en
Feedback
𝓢𝓪𝓶𝓸𝓭𝓲𝓵𝓲𝓶🫀

𝓢𝓪𝓶𝓸𝓭𝓲𝓵𝓲𝓶🫀

Open in Telegram

Ortiqcha mulozamatlarsiz, samimiy bo’ling🫀 Sahifa ilm yo’lida yurgaziladi📚 Bemaqsad obuna bo’lmang❗️ Polyglot 🇺🇿🇸🇦🇺🇸🇰🇷🇷🇺

Show more
189
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-730 days
Posts Archive
Al musovvir-المصور
Al musovvir-المصور

Ketdik_Qur'on_óqiymiz_Ustoz_Hasanxon_qori_Yahyo_Abdulmajid.m4a2.20 MB

Inson xayot yo'llarida ko'p qoqiladi, ya'ni "qoqiladi" xolos. Lekin nega qoqildim deya yurishdan butunlay voz kechadi? Axir xayotning asli qoqilishlardan iborat bo'lsa... Axir marra juda yaqin bo'lsa... Axir bu yo'lning mashaqqati ila Allohning roziligini topsa. Sen xam qoqilib o'tirgan bo'lsang, xoziroq tur. Yurishda davom et. Xammasi oldinda. Yo'l yo'qmi? Chunki sen yurmayapsan. Turma, yur, sen yursang, yo'l bo'ladi. ©Xafsa @samodilim

Sensiz o'tayotgan so'nggi ramazon bo'lsin!🫀 #atalgan !!! @samodilim
Sensiz o'tayotgan so'nggi ramazon bo'lsin!🫀
#atalgan !!! @samodilim

сўзлар ортиқча. Рамазонимиз келди…

Insonni otash emas oʻz gʻaflati yoqar, hammada qusur koʻrur oʻziga koʻrdek boqar
Insonni otash emas oʻz gʻaflati yoqar, hammada qusur koʻrur oʻziga koʻrdek boqar

Yoʻl uzun. Uni yengillashtiradigan birini tanlang.
+1
Yoʻl uzun. Uni yengillashtiradigan birini tanlang.

Фатх Мусалий айтади:
«Касалга обу таом берилмаса ўлгани каби қалбга хам уч кун илм берилмаса, у ўлади».

📢 Bu yil Ramazon oyida Busan Muslim Students Association (BMSA) tomonidan “Qur’onni arabcha tilida o‘qish” bepul kursi tashk
📢 Bu yil Ramazon oyida Busan Muslim Students Association (BMSA) tomonidan “Qur’onni arabcha tilida o‘qish” bepul kursi tashkil etilmoqda. 🔹️ Darslar onlayn formatda o‘tkaziladi. 🔹️ Bir nechta daraja bo‘yicha guruhlar mavjud. 🔹️ Siz ertalabki yoki kechki darslardan birini tanlashingiz mumkin. 🔹️ Joylar chegaralangan. Darslarga qoʻshilish uchun quyidagi havoladan soʻrovnomani toʻldiring: https://forms.gle/MJyD3AyJueccqxXA6

📢 Bu yil Ramazon oyida Busan Muslim Students Association (BMSA) tomonidan “Qur’onni arabcha tilida o‘qish” bepul kursi tashkil etilmoqda. 🔹️ Darslar onlayn formatda o‘tkaziladi. 🔹️ Bir nechta daraja bo‘yicha guruhlar mavjud. 🔹️ Siz ertalabki yoki kechki darslardan birini tanlashingiz mumkin. 🔹️ Joylar chegaralangan. Darslarga qoʻshilish uchun quyidagi havoladan soʻrovnomani toʻldiring: https://forms.gle/MJyD3AyJueccqxXA6

