𝓢𝓪𝓶𝓸𝓭𝓲𝓵𝓲𝓶🫀
Open in Telegram
Ortiqcha mulozamatlarsiz, samimiy bo’ling🫀 Sahifa ilm yo’lida yurgaziladi📚 Bemaqsad obuna bo’lmang❗️ Polyglot 🇺🇿🇸🇦🇺🇸🇰🇷🇷🇺
Show more189
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-730 days
Posts Archive
189
📜 Ўн қироат қорилари(имомлари)нинг исмлари ва уларнинг ровийлари
◽️1. Нофеъ Маданий қироати - ровийлари Қолун ва Варш.
◽️2. Абдуллоҳ ибн Касир Маккий қироати - ровийлари Баззий ва Қунбул.
◽️3. Абу Амр Басрий қироати – ровийлар - Дурий ва Сусий.
◽️4. Абдуллоҳ ибн Омир Шомий қироати - ровийлари - Ҳишом ва Ибн Заквон.
◽️5. Осим ибн Абун-Нужуд Куфий қироати - ровийлари Шуъба ва Ҳафс.
◽️6. Ҳамза ибн Ҳабиб Зайёт Куфий қироати – ровийлари Халаф ва Халлод.
◽️7. Кисоий қироати – ровийлари Даврий ва Абу Ҳорис.
◽️8. Яъқуб ибн Исҳоқ Ҳазрамий қироати - ровийлари Рувайс ва Руҳ.
◽️9. Абу Жаъфар Маданий қироати - ровийлари - Ибн Вардон ва Ибн Жаввоз.
◽️10. Халаф қироати (ровий Ҳамза) – ровийлари - Исҳоқ ва Идрис.
▪️Изоҳ: Қироат имомининг ровийси унинг қироатини илмий равишда қабул қилиб, бошқаларга етказишда хизмат қилган бўлади.
@arabicuz
189
-Erkak harakat qiladi, ayol esa kutadi
Inson tabiati shunday yaratilgan.
-To'g'ri. Ammo hayotda kutish, harakat qilishdan og'irroqdir...)
189
Ota…
Yonimizda yoʻqsizu ammo..qaygadir vaqtincha ketgan oʻhshaysiz,
Asta telefonning goʻshagin qoʻyib, manzilga sogʻ-omon yetgan oʻhshaysiz
Nimadur tiqildi bugun boʻgʻzimga, tugamas ekanda sogʻinch muddati
Hovlimiz mungʻayib qolganmi goʻyo, sizning kelishingiz hamon kutadi
Kuldim doʻstlar bilan, tun kirib kelgach koʻzyoshimga qoʻshilib yogʻildim
Hozir chet eldaman uydagilarmas, negadir… negadir aynan sizni sogʻindim..
Ota… qiyin ekan rostan otasiz.. maslahatu, oʻgit, yoʻq yoʻq shundoq otasiz
Hammaning otasi oʻziga suyuk, bugun bilinyapsiz oʻta siz
Osmon uzilmadi siz ketgach toʻgʻri, rizq ham kamaymadi hayot shu goʻyo
Ammo.. siz yonimda turgan davrlar kengroq, sharafliroq ekanda dunyo
Sezildi, uzildi nimadur sim sim, indamay oʻshani olib ketdingiz…
Mungʻaygan, sargʻaygan mahzun koʻzlarda nedur surat boʻlib qolib ketdingiz
Bugun ahvol shudir koʻzlarim mayus, qutlugʻ dard yukiga sherik ekanman
Ota.. yigʻlab chiqdim ertalabgacha, demak hotirim jam tirik ekanman
Chet elda yuribman dunyo poyimda, har yonda taralar beminnat ardoq
Lekin sogʻinganim rostda shu kecha tiriklardan koʻra sizni ziyodroq..
Balki, balki aytilmagan qandaydir soʻzlar.. Yoʻq, yoʻq unaqasi boʻlmagan yolgʻon
Siz meni tinmasdan tinglar edingiz, sizni tinglolmadim mana shu armon…
Topdim! shu armondan yuragim yonar.. qovruliq sababi shudir tanda jon
Iloyim jannatga ravo koʻrilsam, soatlab tinglayman sizni otajon…
189
Qachon nafsing bir narsani xohlasa, sotib olmadingmi? Sabrli bo’lishni qachon o’rganasan?
