Umurzakov 3D
Open in Telegram
- Chief engineer - ADM Jizzakh, (KIA) R&D centre. - Senior Lecturer - TSTU - Industrial designer 📌Advenced 3D modeling 📌3D printing 📌3D scanning 📌Reverse engineering 99 038 48 40
Show more1 234
Subscribers
+224 hours
+117 days
+2230 days
Posts Archive
1 234
Ammo bu tarafi ham bor.
Koʻp oʻqigan emas keraklisini uqigan maqsadiga tezroq erishadi.
1 234
Injenerlik bilimlarini injenerdan oʻrganing!!!
Univerni bitirdingiz yoki oʻqiyapsiz ishlab chiqarish, zavodlarda injener konstruktor sifatida ishlamoqchisiz, lekin suhbatga borganingizda sizdan Solidworks (3D modellashtirish) dasturlarini bilasizmi deb soʻrashmoqda.
Tabiiyki bilmasangiz ishga olishmaydi.
Men Umurzakov ADM Jizzax (KIA mashina ishlab chiqarish zavodida injener) oʻz tajribamdan kelib chiqqan holda aynan injener konstruktor uchun zavodda kerak boʻladigan bilimlar asosida tuzilgan video darsligimni taklif qilaman.
👉Video darslik mavzulari: https://t.me/Umurzakov3D/1280
👉3D modellash haqida: https://youtu.be/waFf5TO8yjc?si=5GHvFwIMyFxCRFcQ
👉Video darslikdan na'muna: https://t.me/free_solidworks_tutorial
1 234
Keçagi postimdan keyin qayerga injener boʻlib işga joylaşişni tavsiya berasiz, hali 2, 3, 4 - kurs talabaman ba'zi joylarga borsam oʻqişni tugatib keyin kel degan vajlar bilan qaytarib yuboryapti deyişdi.
Meni tavsiyam karyerani boshlash uçun eng zoʻr joy bu Artel va Texnopark bu kompaniyalar ustuvorlikni qoʻlingizdagi diplomga emas bilimingizga qaratadi. Siz OTM ni bitirganmisiz yoki yoʻq ikkinchi darajada birinchi oʻrinda qoʻlingizdan ish kelishini suhbatda isbotlay olsangiz boʻldi. Eng muhimi suhbatga portfolio bilan boring.
1 234
Bugundan test sinovlari boshlandi.
Yaxshi tayyorgarlik koʻrgan. Yaxshi oʻqib jamiyatga foydam teksin degan abiturientlarga omad tilaymiz.
1 234
Hozirgi kunda oʻqishga kirish shunchalar oson boʻlib qoldiki avvallari universitetni panjarasidan qarab biz ham talaba boʻlarmikanmiz deb orzu qilar edik, hozir har qadamda universitetlarni reklamasiga koʻzingiz tushadi, bizda oʻqisangiz unday sharoit qilib beramiz, yoʻq bizda oʻqisangiz bunday sharoit qilib beramiz deb oʻzaro raqobat qilayapti. Yaqin 2, 5 yil ichida "Men oliy ma'lumotliman" *Diplomim bor* deb ish beruvchini e'tiborini tortolmaysiz. Sizni bu shavqatsiz mehnat bozorida qutqarib qoladigan narsa bu tajribangiz va portfoliongiz.
1 234
Ish beruvchi sizdan necha yil oʻqigansiz? deb soʻramaydi...
Necha yillik tajribang bor deb soʻraydi.
Misol uchun ikki kursdosh biri oʻqishni bitirib ishga kirdi ikkinchisi magistraturaga, ikki yildan soʻng birinchisi ikkinchisidan koʻra koʻproq talabgir kadr hisoblanadi.
Hozirgi kunda hususiy zavodlarga ishga kirish uchun suhbatga borsangiz qoʻlingizdagi diplom suhbatga kirish xonasini eshigini ochish uchun xizmat qiladi eshik yopilgandan soʻng siz, portfolio va shu paytgacha orttirgan bilim koʻnikmalaringiz siz bilan qoladi.
Eng yaxshi variant bakalavrni bitirib ishga kirib ishdan ajralmagan holda magistraturada oʻqish shunda bir oʻq bilan ikki quyonni ursa boʻladi, ham tajriba orttirasiz ham qoʻshimcha bilimlarga ega boʻlasiz.
1 234
Bu mavzuda post yozmasam boʻlmas ekan...
Juda koʻp bitiruvchilar menga ish topishga yordam bering deb yozishadi.
Men soʻraydigan savollar.
- Bironta chet tilini bilasizmi?
- Sohangizga doir maxsus dasturlarni bilasizmi?
- Sohangizga doir bilimlarga egamisiz?
Desam ish davomida oʻrganib olaman deydi. Shuncha payt nima qilding deb yana soʻrayman. Ularni javobi shu 4 yil bir zumda oʻtib ketdi deydi.
Mayli resumengni tashla desam pichoqqa ilinadigan portfolio yoʻq, hech narsa yoʻq.
Sal boyit deb qaytaraman, qaytadan yana toʻldiradi. Keyin ish beruvchiga joʻnatsam ular ham sal malakalirogʻidan topib bering deydi.
Eng qizigʻi suhbatdan oʻtolmagan oʻsha bitiruvchilar aka nima deysiz magistraturaga topshirsammikan deydi 🥴
