en
Feedback
Аbdushukur Xamzayev

Аbdushukur Xamzayev

Open in Telegram

Xamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi • www.ecouz.uzFacebook.com/abdushukur.hamzaevInstagram.com/abdushukurhamzaevYouTube.com/c/ecouz@A_Xamzayevga_murojaat_bot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Аbdushukur Xamzayev

Channel Аbdushukur Xamzayev (@a_xamzayev) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 478 subscribers, ranking 4 815 in the Politics category and 7 391 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 478 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 183 over the last 30 days and by -20 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 30.42%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 10.84% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 3 190 views. Within the first day, a publication typically gains 1 137 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Xamzayev Аbdushukur Xudoyqulovich O`zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi • www.ecouz.uz • Facebook.com/abdushukur.hamzaev • Instagram.com/abdushukurhamzaev • YouTube.com/c/ecouz • @A_Xamzayevga_murojaat_bot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Politics category.

10 478
Subscribers
-2024 hours
-2527 days
-2 18330 days
Posts Archive
Tarixiy tashrif — yuksak e’tirof! Bugun Belgrad shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning o
+2
Tarixiy tashrif — yuksak e’tirof! Bugun Belgrad shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti — "Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni" bilan taqdirlandi. Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga shaxsan Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Bu orden xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Ushbu mukofotning yurtboshimizga taqdim etilishi, nafaqat Prezidentimizga, balki butun o‘zbek xalqiga ko‘rsatilgan chuqur hurmat va do‘stlik ramzidir.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ehtiromi, ikki xalq o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishga qat’iy intilish timsoli, deya qayd etdi. Muhimi shundaki, bu mukofot O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga mamlakat tarixida ilk bor amalga oshirilayotgan davlat tashrifi doirasida topshirildi.
Tashrif chog‘ida ikki davlat rahbari strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Shuningdek, iqtisodiy, savdo, investitsiya, transport va boshqa yo‘nalishlarda 20 dan ortiq hujjat almashildi.
Bundan tashqari, Belgradda "Toshkent" ko‘chasining barpo etilishi taqdim etildi va Serbiya–O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkazildi. Ushbu yuksak e’tirof va tarixiy kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar yangi va strategik bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Bu — O‘zbekiston olib borayotgan ochiq, faol va tinchliksevar tashqi siyosatning halqaro maydondagi munosib e’tirofidir.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Yangi tizim barqaror ish o‘rni va doimiy daromad manbaini ta’minlaydi Bugun Prezidentimiz raisligida o‘tgan kambag‘allikni qi
+4
Yangi tizim barqaror ish o‘rni va doimiy daromad manbaini ta’minlaydi Bugun Prezidentimiz raisligida o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdim.
Avvalo bir narsani ta’kidlash lozim, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, ishsiz va yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan qatlamni daromadli qilish masalasiga kun tartibidagi eng dolzarb vazifaga aylangan.
Natijada yil boshida respublikamizda kambag‘allik darajasi 5,8 foiz bo‘lib, ehtiyojmand aholi soni 2,2 million nafarni tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarga tushgan. 49 ta tuman va 3 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanmoqda. Yig‘ilishda hududlarda kambag‘allikdan chiqarilgan aholi soni keskin farq qilayotgani, kredit va boshqa moliyaviy resurslarni ajratishning o‘zi yetarli emasligi ta’kidlandi. Endi hududlar “loyihabay” tizimi bo‘yicha ishlaydi. Bu nima degani? Bu har bir mablag‘ ortida aniq loyiha, barqaror ish o‘rni va doimiy daromad manbai bo‘ladi, degani. "Och odamga baliq berma, qalmoq berib, baliq tutishni o‘rgat", deganidek, yangi yondashuv — kambag‘allikka faqat moddiy yordam berish orqali emas, balki insonni kasbga o‘qitish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ta’lim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali barqaror daromadli hayotga olib chiqish tamoyiliga asoslanmoqda.
Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, har tomonlama marrani yuqori olish ham ta’kidlandi. Viloyat va tuman hokimlari hamda tegishli mutasaddilarga hudud iqlimiga mos ko‘chat zaxiralarini tayyorlash, ekish ishlarini uyushqoqlikda tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Albatta bu jarayonlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamda partiyamizdan saylangan deputatlar faol ishtirok etib, parlament va jamoatchilik nazoratini olib boradi. Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Bilimlar kuni muborak bo‘lsin! Bugun qalblarida beg‘ubor orzu-umidlar, ko‘zlarida hayajon va intilish bilan maktab ostonasiga
Bilimlar kuni muborak bo‘lsin!   Bugun qalblarida beg‘ubor orzu-umidlar, ko‘zlarida hayajon va intilish bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan qariyb 800 ming nafar o‘g‘il-qizlarimizni, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylarini Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.   Aziz farzandlarimizga ilm-ma’rifat yo‘lida yuksak marralar, katta zafarlar tilayman.  
Bugun Yangi O‘zbekistonda zamonaviy bilim olish, iqtidor va salohiyatni to‘la namoyon etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Mana shu imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanib, dunyo sahnida Vatanimiz nomini ulug‘laydigan, porloq kelajak uchun dadil odimlashdan to‘xtamang.
  Yangi o‘quv yili barchangiz uchun yangi zafarlar va ezgu natijalar yili bo‘lsin!Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Abdushukur XAMZAYEV, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga Barqaror rivojlanish – mamlakatimizning ekologik va strategik
Abdushukur XAMZAYEV, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga Barqaror rivojlanish – mamlakatimizning ekologik va strategik impulsi   Mustaqillik – xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlashi bilan birga, o‘z zamini, tabiiy boyliklari va kelajak avlodlari oldidagi mas’uliyatini ham zimmasiga olishi demakdir. Shu ma’noda, mustaqillikning har bir yili, har bir kuni O‘zbekiston uchun beqiyos ahamiyatga ega. Zero, bu davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarda ham eng ulug‘ ne’mat hisoblanadi.  
Inson va tabiat munosabati – har qanday jamiyat taraqqiyotining eng muhim mezonlaridan biri. Zero, iqtisodiy o‘sish, shaharlar obodligi yoki yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi, agar musaffo havo, toza suv, unumdor tuproq va sog‘lom ekologik muhit bilan uyg‘unlashmasa, barqaror kelajakni ta’minlay olmaydi.
  Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/922 "Yangi O'zbekiston" gazetasining 2026-yil 2-sentabr, 1181-sonidaTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

