cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

UFQ

Musulmon olamidagi ijtimoiy-siyosiy hayot, sharqshunoslik Kanalga yaqinlaringizni taklif qilishni unutmang! E'tibor eng katta qo‘llovdir! Hamkor: @tafakkur_chizgilari Murojaat: @ufquchunbot

Show more
Advertising posts
1 274
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-2630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli kuzatuvchilar! Musulmonlar uchun muborak ayyom — Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin! Alloh ibodatlarimiz va qurbonliklarimizni dargohida qabul qilsin! تَقَبَّلَ اللهُ مِنَّا وَمِنكُم!
Show all...
👍 5 3❤‍🔥 2🐳 2
🕯️Ba'zi [faylasuflar] ning fikricha: faqatgina haqiqiy borliq uning o‘zigina birinchi sababdir, chunki u borliqning hech narsaga zotan ehtiyoji yo‘q; boshqalar birinchi sababga muhtojlar. Vujudda boshqaga muhtoj bo‘ladigan narsaning vujudi xayolga o‘xshash bo‘lib, haqiqiy vujud bo‘lolmaydi: haqiqiy vujud faqatgina [o‘sha] avvalgi yagonaning o‘zi, dedilar. ▶️So‘fiyalar, ya'ni hakimlarning tushunchalari ana shundaydir. Chunki yunoncha "suf" so‘zi "hikmat" demakdir. Shuning uchun faylasufga filosufo, ya'ni "hikmatni suyuvchi" deb nom berilgan. Musulmonlardan bir guruhi so‘fiyalarning o‘sha tushunchalariga yaqin fikrga borganidan ular ham so‘ffiya deb ataldilar.⤵️ ⏩Musulmonlarning ba'zilari so‘ffiya so‘zining ibora ekanini bilmasdan tavakkal qilib, so‘ffiya so‘zini (arabcha sod harfi bilan) — suffa so‘ziga nisbat berib, "so‘ffiyalarni payg‘ambar alayhissalom s.a.v. davridagi suffa suhbatdoshlari as'hobi suffadan iborat kishilardir" dedilar. Undan keyin [bu so‘zni] suf attuyus — taka juni so‘zidan qisqartirilgan deb tushunishdi. 📚[Qadimgi yunonlar] orasida "o‘zini mumkin qadar birinchi sababga o‘xshatib, oradagi vositalarni tark qilib va monelarni olib tashlab, butunlay sababga o‘zini topshirgan kishi u bilan birlashadi" deguvchi kishilar ham bor. So‘fiya maslagidagilar ham shunday e'tiqod qiladilar, chunki [ikkovining ham bu masalaga] qarashi bir-biriga o‘xshaydi. Abu Rayhon Beruniy, "Hindiston", 3-bob @ufq_horizon
Show all...
👍 6 3🤩 2❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Har bir xalqdagi yuqori tabaqa bilan avom xalqning e'tiqodi bir-biridan farqli bo‘ladi. Chunki yuqori tabaqaning tabiati aqliy fikrlar xususida bahslashib, asl va asosni aniqlashni mo‘ljallaydi. Avom xalqning tabiati esa hissiy sezadigan narsalar bilan cheklanib, asldan ajralib chiqqan faqat shoxobchalarga qanoat hosil qiladi, asosni tahlil qilishni istamaydi. Ayniqsa, bu tabaqalarning fikr va irodalari turlicha bo‘lib, bir-biriga muvofiqlashmaydigan tarzda bir-biridan farqli bo‘ladi. Abu Rayhon Beruniy, "Hindiston" @ufq_horizon
Show all...
👍 16❤‍🔥 6 2
Show all...
Эзотерикага оид саволга жавоб, жумладан, аффирмациялар ҳақида

Эзотерика нима эканлигини тушунтиришдан олдин, фан ва дин ҳақида тушунчаларга тўхталишга тўғри келади. ДИН ВА ФАН ДИН бу — инсон ўз тажрибаси ва ақли билан ҳеч қачон била олмайдиган ғайбий ҳақиқатларга таалуқлидир. Бу ҳақиқатлар илоҳий хабар, яъни пайғамбарларга берилган ваҳий орқали инсонларга етказилади. Илоҳий хабар Худо ва унинг сифатлари, ўлимдан сўнг ҳаёт, илоҳий амрлар ва тақиқлар, ўтган пайғамбарлар тарихи, ғайбий махлуқотлар ҳақида бўлади. Ваҳийдан мақсад Худо томонидан инсон ичига жойлашган фитратни…

