cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI

Advertising posts
2 189
Subscribers
-1624 hours
-1547 days
-1 00330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

02:48
Video unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM 🏠“Dom” da yashaysizmi? Xoʻsh, boshqaruv servis kompaniyasi nima uchun kerak? Batafsil videoda... Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
rolik BSK.mp436.97 MB
👍 2
02:19
Video unavailableShow in Telegram
#TOSHKENT_VILOYATI 🚨Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Toshkent viloyati suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati xodimlari hamkorligida ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanish va suvdan maqsadsiz foydalanishni olidini olish yuzasidan hududlarda nazorat ishlari olib borilmoqda. ✅Ichimlik suvidan noqonuniy ravishda foydalanganlar esa tarmoqdan uzilmoqda. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
28.80 MB
👍 1
#REYD 📌 Noqonuniy qurilish bartaraf qilindi Toshkent shahar Sergeli tumani, "Madaniyat" MFY, Qoʻyliq 5-mavzesida joylashgan иuyurtmachi “O'QUV QUROLLARI” MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini qurish ishlari Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, loyihada bino 3 qavat qilib koʻrsatilgan. Biroq buyurtmachining yana bir qavat qoʻshimcha qurilish qilayotganligi aniqlandi. Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmaga asosan 4-qavatni demontaj qilish ishlari amalga oshirildi va tasdiqlangan loyiha-smeta ishlaridan chetga chiqilgan kamchiliklar bartaraf etildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
video_2024-06-04_11-54-15.mp410.99 MB
👍 1
#BUXORO 🚨Buxoro viloyati Peshku tumani "Chigirchi"MFY hududida fuqaro tomonidan qurilayotgan 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish 2-qavati turar-joy binosida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda navbatdagi laboratoriya sinov ishlari olib borildi. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
👍 3
#SURXONDARYO 🚨Surxondaryo viloyati  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va viloyat "Suv taʼminoti"AJ  xodimlari tomonidan hududlar bo'ylab iste‘molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishni oldini olish  maqsadida nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda. ✅ Jumladan, joriy yilning may oyi holatiga ko'ra Surxondaryo viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan  monitoring jarayonida 86 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. 🔴 Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan mas'ullarga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda muammo joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
👍 4
20:01
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_NIGOHIDA 🚨 Suv resurslaridan samarali foydalanish davr talabi Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
MT_REYD_VAQTI_30_05_2024_TG.mp453.57 MB
👍 3
#MUNOSABAT 2024-yil 28-may kuni ijtimoiy tarmoqlar "Generalissimus" telegram kanali orqali e'lon qilingan Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, "Chinobod" MFY hududida joylashgan noqonuniy ko‘p qavatli uy bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan shu kunni o‘zida munosabat berilgan. Ammo unda inspeksiya tomonidan Olmazor tumani Prokuraturasiga 2024-yil 14-fevralda 1605-sonli xat chiqib ketganligi ko‘rsatilgan edi. Qo‘shimcha o‘rganishlar natijasida Toshkent shahar qurilish va kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan hybrid.pochta.uz tizimi orqali 2024-yil 14-fevralda aniq manzili kiritilib (Qoraqamish 1/1-dahasi Dilsaroy ko‘chasi 5-uy), Olmazor tumani Prokuraturasiga xat yuborilgan. Biroq 1605-sonli xat Olmazor tumani Prokuraturasiga yetib bormasdan hybrid.pochta.uz tizimi orqali “Uyda yo‘q” sababini ro‘kach qilib, 2024-yil 22-fevral kuni inspeksiyasiga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi.
Show all...
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#MUNOSABAT 📍Toshkent shahar,  Olmazor  tumani,  “Chinobod” MFYda “AL-HADID GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan ko’p qavatli turar-joy binosi Toshkent shahar  Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish  inspeksiyasi tomonidan o'rganildi va quyidagi choralar ko’rildi: Jumladan, 2024-yilning 28-may kuni obyektda  montaj qilish maqsadida olib borilayotgan  yer ishlari joyida  to’xtatildi va qurilish egasi Q.Olimovga tegishli yozma ko'rsatma berildi hamda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmaguniga qadar qurilish ishlarini olib bormaslik to’g’risida kafolat xati olindi. Yana shuni ma'lum qilamizki, joriy yilning 31-yanvar kuni hududiy inspeksiya mutaxassislari o'rganish maqsadida obyektga borganlarida Q.Olimov chaqirtirilgan, ammo u kelmagan. Holat yuzasidan mahalla raisi hamda profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma tuzilgan. Mas'ulning yashash manziliga qurilish-montaj ishlarini to’xtatish yuzasidan o'sha kunning o'zida ogohlantirish xati berilgan va  ishlar to’xtatilgan.…

#QASHQADARYO 🚨Qashqadaryo viloyatI hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan G'uzor tumani hududida buyurtmachi “Magnit Savdo Invest” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli turar-joy binosi obyektida monitoring ishlari olib borildi. ✅ Natijada obyektda ijro hujjatlari, umumiy ishlar va mualliflik nazorati jurnallari  o'z vaqtida yuritilmaganligi,undan tashqari obyektning 2-qavatida bajarilayotgan quyma temir beton o‘zaklar (serdechnik) armokarkaslarini to'qish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi. 🔴Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan buyutnmachi, bosh pudratchi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilib loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
👍 1 1🔥 1
01:44
Video unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM ⏺Qurilish ishlarini boshlashdan avval qo'shni uchastka egalarining roziligini olish majburiymi? Bunda qo'shni turar joy binosiga yorug'lik tushish normalari belgilanganmi? 🎥 Videorolikda mazkur savollarga javob olishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Show all...
11.88 MB
👍 2
#JIZZAX 🚨Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Jizzax shahar "Zargarlik"MFY hududida joylashgan uylarning texnik saqlanishi xatlovdan oʻtkazilganda bir guruh mulkdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan vakolatli tashkilotlar ruxsatisiz umumfoydalanishdagi joylarni egallab, qoʻshimcha qurilma qurib olish holatlari, yertoʻladan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlandi. ✅Aniqlangan holatlar yuzasidan mulkdorlarga 15 kunlik muddat asosida bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berilib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 159-moddasining tegishli bandlari asosida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 📍Yuqoridagi monitoring ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Show all...
👍 3🔥 1