Dr. Algorithm
Open in Telegram
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Show more4 362
Subscribers
+3324 hours
+447 days
+20630 days
Posts Archive
4 362
Soʻrovnomada qatnashgan hammaga katta rahmat!
Juda katta yordam berdingiz.
Soʻrovnoma yopildi.
03.05.2026 London
@DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum do‘stlar,
Bir tanishimiz O‘zbekiston to‘lov tizimlari bo‘yicha dissertatsiya yoqlash harakatidalar. Hozirda Angliyada magistraturada o‘qimoqdalar.
Bitta so‘rovnoma qilishlari kerak ekan, shunga yordam bera olamizmi?👉 https://app.onlinesurveys.jisc.ac.uk/s/northumbria/fintech-adoption-trust-and-regulatory-challenges-in-uzbekistan- So‘rovnoma ingliz tilida. Payme, Click, Uzum va boshqa FinTechlarni ishlatish haqida fikringizni so‘ragan ekanlar.
Qatnashaningiz uchun katta rahmat!03.05.2026 London @DrAlgorithm
4 362
Repost from Sariq Dev
Birinchi javobni o'ziyoq nuqtasiga urdi. Mutaxassislar bilgan narsasini samaraliroq bajarib, bilmagan narsasini tezroq o'rganishayapti.
Ilmsizlarda esa bilim emas "bilim illyuziyasi" paydo bo'layapti. Ya'ni nimanidir o'rgandim (chunki bajardim) deb o'ylaydi, lekin nima bajarganini (va o'rganganini) o'zi tushunmaydi.
Buning oldini olish haqida keyingi postlarda yana to'xtalaman.
@sariqdev
4 362
+2
1 oy tekin ekan.
🧑💻 https://bytebytego.com
Assalomu alaykum do‘stlar,
Nodirjonga rahmat. Dasturlash bo‘yicha foydali kitoblarni tekinga o‘qish imkonini tavsiya etdilar.
Ishga kirishga tayyorlanayotganlar uchun foydali manba ekan.Sizga ham ulashgim keldi. 30.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum do‘stlar,
UzGeeks tadbiri haqida maqola chiqibdi.
Barcha tadqimotchilarning taqdimot fayllarini ham Telegramga yuklangan.
Tadbir vaqtida taqdimotlarni so‘raganlar bor edi. Yuklab olishingiz mumkin.
Yana rasm va video materiallar tayyor bo‘lganida xabar beraman.
27.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
+9
“UzGeeks Conf 2026” tadbiri oʻtkazildi
⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi direktori A. Eshankulov ochib berdi.
⬇️“UzGeeks Conf 2026”da malakali mutaxassislar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi:
➡️Startupni bozorga testlash, GTM da marketing usullari - Abduroziqov Safarmurod (AURA Digital, CEO); ➡️Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI - Senior Product manager); ➡️Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager); ➡️Sunʼiy intellekt sizning ishingizni oladimi yoki yoʻqmi? - Ozodbek Ulmasov (Zarela.ai , CTO); ➡️Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO); ➡️SI davrida Shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash - Saidolim Djuraev (Moneff, CTO); ➡️Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO); ➡️Sunʼiy intellekt - Ertaga Kech! - Anvar Narzullaev (Mohirdev, CEO).✅Taqdimotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Tadbir suratlari esa bu yerda. ❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirildi. 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
4 362
UzGeeks tadbirimiz boshlandi.
Hech oʻylab koʻrganmisiz, UzGeeks qayday paydo boʻlgan?
25.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum,
Yoshlarga qoil qolaman. Shunday ajoyib so‘zlar bilan tilga olishadi, ko‘zga yosh keladi. Naxot-ki! - deging keladi.
UzGeeksning tashkilotchiligida xizmat qilayotgan barchaga katta rahmat.Kanalimiz a'zolarini esa, ertaga kutib qolaman. Shu kunlarda kanalga maqola tayyorlay olmadim. Kelasi hafta uchun rejalar katta. Tadbirdan keyin yana maqolalarni doimiy yozib borishni davom ettiramiz. Birga ekaningiz uchun katta rahmat! 24.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Assalomu alaykum do‘stlar,
Nasib qilsa shu Shanba, 25 Aprel, kuni sizlar bilan diydor ko‘rishish nasib etishini kutmoqdaman.