🇺🇿Vatan manfaati yo‘lida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan navbatdagi Sammit yuksak siyosiy-diplomatik darajada bo‘lib o‘tganligining guvohi bo‘ldik. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu nufuzli anjumandagi ishtiroki, davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari, davlatlar yetakchilarining O‘zbekiston rahbariga bo‘lgan hurmati, e’tirofi, munosabati — O‘zbekiston va uning Prezidentining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori naqadar yuksakligini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Sammit doirasidagi har bir uchrashuv, har bir muzokara zamirida yagona oliy maqsad — O‘zbekiston va uning fidoyi xalqining farovonligi yotadi. Prezidentimiz ilgari surgan «SHHT–2040» konsepsiyasi hamda SHHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar aynan shu ezgu niyatlarning amaliy ifodasidir.
O‘zbekiston bugun nafaqat mintaqa, balki butun Osiyo qit’asida tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot tashabbuskori hamda o‘z so‘zini amalda ifoda etayotgan ishonchli sherik sifatida boshqa davlat yetakchilari tomonidan e’tirof etilayotgani bizda cheksiz faxr uyg‘otmoqda. Biz o‘z jamoamiz bilan bu buyuk islohotlarni, yirik loyihalarni amalga oshirilishida albatta oldingilar safida bo‘lamiz. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

