cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ZIRAPCHA 5-MAVSUM

"Zirapcha" teleloyihasi 5-mavsumining RASMIY KANALI! Admin

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedMusic22 862
Advertising posts
1 567
Subscribers
No data24 hours
-247 days
-9930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#mulohaza Millionlab daraxtlar o'sadi, katta bo'ladi, o'rmon bo'ladi, ammo buni hech kim eshitmaydi, sezmaydi! Ammo, ularning ichida bir daraxt yiqilsa, uni hamma eshitadi, hamma sezadi! Unutmang, odamlar ham sizning unib-oʼsishingizga emas, yiqilishingizga qaraydilar. Shunday ekan, ularning gaplariga parvo qilmang, o'z hayotingizni o'z maqsadlaringiz bilan bunyod qiling! Kuningiz xayrli bo'lsin @zirapcha_5mavsum
Show all...
#ibrat Yemakxonada oʼtirgandik. Bir odam telefonda gaplashib boʼlib, quvonchdan qiyqirib sakradi va ofitsiantni chaqirib: — Hammaga mening nomimdan kabob tarqating! Oʼn sakkiz yillik intiqlikdan keyin bugun men ota boʼldim!- dedi. Yemakxonada hammaga ajoyib kaboblar tarqatildi! Uch-toʼrt kundan keyin o'sha erkakni 5-6 yoshli bolachaning qoʼlidan tutib, bolalar xiyobonida sayr qilib yurganini koʼrdim. Uni tanigan zahoti yoniga borib, oʼsha kungi ishini eslatdim va yonidagi bolachaga ishora qildim. Erkak tortinib, hijolat chekib shunday dedi: — Oʼsha kuni yemakxonada mening oldimdagi stolga kelib oʼtirgan keksa er-xotin suhbati qulogʼimga chalindi. Onaxon choliga “Keling, kabob yeylik, anchadan beri yegim kelib yurgandi”,-dedi. Otaxon esa ayolidan koʼzlarini olib qochib: “Hozir kabob ololmaymiz, pulimiz faqat shoʼrvaga yetadi, xolos” deya siniqqina javob qildi. Bu suhbatni eshitgach, men telefonda gaplashganday boʼlib, hammaga kabob buyurtma qildim. — Faqat oʼsha keksa juftlikka olib bersangiz boʼlardi, hamma xoʼrandalarga buyurtma qilishning nima keragi bor edi?- deya soʼradim undan. Erkakning javobidan koʼzlarim yoshlandi: — Faqat ularga olib berganimda otaxon ayolining oldida hijolat boʼlardi. Shuning uchun hammani birday mehmon qildim, bir erkakning izzat-nafsi sinishini xohlamadim... Qanday insonlar bor-a?! @zirapcha_5mavsum
Show all...
#mulohaza Ayol tuxum sotayotgan kampirdan tuxumning narxini soʼradi. Kampir: “Donasi 500 soʼmdan”,-deb javob berdi. "2500 soʼmga oltita tuxum berasizmi”, salkam qarzini soʼraganday balandroq ovozda gapirdi va qoʼshimcha qildi: “Boʼlmasa, ketaman-da, boshqa joydan ham olaveraman”. Keksa kampir bir muddat dam tuxumlarga, dam ayolga qaradi-da: "Mayli, olaqoling, ertalabdan beri bittayam sotolganim yoʼq, harna sotilgani”,-deb tuxumlarni xaltaga solib berdi. Аyol goʼyo katta gʼalaba qilgandek, tuxumlarni va sumkalarini koʼtarib mashinasi turgan joyga qarab yurdi. Yangigina avtomobilga oʼtirib, dugonasi bilan uchrashishi belgilangan restoranga keldi. Dugonalar koʼngillari tusagan taomlardan yeb, xohlagan ichimliklarni ichib, maza qilishdi. Turib ketishayotganda, hisob keltirishdi. Haligi ayol hisobda koʼrsatilgandan ortiqcha pul berib, “qaytimi kerakmas”, degandek qoʼli bilan ofitsiantga imo qilib qoʼydi . Ayol yo'ldagi kamprirga bermagan pulidan ko'prog'idan restoranda kechib yuborgandi! Bu pullar restoran xoʼjayiniga arzimagan foyda keltirgan boʼlsa-da, tuxum sotayotgan kampirga katta zarar edi... 📔 Nega biz kuchimizni ojizlardan narsa sotib olayotganda koʼrsatamiz? Nima uchun bizning saxiyligimizga muhtoj boʼlmagan odamlar duch keladi? Bizning negadir o'ziga to'qlarga xayr qilgimiz kelib qoladi? Mulohaza qilaylik... @zirapcha_5mavsum
Show all...