👍 5 3👏 1
🛎 Ezoterika Ezoterika (yunonchadan "ichki" degan ma'noni bildiradi)  faqatgina kichik guruh (xos) insonlar yetisha oladigan, omma uchun yopiq bo'lgan bilimlarni ifodalovchi so'z. O'ziga xos "sirli", afsonaviy haqiqatlar haqida xabar beruvchi soxta fan (pseudoscience). ▶️Ezoterikada qadimgi Sharq va G'arb an'analari, dunyoni anglashda turli shaxslarning subyektiv xulosalari, xayolot mahsullari kuzatiladi. Shu sababdan undagi fikrlar o'rganish uchun qiziqarli bo'lsa-da, haqiqat deya ishonishga arzimaydi. O'rta Asrlarda, empirik tahlillar qilish imkoniyati cheklangan davrda qadimgi dunyodan qolgan hikmatlarning to'g'riligini ilmiy va ratsional isbotlashning imkoni bo'lmagach, sabab sifatida turli xil ezoterik nazariyalar yarala boshlagan. ➡️Ezoterikada sehr-jodu, folbinlik, okkultizm-jinkashlik, al-kimyo, astrologiya, kosmologiya,  teosofiya, kabbala, dzen-buddizm, konfutsiylik, moniylik, yoga va hokazo juda turfa xil sohalarning elementlari ko'rinadi va u har biridan o'z interpretatsiyasida foydalanadi. ‼️Ezoterika Islomda ham o'z o'rnini topishga urindi. 
To'g'rirog'i, undan ham o'zi uchun nimalardir olishga urindi.
Ezoterik an'analar bilan diniy postulatlarni jamlashga urinish Muhiyiddin ibn Arabiyning asarlarida namoyon bo'ldi. Qadimgi ellin (Aflotun, Arastu) bilimlaridan ta'sirlangan Ibn Arabiy so'fiylikning otalaridan hisoblanib, vahdat-ul vujud (panteizm) g'oyasini ishlab chiqadi. Keyinchalik Ibn Xaldun va Taftazoniy kabi olimlar Ibn Arabiyni keskin tanqid qilishgan.⤵️ 🔥 Ibn Arabiy yo'nalishida rivojlangan so'fiylik ordenlarida ham ezoterik an'analar kuzatiladi. Jumladan, jaoliddin Rumiy – mistik-ezoterik, unga borib taqaladigan mavlaviya tariqati ham ezoterik an'analardan iboratdir. Shuningdek, ana shunday "sirli" ilmlarga yetishgan deb ataluvchi at-Tustariy, Mansur Halloj, ibn Ato, Junayd Bag'dodiy, Boyazid Bistomiy, Abdulqodir Jiyloniy kabilar ham ezoterik an'analarning davomchilari hisoblanadi. Bunday "sufizm" Ibn Qayyum-Javziyya, Ibn Xaldun kabi ko'plab olim va ulamolarning keskin tanqidiga uchragan. Ayniqsa Hindistonda, sufiylik buddaviylik va hinduiylik ta'limotlaridan ancha ruhlangan.
Albatta, so'fiylarning hammasi ham ezoterik bo'lmagan. Xolislikni saqlab qolgan, ezoterikaga aralashmagan so'fiylar ham tarixda o'tgan.
📚 Ezoterikani mutlaqo keraksiz deb bo'lmaydi. Hayotimizda uning ham goh ijobiy, gohi salbiy bo'lsa-da, o'z o'rni bor. Zamonaviy davrda Ezoterika bilan professional ravishda shug'ullangan, qiziqarli nazariyalarni ilgari surgan Maks Gendal, Karlos Kastaneda, Georgiy Gurjiyev, Rene Genon bilan bir qatorda, uni soha sifatida chuqur o'rganmagan, firibgarlik qilish uchun foydalanganlar ham ko'p uchraydi.
⚡️Bugungi kunimizdagi ba'zi biznes va psixo-trenerlar, "tabiblar", folbinlar o'zlarini ana shunday, boshqalar uchun "yopiq" bo'lgan sirli ilmlarga yetishgan ustoz-guru qilib ko'rsatib, odamlarni aldamoqda.
❗️ Ezoterika bilan bir qatorda, unga qarama-qarshi ekzoterika ham mavjud bo'lib, hech qanday sirli bilimlar yo'qligini, barcha bilimlar barcha uchun ochiq ekanligini nazarda tutadi. @ufq_horizon
Show all...