UzGeeks AT hamjamiyati o‘zining 10 yilligini nishonlamoqda.
Katta dasturchi va loyiha egalari jamoasi turli mavzularda chiqish qilishadi.
O‘ylaymanki ko‘pchilik uchun manfaatli mavzular bo‘ladi.
Tadbirga keling, qatnashing, bir-biringiz bilan tanishing. Malakali dasturchilar ham kelishgan bo‘ladi ular bilan tanishib olishingiz, savollaringiz bo‘lsa berishingiz mumkin.
Nasib qilsa indinga tadbirda ko‘rishamiz!
23.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Repost from UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan “UzGeeks Conf 2026” tadbirining kun tartibi(agenda) bilan tanishing.
Barchangizni kutamiz.
@UzGeeksCommunity
4 362
Assalomu alaykum doʻstlar,
Nasib qilsa Shanba, 25 Aprel, kuni UzGeeks Confda koʻrishamiz.
SI mavzusida turli chiqishlar boʻlar ekan. Menga ham soʻz taklif qilishdi.
Sizga qaysi mavzu qiziq?Qaysi mavzuni yoritib bersam sizga va faoliyatingizda foydali boʻladi? Fikrlaringizni izohda qoldirsangiz chiqishda qoʻshib ketishga harakat qilaman.
Ba'zida soʻz bor, yozishga imkon yoʻq. Odatda imkon bor, soʻz yoʻq.20.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Repost from UzGeeks Community - 10 yoshda🎉
🟦🟦🟦
“UzGeeks Conf 2026”GA TAKLIF ETAMIZ!
⚜️Joriy yilning 25-aprel kuni UzGeeks hamjamiyatining 10 yilligi munosabati bilan “UzGeeks Conf 2026” tadbiri boʻlib oʻtadi.
🏷Ushbu tadbirda yillar davomida oʻtkazilgan meetuplar sarhisobi, hamjamiyat erishgan yutuqlar hamda bir-biridan qiziq mavzularda chiqishlar boʻladi.
➡️“UzGeeks Conf 2026” rejasi quyidagicha:
1. Klassik Product managementdan AI Startup Product managementning farqlari - Temur Ibroximov (Numeo AI, Senior Product manager)
2. Mahsulot Menedjeri ishida AI. Real keyslar - Farhod Sayd (Moneff (UK), Product manager)
3. Bizneslarni raqamlashtirishda IT kompaniyalarning 7 ta xatosi - Amon Olimov (Deep Vision, CEO)
4. Next Level: Senior to Digital Management - Qudrat Abdurahimov (GITA, CEO)
Mavzular yana to'ldirilmoqda.
✅Tadbirda ishtirok etish uchun uzgeeks.com saytidan roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
🗺Manzil: Muminov 4/1;
⏰Vaqt: 25-Aprel, 10:00.
❕Maʼlumot uchun tadbir UzGeeks hamjamiyati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi hamda Thinkland tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Ro'yxatdan o'tish: uzgeeks.com
@UzGeeksCommunity
4 362
Ajoyib kun
Ba'zida boshni koʻtarib, atrofga ham qarab turish kerak.Ertalab kun salqin edi. Uchrashuv bor. Qalin kiyinsammi deb turgan edim. Agar kun davomida men kutmagan yangilik boʻlishini bilganimda buni oʻylashga vaqt sarflamas edim. ATda loyihalar qilish, SI tizimlari haqida koʻp gaplashamiz. Lekin eng katta lazzat qayerda, bilasizmi?
