cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Telegramda Biznes | Ilyos Yuldashev

Kanallar va ekspert bloglarni telegramda yurg‘izaman, avtovoronkalar quraman. 22 yoshimda Telegram orqali 92.000$ topganman. 2 yil oldin biznesimni sotdim, endi esa yana noldan boshlayabman. Savollaringiz bormi? Menga yozing: @Yuldashevilyos

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
255
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Savollarga javoblar Zapusk masalasida shaxsiy xabarlarda judayam ko‘p savolla jo‘natvossila. Ulardan eng mashxurlariga blogimda javob berishga qaror qildim. 1 - Zapusk bu nima? Zapusk - bu ekspert blogida sotish texnikasi. U yordamida biz kurs va xizmatlarimizni sotamiz. 2 - Ekspert blogi nima? Ekspert blogi - bu biror soxadegi mutaxassis yurg‘izadigan telegram kanal. Masalan fitnes trener, tish do‘xtiri, fotograf, buxgalter. O‘z blogida u foydali ma‘lumotlar bilan bo‘lishib boradi va zapusk orqali o‘z bilim kurslari va xizmatlarini sotadi. 3 - Ekspert bo‘lmasam nima qilish kerak? Bu muammo emas, prodyusser bo‘lolisan. O‘zinga ekspert topib u bilan hamkorlikda ishlashing mumkun. Ekspert blog oboradi, xizmat ko‘rsatadi va o‘quv kurslari o‘tkizadi, san esa blogini rivojlantirishga va zapusk qiberishga yordam berasan. 4 - Pulim bo‘lmasa nima qilaman? Agar san ekspert bo‘sen, 500.000 so‘m bilanam boshasen bo‘ladi. Agar puling umuman bo‘masa, prodyuser bo‘lib, barcha kanalini harajatlarini qoplidigan ekspert topib u bilan ishlashing mumkin. Agar sanda boshqa savollaring bo‘lsa shaxsiy xabarlar orqali yuborishin mumkun @Yuldashevilyos. Biror haftala o‘tkizib man blogimda eng ko‘p kevotkan savollaga javob beraman.
Show all...
Reklama sotishdan daromad. Man avval yozganimdey, kanalni faqat reklama sotish uchun rivojlantirish juda xatarli. Va bunga kamida 10 million so‘m pul kere. Lekin ko‘pchilik shaxsiy xabarlar orqali manga yozishvotti, qando qilib reklama savdosidan daromad topilik dib. Manda sila uchun yaxshi variant bor. Ekspert blogini rivojlantirila, u yerda xizmat va kurslarizi soting. Agar xolasela reklamaniyam sotila. Bu variantni plyus taraflari nimada? 1 - Daromad faqat reklama sotishdan emas, balki kurs va xizmatlani sotishdanam keladi. Bu degani yutqazish havfi kam, daromad esa ko‘p. 2 - O‘rtacha blogladan ko‘pro reklama sotvolishadi, o‘rtacha kanallaga qaraganda. 3 - Bloglada reklama 3-5 baravar qimmatro yuradi, kanallaga qaraganda. 4 - Rivojlantirish uchun kamro pul ketadi. 5 - Raqobatchilik kamroq. O‘zbekistonda minglab oddiy kanallar mavjud, ammo bloglar kam. Mani silaga maslahatim - agar silada telegramda ishlash tajribela va rivojlantirish uchun bir necha ming dollariz bo‘masa ekspert blogini yurg‘izila. Bu ancha arzonroq va daromadliroq, oddiy kanallaga qaraganda.
Show all...
