 👨🏻‍💻Director: @Ilyosbek_Qodirov 💬Fikr va taklif uchun: @ADU_talaba24_bot

Show more
483
Subscribers
-124 hours
-37 days
-1430 days
Posts Archive
Talaba qizlarga ijara xonadon Ijara shartnoma mavjuda aduga yaqin joydaaa Ayolar uchun tel +99891 495 73 27 Erkaklar uchun te
+6
Talaba qizlarga ijara xonadon Ijara shartnoma mavjuda aduga yaqin joydaaa Ayolar uchun tel +99891 495 73 27 Erkaklar uchun tel +99890 200 55 11

#Qabul2026 #Vakant_joy #Tanlov Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Oliy ta’lim muassasalari, ta'lim yo‘nalishlari, ta'lim shakllari va ta'lim tillari kesimidagi vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo'llanma tayyorlandi. 📹 Ushbu bosqich tanlovda ishtirok etuvchilarni mazkur videoqo‘llanma bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Videoqo'llanmani Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢 DIQQAT, TALABALAR! 🏛 Davlat texnikumiga o'qituvchilar ishga qabul qilinmoqda! Quyidagi fanlar bo'yicha bo'sh ish o'rinlari mavjud: ✅ Ingliz tili – 4 ta vakant o'rin ✅ Informatika – 4 ta vakant o'rin ✅ Rus tili – 2 ta vakant o'rin ✅ Ona tili – 1 ta vakant o'rin ✅ Nemis tili – 1 ta vakant o'rin ✅Shuningdek 10 dan ortiq masterlikga bo'sh ish o'rinlari mavjud. 📌 Talab: Kamida 3-kurs talabasi yoki magistratura talabasi (yoki bitiruvchisi) bo'lishi kerak. 📞 Batafsil ma'lumot uchun: +998 99 600 03 47 📲 Telegram: @edu_invest_lc Imkoniyatni qo'ldan boy bermang! O'zingizga mos bo'lsa yoki tanishlaringizga ham ulashing.

Talabalar turar joyiga ariza topshirish bo’yicha video qo’llanma ! Ushbu videoda sim karta nomingizga olinmagan bo’lsaham oson usulda ariza topshirishni o’rganasiz

Repost from Edu.uz
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyu
Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
🗓 Hujjatlar qabuli 2026-yil 31-iyul 23:59 ga qadar belgilandi.
🚀 Tanlovda ishtirok eting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; 🛒O‘qish davri uchun: 🍛issiq ovqat; 🤑rag‘bat puli (oyiga – 1 320 000 so‘m) beriladi. 🧑‍💻Moddiy-texnik ta’minot: ⌨️noutbuk; 🌐internet ; 📖darsliklar; ⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: 🗄 “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. 🗺Hujjat topshirish: faqat onlayn! 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring 💼 Hujjatlar (barcha hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilib yuklanishi kerak): ⏺ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; ⏺ Transkript (GPA); ⏺ Akademik qarzdorlik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma (Hemis); ⏺ Motivatsion xat (2 betdan kam bo‘lmasin): ⏺ Sertifikatlar va tavsiyanomalar (mavjud bo‘lsa); ⏺ Portfolio (OTM da tahsil olish davrida erishilgan yutuqlarni isbotlovchi hujjatlar nusxalari, patent, sertifikat va shu kabi hujjatlar nusxalari).
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢 DIQQAT, TALABALAR! 🏕️ “SHIFOKOR” OROMGOHI jamoasiga 2 nafar Qiz bola tarbiyachi ishga taklif etadi! 👩‍🏫 Agar siz talaba
📢 DIQQAT, TALABALAR! 🏕️ “SHIFOKOR” OROMGOHI jamoasiga 2 nafar Qiz bola tarbiyachi ishga taklif etadi! 👩‍🏫 Agar siz talaba bo’lsangiz va yozgi ta’tilda foydali tajriba orttirib, daromad topishni istasangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz. Talablar: ✅ Talaba bo’lishi; ✅ Bolalar bilan ishlashga qiziqishi; ✅ Mas’uliyatli, xushmuomala va faol bo’lishi; ✅ Jamoada ishlay olishi. Biz taklif qilamiz: ✔️ Qulay ish muhiti; ✔️ Ahil va do’stona jamoa; ✔️ Qimmatli ish tajribasi; ✔️ Kelishilgan miqdorda ish haqi. 📍 Ish joyi: “Shifokor” oromgohi 📞 Murojaat uchun: +998979910305 Bo’sh ish o’rinlari soni: 2 ta. Shoshiling! “Shifokor” oromgohi bilan birga bolalarga unutilmas yozgi taassurotlar ulashing! 🌿🏕️

