en
Feedback
𝓢𝓪𝓶𝓸𝓭𝓲𝓵𝓲𝓶🫀

𝓢𝓪𝓶𝓸𝓭𝓲𝓵𝓲𝓶🫀

Open in Telegram

Ortiqcha mulozamatlarsiz, samimiy bo’ling🫀 Sahifa ilm yo’lida yurgaziladi📚 Bemaqsad obuna bo’lmang❗️ Polyglot 🇺🇿🇸🇦🇺🇸🇰🇷🇷🇺

Show more
189
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-730 days
Posts Archive
шакл билан овора бўлган пайтинг маънонинг ҳидини ҳам топа олмайсан

#darsdan Mukammal ilm hosil qilish uchun zarur uch narsa. Himmat, muvazoba (davomiylik), jiddu jahd jamlansa keyin ilm hosil boʻladi. @samodilim🫀

Aeroportlar toʻyxonalarga qaraganda koʻproq samimiy quchoqlashlar va tilaklarni koʻrgan. Shifoxonalar joynamozdagidan koʻproq duolarni eshitgan. Qabristonlar eng uzun maktubdan ham koʻproq afsuslarni eshitgan. Boʻsh xonalar eng ishonchli doʻstdan ham koʻproq sirlarni biladi. Chunki sevgi, pushaymonlik, va umid ular yoʻq boʻlgandagina eslanadi..

– сени энг кўп нима чарчатади? – ҳамма нарсани ҳис қилишим ва ҳеч бирини айта олмаслигим.

Oʻzini yoʻqotish- oʻzini topa bilmaslikdir. Ya’ni, qayerda turganingni koʻra bilmaslik. Hayot ba’zan bir toshqin bilan keladi
Oʻzini yoʻqotish- oʻzini topa bilmaslikdir. Ya’ni, qayerda turganingni koʻra bilmaslik. Hayot ba’zan bir toshqin bilan keladi, oqizib yuboradi hamma narsani. Ba’zi umidlar mana shu toshqinda yoʻqoladi. Ba’zilari esa shox-shabbalarga ilinib qoladi. Uzanasan, tutasan. Tutgan sari hayotga bogʻlanasan. Qalbingda zulmatga darcha ochiladi shu umid bilan birga. Ichingga nur toʻladi va hamma narsani shu nur bilan koʻra boshlaysan. Kitobdan📚 @samodilim🫀

Robbim, uning ko'zlarini asragin, ko'zlari haloldan boshqasiga boqmasin, jannatdan boshqasini ko'rmasin, do'zah harom bo'lsin
Robbim, uning ko'zlarini asragin, ko'zlari haloldan boshqasiga boqmasin, jannatdan boshqasini ko'rmasin, do'zah harom bo'lsin. Robbim, uning kulishini asragin, doim shunday baxtiyor yursin, baxtda yashasin, darddan omonda bo'lsin Robbim, uning qalbini asragin, qalbida Sening noming bo'lsin, Senga muhabbat bo'lsin, uning sababidan meni sevsin. Robbim, uning oilasini asragin, qatorida meni ham. Barchamizni jannatda jamlagin, bizni do'zahdan nari qilgin. #atalgan

Aнглаб англамаса-да, инсон ўз умиди қадар кучли бўларкан. Кучли бўлиш учун эса кучли умидларга эга бўлиш керак.