Siz qurgan loyiha, siz qurgan dastur, siz qilgan mehnat odamlarga foydali boʻlsa.Bir kichik loyiha boshlagan edik. Foydalanuvchilari tomonini koʻp oʻylab, ularga qaydan naf berishi haqida koʻp bosh qotirdik. Lekin... Shu kunlarda ta'lim sohasidagi 2 kishi bilan uchrashdim. Biz qurgan loyihaning biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi. Eurika!!!! Aslida biz qilgan uzoq yoʻl oʻz ichida biznes egalari uchun ham foydali imkoniyat yasagan ekan. Loyiha qurish vaqtida odamlarga loyihangizni aytib bering. Ular sizga oʻzlariga foydali tomonlarini aytib berishadi. Loyihangiz yanada samarali boʻlishi va tezroq natijaga chiqishga yordam beradi.
Ayniqsa Natija bu siz oʻylagan narsa emas, odamlar kutgani boʻladi.Yaqin kunda nima loyiha haqida gap ketayotganini aytib beraman. Biroz qovun pishigʻi bor. ⛅ Quyoshli kuningiz foydali oʻtsin! P. S. Bugun yillar davomida koʻrmagan bir shogirdimiz bilan uchrashish nasib etdi. Hamma adrenalin, ishtiyoq (motivatsiya) izlaydi. Lekin shogirdingiz muvaffaqiyatini koʻrib, u bilan ushrashganda "Assalomu alaykum Ustoz!" desa, buni hisini hech qaysi sodda adrenalin bosa olmaydi.
Barcha ta'limda yurgan ustozlarga tashakkur aytaman. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. 15 yil, 20 yil oʻtib, shogirdlaringiz "Assalomu alaykum Ustoz!" deyishini eshitib yurish nasib etsin.18.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Kim hali uhlamagan bo‘lsa, kompyuter xotiralari bo‘yicha tadbir boshlandi.
👉 https://meet.google.com/eak-erzp-hjp
@UzTechUK ning tavbatdagi MeetUp tadbiri. Jahovir so‘zda.
4 362
Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi
Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas. Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam. Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:
Sening yoshingda mumkin emas!degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi. Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.
Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak. Xato nimada edi? Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan. 🤯 Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi. Juda tp, juda sodda ehtiyotsizlik. Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi. Nima deyishga ham hayronman.
Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman.Ayyom muborak bo‘lsin. Manba: https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack 17.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Repost from Naxalov | AI Blog 🔥
Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi Linus Torvalds va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi.
✅ AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi.
❌ "AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi.
👤 Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi.
Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!
4 362
Assalomu alaykum doʻstlar,
Biz ham shu trendga qoʻshilgan nima deysiz?
Agar shu video 1mln view yigʻsa, Saud aka 1 tonna kitob sovgʻa qilar ekanlar.
Ilm olaman deganlar uchun katta imkoniyat.
😎 https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA
Faqat OpenBudgetga ovoz bermay, shu 14 Yoshida qamalgan Xakerga ovoz beraylik, bitta bitta kitobli boʻlib qolamiz.
Lekin videoni koʻrish shart. Faqat ovoz uchun koʻrish hisobga oʻtmaydi.
🥇 Suhbat juda zoʻr boʻlgan. Koʻrishni tavsiya qilaman.
Trend oʻz yoʻliga. Foydali ma'lumot olasiz.
14.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
4 362
Repost from Sardor Dushamov | PHP
Eslab qolinglar, 1 TONNA kitob dedi!
Men 1 tonna kitob sovg'a qilaman degani uchun share qildim, ilm uchun.
14 yoshda qamalgan Saudaka gapiga javob beradigan inson deb bilamiz.
Hisob kitob qilamiz:
1 kitob o'rtacha 0.5 kg desak
1 tonna = 1000 kg
demak kamida 2000 ta kitob sovg'a qilishlari kerak. Ba'zi kitoblar, 0.2, 0.4 kg bo'lishi mumkin aslida.
100-200 ta kitobni mani kanalim a'zolariga bervorar a, nima dedingiz?)
4 362
Qurilma egasi almashinishi
Qurilmalar nazorati (5-qism)
CIS Controls v8.1 asosida
Korxonada xodim boshqa bo‘limga o‘tganida, ishdan ketganida yoki qurilma boshqa xodimga berilishi kerak bo‘lganida ham bir jarayon bor. Bu jarayonni ham tartibga keltirish muhim hisoblanadi.
