cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IMA Oltiariq ixtisoslashtirilgan maktab

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq ixtisoslashtirilgan maktabi Creator: @Abdurahmonjon_Rasulov || @strange_classmate Takliflar bo'lsa yozishingiz mumkin.

Show more
Uzbekistan53 325The language is not specifiedEducation108 946
Advertising posts
220
Subscribers
-124 hours
-47 days
-530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:48
Video unavailableShow in Telegram
Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-aniq sinf oʻquvchilari.
Show all...
👍 7🔥 3👎 2
#Muhammad_Yusuf #Oltiariq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi Mustaqillik yillari she'riyatining o'tashnafas shoiri, Vatan kuychisi Muhammad Yusufning 70 yillik yubileyi O'zbekistonimizda keng nishonlanmoqda. 🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham xalqning sevimli shoiriga bag'ishlangan she'riyat kechasi tashkillandi. Bu tadbirda Muhammad Yusufning hayot yo'li, takrorlanmas ijodi, she'rlaridagi xalqona ohang, soddalik, yangi - yangi badiiy tasvir vositalari, o'ziga xos qahramon qarashlariga e'tibor qaratildi. ✅ O'quvchilar tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari tomoshabinlar dilidan o'rin olgan bo'lsa ajab emas. 👏👏👏 Tadbir nihoyalandi, lekin she'rxonlik uzoq davom etdi. ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bizning_shunday_quvchimiz_bor #OLTIARIQ_IM #CEFR_B2 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi 👨🏻‍💻 MAXMUDOVA MUKARRAMXON G'AYRATJON QIZI Chet tilini bilish darajasi to'g'risida B2 darajadagi sertifikatni qo'lga kiritdi. O'quvchimizningi ushbu natijasi bilan tabriklaymiz! ✍️ Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot kotibligi. ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
Show all...
👍 5👏 2👎 1
⚡️Huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat yo'lga qo'yilmoqda. Ilk sinov imtihoni bepul bo'ladi! 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali abituriyentlar ayni vaqtda quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin: 1️⃣ Matematika 2️⃣ Biologiya 3️⃣ Kimyo, 4️⃣ Fizika 5️⃣ Ona tili va adabiyot 6️⃣ Tarix 7️⃣ Geografiya 8️⃣ Rus tili va adabiyoti 9️⃣ Qoraqalpoq tili va adabiyoti Shuningdek, bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi bo'ladi. ✅ Aprobatsiyada qatnashish bepul!Sertifikat berilmaydi.Joylar cheklangan. Ro'yxatdan o'tish:https://my.uzbmb.uz/service/98@imtihonmarkazi
Show all...

