en
Feedback
CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

Open in Telegram

Elite offensive security consulting for corporates & governments. CYBER-BRO - cyber security company official telegram channel! Contact: cyberbro@exat.uz

Show more
2 472
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-1530 days
Posts Archive
😎😎😎😎😎😎 ⭐️Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Mustaqillik – bu bizning eng ulug‘ ne’matimiz. Uning himoyasi – bu har birimizning burchimiz.
📺 Youtube sahifamizda yuqori sifatda tomosha qiling! ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV

☝️ Ushbu kurs yuqorida ta'kidlanganidek, hozirda shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun tashkil etilgan, korporativ tarmoqda xavfsizlik va duch kelishingiz mumkin bo'lgan kiberxujumlarga qarshi kurashish haqida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan Kursda CYBERBANK va SCADA tizimlaridan iborat virtual kiberpoligondan foydalangan holda : ✅ Labaratoriya tayyorlash va tanishish ✅ Xavfsizlik tizimlarini joriy qilish - EDR/XDR ✅ Kiber razvedka va tahdidlarni klassifikatsiyalash, xujumni aniqlash muhandisligi metodologiyasi ✅ Zararli implantlar orqali xujum simulyatsiyasi va boshqaruv markazi ✅ Xujumning taktik texnikalarini ko’rib chiqish ✅ Korporativ tarmoqlarda xujum simulyatsiyasi ✅ Xalqaro kiberjinoyatchi guruhlar xujumini simulyatsiyalash (Yoro Trooper, BladedFeeline va boshqa APT lar texnikalari amalda ko'riladi) ✅ Ma’lumotlarni shifrlovchi kiberjinoyatchi guruhlar xujumi simulyatsiyasi - Ransomware attack simulation ✅ Xujumdan keyingi izlarni aniqlash, infratuzilmani tozalash va keyingi xavfsiz ishchi muhitni ta’minlash Texnik talablar : Laptop yoki PC, USB 3.0, 16GB dan ortiq RAM, 500GB HDD, Microsoft Windows/Office,Internet(firefox/ chrome) va Zoom profiliga ega bo’lishi kerak. O’quvchilar uchun: Internet texnologiyalari, TCP/IP, Windows AT da fayllar, tarmoq protokollari, terminal va register bilan ishlay olish, virtualizatsiya vbox/vmware va Linux AT haqida boshlang’ich ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Ta’minlanadi : Har bir o’quv mashg’ulotlarining ma’ruza matni, slaydlari, umumiy kitob va video materiallari doimiy berib boriladi, labaratoriya nusxasi va artifaktlar nusxalari ham taqdim qilinadi. ℹ️ Tashkilotlar elektron va milliy do'kon (xarid.uzex.uz) orqali kursga to'lov qilishlari mumkin. To'lov rekvizitlari bo'yicha adminga murojaat qiling. 📨 Biz bilan bog'lanish uchun: info@cyber-bro.uz yoki @cyberbro_support ga murojaat qiling. X - Telegram - Linkedin - Youtube

