cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Iqtidorli talabalar-Denov TPI

Advertising posts
435
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-2130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Tailandning universitetlarida bakalavr va magistratura va talaba almashinuvi (exchange students, academic mobility) uchun taklif etilyotgan grantlar hamda universitetlar ro'yxati. Qiziquvchilar talabgorlar bo'lsa Xalqaro bo'limga murojaat qilishlaringiz mumkin. t.me/dtpixab https://t.me/Xalqaro_b +998881543600
Show all...
Lists_of_scholarships_offered_by_Thai_university_for_inter_l_students.pdf1.22 MB
👍 1
Repost from N/a
#talabalar_natijalari ⚡️Mirzo Ulug'bek vorislari Respublika tanlovining joriy yil tuman bosqichida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba yoshlar ishtirok etib, o'z ilmiy va innovatsion g'oyalari asosida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda DTPIdan IQ-testidan muvoffaqiyatli o'tgan 53 nafar talaba tanlovning tuman bosqichida ishtirok etishdi. 🏆 Yakuniy natijalarga ko'ra 6 nafar talabamiz keyingi viloyat bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Shuningdek, 1.700.000 so'mdan pul mablag'i, maxsus sertifikat bilan ham taqdirlandi. Ziyadullayev Navruzbek Botir o'gli — Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 1-bosqich magistranti Choriyev Jahongir Olimjon o'g'li — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi Musurmonov Abror Alisherovich — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 4-bosqich talabasi Elboyev Rustam Farxod o'g'li — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Jabborov Muhriddin Faxriddin o'g'li—Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Murotaliyeva Sevara Xudoyberdi qizi — Pedagogika fakulteti 4-bosqich talabasi 💐 Institutimiz jamoasi ushbu talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaydi. Keyingi viloyat bosqichida ham DTPI nomini munosib himoya qilishlariga ishonch bildiradi. https://t.me/DTPI_yoshlar_akademiyasi_kanali
Show all...
DTPI Yoshlar akademiyasi rasmiy kanali

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar akademiyasining rasmiy kanali. Murojaat uchun: DTPI Yoshlar akademiyasi lideri: @dilnoza_jumayevaaa

👍 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#e’lon #stipendiya Britaniya Kengashi tomonidan xotin-qizlar uchun “Women in STEM” stipendiyasi e’lon qilindi Stipendiya Buyuk Britaniyadagi universitetlardan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish imkoniyatini beradi. ⏰ Magistratura stipendiyalariga arizalar 2024-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Batafsil bu yerda (ingliz tilida) 👉 In English 👉 На русском
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
Repost from DTPI rasmiy kanali
02:51
Video unavailableShow in Telegram
🏛 MFaktor loyihasi asoschisi hamda Jalinga Global kompaniyasining rivojlanish bo‘yicha direktori Hasan Mamasaidov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti iqtidorli talabalari bilan uchrashdi. ✅ Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! DTPI.uz|Facebook|Telegram|Instagram
Show all...
М Фактор.mp4222.94 MB
Repost from Huquqshunos yordami
Қайси банклар таълим кредити беряпти? Апрель ойи яқинлашар экан, бу олийгоҳ талабалари учун контрактни бир қисмини тўлашни билдиради. Бунинг учун талабалар банклардан имтиёзли таълим кредитлари олиши мумкин. Бунда талаба йигитлар учун фоиз ставкаси 14 фоиз, қизлар учун эса 0 фоиз. Энг катта қулайлик — кредитни ўқишни битиргач тўлаш мумкин. Талабалар 2024 йилнинг 2 ойида 4,7 трлн сўмлик таълим кредитларини олиб улгурган. Демак, қуйидаги банкларга таълим кредити олиш учун мурожаат қилиш мумкин: — ТуронбанкМКбанкАлоқабанкБизнесни ривожлантириш банкиОриент Финанс Банк Хўш, таълим кредити олиш учун қандай хужжатлар талаб этилади? — ариза; — мижоз шахсини тасдиқловчи хужжат; — кредит қайтарилиш таъминоти (гаров, кафил ва суғурта); — университет билан тузилган шартнома. “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг фарзандларига ажратиладиган таълим кредити бўйича гаров ва кафиллик талаб этилмайди. @Bank_yangiliklari1
Show all...
Repost from DTPI rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
#Navruz_2024 #rektor_tabrigi Assalomu alaykum, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining qadrli jamoasi hamda bilimdon talaba-yoshlar! Jonajon o'lkamiz – O‘zbekistonimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram ustozlarni, munis opa-singillarimiz, suyukli farzandlarimizni, ular orqali butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga xalqimiz baxtu saodati, Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda zafarlar yor boʻlsin. Navroʻz ayyomi ona zaminimizga toʻkin-sochinlik, xonadonlarga qut-baraka olib kelsin. Har kuningiz Navroʻzdek shukuhli va quvonchli boʻlsin. Navroʻzi olam yana bir bor muborak boʻlsin! ✍🏻 Raximov G'anisher Xudoyqulovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor dtpi.uz
Show all...
👍 2
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#talabaga_yengillik ⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi. Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli: ✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar; ✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar; ✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar. Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
👍 9🥰 4
Repost from DTPI rasmiy kanali
Diplom topshirish marosimi 📊 2023/2024-o‘quv yilida institutni 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 12 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 1783 nafar bitiruvchi tamomlab, katta hayot maktabiga yo‘l oladi. ❇️ Bugun filologiya fakulteti “Ona tili va adabiyoti: o‘zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti” yo‘nalishi kechki ta’lim shakli bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bitiruvchilar orasida Navoiy nomli Davlat stipendiyasining 2023/2024-o‘quv yili tanlovi sohibi Umidullayev Anvar Mo‘minjonovichning borligi e’tirofga loyiq. 🔵 So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarga pedagogik faoliyatlarida omad tilashdi. 🔰 Tantanali tadbirda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, ish beruvchilar ham ishtirok etishdi. 🌐@DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Show all...
👍 3
Repost from DTPI rasmiy kanali
Yoshlar markazining ochilish marosimi 🏢 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “open byudjet” loyiyasidan yutib olingan Yoshlar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ✅ Marosimiga institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor G‘.X.Raximov, Sariosiyo tumani hokimi A.H.Donayev va To‘ron fanlar akademiyasining faxrli akademigi A.Safarov, talabalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 🔵 Tuman hokimi va institut rektori Yoshlar markaziga yig‘ilgan talaba yoshlarni ushbu zamonaviy binoning ochilish munosabati bilan tabriklab, binoning kelajakda institut va mahalla yoshlarining ma’naviyat sektori o‘chog‘i bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi. 📌 Yangi qurilgan Yoshlar markazi chin ma’noda yoshlarni umumlashtiradigan, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqaradigan maskan bo‘lishiga ishonch bildiramiz. @DTPI_uz'ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
Show all...
👍 1 1