BISHKEKDAN YANGRAGAN TASHABBUSLAR Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashi va «SHHT plyus» sammiti jahon diqqa
+2
BISHKEKDAN YANGRAGAN TASHABBUSLAR Bishkekda bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashi va «SHHT plyus» sammiti jahon diqqatini tortdi. Tashkilot tashkil topganining 25 yilligiga to‘g‘ri kelgan ushbu sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan ikki nutqi oddiy tabrik emas, balki butun Yevroosiyo makonining kelgusi yo‘nalishini belgilovchi konseptual chiqish bo‘ldi. Geosiyosiy bo‘linish va ishonchsizlik kuchaygan bir davrda Davlatimiz rahbari yana bir bor vazminlik va uzoqni ko‘ra bilish namunasini ko‘rsatdi: «Biz shunday ko‘p qutblilik tarafdorimizki, u yangi ajratuvchi chiziqlarni yaratmaydi, balki imkoniyatlar makonini kengaytiradi».
Bishkekda ilgari surilgan asosiy tashabbuslar: - «SHHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni» konsepsiyasi — tashkilotga uzoq muddatli strategik yo‘nalish berish; - SHHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasi va «universal raqamli darcha» — biznes va investorlar uchun amaliy natija; - «SHHT Invest» forumini doimiy platformaga aylantirish; - Xitoy rahbari Si Szinpinning sun’iy intellekt bo‘yicha butunjahon tashkiloti tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, 2027 yilda Toshkentda xalqaro SI forumini o‘tkazish; - temir yo‘l makonlari integratsiyasi bo‘yicha kengash ta’sis etish — mintaqa transport tizimini uyg‘unlashtirish; - Afg‘oniston bilan muntazam muloqotni tiklash: «Barchamizga yaratuvchan mintaqaviy jarayonlarga integratsiyalashgan, farovon qo‘shni mamlakat kerak»; - SHHT Xartiyasiga o‘zgartish kiritish, Toshkentda Xavfsizlikka tahdidlarga qarshi Universal markaz va Antinarkotik markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish; - «yashil» energetika sohasida texnologiyalar Ochiq banki hamda 2035 yilga qadar suv-energetika samaradorligi dasturi; - «SHHT plyus» madaniyatlar va sivilizatsiyalar doimiy forumini Xiva shahrida tashkil etish, 2028–2030 yillar uchun madaniy meros dasturi.
Sammit doirasida Xitoy rahbari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda 60 milliard dollarlik qo‘shma investisiya portfeli, 6000 dan ortiq qo‘shma korxona va ikki tomonlama savdoni 30 milliard dollarga yetkazish rejasi e’lon qilindi. Bular Toshkentning so‘zi bilan ishi bir ekanini yana bir karra isbotlaydi.
O‘zbekiston bugun SHHT doirasida shunchaki ishtirokchi emas — tashkilotning kelajagini belgilovchi g‘oyalar generatori maqomiga ega bo‘lib bormoqda. Iqtisodiyotdan xavfsizlikkacha, sun’iy intellektdan madaniy diplomatiyagacha — bu «Yangi O‘zbekiston» tashqi siyosatining yetuklik darajasidan dalolat beradi.
«Mamlakatlar va mintaqalar o‘rtasidagi mushtaraklik nuqtalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, barqarorlik va o‘zaro ishonch uchun asos shunchalik mustahkam bo‘ladi». Prezidentimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bu tamoyilni so‘zda emas, aniq tashabbuslar orqali amalda tasdiqlamoqda. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Axborot24 | Mustaqilligimizning 35 yilligi: Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!Abdushukur Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbariTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

#Mustaqillik_35_yil Aziz yurtdoshlar, hurmatli partiyadoshlar! Barchangizni barqaror taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan j
#Mustaqillik_35_yil Aziz yurtdoshlar, hurmatli partiyadoshlar! Barchangizni barqaror taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Yurt mustaqilligi, tinchlik-osoyishtalik naqadar aziz ne’mat, katta baxt ekanini bugun dunyoda bo‘layotgan jarayonlarning o‘zi ko‘rsatib turibdi.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ko‘p millatli xalqimizning zahmatli mehnati va fidoyi insonlarning Vatan ravnaqi yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlari sabab bugun O‘zbekiston dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlamoqda.
Mana shunday shukuhli kunlarda barcha yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik va xotirjamlik tilayman. Bayram har bir xonadonga quvonch va shodlik olib kelsin.
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Hurmat bilan, O‘zbekiston Ekologik partiyasining ko‘p ming sonli jamoasi nomidan Abdushukur XamzayevTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