🎉 Sentyabr oyida boshlanadigan onlayn kursga qabul ochildi : @cyberbro_support

🎉 CYBER-BRO ACADEMY Biz eng muhim va zarur bo'lgan ehtiyojlar uchun sohadagi eng nozik muammolarni bartaraf eta oladigan, hayotiy kibertahdidlardan ximoyalanish uchun yetarlicha malaka va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyatini taqdim qilamiz. CYBER-BRO ACADEMY Professional "Red Team Operator" amaliy o'quv mashg'ulotiga qabulni ochiq deb e'lon qiladi. O'quv mashg'ulotlari ma'lum auditoriyaga moslashtirilgan bo'lib : Davlat tashkilotlari, banklar, vazirliklar va IT sohasidagi dasturiy ta'minotlar ishlab chiquvchilar uchun mo'ljallangan. Bunga sabab yirik kiberxujumlar aynan shunday tashkilotlarga qaratilishida va buni natijasida minglab boshqa kichik tashkilotlar, yoki millionlab fuqarolar xavfsizligi tahdid ostida qolishi mumkin. Shu sabab ushbu o'quv kursi orqali "real hayotiy kibertahdidlar" ni simulyatsiyalash orqali tashkilotlarning axborot va kiberxavfsizlik mutaxassislarida aniq bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. — O'quvchilar soni : 15 kishi — Davomiyligi : 2 oy — Olib boriladi : Onlayn (talabga ko'ra offlayn ham tashkil etiladi) — Darajasi : Boshlang'ichlar uchun emas ❗️ Mashg'ulot faqat korporativ mijozlar uchun o'tkaziladi, o'quv mashg'uloti tarkibi va to'lov uchun bizga rasmiy email manzilingizdan xabar yuboring. Xabarda imkon qadar o'quvchilar soni, tashkilot nomi, bog'lanish uchun telefon raqami, maqsad va takliflaringizni batafsil keltiring. 📨 Biz bilan bog'lanish uchun: info@cyber-bro.uz X - Telegram - Linkedin - Youtube

🇺🇿 4-avgust Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun BURCH, SADOQAT, JASORAT! Milliy gvardiya xodimlarini bayram bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz, mashaqqatli va ma'suliyatli faoliyatlariga zafarlar tilab qolamiz ✊ 🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!

🇺🇿 Hiylaqush kiberoperatsiyasi haqida eshitganmisiz ? CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi O'zbekiston hududidagi kiberjin
🇺🇿 Hiylaqush kiberoperatsiyasi haqida eshitganmisiz ? CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi O'zbekiston hududidagi kiberjinoyatchi guruhlar harakatini diqqat bilan kuzatib keladi, bugun ana shunday guruhlardan biri bilan 2024-yil dekabr oyida o'tkazilgan "Hiylaqush" operatsiyasi haqida batafsil tanishishingiz mumkin bo'ladi O'zbekiston fuqarolariga qaratilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalgan, Windows amaliyot tizimiga xavf tug'diruvchi zararli dasturlar orqali xujum qilgan kiberjinoyatchi guruh va ularning mijozlari mutaxassislarimiz tomonidan fosh etildi. Operatsiya davomida O'zbekiston fuqarolari va tashkilotlarga tegishli ko'plab ma'lumotlar kiberjinoyatchilar kompyuterlaridan dalil sifatida qo'lga kiritildi. Bunday kiber operatsiyalar kompaniyamiz mutaxassislari tomonidan davomli amalga oshirilmoqda, bizni kuzatib boring! ❗ Batafsil "Hiylaqush" kiber operatsiyasi haqida tanishing. 🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

❗2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq infostealer viruslari bilan zararlangan kompyuterlar qayd e
2025-yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq infostealer viruslari bilan zararlangan kompyuterlar qayd etildi. Bu tahdidlar turli resurslarga kirish ma’lumotlari (credentials), cookies va boshqa muhim ma’lumotlarni o'z ichiga oladi Eng faol zararli dasturlar oilalariga quyidagilar kiradi: ➡️ RedLine ➡️ Raccoon ➡️ Vidar ➡️ Lumma ➡️ Meta Ushbu zararli dasturlar odatda Chrome, Edge, Firefox va boshqa brauzerlardagi avtomatik saqlangan login/parollar, cookie fayllar, va kriptovalyuta hamyonlari haqidagi ma’lumotlarni nishonga oladi. Qo'lga kiritilgan ma'lumotlar turli yangi kiberjinoyatlarni sodir etishda qo'llanilishi yoki darkwebda sotilishi mumkin. O‘zbekistonda bunday zararli dasturlar quyidagi sektorlarni nishonga olmoqda : ➡️ Davlat tashkilotlari ➡️ Bank va moliya sohasi ➡️ Ta’lim muassasalari ➡️ IT va texnologiyalar, telekommunikatsiya va provayderlar ➡️ Tibbiyot sohasi ➡️ Energetika va infratuzilma sohalari. Biz O‘zbekiston kibersarhadlarini muntazam kibertahdidlarga monitoring qilib bormoqdamiz va Threat intelligence - kiberrazvedka tizimimiz orqali tahdidlar bo'yicha ogohlantirishni tashkillashtirmoqdamiz. 🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