❤️PREMIUM XIZMATI ❤️ ❤️1⃣Oylik ⏩ 45.000 ❤️1⃣ Yillik ⏩300.000 🔴 AKKGA KIRIB OLINADI –––––––––––––––––––– ❤️3⃣ Oylik ➡️ 180.000☑️ ❤️6⃣Oylik ➡️ 260.000 ☑️ ❤️1⃣2⃣Oylik➡️450.000☑️ 💎AKKGA KIRMASDAN OLINADI ✅ –––––––––––––––––––– Instagram uchun galichka hizmati ❤️ 📌@Shavkatbekoff

“SHIFOKOR” oromgohiga volontyor yoshlarni taklif qilamiz! Bogʻlanish uchun: +998979910305
“SHIFOKOR” oromgohiga volontyor yoshlarni taklif qilamiz! Bogʻlanish uchun: +998979910305

photo content

photo content

Layk bosishda padeshka qlb yuboringlar

8-чи ИШТИРОКЧИ МУРОДИЛЖОНОВА НАСИБАОЙ

2026-yil 7-aprel kuni Andijon davlat universitetida talabalar bilan muhim ma’rifiy va profilaktik tadbir tashkil etildi. Univ
+5
2026-yil 7-aprel kuni Andijon davlat universitetida talabalar bilan muhim ma’rifiy va profilaktik tadbir tashkil etildi. Universitet psixologi Otabek Muxtarov hamda Sport va madaniyat fakulteti tyutorlari Toʼhtaboev Jasurbek, Dadaxanov Neʼmatillo, Ismoilov Alisher, Toshtemirova Gulsoraxon va Obidiva Gulnozaxonlar hamkorligida talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talaba - yoshlar bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat davomida quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi: - talaba shaxsining aurasi va psixologik barqarorligi; - sog‘lom turmush tarziga rioya qilish - to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu rejimi, jismoniy faollik va ruhiy salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik; - giyohvandlikning salbiy oqibatlari - huquqbuzarliklarning oldini olish; - qonunga hurmat, shaxsiy mas’uliyat va ongli qaror qabul qilishning ahamiyati ta’kidlandi. Psixoprofilaktik suhbatlar  talaba-yoshlarning nafaqat bilimi, balki hayotiy ko‘nikmalarini ham mustahkamlashga xizmat qildi.

“ZAKOVAT PARTY” INTELLEKTUAL O‘YINI Talabalar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida qiziqarli va bilimga boy “Zakov
“ZAKOVAT PARTY” INTELLEKTUAL O‘YINI Talabalar uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish maqsadida qiziqarli va bilimga boy “Zakovat Party” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tadi. 🧠 Mantiq, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlashni sinovdan o‘tkazadigan qiziqarli bellashuv sizni kutmoqda! 📝 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi: 👥 Har bir jamoa 6–8 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi kerak. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram orqali 👉 @Zakovatuchun_bot manziliga quyidagilarni yuboring: ➖ #ZAKOVAT_PARTY heshtegi ➖ Jamoa nomi ➖ Jamoa sardori ismi-familiyasi ➖ Aloqa uchun telefon raqami 📅 Sana: 05.05.2026 ⏰ Boshlanish vaqti: 17:00 📍 Manzil: Andijon davlat universiteti, DXSH binosi 🏆 Eng kuchli jamoalar sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadi! 💡 Do‘stlaringiz bilan kelib, bilim va zakovat muhitida o‘zingizni sinab ko‘ring!

▪️▪️▪️▪️ Kuni kecha Andijon davlat universitetida “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan mazmunli va ruhlantiruvchi psixolog
+4
▪️▪️▪️▪️ Kuni kecha Andijon davlat universitetida “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan mazmunli va ruhlantiruvchi psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir universitet psixologi Otabek Muxtarov hamda tajribali tyutor Saida Xalilova hamkorligida buxgalteriya va geografiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur trening milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, o‘zlikni anglash va yoshlar qalbida milliy iftihor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi. Talabalar milliy liboslarda faol ishtirok etib, tadbirga o‘ziga xos fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. Interaktiv tarzda tashkil etilgan mashg‘ulot davomida talabalar psixologik mashqlar, guruhiy muhokamalar hamda turli zamonaviy usullar orqali faol qatnashdilar. Ushbu trening yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki ularning ruhiy barqarorligi, irodaviy sifatlari hamda hayotga ijobiy qarashlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Andijon davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining rasmiy sahifalari 🕊Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📺Youtube