O‘zaro ishonchga asoslangan do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p yillardan buy
+3
O‘zaro ishonchga asoslangan do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p yillardan buyon o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch rishtalari mavjud bo‘lib bu rishtalar yanada mustahkamlanmoqda.
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modiga O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni topshirilgani ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim siyosiy voqea bo‘ldi.
Shuningdek, bugun siyosiy-diplomatik aloqalar bilan bir qatorda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, ta’lim, madaniyat va gumanitar sohalarda hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu kelishuvlar ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishi kelgusida muqobil energetika va ekologik texnologiyalar sohasidagi qo‘shma tashabbuslar va amaliy loyihalarni yanada kengaytirish uchun katta zamin yaratadi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Milliy yuksalish va ekologik mas’uliyat — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘li Bugun yangi Toshkentda O‘zbekiston
+6
Milliy yuksalish va ekologik mas’uliyat — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘li Bugun yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tarixiy va tantanali marosimda ishtirok etdim.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ushbu qutlug‘ bayram bilan tabriklar ekan mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zligini anglab, milliy qadriyatlari, ona tili, muqaddas dini va tarixiy xotirasiga qayta ega bo‘lgani, inson qadri va erkin hayoti davlat siyosatining markaziy mezoniga aylangani alohida ta’kidladi.
Darhaqiqat, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida jamiyatda ishonch, xotirjamlik va erkinlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar bugun xalqimiz hayotida o‘zining amaliy natijasini namoyon etmoqda.
Prezidentimiz kelgusi o‘n yillikni “milliy yuksalish davri” deb belgilab, uni xalqimizning aql-zakovati, mehnati va birdamligi bilan bunyod etish mumkinligini ta’kidlab, inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dastur amalga oshirilishini qayd etdi.
Biz uchun muhim va quvonarli jihati, to‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
- Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi. - Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. - Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi.
Prezidentimiz, tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz, dedi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida belgilangan yangi maqsadlar O‘zbekiston taraqqiyoti inson qadri, ilm-ma’rifat, iqtisodiy yuksalish va ekologik mas’uliyatning uzviy uyg‘unligi asosida davom etishini ko‘rsatmoqda.Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Abdushukur XAMZAYEV, Maqsad aniq — manzil yorug‘ Bugungi dunyo og‘ir va murakkab sinovlar pallasini boshdan kechirmoqda. Geos
+1
Abdushukur XAMZAYEV, Maqsad aniq — manzil yorug‘
Bugungi dunyo og‘ir va murakkab sinovlar pallasini boshdan kechirmoqda. Geosiyosiy ziddiyatlar keskinlashgan, savdo urushlari va proteksionizm avj olgan, global ta’minot zanjirlari uzilib, inflyatsiya hamda iqtisodiy depsinish ko‘plab davlatlarni noaniqlik iskanjasiga solib qo‘ygan bir davrda yashayapmiz. Hatto yetakchi davlatlarning iqtisodiyotlari ham o‘sish sur’atini saqlab qolish uchun jon-jahdi bilan kurashmoqda. Aynan shunday notinch sharoitda bir davlat dovullar aro sobit turibdi — bu Yangi O‘zbekiston.
Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/918 "Xalq so'zi" gazetasining 2026-yil 27-avgust, 176-sonidaTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Avf — insoniylik ko’zgusi Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan ayni kun
Avf — insoniylik ko’zgusi Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda nishonlanayotgan ayni kunlarda Prezidentimiz tomonidan 852 nafar shaxsga nisbatan avf e’lon qilindi.
604 nafar inson ozodlikka chiqdi, 115 nafariga shartli erkinlik berildi, 52 nafarining jazosi yengillashtirildi, 81 nafarining esa qamoq muddati qisqartirildi. Raqamlar ortida oilalarga qaytayotgan otalar, onalar, farzandlar turibdi. 49 nafar ayol, 375 nafar yoshimiz, umr bo‘yi mehnat qilgan 37 nafar keksa insonimiz, hatto 7 nafar xorijlik fuqaro ham bu insonparvarlik to‘lqinidan bahramand bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining bu ezgu qarori o‘z yilidan adashgan va bilib-bilmay xato qilgan insonlar uchun ikkinchi imkoniyatdir aslida. Bu kabi insonlar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, davlatimiz taraqqiyoti hamda oilasi farovonligi yo‘lida halol mehnat qilib, to‘g‘ri yashashni maqsad qilmog‘i lozim. Ta’kidlash kerakki, Prezidentimizning bu qarori kechirimlilik va inson qadrini ulug‘lash kabi yuksak fazilatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