🇺🇿 O‘zbeksiton Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavsizligi universiteti hamda CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi ha
+3
🇺🇿 O‘zbeksiton Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavsizligi universiteti hamda CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi hamkorlik memorandumi imzoladi Hamkorlik doirasida : ✅ Kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy o‘quv dasturlari va treninglar; ✅ Harbiy soha uchun axborot xavfsizligi texnologiyalari; ✅ Real hujum ssenariylari asosida mashq o‘tkaziladigan kiberpoligon loyihalari; ✅ Xavfga tezkor javob beruvchi milliy kiberxavfsizlik rezervini shakllantirish; ✅ Soha mutaxassislari uchun ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba almashinuvi kutilmoqda. Mazkur memorandum zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishda muhim qadam bo‘ladi. 🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli tomonidan 2025-y
+2
⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli tomonidan 2025-yil 26-iyun kuni “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar, xususan darknetda kiberjinoyatchilarni kuzatish va aniqlashning zamonaviy yechimlari!" mavzusida ma'ruza bilan qatnashdi Ma'ruza davomida kompaniyamiz zamonaviy yechimlari orqali kiberjinoyatchilarni aniqlash, kuzatish va raqamli dalillarni shakllantirish, kiberrazvedka xizmatlari haqida ma'lumot berildi Kompaniyamizning texnik imkoniyatlari orqali aniqlangan kiberjinoyatchilarga huquqiy baho berish borasida Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari bilan hamkorlik qilish kelishib olindi. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

🎉🎉🎉 CYBER-BRO Kiberxavfsizlik akademiyasiga qabul ochilmoqda O'zbekistonda kiberxavsizlik xodimlariga talab oshib bormoqda, ammo sifatli va ish faoliyatini, o'z karyerasini boshlash uchun yetarlicha saviyali o'quv kurslari mavjud emas! Biz yuridik va jismoniy shaxslarga aynan sohaning muhim va zarur bilimlarini hayotiy misollar bilan boyitilgan kiber poligonda amaliyotda o'rgatamiz, o'quv mashg'ulotlari real hayotiy ish tajribasiga va mutaxassis tanlagan soha asosida olib boriladi. Akademiyamizda kiberxavfsizlik sohasining quyidagi yo'nalishlari alohida o'qitiladi : - Red Team – TAS (Targeted Attack Simulation) - SOC analyst – Certified SOC Analyst (CSA) - Digital forensics and incident response (DFIR) - REMA – Reverse Engineering & Malware Analysis - Secure SDLC & DevSecOps - Android Application Security Analysis and Penetration Testing - Cyber threat intelligence – Registered Threat Intelligence Analyst - Practical Bug Bounty – H1 (Burpsuite Pro) - Advanced Active Directory Exploitation - Foundation – Linux OS - Foundation – Cyber Hygiene - Social engineering & Managing Human Risk - Information Security report writing - Information security for government agencies - OpenSource EDR, MDR, XDR, SIEM, DLP training Batafsil kurslar va qabul haqida ma'lumot berib boramiz, hozirda "Red Team operator – TAS (Targeted Attack Simulation)" kursiga qabul ochiq deb e'lon qilamiz 🎉 ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! Biz bilan tezroq bog'lanish uchun info@cyber-bro.uz yoki cyberbro@exat.uz ga sizni qiziqtirgan savollarni batafsil yozib yuboring. X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomon
+3
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan joriy yilning 17-iyun kuni “Sun’iy intellekt nazariyasi va amaliyoti: tajriba, muammolar va istiqbollari” mavzusida II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi konferensiyasida CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "AI/ML XAVFSIZ YORDAMCHIMI ? SUNIY INTELLEKT TIZIMLARI XAVFSIZLIGI" mavzusida taqdimot o'tkazdi. Unda Kiberjinoyatchi guruhlarning zamonaviy texnikalar bilan qurollangan holdagi harakatlari, datasetlar, modellarni zararlashi va ularni aniqlash bo'yicha texnik ma'lumotlar berib o'tildi. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

