cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ko‘ngil nigohi

Dunyoga ko‘ngil nigohi ila boqamiz...

Show more
Advertising posts
317
Subscribers
-624 hours
-47 days
+730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
O'ylar dilni yemirmas zinhor, G'am ustiga yog'ilmaydi g'am. Chindan sevgan sevolmas takror, O'tni yoqib bo'lmas qaytadan. Sergey Yesenin @biroz_adabiyot
Show all...
Avomning, nodonning dastidan dod-bedod qilardingiz,bobom, yaxshi bilasiz avomning, johilning, nodonning hatto iz-pizi ham qolmadi... Yoʻq, bobom,valloh yoʻq,billoh yoʻq, hammasi sog'-omondirlar, kayflari koʻk,tomoqlari chogʻ, hammasi oʻziga bir yaxshi kasb topishgan –boshqalarning boshiga aql quyish...     Bittasi bor,ismini soʻrasang, toʻxtang, avvaliga doʻstlar bilan maslahatlashib olay, keyin javob aytaman, deydi. Yana bittasi bor, koʻchada yurganida devorga yaqin yuradi,soyam tushmasin deb, oʻz soyasidan ham qoʻrqadi. Boshqa bittasi bor, kattasi shaharning bu boshida turib asqirsa shaharning u boshidan qoʻngʻiroq qilib osh bo'lsin, deydi.     Bittasi bor, tinmay pyesalar yozadi, aktyorlar bir marta oʻynashgach ikkinchi marta oʻynashdan bosh tortishadi.      Bittasi bor, tarix yozadi, isbotlashni istaydi,bu xalq yanglishib oʻz tilida gapiradi, qaniydi qadimdan boshqa tilda gapirsa...     Yana bittasi bor,goh amerikalik yozuvchi Ken Boldan,goh xitoylik olim Oy Hoydan,goh ingliz diplomati Lord Sataljamdan, gohida esa Fisinjondan sitatalar keltiradi,biroq oʻzining gapini bir Alloh bandasi tushunmaydi... Ozarbayjon yozuvchisi Anorning "Mulla Nasriddin– 86" hikoyasidan @biroz_adabiyot
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
Barcha yo'llar sen tomon boshlar, Hamda senda topgay nihoya...- @biroz_adabiyot
Show all...
Xurshid Doʻstmuhammad– "Men–sensiz,sen–mensiz" Kimning dilida bir gʻami pinhon boʻlmas, U misli tirik murdadir, inson boʻlmas. Bor,dard soʻra,bedardlik illatdir, Bir dardki,unga sira darmon boʻlmas... Xurshid Do'stmuhammadning ushbu qissasi muhabbat haqida. Qiziqarli voqealar yoʻq bu yerda. Qissa shunchaki sevgi maktublaridan iborat. Nomalarda faqatgina ikki insonga tegishli boʻlgan begʻubor tuygʻular, iztiroblar mujassam. Asarni oʻqishni boshlaganimda qandaydir erish tuyuldi. Juda havoyi, jimjimador soʻzlar bilan yozilganmi, deb oʻyladim. O'qigan sari haqiqiy oshiqlarning his-tuygʻulari, kechinmalari yaxshi bayon etilganiga guvoh boʻldim. Umrning eng saodatli onlari ham aynan muhabbat bilan oʻtgan damlar hisoblanadi. Muhabbatsiz hayot juda zerikarli,juda joʻn boʻlib koʻrinadi koʻzimga. Sevgi har kimga ham nasib etavermaydigan tuygʻu. Hamma ham bu tuygʻuni anglay olmaydi. Sevgan kishining koʻziga dunyo, undagi jamiki narsalar yaxshi boʻlib koʻrinadi. Sevgi dardiga mubtalo boʻlgan kishi birovga yomonlik sogʻinmaydi. U butun olam goʻzal boʻlishini chin dilidan istaydi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda sevishgan juftliklarning oʻz sevgi-muhabbatlarini hammaga koʻz -ko'z qilishlarini koʻp uchratamiz. Bir-birlari bilan qanday tanishgani, qayerlarga sayohatga borgani, yigit qizning qoʻlini qanday ajoyib holda soʻragani,nima