O‘zbekiston–Xitoy: o‘zaro manfaatli sheriklikning yangi bosqichi Bugun Pekinda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirz
+4
O‘zbekiston–Xitoy: o‘zaro manfaatli sheriklikning yangi bosqichi   Bugun Pekinda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi bilan o‘tkazgan uchrashuvi O‘zbekiston–Xitoy munosabatlari qay darajada mustahkam va istiqbolli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.   Davlat rahbarlarimizning izchil va uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasida ikki mamlakat aloqalari bugun ishonch, o‘zaro hurmat va teng manfaatdorlikka asoslangan yangi davr sherikligiga aylandi. Ikki tomonlama munosabatlar yangi davr uchun har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi — bu quruq bayonot emas, balki O‘zbekiston milliy manfaatlariga xizmat qilayotgan aniq jarayonning ifodasidir.  
Parlamentlararo muloqotning yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ham strategik sheriklikning muhim institutsional asosidir. Qonunchilik organlari o‘rtasida tajriba almashish, ekologik qonunchilikni takomillashtirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi hamkorlik ikki mamlakatning barqaror taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz. Bu kabi muloqotlar strategik kelishuvlarning huquqiy va amaliy poydevorini yanada mustahkamlaydi.
  Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, «Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir». Bu fikr O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining bugungi mazmun-mohiyatini to‘liq ifodalaydi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

❗️МИЛЛИЙ ПАРЛАМЕНТ — ПРЕЗИДЕНТ СИЁСИЙ ИСЛОҲОТЛАРИНИНГ ФАОЛ ИШТИРОКЧИСИ 🏢 Қонунчилик палатаси Спикери Нуриддин Исмоиловнинг «
+2
❗️МИЛЛИЙ ПАРЛАМЕНТ — ПРЕЗИДЕНТ СИЁСИЙ ИСЛОҲОТЛАРИНИНГ ФАОЛ ИШТИРОКЧИСИ 🏢 Қонунчилик палатаси Спикери Нуриддин Исмоиловнинг «Халқ сўзи» газетасида (2026 йил 26 август, 175 сонида) "Миллий парламент — Президент сиёсий ислоҳотларининг фаол иштирокчиси" номли мақоласи чоп этилди.
✅ Юртимиз ҳаётидаги қутлуғ сана – Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллиги байрами арафасида турибмиз. Бу йил ушбу тарихий кун янги Ўзбекистоннинг бугунги улкан салоҳияти ва жаҳон майдонидаги нуфузига мувофиқ «Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!» деган бош ғоя асосида кенг нишонланмоқда.
🤓Тарих – улуғ мураббий. У давлатлар ва халқлар асрлар давомида босиб ўтган мураккаб йўлни холис баҳолайди. Шундай тарихий бурилишлар бўладики, улар вақт билан эмас, балки инсон тақдири ва миллат келажагини белгилаб берган азму шижоат, қатъий сиёсий ирода, оқилона қарорлар ҳамда халқ манфаати йўлида амалга оширилган ислоҳотлар билан ўлчанади.
✅ Кейинги ўн йилда Президентимиз бошчилигида мамлакатимизда олиб борилаётган кенг кўламли ислоҳотлар нафақат давлат бошқарувини, балки халқимиз тафаккурини, ҳаётимиз фалсафасини, қонун устуворлигига бўлган қарашларни ҳамда энг асосийси инсон қадрига муносабатни тубдан ўзгартирди.
🤓Давлатимиз раҳбарининг халқни севиш ва Ватанга сидқидилдан хизмат қилишдек олий саодатга йўғрилган шахсий намунаси янги Ўзбекистон руҳига айланди.
✅ Давлатчилик тарихимиз шундан далолат берадики, тамаддуннинг энг ёрқин даврлари юксак сиёсий ирода ва тарихий масъулият эгалари бўлган Амир Темур, Жалолиддин Мангуберди, Мирзо Улуғбек сингари буюк аждодларимиз шахсияти билан чамбарчас боғлиқ. Бугун Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг узоқни кўзлаган стратегик сиёсати, қатъий сиёсий иродаси ва тинимсиз амалий саъй-ҳаракатлари туфайли эришилган халқ бирлиги, умуммиллий ҳамжиҳатлик ҳамда Ватан тақдири учун муштарак масъулият Янги Ўзбекистон тараққиётининг сифат жиҳатидан мутлақо янги босқичидаги дадил қадамларини таъминлаб бермоқда.
📌 Президентимиз бошчилигида амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотлар натижасида кейинги йилларда Ўзбекистон иқтисодиёти барқарор ўсиб бормоқда. Охирги 10 йилликка назар соладиган бўлсак, мамлакатимизда валюта бозори либераллаштирилиб, тадбиркорлик ва хорижий инвестициялар учун кенг имкониятлар яратилди. Иқтисодиётимиз ҳажми 50 миллиард доллардан қарийб 3 баробарга ошди, мамлакатимиз ўрта даромадли давлатлар қаторидан мустаҳкам ўрин эгаллади. Электрон давлат хизматлари кенгайиб, ижтимоий ҳимоя тизими янги босқичга кўтарилди. Бу ўзгаришлар натижалари халқимизнинг кундалик ҳаёти ва турмуш тарзида яққол намоён бўлмоқда. 🌐Telegram || 👥Facebook