Aziz din qardoshlar! Avvalo, barchamizga kirib kelgan Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Alloh taolo ushbu qutlug' ayyomni barcha
Aziz din qardoshlar! Avvalo, barchamizga kirib kelgan Qurbon Hayiti muborak bo'lsin! Alloh taolo ushbu qutlug' ayyomni barcha mo'min-musulmonlar, xususan, yurtimiz uchun ham xayrli va barakotli qilsin, CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi siz va oilangizga eng yaxshi ezgu tilaklarni tilab qoladi.

1-Iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, zamonaviy tahdidlardan shaxsiy va oilangiz, bolalaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun muhim bo'lgan quyidagi tafsiya va "Deutsche Telekom" tomonidan ishlangan ijtimoiy rolikni taqdim etamiz Videoda ota-ona o‘z qizlarining bolalikdagi suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda ochiq joylashtirgan, ammo qiz o‘sib ulg‘aygach, bu ma’lumotlar uning shaxsiy hayotiga putur yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi xabar beradi. Kinoteatrda ota-onaga qizlarining katta bo‘lganidagi hayotini ko‘rsatish orqali ular ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotsiz ulashgan ma’lumotlarning oqibatlari dramatik tarzda namoyish etiladi. Qiz ota-onasidan o‘z suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni so‘raydi, bu esa shaxsiy hayotni himoya qilish muhimligini ta’kidlaydi. ✅ Farzandlaringiz va ularning shaxsiy hayotini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar : 🔴 Shaxsiy ma’lumotlarni cheklang: Bolalarning suratlari, ismlari, tug‘ilgan sanasi, maktab yoki yashash joyi kabi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda umuman joylashtirmaslik yoki faqat cheklangan doiradagilar bilan ulashish tavsiya etiladi. Bu ma’lumotlar kiberjinoyatchilar tomonidan suiiste’mol qilinishi mumkin. 🔴 Maxfiylik sozlamalarini tekshiring: Ijtimoiy tarmoq platformalaridagi maxfiylik sozlamalarini muntazam ravishda ko‘rib chiqing va faqat ishonchli do‘stlar yoki oila a’zolari bilan ma’lumot ulashing. “Faqat do‘stlar” yoki “maxfiy guruh” sozlamalaridan foydalaning. 🔴 Bolalar bilan suhbatlashish: Farzandlaringizga ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni ulashish xavflari haqida o‘rgating. Ularga o‘z rasmlari yoki ma’lumotlari internetda paydo bo‘lishining oqibatlari haqida tushuntiring. 🔴 Ruxsat so‘rang: Farzandingizning suratini yoki ma’lumotlarini joylashtirishdan oldin, agar ular yetarlicha yoshda bo‘lsa, ulardan ruxsat so‘rang. Bu ularning shaxsiy chegaralarini hurmat qilishga yordam beradi. 🔴 Raqamli izlarni minimallashtiring: Bolalarning shaxsiy ma’lumotlari internetda qancha kam bo‘lsa, ularning kelajakdagi maxfiyligi shuncha yaxshi himoyalanadi. Masalan, yuzni aniqlash texnologiyalari suratlardan shaxsiy ma’lumotlarni osonlikcha olishi mumkin. 🔴 Kiberxavfsizlik vositalaridan foydalaning: Parol boshqaruvchilari, ikki faktorli autentifikatsiya va xavfsiz internet ulanishlaridan foydalanib, hisoblaringizni himoya qiling. 🔴 Ogohlantirish belgilarni sezing: Agar kimdir sizning yoki farzandingizning ma’lumotlarini noto‘g‘ri ishlatayotganini sezsangiz, darhol ijtimoiy tarmoq platformasiga shikoyat qiling va kerak bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi, Yangi Asr U