Keling, qurilma qabul qilinganida yoki boshqa xodimga berilganida nimalarga e’tibor berishni ko‘rib chiqsak.
1-qadam: Eski egasidan qabul qilib olish
Korxona qurilmalari shaxsiy mulk emas. Shu sababli xodim korxona qurilmasini buzmasdan ishlatishi kerak. Ko‘p holatlarda korxona mulkiga e’tiborsizlik, vaqtida ko‘rikka olib kelmaslik, yoki ehtiyotkorona ishlatmaslik qurilmani tez buzilishiga va eskirishiga olib keladi.
Xodimdan qurilmani qabul qilib olishda shu ma’lumotlarni ham e’tiborga olgan yaxshi.Nimalarga e’tibor qaratsak, foydali? - Qurilma fizik ravishda olinadi. Falonchiga berib qo‘ydim, deb o‘tkazib yubormang. AT bo‘lim ko‘rib chiqishi kerak ekanini bilishligi lozim. - Kerak bo‘lsa topshirayotgan xodim dalolatnomaga imzo chekadi ("qurilmani qaytardim" deb) - Shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi. Shu sababli xodim, qurilmani topshirishidan avval o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni boshqa joyga saqlab olishi kerak. - Qurilma fizik holati tekshiriladi. Agar ataylab ziyon yetkazilgan bo‘lsa, rahbariyat bilan gaplashiladi. - Qurilmalar ro‘yxatida xodimdan qabul qilib olingani belgilab qo‘yiladi. 2-qadam: IT bo‘lim vazifalari - Ma’lumotlar tozalanadi. ⚠️ OT qayta o‘rnatiladi. (Chekka-chekkada qolib ketgan dastur ertaga ziyon berishi mumkin.) - Xavfsizlik dasturlari yangilanadi. - Zarur bo‘lsa, ta’mirlanadi.
Qurilmani xuddi yangi kelgan qurilma kabi Standart holatga olib kelinadi. Avval ishlatilgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmasligi kerak.3-qadam: Yangi xodimga topshirish - Yangi profil sozlanadi. ⚠️ - Xodim qaysi bo‘limda va lavozimga ishlashiga qarab kerakli dasturlar o‘rnatib beriladi. O‘zi o‘rnatishi mumkin emas. - Yangi qabul-topshirish dalolatnomasi imzolanadi. (agar kerak bo‘lsa) - Qurilmalar ro‘yxatida yangi xodimga berilgani belgilab qo‘yiladi.
Bu bo‘lim qiyin emas. Lekin ertasi kunga qoldirib bo‘lmaydigan jarayon. Tez va shoshmashosharlik bilan qilinsa, yozib qo‘yilmasa, keyin nima bo‘lganini eslash qiyin bo‘ladi. Shu sababli bu ishni o‘z vaqtida qilgan yaxshi.#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism 11.04.2026 Toshkent @DrAlgorithm
4 362
Repost from Khorezm | Startup Community
Assalomu alaykum, do‘stlar! ⚡️
Aprel oyida davom etayotgan startup workshoplarimizning mentorlik qismi doirasida sizlarga navbatdagi mentorimizni tanishtiramiz:
🎙 Ilyos Olimov — IT sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, hozirda APPX startupini qurmoqda 🚀
Ilyos og'o bu sohada ko‘plab shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqda. Shuningdek, bir necha yildan buyon Xorazmda o‘quv markazi, outsource kompaniya hamda bir nechta yirik loyihalarni muvaffaqiyatli yuritib kelmoqda.⚡️
Hozirda esa Founders Hub rezidentlik dasturida ishtirok etib, bir nechta loyihalar ustida jamoa bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling:
➡️Mehmon sifatida ro‘yxatdan o‘tish
➡️Asoschi sifatida ro‘yxatdan o‘tish
🔥O‘tkazib yubormang, juda foydali bo‘ladi!
@Khorezmian_Startups - birgalikda rivojlanamiz⚡️
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
