cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

AndMI | Mashinasozlik Texnologiyasi fakulteti | Rasmiy kanali.

Mashinasozlik Texnologiyasining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz.🏛Siz bu yerda; 🏛AndMI va 🏛MT ga bog'liq barcha 💡👨‍🏫Yangiliklar 📣🗣E'lonlar 📚🎑⚽️Tanlovlar Fakultet dekani M.Jo'raxonovga murojat uchun dekanbot manzili - @Mash_Tex_bot

Show more
Advertising posts
245
Subscribers
-224 hours
-27 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
⭕️⭕️⭕️ Ноткоин сотган талаба 10 суткага қамалди Термиз давлат университетининг 24 ёшли битирувчисига ноткоин сотган учун маъмурий қамоқ жазоси қўлланди. У крипто-активлар айланмаси соҳасидаги қонунчиликни бузганликда айбли деб топилган. Kun.uz ўрганган суд ҳужжатида келтирилишича, 2024 йил 1 июн куни фуқаро Н.А.нинг Тошкент шаҳар ИИББ котибияти томонидан рўйхатга олинган аризаси юзасидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилган. Текширув ишлари давомида И.Н.га тегишли телефон аппарати ҳамда банк пластик картасидан крипто-активларнинг ноқонуний фаолияти билан шуғулланилгани аниқланган. vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
Show all...
ЭЪЛОН !!! Хурматли талабаклар, 2024-йил 5-июнь куни кеч соат 18.30 да Алишер Навоий номидаги дам олиш истирохат боғида Республика олий таълим муассасалари талабалари иштирокида ўтказилаётган " Маърифат улашиб" тадбирларини ташкил этиш бўйича Олий таълим, фан ва инновациялар Вазирлиги томонидан белгиланган Йўл харитасига асосан кафедралар кесимида ташкил этилган фан тўгараклар фаолиятини оммалаштириш, кенг тарғиб қилиш мақсадида "БИЛИМЛАР БЕЛЛАШУВИ " ўтказилиши режалаштирилган. Шу муносабат билан сизларни ушбу тадбирда фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз. Қадрли талабалар "БИЛИМЛАР БЕЛЛАШУВИ" да иштирок этинг ва ғолиб бўлинг!
Show all...
Photo unavailable
#oltin_liga #9_tur #natijalar ⚽️"Oltin Liga" 9-tur uchrashuvlari natijasi, turnir jadvalidagi holat va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing. 📋✅ 🔥Turnir jadvalida yuqori o'rinda ketayotgan jamoa muhlislari reaksiya qoldiramiz. ✈️Oltin Liga doirasidagi barcha yangiliklar shu yerda https://t.me/Andmioltinliga
Show all...
02:37
Video unavailable
Abituriyentlar uchun muhim!
2024-yil qabulida qanday oʻzgarishlar boʻldi? Abituriyentlar hujjat topshirayotganda nimalarga eʼtibor berish kerak? Birinchi bosqichda test sinovida qatnashish uchun abituriyentdan qanday hujjatlar talab etiladi? Shu va boshqa savollarga Andijon mashinasozlik instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev javob beradi. Maʼlumot uchun, qabulga oid savollaringiz boʻlsa institutning istalgan ijtimoiy tarmoqlari orqali yozib qoldirishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz sizga oʻz vaqtida tezkorlik bilan javob berishadi. Batafsil, sifatli holatda ko‘rish uchun quyidagi havolaga bosing: https://youtu.be/s8qxfgIhm0s?si=LRQExRyFnTlJMjLx Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Abituriyentlar uchun muhim – qabulda qanday oʻzgr.mp418.10 MB
Photo unavailable
Iqtidorli talabalar diqqatiga
☄️Andijon mashinasozlik institutida 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi. ✔️Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi mezonlarga asoslanishi soʻraladi: ▶️Aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish; ▶️ Yakka mualliflikdagi kamida 2 ta ilmiy maqola va tezislar mavjudligi; ▶️Davlat tilini va 1 ta chet tilini (MDH tillaridan tashqari) yaxshi bilish. 📌Tanlovda ishtirok etish uchun zaruriy hujjatlar: 🟢Reyting daftarchasidan koʻchirma yoki transkript (dekanat tasdiqlagan); 🟢Dekan va kafedra mudir tavsiyanomasi; 🟢Dekanning talabgor talaba hujjatlari hamda baholarining haqqoniyligini aks ettiruvchi kafolat xati 🟢Ilmiy rahbarining xulosasi (fikrnoma); 🟢Ilmiy ishlarining roʻyxati va ularning bosma nusxalari; 🟢Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar nusxalari (rangli) va boshqa erishgan yutuqlar, fotosuratlar; 🟢Maʼlumotnoma (obʼektivka); 🟢Tarjimai xol (rasmli); 🟢Pasport nusxasi. ⌛️Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar hujjatlar yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 15-iyunidan 20-iyuliga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga taqdim etishlari soʻraladi. ⬅️Izoh: Tanlovlarga taqdim etilayotgan hujjatlar qog‘oz hamda elektron (jpg va pdf.) variantlarda tayyorlanishi va haftaning dushanba-juma kunlari, soat 15:00 gacha Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limiga 2024-yilning 20-iyuliga qadar topshirilishi lozim. ✉️Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi, Z.M.Soxibova, M.B.Kenjayeva. ☎️telefon: +99874-224-70-88 (ichki raqam 1016) Telegram manzil: https://t.me/andmistipendiat2024 Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailable
