SAT EDUCATION O'quv markazi
Open in Telegram
ASSALAMU ALAYKUM! BARCHA FANLARDAN CHUQURLASHTIRILGAN REPETITORLIK KANALI Murojaat va taklif uchun : Tel: +998943004440 Tel: +998937052211 Yoki @SAT_EDUCATION_BOT ga yozing
Show more468
Subscribers
+124 hours
-47 days
-2030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum xayrli kun
Bugun soat 14:00 da (ertaham emas ,kech ham emas) oʻz vaqtida
PM guruh kelishingiz kerak
Mock ishlaydiganlar 13:30 da boshqa xonada imtihon boʻladi
A2 guruh (test ishlayman deganlar boʻlsa bemalol)
A2 guruhga dars 16:30 da boshlanadi
Xudo hohlasa Darsni oʻzim Abduvohid Yuldashev Alloh qodir qilgancha oʻtaman
Qoʻshimcha savol murojaat uchun
@abduvohid_yuldashev
28- sentabrda milliy sertfikatga kiradigan yoki o'zini sinab Noyabr oyidagi imtihonga kiradiganlar uchun ofline mock test bo'lib o'tadi ,Test Boshlanish narxi markaz o'quvchilariga 5000so'm ,boshqa markaz ,yoki maktab o'quvchilari uchun 10000so'm , Test boshlanish vaqti 13:30-16:00 gacha
🎓 PM GURUHI
📚 Prezident maktablariga tayyorgarlik
📅 Dars kunlari:
🔹 Dushanba— ⏰ 16:00
🔹 Chorshanba — ⏰ 16:00
🔹 Juma — ⏰ 16:00
👨🏫 Ustoz: Sotivoldiyev Maʼrufxon
📞 Murojaat uchun:
+998943038882
🚀 Kelajakdagi katta natijalar sari — birga!
🎓 PM GURUHI
📚 Prezident maktablariga tayyorgarlik
📅 Dars kunlari:
🔹 Seshanba — ⏰ 16:00
🔹 Payshanba — ⏰ 16:00
🔹 Shanba — ⏰ 14:00+
👨🏫 Ustoz: Abduvohid Yuldashev
📞 Murojaat uchun:
+998 93 705 22 11
📲 Telegram: @abduvohid_yuldashev
🚀 Kelajakdagi katta natijalar sari — birga!
Hurmatli ota ona bugun 16:00-16:15 larda markazga yetib boraman
Barcha PM guruh ham kelsin ,kelishamiz baʼzilarni ota onasi bilan telefon orqali
Assalomu alaykum xudo hohlasa ertaga soat 16:00 da Barcha PM guruh oʻquvchilari markazga kelinglar
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigiAziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim! Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Assalomu alaykum ertaga barcha oʻqituvchilar va oʻquvchilsr birinchi oʻqish kuniga borib dars jadvali darslarni boshlash tugash vaqtlarini bilib aniqlab olishsa
Payshanba kundan
Kurs dars jadvallarini elon qilamiz
Repost from SAT EDUCATION O'quv markazi
🇺🇿 MUSTAQILLIK KUNI MUNOSABATI BILAN DAM OLISH KUNLARI! 🎉
Hurmatli o‘quvchilar va ota-onalar!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan SAT EDUCATION o‘quv markazida:
🗓 30–31-avgust
🗓 1–2-sentyabr kunlari darslar bo‘lmaydi.
📚 3-sentyabrdan boshlab darslarimiz odatdagi tartibda davom etadi! ✅
Barchangizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz! 🇺🇿❤️
🎊 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin!
Markaz direktori
S.Rustamov
Hurmatli kanal aʼzolari
Iyul iyun oylarida Muhammadsodiq degan 4-sinf oʻquvchisi oʻqigandi kursimda
Shu oʻquvchi kerak ,agar guruhda onasi boʻlsa +998937052211 yoki @abduvohid_yuldashev ga murojaat qilsinlar yoki taniganlar boʻlsa xabar berib qoʻyinglar menga aloqaga chiqsinlar zarur masalada .....