Дўстликнинг қадрига етиб, чин дўстлар хақида яхши гумонда бўлиш хам хусни хулқнинг аломатларидандир.
Солих салафлардан бири шундай деган экан:
«Агар дўстларимдан бирининг соқолидан хамр (шароб) томиб турганини кўрсам, унга сепиб юборилгандир деб ўйлайман.
Ибн Қайюм:
«Аллохга қасамки, бандага ўзининг амалидаги ниятини билиши қийин-ку, қандай қилиб халойиқнинг ниятини билишга имкон топа олади?» деган.
Умар ибн Хаттоб розияллоху анху шундай деган:
«Биродаринг оғзидан чиққан сўздан бирорта яхшиликни гумон қилишга имконинг бўлса, у сўздан ёмонликни гумон қилмагин!»
Ибн Сирийн шундай деган:
«Биродаринг хақида бирон нарса эшитсанг, унинг узрини қидир. Агар унга узр топа олмасанг, «Балки мен билмайдиган узри бордир», дегин». Демак, дўстларимиз хақида имкон қадар яхши гумонда бўлишимиз керак. 📚“Улуғлар шундай яшашган” китобидан @samodilim🫀

Хусайн Воиз Кошифий бундай ёзади:
«Гўзал фел-атвор, яхши хулқ нишонаси ўнтадир: Яхшилик қилиш, инсофли бўлиш, бошқа одамдан айб қидирмаслик, ножўя харакат қилаётганни тўғри йулга бошлаш, айбига иқрор бўлганнинг узрини қабул қилиш, бошқалар машаққатини зиммага олиш, фақат ўз манфаатини кўзламаслик, очиқ юзли ва ширин сўзли бўлиш, мухтожлар хожатини чиқариш, мулойим ва тавозели бўлиш». 📚“Улуғлар шундай яшашган” китобидан @samodilim🫀

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu aytadilar:
“Belimni “sindirgan” ikki kishi: amalsiz olim va ilmsiz obiddir”. 📚“Ruhiy tarbiya”

لا تغتر بالشهرة والسمعة، فإنها من أكبر القواطع عن الله تعالى. Сен машҳурлигинг ва одамлар орасида овоза бўлганинг билан ғурурланма! Чунки бу нарсалар Аллоҳ таолодан узиб қўювчи энг улкан нарсалардир. Шайх Аҳмад Фатҳуллоҳ Жомий. ©️arabicuz

ramazon kundaligim gipofila.pdf16.48 MB

“Ruhiy tarbiya” kitobi 1-juzini oʻqish uchun 20 kunlik reja. Bugundan boshlasangiz, Ramazongacha bemalol yakunlaysiz In sha Alloh. Tavsiya: Sherik bilan oʻqilsa, davomiy oʻqish osonlashadi. Birga oʻqimohchi boʻlgan sherigingizga yuborib qoʻying. Yoqimli mutolaa📚 @samodilim

