cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Humoyun Rahmonov blogi

Matematikadan 10 yillik tajriba va 1000 dan ortiq abiturientni talaba bo'lishga sababchi bo'lgan ustoz. Ushbu kanalda siz muallifni shaxsiy qarashlarini o'qib borasiz.

Show more
Advertising posts
304
Subscribers
+124 hours
+17 days
-730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Afsus Avvallari dunyoga chiqqan olimlarimiz mashhur edi, hozir esa shkafdan chiqqanlari… P.s. kim edik, kim bo’ldik…
Show all...
👍 2 2
Repost from Humoyun Math
Ҳиндистоннинг машҳур актёри Амитабҳ Баччан шундай ҳикоя қилади: — Фаолиятим чўққисига чиққан, мамлакатда ҳам, хорижда ҳам таниқли бўлган вақтларим эди. Бир сафар манзилимга самолётда боришимга тўғри келди. Ён томонимдаги ўриндиқда одмигина кийинган, кўринишидан ўқимишли, содда ва самимий тасаввур қолдирадиган бир киши жойлашди. Табиийки, бортдаги бошқа йўловчилар мени таниб, мен билан мулоқотга киришишга ҳаракат қилишар, аммо бу киши бўлса пинагини ҳам бузмасдан, борлигимдан бехабардай хотиржам қўлидаги китобни мутолаа қилиб кетар, баъзан ильюминатордан ташқарига қараб қўяр эди. Борт хизматчилари чой тарқатган вақтдан фойдаланиб, уни гапга солгандай жилмайиб қараб қўйдим. Кутилгандай у ҳам жавобан мулойим жилмайиб салом берди ва суҳбатлашишга шароит пайдо бўлди. Суҳбатимизни фильмлар тарафга бурдим-да, ундан қанақа кинолар кўришга қизиқишини сўрадим. — Киноми, жуда камдан-кам ҳолларда кўраман, охирги бор кўрганимга бир неча йиллар бўлиб қолди, – деб жавоб берди жаноб. Шунда унга ўзимни танитмоқчи бўлиб, кино саноатида ишлашимни айтдим. Шеригим эса: — Шундайми, жуда яхши, кино саноатида нима иш билан шуғулланасиз, - деб сўради. Таниса таниб қолар деб актёр эканлигимни кўплаб киноларда роль ўйнаганимни айтдим. Гапимга шунчаки, «шундайми, ҳа, яхши» деб бош ирғади-да, яна қўлидаги китобни мутолаа қилишга тушиб кетди. Манзилимизга етиб, самолёт қўнганида у билан хайрлашиш олдидан «Айтганча, менинг исмим Амитабх Баччан» деб қўл узатдим. У киши таббасум билан қўлимни сиқиб, “Раҳмат, сиз билан танишганимдан хурсандман, мен кичик Тата бўламан (тата фирмасининг раиси) деб жавоб берди. (изоҳ: “Tata Group” Ҳиндистонда машинасозлик, авиасозлик, металлургия, маиший техника ва бошқа соҳаларда йирик ишлаб чиқарувчи ҳисобланади. Бугунги кунда 8 та секторда 114 та компанияни бирлаштириб турадиган 935 минг ишчиси мавжуд гигант компания). Ҳаёт қандай ҳамроҳларни йўлиқтиришини билмайсиз экан. Ўша куни тушундимки, ўзингизни қанчалик баланд санаманг, ҳар доим сиздан юқорироқ, каттароқ одам барибир чиқади экан. Киши камтар бўлса ҳеч нарса ютказмайди, ҳурмати ҳам, ҳиммати ҳам камайиб қолмайди.
Show all...
🔥 6👍 4 1🎉 1
Repost from Humoyun Math
00:16
Video unavailableShow in Telegram
Shu bolani maktabga ishga olish kerak ekan. @Humoyun_Math
Show all...
IMG_3914.MP41.35 MB
👍 7👏 4🔥 1
Repost from Humoyun Math
⚡️ Yangilik: Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi 🔰 Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi. 📚 Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi. ✅ Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. 📋 Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi. @Humoyun_Math
Show all...
👍 1
Repost from Humoyun Math
01:00
Video unavailableShow in Telegram
video.mp47.51 MB
👍 15🔥 2
Repost from Humoyun Math
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Anaaaaaa @Humoyun_Math
Show all...
IMG_3887.MP43.34 MB
👍 1
⚡️ 2024/2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik 🖥 2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti (my.uzbmb.uz) orqali onlayn tarzda amalga oshirildi. 📌 Joriy yilda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 410 415 nafarini (46%) joriy yil bitiruvchilari, 483 864 nafarini (54%) esa avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar). 👨‍💼🧑‍💼Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 400 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi. ✅ Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan. 🏛 Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🪕👮‍♀️ Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi. 🇺🇿 Bundan tashqari 30 637 nafar chet tilidan, 20 684 nafar umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 🏢 Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ❇️ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. 🔑 Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ☎️ Shuningdek, abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun 1195 qisqa raqamli murojaatlar markazi (“Koll markaz”) doimiy xizmat ko‘rsatmoqda. ✅ Qabul jarayoniga oid mavzulashtirilgan videoroliklar (o‘zbek va rus tillarida surdotarjima bilan) tayyorlanib, e’lon qilib borilmoqda. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Repost from Humoyun Math
Photo unavailableShow in Telegram
Funksiya grafiklari @Humoyun_Math
Show all...
