en
Feedback
@TOZK OLIB BORILADIGAN ISHLAR

@TOZK OLIB BORILADIGAN ISHLAR

Open in Telegram
212
Subscribers
+124 hours
+57 days
+730 days
Posts Archive
Video message00:12

Video message00:09

Dzyudo olimpiya chuqilari SB

Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kechki vaqtda tarbiyachilar tomonidan o‘quvchi-sportchila
+4
Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kechki vaqtda tarbiyachilar tomonidan o‘quvchi-sportchilarning kunlik faoliyati nazorat qilinib, tartib-intizom va belgilangan kun tartibiga rioya etishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🏠 Yotoqxonalardagi xonalar va umumiy hududlar ko‘zdan kechirilib, ozodalik va tartib holati nazorat qilinmoqda. 🍽️ O‘quvchilarning kechki ovqatlanishi tashkil etilib, ularning holidan xabar olinmoqda. 📚 Shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘quvchilar kitob mutolaasiga jalb etilib, kechki vaqtning samarali tashkil etilishi ta’minlanmoqda. 🏋️‍♂️ Tarbiyachilar tomonidan sportchilarning mashg‘ulotlardan keyingi holati, dam olishi va yotoqxonadagi tartibi ham nazoratga olinmoqda. 🤝 Tarbiyachilarning kechki nazorati — sportchilar uchun tartibli, xavfsiz va qulay muhitni ta’minlashning muhim qismidir.

👥 TARBIYACHILAR TOMONIDAN NAZORAT VA TASHKILIY ISHLAR Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ta
+4
👥 TARBIYACHILAR TOMONIDAN NAZORAT VA TASHKILIY ISHLAR Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tarbiyachilar tomonidan o‘quvchi-sportchilarning kunlik faoliyati va yashash sharoitlarini nazorat qilish ishlari olib borilmoqda. 🏠 Xususan, yotoqxonalardagi tartib va ozodalikka e’tibor qaratilib, xonalar ko‘zdan kechirildi hamda zarur hollarda tartibga keltirildi. 🏋️‍♂️ Shuningdek, sportchilarning mashg‘ulot jarayonlari kuzatilib, ularning mashg‘ulotlarda faol ishtiroki va belgilangan kun tartibiga rioya qilishi nazorat qilindi. 🍽️ O‘quvchilarning ovqatlanish jarayoni ham nazoratga olinib, kun davomida ularning holidan xabar olinmoqda. 📚 Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, dam olishlari va belgilangan tartibga amal qilishlari ham tarbiyachilar e’tiborida. 🤝 Bunday nazorat va tashkiliy ishlar o‘quvchi-sportchilar uchun qulay, tartibli va sog‘lom muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🧠🏆 PREZIDENT OLIMPIADASIGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Prezident Olimpiadasida ishtirok etadigan o‘quvchi-sportchilar bilan musobaqaga psixologik tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan maxsus trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida sportchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, motivatsiyasi, diqqatni jamlashi, ruhiy barqarorligi va musobaqa oldi hayajonini boshqarish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sportchilarga stressni kamaytirish, salbiy fikrlarni nazorat qilish va musobaqa vaqtida o‘z imkoniyatlariga ishonch bilan harakat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 💪 Maqsad — sportchilarimizni nafaqat jismonan, balki ruhan ham musobaqaga puxta tayyorlash! 🇺🇿 Prezident Olimpiadasida barcha sportchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz! Toyloq OPSTTM Matbuot xizmati

Пара велоспорт
+1
Пара велоспорт

Пара пауерлифтинг
Пара пауерлифтинг

Пара енгил атлетика
+1
Пара енгил атлетика

🧠 YANGI QABUL QILINGAN SPORTCHILAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorl
+7
🧠 YANGI QABUL QILINGAN SPORTCHILAR BILAN PSIXOLOGIK SUHBAT O‘TKAZILDI Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida yangi qabul qilingan o‘quvchi-sportchilarning markaz muhitiga psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ular bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida sportchilarning yangi jamoaga moslashuvi, tengdoshlari va murabbiylari bilan ijobiy munosabat o‘rnatishi, mashg‘ulot jarayoniga faol jalb etilishi hamda markazdagi kun tartibiga ko‘nikishi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, o‘quvchi-sportchilarning qiziqishlari, kayfiyati va ularni qiynayotgan masalalar tinglanib, zarur tavsiya va psixologik ko‘maklar berildi. 🤝 Bunday suhbat va kuzatuv ishlari o‘quvchi-sportchilarning markaz muhitiga tez va samarali moslashishiga xizmat qiladi. Toyloq OPSTTM Matbuot xizmati

Nuroniy mahallasida aholi muammolari o‘rganildi Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Nuroniy mahallasida bo‘lib, hududdagi
+9
Nuroniy mahallasida aholi muammolari o‘rganildi Bugun tuman hokimi Behzod Raxmatullayev Nuroniy mahallasida bo‘lib, hududdagi aholi yashash sharoitlari hamda xonadonlarda mavjud muammolarni o‘rgandi. Hududdagi ijtimoiy holat, obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda, alohida ko‘makka muhtoj xonadonlar holidan ham xabar olindi. Xonadon egalari bilan samimiy muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlangan muammolarni joyida hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zarur yordam choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bunday amaliy tashriflar aholining kundalik muammolarini bevosita o‘rganish, ularni manzilli hal etish va mahallalarda munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇 🌐Website |📲 Telegram | 💻Facebook |🖥 Instagram | 📹 Youtube

Video message00:11

🥋🇺🇿 TAEKVONDO WT: ELCHI KUBOGIDA MARKAZIMIZ SPORTCHISI — BRONZA MEDALI SOHIBI! 🥉 Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondo WT bo‘yicha Koreya Respublikasi Elchisi kubogi uchun an’anaviy turnir bo‘lib o‘tmoqda. “Butunjahon taekvondo kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan 350 nafarga yaqin yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Quvonarlisi, musobaqada Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 11-sinf o‘quvchisi Xabibullayev Og‘abek ham munosib ishtirok etdi. 💪 48 kg vazn toifasida dayanga ko‘tarilgan Og‘abek ketma-ket Toshkent viloyati, Farg‘ona viloyati, Toshkent shahri va Jizzax viloyati vakillari bilan murosasiz bellashuvlar o‘tkazdi. Yarim final jangida Jizzax viloyati vakiliga imkoniyatni boy bergan sportchimiz turnirni faxrli 3-o‘rin va bronza medali bilan yakunladi. 🥉👏 🇺🇿 Xabibullayev Og‘abekni ushbu munosib natija bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi bahslarda yanada yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz! 🏆 Toyloq OPSTTM — g‘alabalar sari! Toyloq OPSTTM Matbuot xizmati V. Salimov