Reklama narxi obunachila soniga bog‘liqmi? Ko‘pchilik kanallada reklama sotib ovotkanda obunachilani soniga qarashadi, ammo bu kotta xato, bu yo‘l bilan siz ko‘p pul yo‘qotasiz. Masalan ikkita kanalni solishtiramiz: 1 - @Fura_bozori_fura_kamaz 2 - @uWork_Toshkent (mani kanalim) Birinchi kanalda 380.000ta obunachi, ikkinchisida esa 14.000ta. Qaysi kanaldan siz reklama sotvolas, agar narxlari bir xil bo‘sa? Ko‘pchilik birinchi kanaldan sotvoladi, va bu xato bo‘ladi. Obunachila soni axamiyatga egamas, asosiysi postlani prosmotri nechtaligida. Birinchi kanalda 24 soat ichida 3.700ta prosmotr yig‘iladi, ikkinchi kanalda 7.500ta yig‘iladi. Bu degani, ikkinchi kanalda reklama sotvolinsa, sizzi reklamezzi ikki baravar ko‘pro odam ko‘radi. Gap shundaki, birinchi kanalda asosiy obunachila botla. Ular xaqiqiy odamlarmas, ular kanalni kuzatishmaydi. Kanal egalari atelab botlani nakrutka qivolishadi, kanallari kotta ko‘rinib uladan reklama sotvolishlari uchun. Xulosa: reklama sotib ovotkanda birinchi o‘rinda postlani prosmotriga e‘tibor berila obunachila sonigamas.
Show all...
Telegramda reklamani qanday qilib sotvolish mumkun? O‘tkan postda biz obunachilani ko‘paytirishni eng zo‘r yo‘li boshqa telegram kanallada reklama sotvolish ekanligiga qaror qildik. Bu postda esa qayerdan kanallar izlashni va reklamani qanday sotvolish kereligini o‘rganamiz. 1 - Tgstat.ru saytiga kiramiz. Agar rus tilini tushunmasela, tepada o‘ng tarafda uchta chiziqchaga bosib o‘zbek tilini tanlisila. 2 - Ko‘z o‘ngingizda kanallar qidirish sozlamalari chiqadi. O‘zbekiston davlatini tanlisiz. Yana sizni qiziqtirvotgan kategoriyani tanlashiz mumkun. Agar siz psixolog blogini yurg‘izsez, o‘sha yerda psixologiya kategoriyasini tanlashiz mumkun. 3 - Xozircha tajribez yo‘qligi uchun ko‘p pul sarflamaslik uchun kichikroq kanalladan reklama sotvolishni tavsiya qilaman. Buning uchun «Kengaytirilgan qidiruv» tugmachasini bosib kerekli obunachilar sonini kiritasiz. 4 - 3-5 kanallarni tanlab ularni egalariga telegram orqali reklama sotvogiz kevotkanligini yozasiz (kontaktlari ko‘pincha kanalni sarlavhasida yozilgan bo‘ladi). So‘ng o‘zizi reklama postizi ulaga yuvoras. 5 - Savdolashishni unutmen. Hammayam chegirma qimidi, ammo etilgan narxini 20% gacha tushursa bo‘ladi.
Show all...
Obunachilarni kanalga qanday qilib jalb qilish mumkun? Variantlar uncha ko‘p emas: 1 - Agar sizda Instagramda/Tik tokda va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda obunachilariz bo‘sa, o‘sha yerda Telegram kanalizni reklama qilishiz mumkun. Plyus tarafi shuki, bu siz uchun mutlaqo bepul bo‘ladi, lekin ko‘pchilikda bunday sharoit yo‘q. 2 - Targetli reklama. O‘zizi kanalizni Instagram/Facebook orqali targetda reklama qilishiz mumkun. Agar siz target reklamani sozlashni bilsez, bu siz uchun yaxshi variant. 3 - Telegram kanallarda reklama sotib olish. Eng qulay va arzon variant. Obunachilarni jalb qilish arzonroqga aylanadi, Instagramda target orqali reklama qilganga qaraganda. Bu yerda ham o‘ziga yarasha nozik joylari bor, eng kotta kanallar nakrutka qilingan bo‘ladi, odamladan ko‘ra botla ko‘proq bo‘ladi. 4 - VP. Sizzi kanaliz sal kottalashsa boshqa kanalla bilan VP qilishiz mumkin. VP-bu o‘zaro reklama, siz boshqa kanalni reklama qilas, u kanal sizzi kanalizi reklama qiberadi. Man kanaliz hali kichkina bo‘sa VP qilishni maslahat bermiman. Foydasi bo‘midi. Bu Telegramda kanal yurg‘izishni eng asosiy 4 ta usuli. Xozirda man shulardan faqat bittasi bilan foydalanaman-reklama sotib olish bilan, va sizgayam kanalizi rivojlantirvotgan bo‘sez shu yo‘lni maslahat beraman.