yeb,nima ichganlari... Nihoyat toʻylari qanday oʻtgani. Agar oʻsha fursatgacha yetib borishsa.Ideal juft izlaganlar maʼlum bir muddat oʻtgach, sevgan yorining kamchiliklari,ayb-u nuqsonlarini koʻra boshlaydi. Koʻp oʻtmay ajrashib ketishadi. Sababi oddiy: "Bir-birlariga toʻgʻri kelmagan".Ana sizga tomosha. Mana sizga sevgi-muhabbat dersiz.Bu muhabbat emas. Bu narsani aslida hayotning maʼnosi boʻlmish eng inja tuygʻuga tenglashtirib boʻlmaydi. Muhabbat pinhona boʻlishi kerak. Agar muhabbatni ibodatdek qabul qilsak, odamlar koʻzi uchun qilingan ibodat riyo boʻladiku. Sevgi ham shunday. Har qanday koʻz -ko'z qilingan narsaning qadri sekin-asta yoʻqoladi. Yaxshi koʻrish degani muhabbat degani emas. Menimcha,muhabbat har qanday shahvoniy hislardan ustun boʻlgan ilohiy tuygʻu.Muhabbat – oʻzni unutish demak. Agar inson kimnidir chin dildan sevib qolsa, uning real hayot haqidagi oʻylari, tasavvurlari ostin-ustun boʻlib ketishi mumkin. Bahor yomgʻiridan so'ng atrofda musaffolik hukm surganidek, muhabbat qalbda paydo boʻlgach, inson ruhi ham poklanadi. Umr yoʻllaringizda faqat va faqat muhabbat hamrohingiz boʻlsin! @biroz_adabiyot
Show all...

Photo unavailableShow in Telegram
Qishloqqa kelgandim. Bilasizmi,qishloqda yashovchi koʻpchilik insonlar dehqon boʻlishadi. Har holda tomorqasidagi ekinlarni, bogʻidagi mevali daraxtlarni hamma oʻzi parvarish qiladi. Hozir havo issiq. Shaharda odamlar oʻzini soya-salqinga urgan bir vaqtda ham qishloqda hayot qaynaydi. Baʼzi shaharliklar kuni bilan telefonlaridan bo'shamagan vaqtda qishloqdagilar biror ish, yumush bilan band. Internet tarmogʻidagi shov-shuvli xabarlar, baqir-chaqirlardan odamlarning miyasi charchamasmikan, qalblari qoraymasmikan? Menimcha, umrini telefonga qaramlikda oʻtkazyotgan baʼzi kishilardan koʻra issiqda mehnat qilayotgan oʻsha dehqon baxtliroq. @biroz_adabiyot
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Muhabbat shu qadar sehrlarga boy tuygʻuki,uni tushunish sari bir qadam qoʻyganingdan quvonib ulgurmasingdan u sendan yana ikki qadam uzoqlashadi, topgan moʻjizakor oltin kaliting jaranglatib ochgan qulfni zulfindan boʻshatib ulgurmasingdan yanada sirli, yanada hayratlanarli qulflar koʻz oldingda namoyon boʻladi. Xurshid Doʻstmuhammad "Men–sensiz,sen–mensiz" qissasidan @biroz_adabiyot
Show all...
Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz, qachon tiz cho‘kuvdik, hamon izzamiz, sirqirab og‘riydi shishgan tizzamiz, o‘rindan ozgina tursak maylimu? O‘tganlar bari bek, qolgan javdirar, gardinda ko‘rinmas g‘ullar shaldirar, mehnatdan yorilgan qo‘llar qaltirar, o‘z bekim yerida yursak maylimu? Nasimlar gullamish ozod tog‘larda, ozodlik mujdasi so‘lu sog‘larda, bobolar qiynalib tikkan bog‘larda ag‘anab bir xayol sursak maylimu? Necha ming alloma, jo‘mardlar o‘lgan, tafakkur sasigan, ruhlari so‘lgan, urug‘lar aynigan tap-taqir cho‘lda o‘z bekim davlatin qursak maylimu? Yuz ellik yildirki mana shu holat, hanuz davom etar makkor tijorat, bilmadim, qayerdan ushbu jaholat, nega siz bo‘lmaysiz sira xijolat? Nega men so‘rayman sizdan ijozat?! Shavkat Rahmon @biroz_adabiyot
Show all...