+2
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi, Yangi Asr Universiteti va Grand Ta'lim Maktabi hamkorligida 2025 yil 24 may kuni Yangi Asr Universitetida "Raqamli transformatsiya davrida kiber tahdidlar: Zamonaviy texnologiyalar va ularning jamiyatga ta'siri" mavzusidagi Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi "Zamonaviy kibertahdidlarga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash" mavzusida taqdimot o'tkazdi. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚡️ ESET 2024-yil oktabr – 2025-yil mart oylari uchun asosiy APT guruhlari faoliyati haqida hisobot e'lon qildi Unda O'zbekist
⚡️ ESET 2024-yil oktabr – 2025-yil mart oylari uchun asosiy APT guruhlari faoliyati haqida hisobot e'lon qildi Unda O'zbekiston kibersarhadlarida faol kibertahdidlar amalga oshirayotgan kiberjinoyatchilar haqida ma'lumot beradi. Jumladan Qozog'iston bilan bog'liq bo'lgan "BladedFeline" xakerlik guruhi qayta xujumlarni amalga oshirgani haqida faktlar keltiriladi, biz bu haqida o'tgan yili ma'lum qilgan edik, asosiy xujum nishonlari sifatida xakerlar O'zbekiston telekommunikatsiya provayderlariga xujum qilishgan, balki oldingi xujumlar orqali qo'lga kiritilgan imkoniyatlar orqali boshqa provayderlarga ham zarar yetkazgan bo'lishlari mumkin. ☝️ "BladedFeline" guruhining hujum texnikalari Eronning "MuddyWater" xakerlik guruhi texnikalariga juda mos keladi va bu haqida ESET mutaxassislari quyidagicha fikrda :
Bu taktika MuddyWater guruhidan olingan bo‘lishi mumkin, chunki MuddyWater uzoq vaqtdan beri PowerShell skriptlaridan foydalanadi, yoki MuddyWater BladedFeline uchun qayta kirishni amalga oshirib bergan bo‘lishi mumkin, ammo bunga aniq dalil yo‘q. BladedFeline O‘zbekistondagi yana bir telekom tashkilotini nishonga olgan bo‘lishi mumkin ehtimol. Bu voqealar Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik aloqalar mustahkamlangan (2025-yil fevralida 400 AQSh dollari tranzit to‘lovi bekor qilingan) davrga to‘g‘ri keladi, bu Eron bilan bog‘liq kiberjosuslik guruhlari faoliyatini ko‘rsatishi mumkin.
🔥 CYBER-BRO Cyber Threat Intelligence tizimi orqali biz xakerlik guruhlarining izlarini faol kuzatmoqdamiz va yangi tahdid ma'lumotlarini doimiy hisobotlab boramiz, batafsil. Batafsil ESET hisoboti bilan bu yerda tanishing : https://www.welivesecurity.com/en/eset-research/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025/ https://web-assets.esetstatic.com/wls/en/papers/threat-reports/eset-apt-activity-report-q4-2024-q1-2025.pdf

⚡️ Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi Unda CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi “Zamonaviy kibertahdidlar va O‘zbekiston internet sarhadlarida kiberxavfsizlik holati” mavzusida taqdimot o'tkazdi. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish mu
+6
🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda yurtimizda kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ hisoblangan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va “CYBER-BRO” kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽 🌐iiau.uz|Facebook|🌐Instagram|Telegram|📹YouTube