Har yolg’iz qolganingda gunoh qilmadingmi? Taqvoli bo’lishni qachon o’rganasan?
Har holdan toyganingda, dam olmadingmi? Chidamlilikni qachon o’rganasan?
Har safar sen uchun yengilchilik bo’lganda, haddingdan oshmadingmi?
Shunday qilib qachon tavba qilishni boshlaysan?
Bir gunoh qilasan, u bilan birga Qur’on-i Karim ketadi, namoz ketadi, kechasini namoz bilan qoim qilish ketadi, Allohdan qo’rqish ketadi, so’ngra u bilan birga zikr ketadi, so’ngra esa huzur ketadi va qiyin bir holat keladi.
Unutmagin-ki haromning eng qiyini, boshidir.
So’ngra osonlashadi va yoqimli bo’ladi.
So’ngra o’rganib qolinadi va lazzatli bo’lishni boshlaydi.
So’ngra qalbga yaxshilab o’rnashib oladi.
So’ngra esa qalb boshqa bir haromni izlaydi. Agar nafsing seni gunoh qilishga undayotgan bo’lsa, u bilan yaxshilab gaplash va aytgin-ki: «Bu yaxshiroqmi? Yo’qsa, taqvo egalariga va’da qilingan abadiy jannatmi?». (Furqon: 15).
Allohim! Senga isyon qilishni bizga yomon qilib ko’rsatgin! Senga itoat etishni esa bizga suydurgin!
189
Илмнинг озлигини одоб беркитади. Аммо кўп илм одобсизликни беркита олмайди.
Шунинг учун аввало одобли бўлиш лозим. Сўнгра ким бўлсангиз бўлаверинг.
189
Толиби илмнинг устози – ота, бобо ва насаб жиҳатидан яқин бўлганлар мавқеъсидадир. Устозлар руҳий оталар бўлиб, ҳақиқий оталарига қараганда уларнинг таъсири аҳамиятлироқдир.
Аллома Муҳаммад Аввома ўгитларидан.
189
"Bizning shak-shubhaga, dunyo muhabbatiga to'lgan qalbimiz ularning yolg'iz Allohga bo'lgan iymonu muhabbat bilan yongan qalbini qanday qilib his qilsin axir?! Bir dam Allohning zikridan g'aflatda qolishni o'zi uchun aybu nuqson deb bilgan buyuk insonlarning gapini bir umr Allohdan g'aflatda yurgan kishilar tushuna olarmikin?!""Navoiydin chu topqaylar Navoe" Hasanxon va Husaynxon Yahyo Ustozlar.
189
أنا مثل كتاب مكتوب بلغة لا يفهمها أحد
Huddi men hech kim tushunmaydigan tilda yozilgan kitobdekman
189
Yetimdan “Ota-onang qanday vafot etgan?” deb soʻramang!
Farzandi vafot etgan insondan “Farzandingiz qanday vafot etgan?” deb soʻramang!
Turmushga chiqmagan qizdan “yoshingiz nechida?” yo “sovchilar kelyaptimi?” deb aslo soʻramang!
Farzandi yoʻq ayoldan “farzandingiz yoʻqmi yoki sababi nima?” deb ayta koʻrmang!
Ishsiz odamdan “siz nima uchun ishlamaysiz?” deya odamlar orasida soʻramang!
Faqirga “Sizga qancha pul kerak?” deb soʻramasdan koʻnglingizdan chiqarib beravering. Chunki unda ham oʻziga yarasha gʻurur bor!
Biror bir kishini yuzida chandiq yo bitgan yarani koʻrsangiz sababini soʻramang. Chunki yuz insonni nozik yerlaridan biri, u har qancha yashirishga urinmasin ilojisi yoʻqdir.
Kimlarningdur kulgusi yoki rohati uchun doʻstingizni mazah qilish hayolingizga ham kelmasin, chunki bu doʻstingizga juda ham ogʻir botadi!
Har doim oʻzingizni shu insonlar qatoriga qoʻyib, ularning hissiyoti bilan yashashga urinib koʻring!