Repost from Firdavsiya Talks
Men aslida erkaklarning ishiga aralashadigan qiz emasman. Lekin hozir bir mavzuni oʻylashib koʻrishingiz, boshqa bir erkak blogerlar yanada ochiqroq va manfaatliroq yozishi uchun yozayapman. Hech qanday shaxsiy nafrat va boshqa negativ qarash mavjud emas. Koʻp joylarda sharq ayoli, sharqlik muslima kabi soʻzlarni oʻqiymiz , eshitamiz. Bu mavzuda gaplashamiz va yozamiz. Sharq ayolisan , ayolligingni unutma, millat erkaklari sening tarbiyang ostida voyaga yetadi degan jumlalarni she’rdek yodladik Ma shaa Alloh Shu joyda bir savol bor menda:
sharqda faqat ayollar bormi? Sharqning erkaklari qayerda? Sharq erkagi boʻlmaganmi? Ularning xususiyatlari yoʻqmidi? Biz havas qiladigan sharq olimlari ham oʻsmirlik , yigitlik davrini boshida oʻtkazmadimi?
Nimaga sharq erkaki qanday boʻlishi haqda gapirmaymiz? Nimaga qayerdagi otarchining konsertida yoshlarimiz ochiq oydin narkot*k iste’mol qilishayotdan sharqlik erkak sen aslingni unutma , gʻarbdan oʻrnak olma demadik, deyolmayapmiz..?(bu narsani oʻzimdan yozmadim, ijtimoiy tarmoqda kun kecha yoshlarimiz Pepsi tomonidan tashkillashtirilgan XChO ning konsertida shunday ishlarni qilib, videoga ham olishgan, toʻliqroq ma’lumotlarni qalampir,Uz kabi saytlardab olishingiz mumkin) Nimaga Feminizm degan ayolga oʻqrayib, G*y likni targʻibida yurgan yigitlarga qarab bu gʻarb propagandasiligini uqtirmadik? Nimaga ayollarga boʻlgan zoʻravonliklarda ularni oʻzini ayblagan erkaklarni olqishladik-u , ayollarning sharqdagi keng oʻrnini unutdik? Ayollarga yordam bergan erkakni masxara qilib , sunnat amallarni xotirlamadik? Bu savollarga javobni har kim oʻzi uchun topishi kerak menimcha.
Shuni biling sharqda faqat ayollar boʻlmagan, sharqlik ayollarni martabali qilgan, ularga goʻzal muomila qilgan haqiqiy sharqlik erkaklar boʻlgan. Qoʻshimcha qilmoqchiman, farzandlarimizni ayollar tarbiyalashi toʻgʻri, ammo shuni unutmaslik kerakki ayolni turmush oʻrtogʻi,erkak kishi tarbiyalaydi (urub soʻkish ma’nosida emas)! Oiladagi tarbiya erkakka bogʻliq aslida!
Siz va biz sharq ayolini uygʻotishdan oldin sharq erkaklarini topishga muhtojroqmiz… Bu postdagi mavzuni koʻtarib chiqadigan erkak borligiga ishonaman. Firdavsiyangiz yozdi🪶

+1
“Biz kimligimizni faqatgina kim emasligimizni bilish orqali, koʻpincha kimga qarshi emasligimizni anglashimizdan keyingina bilishimiz mumkin”
”Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi va yangi dunyo tartibi”📚 @samodilim🫀

“Loqayd odam botilga yordam bermadi, ammo haqni yordamsiz qoldirdi”. Ali ibn Abu Tolib karramalloh #boycott!

Qaysi diyorda toʻrtta narsa boʻlsa, uning ahli omonda: 1. Zulm qilmaydigan odil podshoh; 2. Toʻgʻri yoʻldagi olim; 3. Amri ma’ruf va nahiy munkar qiladigan olimlar (ular ilm olishga va Qur’on oʻrgatishga da’vat qilishsa); 4. Johiliyatdagi xotinlarga oʻhshamagan, hayoli, iboli ayollar Imom Qurtubiy rohimahulloh. “Jomi liahkomil Qur’on” @samodilim🫀

