cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
937
Subscribers
-824 hours
-277 days
-13530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bu postni ózingizga *qattiq olmang! Aslida buni yaqinda shu kanalning guruhida Shayx xazratlari haqida bólmağur gaplar tarqatganlarga óxshash insonlar uchun yozilgan. Guruhda savol-javob, suhbat bólishini hohlamaganimda, guruh ochmasdim. Aslida , auditoriyamiz ham juda ziyoli auditoriya. Keraksiz gaplar, keraksiz, bemani chatlar bólmaydi, alhamdulillah. Lekin ba'zan, shunday insonlarni din borasida shubxaga solib qóyguvchi, dinda kimga ishonishni bilmay, ózini arosatda qolgandek his qilishlariga sababchi bólishadi ba'zan. Yuqoridagi post aynan shunday, olimlarga til tekkizuvchi aqillilar, dinda shubha uyğotuvchi mutaasiblarni nazarda tutib yozildi. Lekin, bilmaslik ayb emas. Órganmaslik ayb. Bilib, sórab órganish ózimiz uchun foyda. Kitobning bir varoğidan olingan ilmni ba'zan, 3 ta 4 ta post yoki ma'ruzalardan topasiz. Eng kerakli va yaxshi hamroh bu - kitob!
Show all...
Obid(ibodatli) bólgan yaxshimi, yoki olim(ilm egasi) ? Albatta olim bólgan yaxshi. Avvallari fikrim boshqacha edi. Ayol kishi uchun jufti halolini roziligi va farzandlari tarbiyasini uddalashi, uy ishlarini sidqidildan bajarishi va ibodatli bólishi yetarli deb óylardim. Endi fikrim ózgargan. Kundan kunga dunyoqarashim ózgarib borayotgandek. Ba'zan shunday insonlarga ham duch kelib turamanki, asli u qadar mustahkam bólmagan iymonim yana zaiflashgandek bóladi... Ba'zan internet tarmoqlarida, guruhda ham shunday ajabtovur savollar, gaplarni yozishadi. Aksincha javob olishsa, butunlay guruhdan chiqib ketishadi. Ular shunchalik ziyondaki óz fikrini biror ilm kishisidan maxfiyroq tarzda sóramay, oshkora omma ichida bir-birlariga savol tashlashadi va natijada ózlarining iymoni zaifligi yetmagandek, kópchilikning ham diniy savollarini chigallashtirib, iymonini zaiflashtirishlariga sababchi bólishadi. Mana nima uchun ilm kerak?! Obid - faqat ózi uchun harakat qilsa, olim - xalq uchun, erishgan ilmini ulashish uchun harakat qiladi. Alloh Azza va Jallaning nazdida ham olimning oʻrni obidnikidan anchagina yuqorida. Musulmon inson chin qalbdan bir ilmni bir soat órgansa, kechasi bilan ibodat qilganning savobini oladi. Ilm olish - ibodat. Ibodatgóy musulmondan, ilmiga amal qiluvchi olimning martabasi hamisha yuqorida. Lekin bu yerda e'tibor qaratish kerak bólgan jihati shuki, ilm olish maqsadida ibodatni tashlab qóyish mumkin emas. Ilm alohida masala, ibodat alohida. Har bir qilingan ilm-ibodat uchun alohida ajr olinadi. Shunday ekan, emaklab bólsada, tatalab bólsada biz ayollar ilm olishimiz zarur. "Yuzta qizim bóladi, oti Punis bóladi , ... Yuzta óğlim bóladi, Oti Puxtor bóladi" ... degan she'r bólardi avallari boshlanğich sinf darsligimizda. Hayotimiz huddi shu kabi faqat farzandlarga óralashib, farzandlar bahona bólib qolmasin. Bugun qólimizni band qilib, qólimizga yopishgan farzandlarimiz - Qiyomat kuni yoqamizga yopishmasin. Ózimiz ham, farzandlarimiz ham, ilm olishda oz-ozdan bólsada, haminqadar harakat qilaylik. Yóqsa, TV va ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan har bir narsaga ishonaveradigan, biror oilaviy masalalarda mustaqil idrok qilolmaydigan, oddiygina omi xalq bólib qolaveramiz. Hayot qisqa. Bugundan boshlang! Hozirdan boshlang! Faqat hozirgacha va hozir qólingizda bori sizniki! Qolgani - kelajak, hali mavhum bólgan bir sarobdir. Óylaganlaringizni hoziroq jiddu-jahd qilib bajarmas ekansiz, ular óy bólib qolib ketaveradi. Har kuni nimadir órganing! Ózingiz uchun, farzandlaringiz uchun, kelajak uchun foydali bólgan bir ilmni, fatvoni, fiqhni, sunnatlarni, aqidani, tazkiyani órganing. Bu ózingiz uchun eng katta burilish va qadam bóladi inshaalloh. Hozirda, ijtimoiy tarmoqlarda ham ma'lumotlar serob. Bemalol biror manhajida adashmagan olimdan ilm órgansangiz bóladi. Bir marta sidqidildan, Alloh uchun bosilgan qadam - keyingi qadamlarni ham yetaklab keladi. Albatta, jiddu-jahd qilib, iymoningizda sobit tura olsangiz! Alloh taolo barchamizga davomli va hayrli, ikki dunyomizga manfaatli bóladigan ilm va bu yólda sobitqadamlik, ilmga bólgan qattiq muhabbatni qalblarimizga solib qóysin, amin. @soliha_ayollarkanali
Show all...
Albatta bunisini eshitib kóring!
Show all...
Bundan keyin...
Show all...
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Dinda mo'jizalar qidirmang
Show all...
17.09 MB
00:33
Video unavailableShow in Telegram
3.27 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kim musulmonlarning obroʻsiga til tekkizsa, musulmonlarning tirnogʻi ostidan kir qidirsa, oʻlim kelgan paytda Alloh uning tilini kalimai shahodatdan toʻsib qoʻyadi.
Ibnul Javziy rohimahulloh
Show all...
Jonim bolam, olovlarda qolgan bolam. Mitti joni azoblarda yongan bolam... Qardoshlari munofiqdek tongan bolam... Bizni kechir, qardoshlaring kechirginda... Qalbdan umidsizlik oʻtin oʻchirginda... Yuraklarim tilkaladi - ul zolimlar. Sukut ila tomoshabin, "doʻst"- hoinlar! Ahli Ğazo, mushtoq senga- ul Naiymlar, Bizni kechir, qardoshlaring kechirginda... Qalbingdagi mahzunlikni oʻchirginda... Shonli isming qalbga oʻyib yozdim "Gʻazo!" Sionistlar gʻolib boʻlmas, ikki dunyo! Ularni ham kutib turar - *Oliy jazo, Rahmon Robbim, kifoya qil zolimlarga! Sharaf bergin, ofiyat ber mazlumlarga! Musulmonlar ahlin barokatli qilgil, Iymon bergin, qalbi, dini - mavhumlarga! Bintu Muxtor.
Show all...