TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI
✅Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi. ❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI
Channel TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI (@yiatvboshqarma) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 13 042 subscribers, ranking 15 289 in the Education category and 6 058 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 13 042 subscribers.
According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -318 over the last 30 days and by -1 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 7.69%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 4.52% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 1 003 views. Within the first day, a publication typically gains 590 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 5.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“✅Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi.
❗️Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | +3 | |||
| 08 September | +3 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | #shukuh
Malayziyada davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi
Joriy yilning 8-sentabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri yuqori badiiy saviyada bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan ijodiy jamoa o‘zlarining konsert dasturini namoyish etdi.
Xushovoz xonandalar va sozandalar, mahoratli raqqosalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyati hamda o'zbek milliy madaniyatini ulashdi.
Ushbu bayram tadbirlari O'zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 104 |
| 3 | #xushxabar
Oqqo'rg'onlik sportchi – Jahon chempioni!
4-7-sentyabr kunlari AQShning Xantsvill shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqaning T1 klassida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan, Oqqo‘rg‘on tumani farzandi Marjona Pardaboeva barcha raqiblaridan ustunligini amalda isbotlab, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi!
Oqqo‘rg‘onlik chempionimizni ushbu ulkan g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 842 |
| 4 | #SAFAR_YAKUNI
Mo‘ynoq yoshlarining Toshkent viloyatidagi mazmunli va taassurotlarga boy safari yakunlandi.
Bugun ular Nurafshon shahrida bo‘lib, zamonaviy ta’lim va innovatsiyalar maskani — Cyber University faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Universitetdagi yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar va yoshlar uchun berilayotgan ta’lim imkoniyatlari ular uchun alohida qiziqish uyg‘otdi.
Safarning navbatdagi manzili esa “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bo‘lib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi. 🇺🇿
Safar yakunlandi, ammo taassurotlar hali uzoq davom etadi! 💚
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 448 |
| 5 | ♟Shaxmatsevar yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!
✅O‘zbekiston yoshlar yetakchilarini qo‘llab-quvvatlash markazi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida shaxmat turniri tashkil etilmoqda. Musobaqa orqali ishtirokchilar o‘z bilim va strategik fikrlash qobiliyatini sinab ko‘rish, kuchli raqiblar bilan bellashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🗓Ro‘yxatdan o‘tish: 9–14-sentyabr
🤖Ro‘yxatdan o‘tish: @shahmat_musobaqasi_bot
Shoshiling, o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring va g‘oliblar safidan joy oling!
✅ Telegram | ✅ Instagram | ✅ Youtube | ✅ Facebook |✅ X | 142 |
| 6 | #Jarayon
Mo‘ynoq yoshlari Nurafshon shahridagi “Cyber University”da.
Yoshlarimiz uchun yangi bilim, zamonaviy imkoniyatlar va foydali tajribalar sari navbatdagi qadam. 🚀
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 510 |
| 7 | 🔰 DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028 o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.
Joriy yilning 5-sentyabridan 5-oktyabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.
@Yangiyo‘l yoshlari | 1 647 |
| 8 | ⚡️Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
#ChessOlympiad2026
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt | 386 |
| 9 | #Jarayon
Mo’ynoq yoshlarining Toshkent viloyatidagi birinchi kuni yakunlandi. Kun tafsilolatlari tayyorlagan roligimizda.
Yoshlar birinchi kunni katta qiziqish va yuqori kayfiyat bilan o’tkazdi! Ertangi kun bugungidan ham qiziqroq bo’lishi aniq!
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 362 |
| 10 | 📎Zamonaviy kasblar tanlovi
Tanlovda ishtirok etish uchun qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
Barchasi videoda bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan.
💻Video qo‘llanmani tomosha qiling va ro‘yxatdan o‘tishni hoziroq boshlang!
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🤩 Mobil Ilova | 😎 Telegram | | 680 |
| 11 | #Fotolahza
Mo’ynoq yoshlarining Chirchiq shahrida ish o’rganish jarayonlari davom etmoqda. | 576 |
| 12 | #Jarayon
Mo‘ynoq yoshlari uchun navbatdagi manzil — Chirchiq shahridagi Toshkent traktor zavodi.
Yoshlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, zamonaviy texnologiyalar va sanoat sohasidagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishmoqda.
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 1 326 |
| 13 | No text... | 1 |
| 14 | #Jarayon
Mo‘ynoqlik yoshlar Chirchiq transformator zavodida
Mo‘ynoqlik yoshlar Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida Chirchiq transformator zavodi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida yoshlar korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat faoliyati hamda mahsulot tayyorlash bosqichlarini kuzatib, soha mutaxassislaridan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning ishlab chiqarish sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi kasb va imkoniyatlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 1 085 |
| 15 | No text... | 1 |
| 16 | #Jarayon
Xabar berganimizdek, Mo‘ynoqlik yoshlar Toshkent viloyatida.
Yoshlar dam olib, tushlik qilib, birinchi manzil sari yo‘l olishdi. Ular dastavval “Maksam Chirchiq” tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan yaqindan tanishishadi.
Yoshlarning kayfiyati esa juda yuqori! Yangi joylar, yangi taassurotlar va eng muhimi yangi imkoniyatlar bilan tanishuvlar boshlandi.
Toshkent viloyatidagi sayohat hali davom etadi! 😉
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 1 259 |
| 17 | 🌊 Mo‘ynoq yoshlari — Toshkent viloyatida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshirig‘i ijrosi doirasida Mo‘ynoq tumanidan 100 nafar ishsiz yosh Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni viloyatimizdagi tengdosh tadbirkor yoshlarning faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan tanishtirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yangi imkoniyatlar yaratish.
🤝 Tashrif davomida Mo‘ynoq yoshlari Toshkent viloyatidagi zamonaviy tadbirkorlik loyihalari, ishlab chiqarish korxonalari va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishadi.
Eng muhimi, bu tashrif — tajriba almashish, yangi g‘oyalar olish va yangi marralar sari qadam tashlash uchun imkoniyat.
📍Mo‘ynoq yoshlari, Toshkent viloyatiga xush kelibsiz! | 703 |
| 18 | #Chellenj
🌿 CHELLENJ DAVOM ETADI! 💪
Toshknet viloyati Olmaliq shahar yoshlari tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, “Hashar” chelllenjeni qabul qildi! 🤝
Yoshlar ishtirokida hududni obodonlashtirish va tozalash maqsadida hashаr tashkil etildi.
🔥 Endi esa navbat — Toshkent tumani YOSHLARIGA!
Xo’sh, sizlar chellenjni qabul qilishga tayyormisiz? 😎
📱Instagram |📱Telegram | 521 |
| 19 | #Jarayon
Qibray tumani yoshlar yetakchilariga uslubiy ko‘mak
O‘zbekiston Yoshlar yetakchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent viloyati koordinatori Almaz O‘rinbekov tomonidan Qibray tumanidagi yoshlar yetakchilariga uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ish faoliyatini tizimli tashkil etish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda yoshlarning muammolari va tashabbuslari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 455 |
| 20 | #Bizning_qahramon
Suyanchig‘im yo‘q, deb o‘ylardim. Bugun angladimki, suyanchimiz — Vatanimiz, Prezidentimiz ekan...
Nurafshonlik Asal Hamdamova bu yil davlatimiz tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyozdan foydalanib, O‘zbekiston davlat yuridik universitetiga davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.
Ushbu imkoniyat Asalning ko‘ngliga qanot, kelajakka bo‘lgan ishonchiga esa katta kuch bag‘ishladi. Endi u oldiga ulkan maqsadlar qo‘yib, kelajakda yurtimizga munosib mutaxassis bo‘lishni niyat qilgan.
Bu imkoniyat, uning hayotidagi burilish va kelajakdagi rejalari haqida qahramonimizning o‘zidan eshiting.
Telegram/Facebook/Instagram/YouTube | 710 |