(Internetdan olindi)
189
Men bu 2024-yilgi hayotimdan nafratlanmayman, garchi bu yil qiyinchiliklarga, o'zgarishlarga va o'rganishga to'la qiyin yil bo'lgan boʻlsa ham…
Bu yil men hayot ko'z ochib yumguncha o'zgarishi mumkinligini ko'rdim va o'zimga ko'proq ishonishni o'rgandim.
Lekin, hammasidan ham eng muhimi bu mening sog'ligim, xoh jismoniy, xoh hissiy, xoh ruhiy jihatdan boʻlsin muhimligini angladim.
Men hamma savollar har doim ham javob talab qilavermasligini va har bir yakun yo'qotish emasligini angladim.
Shunday ekan, yo'q, men bu yilni yomon ko'rmayman, lekin kechirmayman ham… hech bo'lmaganda hali unutmayman.
Bu yil men duch kelishini istamagan haqiqatlarga, tayyor boʻlmagan yo'qotishlarga toʻla boʻldi.
Lekin, albatta, bularni barchasi oʻrganishim kerak boʻlgan saboqdir. Hayot bu oldindan tahmin qilib boʻlmaydigan har qanday hodisalar sodir boʻlishi mumkin boʻlgan haqiqat ekanini angladim.
Shunday qilib, bu yildagi saboqlar uchun Allohga cheksiz hamd va shukur aytaman, oson yil boʻlmadi, lekin bosib oʻtishim kerak boʻlgan yil boʻldi.
@samodilim
189
#kitobdan #tarjima
و أقوى أسباب الحفظ: الجد والمواظبة، و تقليل الغذاء، و صلاة الليل، و قراءة القرآن من أسباب الحفظ.Hifzning eng kuchli sabablari: Jiddu jahd va doimiylik, va ovqatni kamaytirish, tungi namozlar, va Qur’onni oʻqish yod olish sabablaridandir. @samodilim🫀
189
асло устидан чиқа олмайдиган ваъдалар берма. ҳис қилдиролмайдиган меҳрингдан сўз очма. айтиб, бажара олмасанг, шунча сўз ва жумлаларни бекорга сарф қилма. ёнига келмайдиган бўлсанг, бировни куттирма. ўзи билан ўзи вақт ўтказаётган ва фақат ўз қобиғига ўралиб бахтли бўладиганларнинг ҳаёлида кезма. қисқаси, бекорга инсонларга умид берма. бундайларни йиқитсанг, қайта оёққа туриши осон бўлмайди.
189
#feelings
Ba'zan juda yaxshi taniyman deb o'ylagan insonlarimizni, aslida hech tanimagan bo'lamiz.
Ularga eng ko'p ehtiyojimiz tushganda, boshqa yuzlarini ko'ramiz.
Eng ko'p ularning yoniga borishni istaganimizda, oyog'imiz toshga qoqiladi.
Bizni eng ko'p ular tushunishini istaymiz, ammo eng birinchi bizni, ular tushunolmaydi.
Qalbimiz og'riydi, ruhimiz eziladi, ko'zimizdan ikki tomchi yosh oqadi, lekin, tilimizdan bir og'iz jumla chiqmaydi.
Qarshilik qilishga ham kuchi qolmaydi insonni.
Bir qarashda bizga yomon ko'rinsada, bu holat, har kimning, hamma narsaning asl Sohibi Allohning eshiklarini topishimiz uchun..
Bu holat–bizni Allohdan boshqa anglaydigan, eshitadigan hech kim yo'q ekanini, qalbimizga eslatib turadi.
Yaralarimizni O'zining ulug' sifatlari bilan davolaydigan yagona Zot–Alloh ekanini ruhimizga eslatadi.
Shu sabab, mahzun bo'lmang, bo'lib o'tganlar uchun ko'z yosh to'kmang.
Alloh shunday mehribonki, bizning ishlarimizni bizdan xabarsiz eng go'zal shaklda tartibga keltiradigan Zot.
©️farohun
189
Repost from 𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧
2024-yil—goʻyo hech qachon boʻlmaydi deb yurgan hamma narsamiz sodir boʻlgan yil sifatida esda qoladigan boʻldi.