Show all...
Nimaga zapuskla yaxshiroq ishlidi? Vaziyatni tasavvur qil-sanga yarim yildan keyin institutga o‘qishga topshirish kere, va buning uchun sanga ingliz tilini zo‘r bilish kere, IELTS ni 6.5 ga topshirishin kere. San telegramda ingliz tili o‘qituvchisini blogini uchratvossan. Blogni ayol kishi yurgizvotti, har kuni sani bilimini sifatini oshiradigan foydali ma‘lumotla bilan bo‘lishib borvotti. Bu ayolda yana o‘zini ingliz tili maktabiyam bor. O‘zini blogida har doim maktabidegi o‘quvchilari IELTSni 6.5ga topshirvotkani xaqida bo‘lishib boradi. Vaqt o‘tib, imtixonlagacha 3 oy qovotti, san IELTSga tayyorlanish kurslariga borishga qaror qilding va san shu yo‘nalishda maktab tanlashing kere. Qayerga borasan? Birinchi duch kelgan maktabni tanlisanmi yoki 3 oy davomida blogini kuzatib, bilimlariga ishongan, o‘quvchilarini natijasini ko‘rgan o‘sha ayolni maktabigami? Manimcha javob aniq, 90% odam o‘sha bloger o‘qituvchiga boradi. Xo‘sh, nimaga zapusklar zo‘r ishlidi? Chunki san bloging orqali o‘zinga nisbatan ishonchni kuchaytirasan. O‘zingni soxangda ekspertligingni ko‘rsatasan. San hamisha obunachilaringa foyda keltiradigan ma‘lumotlar bilan bo‘lishib borasan, va ularni ishonchini qozonasan. Tanimagan, bilimiga ishonch hosil qilmagan boshqa o‘qituvchiga borib nima qiladi to‘g‘rimi? Yaxshisi ula sanga kelishadi, chunki bilishadi sani professionalligin to‘g‘risida va sanga ko‘proq ishonishadi. Zapusklar faqat ingliz tili o‘qituvchilariga nisbatan ishlidi diganimas. San boshqa boror soxada ekspert bo‘sen, sota oladigan o‘z xizmating yo kursing bo‘sa, sangayam zapusk yo‘nalishi to‘g‘ri kela oladi. Ammo san hech qaysi soxada ekspert bo‘masen, qo‘rqinchli joyi yo‘q. O‘zinga ekspert-partnyor topib birga ishlashing mumkin. U ekspert blog yurgizib kurslarini sotadi, san faqat zapusk qilib berishga yordam berasan va hizmatinga daromaddan 20% saniki bo‘ladi.
Show all...