👍 2👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#OLTIARIQ_IM #Bizning_shunday_ustozlarimiz_bor 🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi INFORMATIKA fani o'qituvchisi BORATOV DILSHOD TO'YCHIYEVICH Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan "Vazir ustamasi"ga loyiq deb topildilar. 🔰 Boratov Dilshod To'ychiyevichning ko'plab o'quvchi-shogirdlari tuman, viloyat va Respublika fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni egallab kelmoqdalar. ⚜️Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi Boratov Dilshod To'ychiyevichning ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaydi va bundanda ulkan, davomli yutuqlarga erishishini, yosh avlodni tarbiyalashda faqat olg'a borishini tilab qoladi! ✍️ Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot kotibligi. ⚜️ Ta'lim rivojiga biz bilan hiss qo'shing!
Show all...
👍 8
#Oltiariq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #UCHRASHUV #Ufa_davlat_neft_texnologiya_universiteti      🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar nafaqat mahalliy, balki xorijiy oliygohlar bilan ham hamkorlikni namunali yo‘lga qo‘ymoqdalar. Ana shunday ta'lim muassasalarimizdan hisoblangan, AKFA universiteti bilan memorandum imzolagan Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi Ufa davlat iniversiteti bilan ham 🤝hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.📆19-aprel kuni mazkur xorijiy oliygohga qabul uchun ichki sinov imtihoni o‘tkazildi. 💠  Ufa davlat neft-texnologiya universitetining masʼul vakillari ishtirokida Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari bilan Aniq fanlar doirasida sinov imtihonlari tashkil qilindi. ✅ Maqsad: bitiruvchi sinf oʻquvchilarining 📈bilim darajalarini aniqlash, yuqori natijalarga erishganlarni muddatidan avval 🧑‍🎓talabalik baxtiga muyassar boʻlishlariga erishish‼️ ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
🔥 2👍 1👎 1
#Oltiariq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #UCHRASHUV #Ufa_davlat_neft_texnologiya_universiteti 🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar nafaqat mahalliy balki xorijiy oliygohlar bilan ham hamkorlikni namunali yo‘lga qo‘ymoqdalar. Ana shunday ta'lim muassasalarimizdan hisoblangan, yaqindagina AKFA universiteti bilan memorandum imzolagan Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi Ufa davlat iniversiteti bilan ham 🤝hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, 📆19-aprel kuni mazkur xorijiy oliygohga qabul uchun ichki sinov imtihon o‘tkazildi. 💠 Unda Ufa davlat neft-texnologiya universitetining masʼul vakillari ishtirokida Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchi oʻquvchilari bilan Aniq fanlar doirasida sinov imtihonlari tashkil qilindi. ✅ Maqsad: bitiruvchi sinf oʻquvchilarining 📈bilim darajalarini aniqlash, yuqori natijalarga erishganlarni muddatidan avval 🧑‍🎓talabalik baxtiga muyassar boʻlishlariga erishish‼️ ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
👍 1
DIQQAT: MANFAATLI UCHRASHUV❗️ 🏫 Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Homidjon Rahimov tashabbusi bilan kuchli bilimga ega bo‘lgan, iqtidorli, o‘qituvchilikka qobiliyati bor o‘quvchilarni pedagoglik kasbiga qiziqtirish va yo‘naltirish maqsadida, Buvayda tumani 2-VIDUMI sobiq o‘quvchisi, matematika fanidan jahon olimpiadalari medalisti, hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Jasurbek Imomov hamda Oltiariq 1-ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari, matematika fanidan Respublika va xalqaro musobaqalar g‘oliblari, hozirda INXA universiteti talabasi Asadbek Sobirjonov va AKFA universiteti talabasi Ahrorbek Toirjonovlar bilan uchrashuv tashkil etildi. ⚜Mehmonlarimiz o‘z hayotiy ko‘nikmalari asosida o‘quvchilarimizga maslahat va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda ishtirok etgan barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga munosib javob topdilar. ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Buxoro shahridagi Prezident maktabida Robo-Art yoʻnalishida seminar-trening o’tkazildi. ⏺Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Besh muhim tashabbus” doirasida futbol musobaqasi bo’lib o’tdi. ⏺Termiz shahridagi Prezident maktabida favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. ⏺Xiva shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlariga sazovor boʻldi. ⏺Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabida sport musobaqalari tashkil etildi. ⏺Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻquv jamoasi Qarshi shahridagi "Muruvvat uyi" tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi. ⏺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari uchun Guliston shahridagi memorial maskanlarga sayohat uyushtirildi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi , Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi, Norin, Uchqoʻrgʻon, Yakkabog', Sariosiyo, Mirzaobod, Oqoltin, Zarbdor, Marhamat , Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻldi. ⏺Shayxontohur, Sergeli tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari 5-8 sinflar oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi. ⏺Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti professor-oʻqituvchilari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. ⏺Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Milliy gvardiya boʻlimi bilan hamkorlikda kamondan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. ⏺Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Jasurbek Imomov bilan muloqotda boʻldi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#FAXR FARG‘ONALIK MATEMATIKA FANIDAN JAHON OLIMPIADALARI CHEMPIONI. Jasurbek Imomov 2016-yilda Buvayda tumani 2-VIDUMI ni tamomlagan. Hozirda O‘zMU matematika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi. ✅2014-yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada yakka va jamoaviy bahslarda ikki karra kumush medallar ✅2018-yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Jautikov nomidagi xalqaro olimpiadada bronza medal ✅2018-yil MY5 telekanali VUNDERKIND ko‘rsatuvida mutloq g‘olib bo‘lib 50 000 000 so‘m pul mukofotini ✅2019-yil Qozog‘istonda o‘tkazilgan Jautikov nomidagi xalqaro olimpiadada kumush medal ✅2019-yil Angliyada o‘tkazilgan 60-Xalqaro olimpiadada bronza medal ✅2021-yil har yili Bolgariyada dunyo oliygohlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada oltin medal ✅2022-yil xuddi shu olimpiadada qatnashib kumush medalni qo‘lga kiritgan. ✅2020-yil "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. https://t.me/fargonadirektorlarkengashi
Show all...
🔥 2