20 kunlik reja”📚
بسم الله الرحمن الرحيم
Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
“Ruhiy tarbiya” Poklanish. 1-juz 1-kun - Muqaddima - Nafs va uni poklash - Axloq va uni sayqallash - Nafsni poklash va axloqni sayqallashdan ko‘zlangan maqsad - Nafasni poklash va axloqni sayqallash ilmining tarixi - Tibbul qulub - Diyorimizdagi holat - Kamtarona urinish 2-kun - Ilmning fazli va unga oid masalalar - Ilm talab qilishning farzligi - Ilmlarning turlari - Muallim va mutaallim odoblari - Noqobil ulamolar - Oxirat ulamolari - Vositalar 3-kun - Tahorat - Ulug‘ zotlar tahorat haqida - Namoz - Namozda xushu - Namozda qalb hozirligi - Namozga oid amallarda qalb hozirligi 4-kun - Zakot - Shar’iy talablar taqsimi - Zakot berishning nozik odoblari - Zakot olishning nozik odoblari - Ixtiyoriy sadaqa haqida 5-kun - Ro‘za - Ro‘zaning nozik sirlari - Haj - Hajning odoblari - Hajning nozik sirlari - Qur’oni Karim tilovati - Qur’on ko‘targanlarning sifati - Qur’on tilovati odoblari - Qur’on qiroati samaralari - Qur’on qiroatining nozik sirlari 6-kun - Zikr - Zikrning foydasi va samaralari - Zokirlarning odoblari - Vird va ibodatlar taqsim - Kundalik virdlar va ularning tartibi - Holatga qarab virdning turlanishi - Kechaning virdlari 7-kun - Kechasi bedor bo‘lish - Bedorlikning yengillashtiruvchi omillar - Tafakkur - O‘limni eslash 8-kun - Murobata - Birinchi maqom mushorata - Ikkinchi maqom muroqaba - Uchinchi maqom muhosaba - Amaldan keyin hisob-kitob qilishning mohiyati - To‘rtinchi maqom muoqaba - Beshinchi maqom mujohada - Oltinchi maqom muotaba 9-kun - Nafs pokligining mohiyati - Shaytonning qalbga yo‘l olishini toʻsish - Nafs riyozati va xulqni sayqallash - Yaxshi xulq fazilati va yomon xulq mazammati haqida - Axloqni sayqallash yo‘li - Qalb xastaliklari va uning tuzalish alomatlari 10-kun - O‘z aybini bilish yo‘llari -Fasl - Husni xulqning alomatlari - Bola tarbiyasining boshlanishi - Qorin va farz shahvatini sindirish 11-kun - Til ofatlari - Kalomning ofatlari - Yolg‘onning sabablari - Yolg‘onning turlari - Yolg‘onning hukmi 12-kun - G‘iybatning sabablari va uni davolash - Qalb g‘iybati - G‘iybatning kafforoti - Chaqimchilikni davolash 13-kun - Fatvo so‘rash odoblari - Nafasni xastaliklardan poklash - Kufr - Kufrning turlari - Munofiqlik - Shirk - Shirkning shar’iy tushunchasi - Shirkning tanilgan turlari - Shirk oqibatining og‘irligi - Kufr va shirk o‘rtasidagi farq 14-kun - Fosiqlik - Fosiqlikka oid hukmlar - Osiylik - Bid’at - Bid’atning hukmi - Bid’atga qarshi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar 15-kun - Riyoning turlari - Riyoning hukmi - Maxfiy riyo haqida - Amalni zoe qiladigan va qilmaydigan riyo - Riyoning davosi - Toatni oshkora qilishga ruxsat - Gunohni berkitishga ruxsat - Odamlar ko‘rsa, qilinadigan va qilinmaydigan ishlar - Shuhrat va riyosat muhabbati - Shuhratparastlikning davosi - Odamlarning maqtovi va tanqidi 16-kun - Hasad - Hasadning sabablari - Hasadning davosi 17-kun - Kibr va manmanlik - Kibrning darajalari -Kibrning turlari -Kibrning hukmi -Kibr va tavozening belgilari -Kibrni davolash yo‘llari -Manmanlik -Manmanlikning davosi 18-kun -Baxillik -Baxillikning davosi -Mol-dunyoga munosabat -Hirs va tamagirlik hamda qanoat -Hirs va tamagirlikning davosi 19-kun -G‘urur -G‘ururning turlari -G‘ururga ketgan guruhlar -G‘ururning davosi -Nooʻrin g‘azab -G‘azabning sabablari va davosi -G‘azabning amaliy davosi -G‘azabni yutishning fazli 20-kun -Ma’naviy zulmga javob qaytarish -Bu dunyo muhabbati -Bu dunyoning mohiyati -Havoyi nafsga ergashish -Manbalar ro‘yxati Izoh: mavzular kitob mundarijasidan olingan. Video 💽| Audio 🎧 @samodilim🫀

Qiyinchiliksiz muvaffaqiyat bo'lmaydi! Muvaffaqiyatning yarmi mehnat, ikkinchi yarmi esa qat'iyatdir لا نجاح بدون تعب! النجاح نصفه عمل والنصف الآخر عزيمة

Tiling emas, amallaring gapirsin. Rejalaring emas, natijalaring gapirsin. ©️the_fawaid
Tiling emas, amallaring gapirsin. Rejalaring emas, natijalaring gapirsin. ©️the_fawaid