Dadajonim… Sogʻinganim…siz bilan toʻyib gaplashishni, ushbu soʻzlarni aytib berishni, siz esa yonimda tinglay olishingizni juda ham xohlardim. Sogʻindim..qiblagohim, qalqonim, qalbimning qiroli. Soʻnggi bor sizni koʻrganim oʻsha kun, meni oʻqish safariga yuborib duo qilgan kuningiz hamon yodimda, u kun siz bilan soʻnggi diydor ekani hayolimning bir chetiga ham kelmagandi. Hayot boʻlganingizda, bugun 60 yoshni qarshilar edingiz, 60ga kirmay tuproq yuzin koʻrgan dadajonim… Esimda, 60 yoshga kirsam, nafaqaga chiqaman, dam olib, sizlar bilan koʻp vaqt oʻtkazaman, deb aytgan gaplaringiz, barchasi yodimda.. Kenjatoyim, erka qizim deb erkalaydigan qizingiz-bugun mustaqil hayotga qadam qoʻyayotgan, oila a’zolariga mehribon boʻlib katta qiz boʻlgan, erkatoyingiz ishonchli qoʻllarda, boʻlajak kuyovingiz ham siz kabi jiddiy va oliyjanob. Qoʻllaringizdan oʻpib, “bergan tarbiyangiz, bizga bergan baxtli hayotingiz va ilmga yaratgan muhitingiz uchun tashakkur, sizni magʻrur boshingiz meni deb doim yuqorilaydi, sizni hech qachon uyaltirmayman” deyishni xohlardim. Sizga aytar soʻzlarim shu qadar koʻp ediki… Robbim, joyingizni Jannatning goʻzal bogʻlaridan qilsin, oxiratda eng goʻzal holatda uchrashtirsin.. (25.08.2024) @samodilim

Йиғи. Заифликка ишора қилмайди, балки жуда узоқ замон кучли бўлганингни билдиради. Айман Йоғий @samodilim🫀
Йиғи. Заифликка ишора қилмайди, балки жуда узоқ замон кучли бўлганингни билдиради. Айман Йоғий @samodilim🫀

Erkaklar koʻzlarini ayollarga qarashdan tiymasa, ayollarni satirlanmaganlikda ayblashadi. Ayollar esa satirlanmasalar, erkaklarni ko'z tikishda ayblashadi. Lekin Alloh taolo ayolga o'zini yopib turishga, erkakka esa ko'zini tiyishga buyurdi. Bir-birini ayblashdan ko'ra, ikkala erkak ham ayol ham, o'z majburiyatlarini bajarishi kerak. @samodilim🫀

Hech bir gap qolmadi ma’lum boʻlmagan, Juda oz sir qoldi mavhum boʻlmagan, Bilimim haqida chuqur oʻylasam, Bildimki, hech narsa ma’lum boʻlmagan.

Oʻzim bilan suhbatdan: Bir narsalardan oʻngga-soʻlga qochayotganga oʻxshaysan.. Hech kimga hech narsa tushuntirmaslikka qasam
Oʻzim bilan suhbatdan: Bir narsalardan oʻngga-soʻlga qochayotganga oʻxshaysan.. Hech kimga hech narsa tushuntirmaslikka qasam ichgandek hotirjamsan.. Ketadigan aniq bir manziling yoʻq, ammo qolishni xohlamayotganing aniq. Shunchaki, biroz boʻlsa-da, atrofdagi hamma narsa, har kim jim boʻlishini istading. Oʻzingni eshita bilmoq uchun.. Farohun✍🏻

Ўқишга кира олмаган абитуриентлар диққатига!!! Талаба бўлиш насиб этмадими? Унақада, толиби илм бўлинг! Зеро, толиби илм ўқиш
Ўқишга кира олмаган абитуриентлар диққатига!!! Талаба бўлиш насиб этмадими? Унақада, толиби илм бўлинг! Зеро, толиби илм ўқишга кирса ҳам, кирмаса ҳам ўқийди. Толиби илм воситалар учун эмас, хизмат учун, англаш учун, нега яратилганини билиш учун ўқийди. Лифт тўлиб қолса, зинадан чиқасизку..! ✍🏻Xушнудбек Xолмуҳаммад