Jaloliddin Rumiy – "Ichindagi ichindadir" Hikmat ham yomgʻirga oʻxshaydi va u oʻz madanida so'ngsizdir. Faqat ehtiyojga koʻra yogʻadi. Rumiy asarlarini oʻqish insonga huzur bagʻishlaydi. Uning asarlarini sevib oʻqiydigan kitobxonlar dunyoga, insonlarga oʻzgacha nigoh bilan boqadi. Rumiy – mohiyat kashshofi. U doim suratdan koʻra mohiyatni ustun qoʻyadi. "Ichindagi ichindadir" asari avvalo, inson va uning asl mohiyati haqida. Oʻzligimizni anglash haqida. Bugun har narsaga qiziqadigan odamzod oʻzligi, oʻz menligi haqida deyarli qiziqmay qoʻydi. Aslida dunyoda oʻzlikni bilish, anglashdan qiziqarliroq nima bor? Muallif ushbu asarda ilohiyot, tasavvuf,borliq, hayot,inson haqidagi fikrlari,qarashlarini aks ettiradi. Kitobda maʼlum bir syujet yoʻq. Lekin koʻp oʻrinlarda rivoyat, hikoyat, suhbat va munozaralar keltirilgan. Bu esa asarning badiiy qiymatini oshirgan. Rumiy murakkab falsafiy mulohazalarni oddiy turmush tafsilotlari bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning donoligi aynan shu narsada koʻringan. Asarini o'qiyotib,quyidagi fikrlarga koʻzim tushdi: "Agar koʻzda bir nur boʻlmasa,(u) butun olamni toʻldirib turgan nurni koʻrmaydi". Oʻz -o'zidan tushunarli. Koʻzlarimizda bir nur boʻlmasa,quyoshni,olamni va undagi jamiki narsalarni koʻra olmaymiz. Ammo bu faqat zohiran. Yaʼni faqat tashqi tomondan shunday. Ammo jumlaning mohiyatiga chuqurroq eʼtibor qaratsak, Rumiy yana bir narsaga ishora qilayotgandek boʻladi. Agar qalbimizda, yuragimizda bir nur boʻlmasa, hikmatni anglay olmaymiz, haqiqatni koʻra olmaymiz. Avvalo, qalblarimizda,botinimizda nur boʻlsin ekan. Shundagina hayotimiz ham nurga toʻladi. "Ichindagi ichindadir" asarini ilk bor bundan 5-6 yillar oldin oʻqigandim. Ruhiyatimga qattiq taʼsir oʻtkaza olgan asar. Rumiydan men juda koʻp narsalarni oʻrgandim. Odamlarning irqiga, millatiga,tiliga, diniga qarab munosabatda boʻlish kerak emasligini yanada yaxshiroq anglay boshladim. Uning asarlarini oʻqigach,koʻcha -ko'yda sarson boʻlib yurgan, ichkilikka berilib ketgan piyonistaga ham,uyma-uy tilanchilik qilib yurgan gadolarga ham boshqacha nazar bilan qaray boshladim. Hamma narsaning faqat suratiga emas, siyratiga – mohiyatiga e'tibor qaratish lozimligini tushundim.Rumiy menga insonlarni sevish kerakligini uqtirdi. Eng muhimi,dunyoga koʻngil nigohi ila boqishni oʻrgatdi. Koʻzni yumgil, koʻzga aylansin koʻngil... @biroz_adabiyot
Show all...

Nechun dunyolari sarob? Qiynar ko‘ksimni bir azob, sezar o‘zi Nechun xayollar dardbadar? Kelar Haqdan bir kun xabar, bilar o‘zi. @biroz_adabiyot
Show all...