DOVULLAR ARO SOBIT YO‘L Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida 163
DOVULLAR ARO SOBIT YO‘L
Mustaqilligimizning 35-yilligi arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtning o‘zida 163 ta yirik obyektlar ishga tushirildi. Umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘mlik 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti xalqimizga bayram tuhfasi sifatida taqdim etildi. Bu loyihalar hisobiga 15 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, byudjetga har yili qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.
Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/918Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube

50 trillion so‘mlik 163 ta obyekt: Prezidentimiz eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida yangi quvvatlarni ishga tushirdi. — 163 объекта на 50 триллионов сумов: Президент нашей страны ввел новые мощности по случаю самого великого, самого дорогого праздника. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Mustaqillikka munosib tuhfa — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga mustahkam poydevor Bugun Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan
+3
Mustaqillikka munosib tuhfa — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga mustahkam poydevor Bugun Prezidentimiz ishtirokida o‘tkazilgan mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdim.
❗️Umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik investitsiya loyihasi va 91 ta ijtimoiy soha obyektining foydalanishga topshirilishi kabi juda katta ko‘lamdagi ishlarning amalga oshishi, ochig‘ini aytish kerak, tasavvurimizga ham sig‘magan. Bugun esa buning guvohi bo‘lib turibmiz.
Albatta, bularning bari davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan oqilona siyosatning amaldagi natijasidir. Yangi korxonalarning tashkil etilishi, minglab ish o‘rinlarining yaratilishi, ta’lim va tibbiyot infratuzilmasining kengayishi inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
☝️Mazkur loyihalarning ekologik jihatlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, Sirdaryo va Qoraqalpog‘istonda yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarining, jumladan shamol elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimining ishga tushirilishi “yashil” energetikani rivojlantirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
✅Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida ishga tushirilayotgan ushbu obyektlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va farovon kelajagining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishi aniq. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube

Iqtisodiy taraqqiyot va ekologik barqarorlik — islohotlarning muhim natijasi ❗️Bugungi yalpi majlisda "O‘zbekiston – 2030" st
Iqtisodiy taraqqiyot va ekologik barqarorlik — islohotlarning muhim natijasi   ❗️Bugungi yalpi majlisda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasini "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2026-yilning birinchi yarim yilligida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini eshitdik.  
☝️Avvalo bir narsani ta’kidlash lozim, bugun dunyo murakkab va ziddiyatli bir davrni boshidan kechirmoqda. Global iqtisodiyotdagi depsinishlar, savdo va moliya bozorlaridagi noaniqliklar ko‘plab davlatlarning rivojlanish sur’atlarini sekinlashtirmoqda. Ana shunday og‘ir va sinovli sharoitda Yangi O‘zbekistonimizda iqtisodiy yuksalish izchil davom etayotgani alohida e’tirofga loyiq natijadir.
  Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news/917   Abdushukur Xamzayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosiTelegram|✅Facebook | 🌐Instagram | 📹You Tube