👍 5
Repost from Humoyun Math
00:22
Video unavailableShow in Telegram
🔥 67 yoshida Abdug‘ofur Xatamov ingliz tilini o‘rganib B2 sertifikatiga ega bo‘ldi! Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dotsent lavozimida ishlovchi ushbu otaxon ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘lishga arziydi. Ular aytganidek, til o'rganish uchun yosh to'siq emas. O‘rnak sifatida o‘quvchilaringizga yuborib qo‘ying 👉 @Humoyun_Math
Show all...
IMG_3858.MP41.97 MB
👍 10🤩 2
Repost from Humoyun Math
EY XOIN! Ibn Moja rohimahullohning “Sunan”ida keladi: “Habashiston muhojirlari Makkaga qaytib kelgach, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ulardan so‘radilar: -Habashiston zaminida bo‘lib o‘tgan qiziq narsalar haqida gapirib beringlar! Sahobalardan biri dedi: -Bir kuni gaplashib o‘tirgan edik. Oldimizdan bir rohiba kampir boshida ko‘za bilan o‘tib qoldi. Shunda o‘sha yerlik yigitlardan biri uning orqasidan kelib yelkasidan itarib yubordi. Kampir yiqilib ko‘za sinib ketdi. So‘ngra o‘rnidan turib yigitga qarab dedi: -Ey xoin! Alloh taolo Kursisini qo‘ysa, avvalgilar va oxirigilarni jamlasa, qo‘l va oyoqlar qilmishidan so‘zlasa ana shunda bu qilmishing oqibatini ko‘rasan! Shunda buni eshitgan Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: -To‘g‘ri aytibdi, to‘g‘ri aytibdi. Zaifiga kuchlilaridan haqqini olib bermaydigan xalq qanday aziz bo‘lsin?!”. Allohga hamdlar bo‘lsinki, oldinda qiyomat bor. U kun dahshatli bo‘ladi. Quyosh boshimizga yaqinlashtiriladi. U kunda shunaqa hodisalar bo‘ladiki, dahshatda yosh bolaning sochlari oqaradi. Alloh taolo otamiz Odam alayhis salomga: “Farzandlaringdan do‘zaxiylarini ajrat!”, deydi. O‘shanda har mingta odamdan bittasi jannatga, qolgani esa do‘zaxga ketadi. Ammo o‘sha kun bo‘lmaganida hayotimiz yanada mashaqqatliroq bo‘lar edi. Bu mashaqqatli yo‘llardan o‘tishga mazlumlarning mana shu kunga bo‘lgan iymonlari dalda bo‘ladi! “ Ey xoin!”. O‘zingiz munosib bo‘lmagan mansabni pul bilan , qing‘ir yo‘llar bilan egallab olar ekansiz, siz xoinsiz. Hikoyangiz hali tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi! Birovlarning molini nohaqdan o‘zlashtirayotganlar, aka-ukalarining merosdagi ulushini o‘zlashtirib olayotganlar, siz xoinsiz. Siz ishni shu yerda tugadi deb o‘ylayapsiz. Hali pardalar ko‘tariladigan kun keladi. Yeru-osmonlar Jabbori huzurida hali tik turasiz! Pokiza ayollarga tuhmatlar qilganlar, pokiza qizlarimizning obro‘sini to‘kkanlar, siz xoinsiz. Siz “yetim jang”dagina g‘olib bo‘ldingiz. Hali urush tugagani yo‘q. Qolgani oxiratda davom etadi! Xotiniga zulm qilganlar, ularning kunini qorong‘u qilganlar, siz xoinsiz. O‘ylamang, mazlum xotiningiz oxiratda sizga rahm qilib o‘tirmaydi. U yerda adolat qoim. Birovning haqqi birovda qolib ketmaydi! Havoi-nafsini o‘ylab, ko‘ngil xushlash uchun “sevgi” nomi bilan boshqalarni aldab yurganlar, siz xoinsiz. U kunda mezon o‘rnatiladi. Ana o‘shanda qalbning nechog‘li tosh bosishini, Allohning nazdida qalbning o‘rnini qanaqaligini tomosha qilasiz! Xodimlariga quldek muomala qiladigan, bir luqma beradigan taomi uchun ularni xorlaydigan, yuzlarining suvini to‘kilishiga sabab bo‘ladigan boshliqlar, siz xoinsiz. Erta qiyomatda jazoning o‘z jinsidan bo‘lishini hali tomosha qilasiz! Ey pora oladigan sudyalar, mijozni aldaydigan muhandislar, puli yo‘q bemorlarni shifoxona eshigidan haydaydigan shifokorlar, ijara pulini vaqtida to‘lay olmagani uchun uysizlarni chiqarib haydaydigan boychalar, sehr va chaqimchilik bilan o‘zgalar uyini buzadigan ifloslar, qaynona va qaynotasiga zulm qiladiganlar, aka-ukalar orasini buzadigan kelinlar sizlar xoinsizlar. Qiyomat aniq. Habashistonlik kampirning “Ey xoin!”, degan gapini unutmanglar! Hasanho’ja MuhammadSodiq @Humoyun_Math
Show all...
👍 6 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.