❗️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi 🔰Farmonga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 🔹oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi; 🔹taʼlim krediti: ▫️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida; ▫️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. ✔️Bunda taʼlim krediti: 🔸OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda; 🔸professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi. 🗓2024/2025 oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. #Qonunchilikdagi_yangiliklar Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Repost from AndMI I Oltin liga
Photo unavailable
#oltin_liga #9_tur ⚽️Oltin Liganing 9-tur uchrashuvlari ro'yxati bilan tanishing! 📍Musobaqa Avtomobilsozlik fakulteti binosi hududidagi mini maydonda tashkil etiladi. ✈️Oltin Liga doirasidagi barcha yangiliklar shu yerda https://t.me/Andmioltinliga
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#ogohlikni_qōldan_bermaylik #tinchlik_uchun_kurashmoq_kerak 🗣Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshilik, jumladan,Yaqin Sharqda, Iroq va Suriya mamlakatlarida bo’layotgan qonli to’qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o’rtasida kuchayib borayotgan o’zaro nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo’layotgani barchamizni tashvish va xavotirga solmasdan qo’ymaydi. 🗣Diniy qadriyatlarning, ezgulikning, insoniyatning dushmani bo’lgan yot g’oyalarning asl mohiyatini ochib berish, buzg’unchi oqimlarni jilovlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, mana shunday tinch, musaffo osmon ostida bunyodkorlik mehnati bilan band bo’lib, shukrona keltirib yashayotgan oliyjanob xalqimizning tinch hayotini har qanday balo-qazolardan asrashga o’z hissamizni qo’shish bugungi kundagi eng dolzarb vazifamiz bo’lishi kerak. 🗣Ayni shu ezgi maqsadlarni talaba yoshlarga yetkazish maqsadida Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti talabalar bilan institut rektorining yoshlar masalalari bo'yicha maslaxatchisi A.Islamov, Andijon shahar IIOFMB 4-son IIB JXX XPG PKI mayor Izzatillo Qahhorov, fakultet dekani o'rinbosari I.Kobulov hamda fakultet tyuterlari L.Usarov, A.Abdullayevlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 🗣Davra suhbati jarayonida oldidan talabalarda "Ogohlik davr talabi" mavzasida qisqa videofilm namoyish etildi. talaba-yoshlarga soxaga oid tushunchalar berildi, yoshlar o'zlarining qizitirgan savollariga javob oldilar. ✅️@andmiyoshlari
Show all...
Study in USA! Barcha talabalarni AQSH da o`qish bo`yicha onlayn vebinarga taklif etamiz. Ushbu vebinarda siz o`zingizni qiziqtirgan ko`plab savollarga javob topishingiz mumkin. Vebinar vaqti: 24-may soat 20:00. Ro`yxatdan o`tish va ishtirok etish uchun havola: https://www.eventbrite.com/x/study-in-the-usa-webinar-eurasia-registration-896578659907?utm_source=eventbrite&utm_medium=email&utm_campaign=reminder_attendees_event_starting_email&utm_term=eventname&ref=eemaileventremind
Show all...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
#18_may_muzeylar_kuni #tyuterlar_faoliyatidan 🏛Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti tyuteri A.Abdullayev fakultet talabalari bilan “Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi”ga tashrif buyurdilar. Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Respublikadagi boy tarixga ega bo'lgan ilmiy-ma'rifiy maskan hisoblanadi. Muzey fondida viloyatimizning taniqli rassom va xalq amaliy san'ati ustalarining ko'rgazmalari mavjud. Muzey xazinasidan ulkan tarix va tabiatni aks ettiruvchi 70 mingdan ortiq arxeologik, etnografiya yodgorliklari, noyob arxiv hujjatlari, qo‘lyozma asarlar, fotomateriallar va boshqa muzey ashyolari, kolleksiyalari joy olgan. Talaba-yoshlar bularni ko'zdan kechirib, bir olam taassurot oldilar.
Bizni kuzating
@andmiyoshlari
Show all...