Telegram kanal yaratishni bosqichma bosqich ko‘rsatmasi 1 - Yangi chat belgisini bosas. Ayfonda tepda o‘ng tarafda bloknot bilan ruchka belgisi chiqadi. Androidda o‘ng tarafda pastda ruchka belgisi chiqadi 2 - Sizga uchta variant chiqadi: Yangi guruh, yangi kontakt, yangi kanal. Gruppa bu suxbatlashish uchun chat. Bizga esa kanal yaratish kerak, “Yangi kanal” tugmachasini bosasiz. 3 - Kanal uchun biror surat, rasm tanlisiz, kanal nomini va tavsifini kiritas. Nomi judayam uzun bo‘lishi kerakmas, kanal mavzusini ma‘nosini bildirishi kere. Tavsif-sizzi kanalizni chuqurroq ma‘lumoti, tavsifiga profilizi ssilkasiniyam kiritib qo‘yishiz mumkin, odamla sizga murojaat etishlari uchun. 4 - Tanlis, ommaviy yoki shaxsiy kanal bo‘lishini. Ommaviy kanallada @tgbiznes_blog ga o‘xshash ssilkasi bo‘ladi. Ommaviy kanallani qidiruv bo‘yicha topish mumkin va unga barcha hohlagan odamlar qo‘shilvolishi mumkin. Shaxsiy kanallarni ssilkasi http://t.me/+445L3tc8uqA1NjAy shunaqaroq ko‘rinishda bo‘ladi. Shaxsiy kanallarni qidiruv bo‘yicha topib bo‘lmaydi, va ularga faqat ssilka orqali o‘tib obuna bo‘lish mumkin. Man ommaviy kanal yaratishni tavsiya qilaman. 5 - Kanal uchun ssilka o‘ylab topas. Ssilka bo‘shqa odamla sizzi kanalizga obuna bo‘lishi uchun kere. Kelajakda siz boshqa kanalladan reklama sotvolas, u yerda o‘zizi kanalizga reklama postizi va kanalizga ssilkezi qoldidas. Ssilka kanaliz mavzusiga oid bo‘lishi kere. Agar siz blog olib borsez, o‘zizi ismizi yozib qo‘yishiz mumkun. Tayyor, sizzi kanaliz yaratildi. Endi siz u yerga postlarizi joylashtirib ssilkasi bilan tanishlariz orasida bo‘lishishiz mumkun.
Show all...
Zapusk o‘tkazishni va 1 oyda 1000$ chiqishni 4 qadami 1 - Blog yaratish, tematika tanlash va blogni oboradigan ekspert topish. Yoki o‘ziz blogni oborishiz. Kanalni shakllantirab 3-4ta post joylashtirish. 2 - Blogga obunachilarni jalb etish. Buning uchun boshqa kanallardan reklama sotib olish. Birinchi zapusk reklamasiga 1 milliondan so‘mdan oshib ketmidigan harajat qilishni maslahat beraman. Masalan 500 ming yetadi. 3 - Blogni olib borasiz, bir oy davomida blogizga tegishli temada foydali ma‘lumotlar bilan bo‘lishib borasiz. Bir oydan keyin blogizda o‘z xizmatlarizi, kurslarizi sotishni tashkillashtirasiz. Agar hammasini to‘g‘ri bajarseyiz, bir necha kunda reklamaga sarflagan pulizi 3-5 baravar qilib qaytaras. 1 million tikgan bo‘sez, daromad 3-5million atrofida bo‘lishi kere. Va + odamlani ayrim qismi 1-3-6 oydan keyin yana murojaat qilishadi. 4 - 2 va 3 punktni qaytatas. Reklama sotvolas, obunachila sonini ko‘paytirvolas, zapusk qilas. 2-chi yo 3-chi martada 1000$lik zapusk qilolis. To‘g‘ri, bulani hammasini qilish uchun, ko‘p narsani o‘rganvolishila kere, blog uchun to‘g‘ri mavzuni tanlash kere, auditoriya sonini aniqlash kere, yaxshi reklama postini yozish kere, reklama berish uchun sifatli, nakrutka qilinmagan kanallani topish kere, blogni to‘g‘ri olib borish, to‘g‘ri mavzulaga postlar yozish kere. Va eng asosiysi-yaxshi offer qilish kere. Offer bu siz sotmoqchi bo‘lgan maxsulot (kurs, xizmat, maxsulot). Odamlaga o‘zimizga foyda topish uchun bo‘lar bo‘lmas narsani sotib bo‘midi. Silani eng kotta masalela - odamlaga foyda keltiradigan, muammolarini hal qiladigan offer yaratish. Shunda silani zapuskila yaxshi natija beradi va san yaxshi daromad topasan.
Show all...