👍 11 3🌚 2👏 1

1
Sinkretizm Simkretizm — turli xil qarashlarni uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Har xil xalqlarning diniy va milliy an'analari aralashib ketishi sinkretizmdir. Bunday hodisa ellinlar — qadimgi yunon va rumliklar bilan bog‘liq hollarda ko‘p kuzatilgan. Jumladan, Panteon — bitta ibodatxonada har kim o‘zi bilgan xudoga ibodat qilishi oddiy hol bo‘lgan. Bitta haykal ham Zevs, ham boshqa bir xudo sifatida ko‘rilib, topinilavergan. Yoki Yaponiyada imperator Meyji davriga qadar buddaviylik sintoizm ta'limoti qoidalariga aralasha boshlagan. Umuman, har qanday din yoki ta'limot qanchalik keng hududga tarqalgan sari, shunchalik "yangilik" va "qo‘shimcha"larga to‘yinib boradi. Nasroniy "protestantizm"i ham sinkretizmga bir misol bo‘lib, protestantlikning katoliklikdan farqli postulatlari aynan uning ta'sirida o‘ylab topilgan. Keyinchalik ana shunday protest harakatlarining boshqa dinlarga ko‘chishi ham qaysidir ma'noda sinkretizmdir. Ba'zi olimlar sinkretizmni "ikki dinlilik" bilan bir ham deb atashgan. Ikki dinlilik — asosiy din va boshqa bir din elementlarini birlashtirish, uyg‘unlashtirish. Sinkretizmga yorqin misol — bu Hindistondagi sekta va oqimlardir. Tarixan ma'lumki, Hindiston hududiga juda ko‘p turfa qarash va dinlar kirib kelgan yoki o‘sha yerda paydo bo‘lgan. Buddaviylik, Hinduiylik, Nasroniylik, Islom kabi katta dinlar bilan bir qatorda Jaynizm, Sikxizm, Zardushtiylik kabi kichik sektalar ham keng tarqalgan. Bu kichik ta'limotlar mohiyatan yuqoridagi yirik dinlardagi rituallarning qorishmasidan tashkil topadi. Qanchalik asliyatni ushlashga harakat qilinmasin, afsuski, sinkretizm dardi Islomni ham chetlab o‘tmadi. Bugungi kunda turli hududlarda davom etayotgan johiliyat davrini eslatib yuboruvchi odatlar tashqaridan qaraganda diniy ritualga o‘xshab ko‘rinsa-da, aslida dinga aloqasi yo‘q udumlar bo‘lib chiqadi. Jumladan, kuyov kelinni o‘t atrofida aylantirishi (majusiylik udumi), non kabi bug‘doy mahsulotlariga kul't darajasida e'tibor berish (zardushtiylikdan qolgan), umradan kelganlarni juda dabdaba bilan, poyandoz solib kutib olish (moddiyatparastlik), mavlud nishonlash (bunisi ko‘p bahslarga sabab bo‘lishi mumkin, ammo bunda nasroniylarning Rojdestvosiga taqlidni ko‘rmay iloj yo‘q. Bunaqa "bayram" haqida na oyat, na hadis topilmadi). @ufq_horizon
Show all...
👍 10🐳 2
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Fazilatlar ikki xil boʻladi: axloqiy va aqliy. Aqliylari ratsional qismning donolik, aql-zakovat, zukkolik, tezkorlik, zo'r idrok kabi fazilatlaridir. Axloqiylari – mo''tadillik, mardlik, erkinlik, adolat kabi qoniqishga masʼul qismning fazilatlari. Xuddi shunday, illatlar ham ayni shu tarzda ikkiga bo'linadi va har bir bo'limning kompasi ichida sanab o'tilganlari va ularning maqsadlariga zidlari joylashgan boʻladi. Axloqiy fazilatlar va illatlarga ana shu axloqiy odatdan kelib chiqadigan amallarni ma'lum bir vaqt (davr) ichida bisyor marta takrorlash va ularga ko'nikish va ruhda mustahkamlash orqaligina erishiladi. Agar bu harakatlar yaxshi narsalar bo'lsa, biz erishgan narsa fazilatdir. Va agar ular yomon narsalar bo'lsa, biz erishgan narsa illatdir. Yozish kabi san'at turlarida ham xuddi shunday. Zero yozish harakatlarini ko‘p marta takrorlab, ularga o‘zimizni ko‘niktirish orqali biz yozish san’atiga erishamiz va u bizda mustahkam qaror topadi. Agar biz takrorlaydigan va o'zimizni o'rgatgan yozuv amallarimiz yomon bo'lsa, oʻzimizda yomon yozuvni qaror toptiramiz. Agar ular yaxshi (yozuv) amallari bo'lsa, fazilatli amallarni qaror toptiramiz. – Al-Farobiy (Charlz Batterworz kitobidan) @ufq_horizon
Show all...
👍 9👏 3🐳 1
Show all...
Forobiy talqinida fanlarning paydo bo’lishi ta’rifi va mohiyati.

Ko’plab tabiatshunos faylasuflar singari Al Forobiy borliqdagi barcha mavjudliklar, ularning mavjud bo’lishi mohiyatini ikki tushuncha…

👍 7👏 2🙏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.