⚡️ Xakerlik guruhlari va APT o'rtasida qanday farq bor ? qaysi guruhlar global xavfsizlikga jiddiy tahdid tug'dirmoqda ? Ular
+6
⚡️ Xakerlik guruhlari va APT o'rtasida qanday farq bor ? qaysi guruhlar global xavfsizlikga jiddiy tahdid tug'dirmoqda ? Ularning maqsadi nima ? Shu savollarga ushbu rasmlardan ma'lumot olasiz. ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚠️ Kiberxavfsizlikni yangi bosqichga olib chiqing: Cyber Threat Intelligence (CTI) yordamida auditlash, pentesting va Red Team xizmatlarimiz orqali yanada mukammal xavfsizlikga erishing ✅ Kompaniyangiz kiberxavflardan to‘liq himoyalanganmi? Tashqi va ichki tahdidlar doimiy ravishda rivojlanmoqda, shuning uchun proaktiv yondashuv – muvaffaqiyat kaliti! Bizning CITIZENSEC Cyber Threat Intelligence (CTI) asosidagi xizmatlarimiz orqali auditlash, pentesting va Red Team operatsiyalarini yangi darajaga olib chiqamiz, bunda CTI yangi imkoniyatlarni va global xavfsizlik tahlilini o'tkazishga yordam beradi. 💡 CTI nima va nima uchun muhim? Cyber Threat Intelligence – bu kiberxavflarni aniqlash, tahlil qilish va ularga qarshi choralar ko‘rish uchun real vaqtda ma’lumot to‘plash va tahlil qilish jarayoni hisoblanadi. CTI yordamida: - TIBER-EU (Threat Intelligence-Based Ethical Red Teaming) standarti asosida tekshiruv o'tkazish - Tashqi tahdidlar (masalan, xakerlar, malware, phishing) haqida oldindan ogohlantirish. - Ichki tahdidlar (xodimlar xatolari, zaifliklar, ruxsatsiz kirish) monitoringi. - Potentsial xavflarni minimallashtirish uchun aniq strategiyalar ishlab chiqish. - TAS (Threat Assessment Services): Tashqi va ichki tahdidlarni doimiy monitoring qilish va tezkor javob berish. 🚀 CTI yordamida nimaga erishasiz? - Tezkor reaktsiya: Yangi xavflarni aniqlab, ularga zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish. - Xarajatlarni optimallashtirish: Zaifliklarni oldindan aniqlash orqali katta zararlarning oldini olish. - Ishonchli himoya: Tashqi va ichki tahdidlarni doimiy monitoring qilish orqali, hotirjam faoliyat yuritasiz 📊 Nega bizni tanlash kerak? - O'zbekistonda birinchi unikal CTI asosida real vaqtda tahlil va monitoring qilish xizmatiga egamiz - Tajribali va milliy mutaxassislar jamoasi - Har bir kompaniyaga moslashtirilgan yechimlar taklif qilamiz 🔥 Kiberxavfsizlikda bir qadam oldinda bo‘ling! Biz bilan bog‘laning va audit, pentesting va Red Team | TAS xizmatlari orqali biznesingizni himoya qiling! 📩 Bog‘lanish uchun: info@cyber-bro.uz ✅ CYBER-BRO - Xavfsiz sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube

⚡️ O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida, CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari bilan navbatdagi masterk
+3
⚡️ O`zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida, CYBER-BRO kiberxavfsizlik kompaniyasi xodimlari bilan navbatdagi masterklass o'tkazildi Unda talabalarga kiberjinoyatlar va ularni kiberkriminalistik tekshiruv texnikalari orqali aniqlash, kuzatish va oldini olish mavzulari batafsil yoritib berildi. 🤝 Kiberxavfsizlik sohasidagi eng zamonaviy bilimlarni chegarasiz ulashishda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga doim tayyormiz. 📨 info@cyber-bro.uz X - Telegram - Linkedin - Youtube