▪️▪️▪️▪️ Kuni kecha Andijon davlat universitetida “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan mazmunli va ruhlantiruvchi psixolog
+4
▪️▪️▪️▪️ Kuni kecha Andijon davlat universitetida “Milliy liboslar kuni” munosabati bilan mazmunli va ruhlantiruvchi psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir universitet psixologi Otabek Muxtarov hamda tajribali tyutor Saida Xalilova hamkorligida buxgalteriya va geografiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur trening milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, o‘zlikni anglash va yoshlar qalbida milliy iftihor tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratildi. Talabalar milliy liboslarda faol ishtirok etib, tadbirga o‘ziga xos fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar. Interaktiv tarzda tashkil etilgan mashg‘ulot davomida talabalar psixologik mashqlar, guruhiy muhokamalar hamda turli zamonaviy usullar orqali faol qatnashdilar. Ushbu trening yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki ularning ruhiy barqarorligi, irodaviy sifatlari hamda hayotga ijobiy qarashlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Madumarov Talantbek Tolibjonovichning rasmiy sahifalari 🌐Telegram |🌐Instagram

🌿 “Mohir qo‘llar” to‘garagida ijod va milliylik uyg‘unligi 🌿 Andijon davlat universiteti talabalar turar joyida Filologiya
+4
🌿 “Mohir qo‘llar” to‘garagida ijod va milliylik uyg‘unligi 🌿 Andijon davlat universiteti talabalar turar joyida Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dilfuza Xodjayeva rahbarligida faoliyat yuritayotgan “Mohir qo‘llar” to‘garagida "Payshanba - Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi ijodiy mashg‘ulot yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talaba-qizlar tabiiy materiallar hamda milliy naqshlarga boy matolarni mohirona uyg‘unlashtirib, betakror qo‘l mehnati namunalarini yaratdilar. Tabiatning sodda ne’matlari va milliy an’analarning badiiy uyg‘unligi har bir ishda o‘z aksini topdi. Yaratilgan kompozitsiyalar nafaqat go‘zallik, balki milliy qadriyatlar va ijodiy tafakkurning yorqin ifodasi bo‘ldi.

2026-yil 30-aprel kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet psixologi Otabek Muxtarov hamda tajribali tarbiyachi-pedag
+9
2026-yil 30-aprel kuni “Yoshlar kuni” munosabati bilan universitet psixologi Otabek Muxtarov hamda tajribali tarbiyachi-pedagog Mashxuraxon Xolmatova tashabbusi bilan 3-son talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Farovon diyorning baxtiyor yoshlari” shiori ostida psixologik va rivojlantiruvchi trening-mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar bilan baxtni his etish, hayotdan zavq olish, ijobiy fikrlashni shakllantirish, stressni yengish hamda o‘z imkoniyatlarini to‘liq anglashga qaratilgan qiziqarli interaktiv mashqlar tashkil qilindi. Har bir ishtirokchi o‘z fikrlarini erkin ifoda etish, jamoa bilan ishlash va o‘z ustida ishlash bo‘yicha muhim tajriba orttirdi. Tadbir yakunida tashkil etilgan muzqaymoq “party” esa barchaga alohida quvonch bag‘ishlab, uchrashuvni yanada esda qolarli qildi. Mazkur tadbir yoshlar qalbida baxt, minnatdorlik va kelajakka bo‘lgan ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

MAXSUS YANGILIK 👨‍🎓👩‍🎓 Universitetimiz bitiruvchilari uchun maxsus taklif! ADU PRINT jamoasi tomonidan tayyorlangan vinetka fotosessiyasi — hayotingizdagi eng go'zal xotiralar jamlanmasini taqdim etadi! Nega aynan biz? Hozir buni bilib olasiz.
Fotosessiya 2 bosqichda o'tkaziladi:
✅ Universitet hududida jonli kadrlar; ✅ Siz tanlagan dekoratsiyalar bilan maxsus studiyada professional fotosessiya. Albomlar esa siz istagan dizaynda va qulay narxlarda tayyorlanadi! Biz bilan hoziroq bog'laning: 📞 +998934944460 📩 @Adu_fara Bitiruv – bu yakun emas, yangi bosqich! Uni esa go‘zallikka aylantiring, chunki bu kun siz orzu qilgan mehnat mevasidir.

Kuni kecha Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil et
+4
Kuni kecha Andijon davlat universitetining 5-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida pazandachilik mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur tadbir Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dilfuza Xodjayeva tashabbusi bilan “Mohir qo‘llar” to‘garagi doirasida o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida talaba-qizlar milliy o‘zbek taomlari — o‘rama, xonim tayyorlash sir-asrorlarini amaliy tarzda o‘rgandilar. Shuningdek, ishtirokchilar taomlarni tayyorlash jarayoni, mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash hamda ularni did bilan bezash usullari bilan yaqindan tanishib, o‘z mahoratlarini yanada oshirdilar. Bunday amaliy mashg‘ulotlar talaba-qizlarning oshpazlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.