#mulohaza NEGA ERKAKNING AYOLIDAN KO'NGLI QOLADI? AYBDOR KIM? Bir yigit hikmat va tajriba egasi boʼlgan donishmandning oldiga bordi va unga shunday shikoyat qildi: "Аyolimni birinchi bor koʼrganimda, Аlloh dunyoda boshqa bu kabi goʼzal ayolni yaratmagan boʼlsa kerak deb oʼylagandim. Unga gapirib boshlaganimdan soʼng esa, bu kabi ayollar koʼp ekanini koʼrdim. Unga uylanganimdan soʼng esa, undan-da goʼzal ayollar koʼp ekanini his qildim. U bilan biroz muddat yashaganimdan soʼng esa, dunyodagi istalgan ayol mening xotinimdan yaxshiroq ekaniga amin boʼldim" Hakim kishi shunday dedi: - Senga bundan-da past va yomon narsaning xabarini beraymi? Yigit: -Ha. Donishmand: - Аgar sen dunyodagi barcha ayollarni nikohingga olib chiqsang ham, koʼchadagi mana shu daydi itlar ham shu ayollardan-da yaxshi ekanini koʼrar eding. Shunda yigit: - Nega bunday deyapsiz? Donishmand: - Chunki muammo sening ayolingda emas. Muammo shundaki, agar inson qalbi hirsga, nazari shahvatga berilsa, uni Аllohdan boʼlgan hayosi tark etadi. Bu koʼzni esa faqat qabr tuprogʼi toʼldiradi. Sening aybing Аlloh harom qilgan narsadan nazaringni tiymaganingdir! Аyoling oldingi holiga, dunyodagi eng chiroyli ayol holatiga qaytishini istaysanmi? Yigit: ha, dedi. - Unda nazaringni tiy! Аlloh taolo: “Sen moʼminlarga ayt, koʼzlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Аna shu ular uchun pokdir. Аlbatta, Аlloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir”,-deb marhamat qilgan. (Nur surasi 30- oyat) @zirapcha_5mavsum
Show all...
Дадамнинг муҳаббати... Болалигимда балиқни ёқтирмайдиган инжиққина қиз эдим. Лекин уйимизда балиқ пиширилган кун мен учун энг қувончли кунлардан бири бўларди. Чунки менинг балиқни хушламаслигимни билган дадам, менга албатта бошқа таом пишириб берардилар. Онам балиқ пишириш билан овора бўлган пайтлари, балиқнинг ёнидаги қозонда дадамнинг қўлларидан мен учун бошқа нимадир таом пишаётган бўларди. Ҳаммага балиқ тортилганда, отам ўз қўллари билан менга тайёрлаган таомларини сузиб келардилар. Ўшанда ўзимни жуда бахтиёр сезардим. Ич-ичимдан қувонардим. Йўқ, ўзим ёқтирган овқатни еганим учун эмас, балки дадамнинг эътиборлари, менга меҳрибончилик қилишлари шундай таърифлаб бўлмас бахтни туйишимга сабаб бўларди. Отам мени шу даражада яхши кўриб, шундай эътибор билан овқат тайёрлардиларки, ҳатто мен уйимизда кечки овқатга ҳар куни балиқ бўлса эди, деб орзу қиладиган бўлиб қолгандим. Чунки балиқ бўлган куни дадам менга албатта бошқа овқат пишириб беришларини билардим. Ёшим улғайганда дадам менга овқат пиширишни ўргатдилар. Отам билан овқат пиширишни ўзгача завқи бор эди. Бориб-бориб ҳамма овқатларни ўзим мустақил қиладиган бўлдим. Онам ҳам ошхона ишларини бутунлай менга топширдилар. Лекин дадам ошхонага кириб, тез-тез менга қарашиб турардилар. Орадан йиллар сувдек оқиб ўтиб кетди. Бу орада отамни ҳам, онамни ҳам тупроққа қўйдик. Мен ҳам улғайиб катта аёл бўлдим. Болалигимда ёмон кўрганим балиқни севиб ейдиган бўлиб қолдим. Чунки менинг кўп хотираларим шу балиқ билан боғлиқ. Бугун дастурхонга балиқ тортилса, ёки бозор расталари оралаб сотилаёган балиқни кўрсам, марҳум отам кўз олдимга келадилар. У кишининг мен учун алоҳида таом тайёрлаб беришлари, ишдан чарчаб келган бўлишларига қарамай, ҳафсала билан ошхонага кириб, мен севган таомлардан пишириб беришлари, ошхонада иш қилганимда кириб, менга ёрдам беришлари, ҳамма-ҳаммаси бир-бир хотирамда жонланиб, кўзимга ёш келади, отамни ғойибона дуо қиламан. "Фарзанд тарбиясидан 700 та сабоқ" @zirapcha_5mavsum
Show all...
00:12
Video unavailableShow in Telegram
#kayfiyat Sizning vaqtingiz qanday o'tadi😁 @zirapcha_5mavsum
Show all...
4.95 KB
#final 🎙 Rahmat, hayot Mahliyo, Uldanay, Lola va Rayhon Ulasenova Kanal @zirapcha_5mavsum
Show all...
Rahmat hayot 2.mp37.13 MB
#zirapcha 🎙Baxt bu — sensan Mushtariy Zafar va Mashhura 🔥 Kanal @zirapcha_5mavsum
Show all...
Baxt Bu Sen 2.mp37.71 MB
02:52
Video unavailableShow in Telegram
#final 🎙SIZ KUTGAN DUET 📝 qizlarning ijrosiga baho bering Kanal @zirapcha_5mavsum
Show all...
24.70 MB
#zirapcha Yuqorida qo'yilgan suratdagi qiz 5-mavsum ishtirokchisi Marjona(Aruke) edi😍 Oqshomingiz xayrli bo'lsin❤️ Kanal @zirapcha_5mavsum
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.