cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qashqadaryo hokim yordamchilari

Advertising posts
795
Subscribers
+124 hours
-17 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Хитой компанияси Косонда томчилатиб суғориш орқали пахта етиштирмоқда Вилоят ҳокими Муротжон Азимовнинг навбатдаги ўрганишлар манзили Косон тумани бўлди. Ушбу туман бугунги кунда барча соҳаларда илғор бўлган ҳудудлар сафига киради. Хитойнинг (Шинжон провинцияси) "Xinjiang Liuhua" компанияси туманнинг "Жарқум" ва "Майдаёбу" ҳудудларидан жами 7,6 минг гектар майдони ўзлаштириб, томчилатиб суғориш техналогияларини жорий қилган ҳолда пахта ҳосили етиштиришни бошлаган. Бу орқали "Тинчлик" МФЙнинг 200 нафардан зиёд ёшлари иш билан таъминланади. Ёшларни бандлигини таъминлаш мақсадида туманда 773 нафар ёшларга 750 гектар ер майдони ажратилган. Вилоят ҳокими "Тинчлик" маҳалласидаги 40 нафар ёшларга ажратилган ер майдонларида улар томонидан экилган мош ҳамда тарвўз экинларини бориб кўрди. Шу ернинг ўзида ҳоким ёрдамчиси ва ёшлар етакчиси билан мулоқот қилди. Шунингдек, Муротжон Азимов туманнинг "Маъшал" МФЙ ҳудудида "Shuhrat Iso Mariyam" корхонаси томонидан лойиҳа қиймати 12 млрд. сўм бўлган ва 30 нафарга яқин иш ўрни яратилган соғломлаштириш маркази фаолияти билан ҳам танишди. Бундан ташқари, вилоят ҳокими "Тинчлик" МФЙ ҳудудидаги 22-сонли оилавий поликлиниканинг қурилиш-реконструкция ишлари билан танишди. Жарқум филиали сифатида аҳолига хизмат қилиб келаётган ушбу поликлиникага маҳаллий бюджетдан 3 млрд. сўм ажратилиб, 20 ўрин кундузги стационар ташкил этиш, эмлаш, физиотерапия муолажалари, гинекологик ва стоматологик хизматлар ташкил этиш режалаштирилган ҳамда врачлар оилавий яшаши учун 3 хонадан иборат 2 та хизмат уйи фойдаланишга топширилади. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Show all...
⚡️Hokim yordamchilariga sertifikatlar topshirildi 🟣Joriy yilning 15-16 may kunlari Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamkorligida yangi ishga qabul qilingan hokim yordamchilari uchun o'quv-seminari tashkil etildi. 🟣Seminar yakunida kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hokim yordamchilariga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining maxsus sertifikatlar topshirildi. https://t.me/mehnatvazirligi
Show all...
👍 1
Shukrullo Xaydarovlar oilasi - "Eng tadbirkor oila" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi 15-may kuni Qarshi shahrida "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Ibratli oila" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida Muborak tumani "Bobur" mahallasida yashovchi Shukrullo Xaydarovlar oilasi "Eng tadbirkor oila" nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. https://t.me/mehnatvazirligi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Aholi ko‘proq qaysi sohalarni o‘rganishga qiziqmoqda 2024 yil yanvar-aprel oylarida 49,9 ming nafar aholi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarni o‘rganish uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi o‘quv markazlari, davlat va nodavlat ta'lim muassasalariga hamda "Ustoz-shogird" an'anasi asosida bepul o‘qishga jalb qilindi. Ularning: ▪️37,5 ming nafari – sanoat va xizmat koʻrsatish; ▪️5,8 ming nafari – qurilish; ▪️2,6 ming nafari – hunarmandchilik; ▪️2 ming nafari – IT; ▪️2 ming nafari – agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida oʻqishga qiziqish bildirgan. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Show all...
Tadbirkor 20 tonna qovun sotishni rejlashtirmoqda Mirishkorda tumanida "Bir hudud - bir mahsulot" tamoyili asosida serdaromad hamda eksportbop ekinlarni ekish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Ayzabod” hududida yashovchi G’oyibova Shahnozaga ajratilgan yer maydonida dehqon xo’jaligi tashkil etib, 60 sotix maydonda “Dakiro” navli tumanning tuproq iqlim sharoitiga mos qovun ekkan. Mazkur maydondan 20 tonna hosil olish reja qilingan. Hosilni yetishtirish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi bilan kredit asosida mineral o’g’it va boshqa preparatlar olindi. Ayni kunlarda hosil tayyor bo’lish arafasida. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Show all...
Qashqadaryo viloyatida kasb-hunarga o'qitish orqali 1242 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish tuman, shahar bo'limlari tomonidan (2024-yil yanvar-may oylari holatiga ko'ra) ishsiz va band bo'lmagan fuqarolarning 5078 nafari kasb-hunarga o'qitishga yo'llanma berildi. Shundan o'qishni tamomlagan 1864 nafar fuqarodan 1242 nafarining bandligi ta'minlangan:444 nafari davlat tashkilotlarida; ✅13 nafari YatT sifatida ish boshlagan; ✅785 nafari esa o'zini-o'zi band qilgan. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Show all...
👍 1
Murotjon Azimov Xitoyning yirik kompaniyalaridan birining rahbarini qabul qilmoqda Viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasi Jiangsu provinsiyasining "Hainan Runsen Xinxiang Investment Group" kompaniyasi rahbari Peng Zeshengni qabul qilib, qurilish-kommunikatsiya, turizm va ekologiya yо‘nalishlarida muzokaralar о‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, 2500 nafarga yaqin ishchi-xodimlari mavjud ushbu kompaniya kо‘plab davlatlarda qurilish materiallari ishlab chiqarish, uy-joylar va aeroportlar qurish ishlarini amalga oshiradi. Bugungi muloqotda ham viloyat hokimi kompaniya rahbariga vohamizning salohiyati haqida axborot berib, ikki tomon uchun ham manfaatli bо‘lgan loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Show all...
Go to the archive of posts