en
Feedback
Muhammad Usmaniy

Muhammad Usmaniy

Open in Telegram
619
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-4230 days
Posts Archive
•Атрофингиздагиларни ранжитадиган даражада қўпол ҳам, рўпарангиздагиларга журъат берадиган даражада юмшоқ ҳам бўлманг! ©Саъдий Шерозий рохимахуллох

Odamlarda amal yo‘q bo‘lib, faqat so‘zga berilgan, amal qilish qolib, faqat ilmga berilgan zamonda yashayotgan bo‘lsang bilginki sen yomon zamonda, yomon odamlar orasida ekansan. Sufyon ibn Uyayna rohimahulloh @Mukhammad_usmaniy

Hech bir narsa ilmiga amal qiluvchi ulamolar bilan hamsuhbat bo‘lishning o‘rnini bosolmaydi, chunki ular jonli kitoblardir. Alloma Muhammad Avvoma hafizahulloh @Mukhammad_usmaniy

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar: «Bir kishi mo‘min birodarining ishiga yordam berib, bitirsa, Alloh o‘sha kishining 30 ta dunyoviy, 40 ta uxroviy, jami — 70 ta juda muhim ishini hal etadi». @Mukhammad_usmaniy

Tiz cho’kkanimizni ko’rishni istagan juma’ga kelsin! Xayrli jumalar🙌 @Mukhammad_usmaniy

Seni imtixonga yoʻliqishing mahzun bolishing uchun emas, Allohga yaqinlashishing uchundir. @Mukhammad_usmaniy

​​Bir bolakay otasiga: — Dadajon, menga telefon olib bering.. —  dedi... — Xoʻp, oʻgʻlim, qanday telefon olib beray? — Falon-falon rusumlisidan. — Boʻldi, oʻgʻlim, erta-indin aytgan telefoningiz qoʻlingizda boʻladi, inshaalloh! Faqat bir shartim bor, shartim juda oson, shunga rozi boʻlsangiz boʻldi. Ota-bola kelishib, bolaga vaʼda qilingan telefon olingandan keyin ota shartni aytdi: — Mana yangi telefon! Telefoningizga har kuni bomdoddan keyin xabar yuboraman, shu xabarni xuftondan keyin menga yodlab aytib berasiz! Otaning zukkoligidan bolakay bir yarim oyda yasin (ﻳﺲ) surasini yod olibdi. @Mukhammad_usmaniy

#ЭСЛАТМА • Закот беришда ушбу жиҳатларга эътибор беринг.! © Аброр Мухтор Алий 📨 Постни яқинларингизга ҳам улашинг! Расмий канал👇 ▫️@AbrorMuxtorAliy

#Manzil Ikki joyga eshik qoqmay kiriladi: — Masjid — Ko’ngil @Mukhammad_usmaniy

Koʻpincha Qur’ondan uzoqlashashib ketamiz-da, “nima uchun qalblarimiz hech bir sababsiz siqilmoqda?!” deb soʻrab qoʻyamiz. @Mukhammad_usmaniy

Inna lillahi va inna ilayhi roji’uun! @Mukhammad_usmaniy

Qur’ondan qancha yodlaganingizni gapirib yurmang. Balki sizdagi Qur’onni ko‘rishlariga qo‘yib bering. Ochni to‘ydiring, kiyimsizni kiydiring, yetimga rahm qiling, yomonni kechiring, onangizni e’zozlang, hammaga tabassum eting. Qur’ondan qayerga kelganingiz ahamiyatli emas, Qur’on sizning qayeringizga yetib kelgani muhim! @Mukhammad_usmaniy

Kishi bir tomoni bilan yotib noqulaylik sezsa, ikkinchi tomonga ag‘darilib oladi. Hayotda noqulaylik sezsa, nuqul shikoyat qiladi. Sen bir harakat qilib ag‘darilib ko‘rgin-chi. @Mukhammad_usmaniy

Ko‘p gapirganingiz sayin xatolaringiz ko‘payaveradi, faqat Allohning zikri unday emas. Ko‘p zikr qilganingiz sayin xatolaringiz o‘chirilaveradi.... @Mukhammad_usmaniy

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kulgini ko‘paytirmanglar, chunki ko‘p kulgu qalbni o‘ldiradi", dedilar". @Mukhammad_usmaniy

"Yer yuzida kibru havo ila yurma! Albatta, sen zinhor yerni teshib yubora olmaysan va zinhor bo‘yda tog‘larga yeta olmassan!" (Isro surasi, 37-oyat). @Mukhammad_usmaniy

Bir odam xotinidan: "Meni sevasanmi?" deb so‘rab, qasam ichdirdi. Xotini "Yo‘q, sevmayman", dedi. Buning xabari Umar roziyallohu anhuga yetib keldi va u ayoldan: "Eriga seni yomon ko‘raman, deb aytgan xotin senmisan?" deya so‘radilar. Ayol: "Ha, u mendan Alloh haqqi ayt, deb turib oldi. Men yolg‘on gapirishga jur’at qilolmadim", deya javob qildi. Shunda hazrati Umar dedilar: "Yolg‘on gapir! Agar sizlardan biringiz birovni yoqtirmasa, bu haqda unga so‘zlamasin! Chunki juda kam oilalargina muhabbat ustiga quriladi. Odamlar islom va ehson asosida yashashadi". Xaroitiyning "Masavi’" kitoblari, 178-bet @Mukhammad_usmaniy

Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir... Jaloliddin Rumiy @Mukhammad_usmaniy

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Qaysi payg‘ambar g‘am-g‘ussaga botsa, albatta tasbeh aytgan. Shunday ekan, yengillik patida ham, qiyinchilik paytida ham, ko‘p tasbeh aytinglar!» (Javabul kafiy,1/7). @Mukhammad_usmaniy