𝚜𝚑.m4a3.71 MB
Repost from Quyosh taraflarda
​​​​... Atrofimizda biron zot yo‘q. Biz hayotmizmi o‘zi? Makonimiz bormi? Mavjudmizmi bu yorug‘ olamda? Kun va tun oralig'ida vaqt bizga tegishli emas. Chunki biz bu zamonning odamlari emasmiz. Egalik qila olganimiz kompyuter ekrani xolos. "Shimol shamoli shashti" Daniel Glattauer Bu kitob kecha ish payti tasodifan qo‘limga tushib qoldi. Kitob do'konlarda ko‘rib varoqlab ham ko‘rmagandim, ammo boshlashim bilan o‘ziga shu qadar jalb qila oldi-ki, tonggacha o‘qib chiqdim. Tugagachgina uxladim. Ancha vaqtdan beri biron kitob o‘ziga bunchalik torta olmagandi. Balki bu asar aynan bugungi dunyo odamlarining ahvolini ko‘rsata olgani uchun shunaqa bo‘lgandir. Syujet ikki kishining kompyuter orqali bir-biriga yo'llagan emaillaridan iborat. Boshqa hech narsa topolmaysiz. Bir kundan keyin, bir soat so‘ngra, yigirma daqiqa o‘tib yangi xabarlar kelaveradi. Lekin ular shunchalik samimiy yozilganki, ishqiy maktub, yoki eng yaqin sirdosh sirlaridan voqif bo‘layotga o'xshaysiz. Mutolaa suvdek ketadi, to‘xtalish va zerikishlarga umuman duch kelmaysiz. Ayni paytda odamlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobeligi borgan sari ortib boryapti. Telefonsiz biron kun ham yasholmaydigan ahvolga kelib qoldik. Telegramdan yoki instagaramdan kelayotgan xabarlar biz uchun juda ham muhim. Balki bu real hayotdan ajratib, illiyuziyaga berilishimizga olib kelar. Men ham jonli hayot afzalliklari haqida ko‘p yozaman, realda yashashga intilaman. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Nega bu qadar onlayndagi hayotga sho‘ng‘ib ketayapmiz deb o‘ylaysiz? Chunki ko‘pchilik o‘ziga o‘xshash insonlarni tarmoqlarda uchratadi. Boricha yozganlarini boshqalarga ulashadi yoki boshqa inson dardlariga hamdardlik qiladi. Xohlagan atmosferasini yarata oladi, istagan kishilari bilan axborot almashadi. Masalan, hozir atrofimda nechta qalbdosh insonlarim bo‘lsa ko'pchiligini ijtimoiy tarmoqlar orqali taniganman. Aksariyat kitobxonlarni bookbloglar komentaritariyalarida uchratganman. Shu kanal ko‘p bor kvartiraga sherik kerak bo‘lganda odam topib bergan. Yoki, bir yomon ko‘rgan tanishimni aslida juda boshqacha insonligini ham tarmoqlar orqali kashf qilganman. Tan oling kitobxonlar uchun feysbuk bilan telegram eng qulay joyga aylanib ulgurgan. Hatto yozishmalarda ishlatiladigan slanglarimiz ham mavjud. Demoqchi bo‘lganim, endi bularni orqaga qaytarish, ijtimoiy tarmoq, internetsiz yashashning iloji yo‘q. Shunchaki keraklicha foydalanish, ba‘zida ilojsiz bo‘lsa ham me'yorida vaqt ajratishni bilish kerak. Shunda hammasi joyida bo‘ladi. Sevgi esa, bir narsa deyolmayman. Bu shunaqa jumboq masala-ki, insoniyat million yillik tarixida bunga javob topolgani yo‘q. Ayol yuragi va sevgisi o‘zini va atrofdagilarni baxtga ko‘mishi yoki do‘zaxga uloqtirishi mumkin. Kitobni o‘qib chiqing. Shirin ovqat ta'rifini eshitavergandan, yeb ko‘rgan afzalroq. Yoqimli hordiqlar hammaga. Qaynoq quyosh eritib yubormasligini tilayman. @quyoshtaraflarda
Show all...

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.