Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Show more451
Subscribers
No data24 hours
+57 days
-1230 days
Posts Archive
#imtihon_natijalari_2026
🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda!
🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095
🖱️ https://ariza.piima.uz
✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan:
🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi.
✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi:
🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;
🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔶 Pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi (test) bosqichi: test savollarining tuzilishi va baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining ikkinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
📝 Test savollarining tuzilishi
➡️ Test savollari ko‘p variantli (multiple choice) shaklda tuziladi.
➡️ Test jami 40 ta savoldan iborat bo‘ladi.
➡️ Savollar nomzodning:
o‘quv fani bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari;
mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratiladi.
⏱ Test uchun ajratilgan vaqt
➡️ Aniq va tabiiy fanlar (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) uchun — 90 daqiqa.
➡️ Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun — 60 daqiqa.
📊 Baholash mezonlari
➡️ Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi.
➡️ 40 ta savol × 2,5 ball = 100 ball.
➡️ Demak, ikkinchi (test) bosqichida olinishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 100 ball.
🏆 Suhbat bosqichiga kimlar o‘tadi?
Test natijalariga ko‘ra, har bir bo‘sh ish o‘rni uchun eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod (ballar ketma-ketligida) suhbat bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
❌ Testdan chetlashtirishga asos bo‘ladigan holatlar
Quyidagi holatlarda nomzod test jarayonidan chetlashtiriladi:
➡️ qonunchilik hujjatlarida, ma’lumot beruvchi adabiyotlarda yoki boshqa materiallardan foydalanish;
➡️ texnik vositalardan foydalanish;
➡️ boshqa shaxslar bilan suhbatlashish;
➡️ test yakunlanmasdan auditoriyani ruxsatsiz tark etish.
Bunday holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
📚 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17–24-bandlari.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR!
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🖱️ Test sinovlari:
🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil
🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda
🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi.
Hurmatli nomzodlar!
Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴DIQQAT, E’LON!
✅ RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI
🖌 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar, mahalliy hamda xorijiy pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid yangi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur hujjat ta’lim tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori salohiyatli rahbar va pedagog kadrlarni ochiq hamda shaffof tanlov asosida saralashning yangi mexanizmlarini belgilaydi.
Buyruq bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish tartibi;
✅ Xorijiy mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi;
✅ Tayanch, hududiy hamda muhandislik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi;
✅ Mazkur maktablar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va tavsiya etish tartibi.
Yangi nizomning muhim yangiliklaridan biri – tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish maqsadida markaziy tanlov komissiyasi bilan bir qatorda hududlarda ham hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishchi guruhlar tanlov bosqichlarini tashkil etish, baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda nomzodlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, buyruqqa muvofiq ishchi guruhlar va tanlov komissiyalari tarkibi tasdiqlanishi belgilangan.🖌 Pedagog kadrlar tanlovi 3 bosqichda, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (faqat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi.
Tanlovlar adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, baholash mezonlari ochiq e’lon qilinadi va yakuniy qarorlar komissiya tomonidan qabul qilinadi.Nomzodlar hujjatlarini vacancy.piima.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar. Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida qabul qilinadi. ✅ Mazkur nizom ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni tanlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda tanlov jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
#Axborot24
#IChO2026
🧪58-Xalqaro kimyo olimpiadasining nazariy imtihon jarayonlaridan reportaj
✅ Rasmiy sahifalar
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#IChO_2026
#OAV_biz_haqimizda
🧪 Bugun, Toshkent shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasining (IChO 2026) tantanali ochilish marosimi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
#Imtihon_2026
🤝 Birgalikdagi sa'y-harakatlar uchun tashakkur!
🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
🇺🇿 Mamlakatimizning barcha hududlarida minglab o‘quvchilar ishtirokida o‘tgan ushbu mas'uliyatli jarayonni ochiq, shaffof va adolat tamoyillari asosida, yuksak tashkiliy saviyada o‘tkazishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
✅ Avvalo, imtihonlarni puxta tashkil etish va ularning belgilangan tartib asosida o‘tishini ta'minlash yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilgan pedagoglar, nazoratchilar va volontyorlarga, jamoat tartibi hamda xavfsizligini ta'minlagan Milliy gvardiya va Ichki ishlar organlari xodimlariga, tez tibbiy yordam brigadalariga, shuningdek, ushbu jarayonda Agentlik bilan yaqin hamkorlik qilgan vazirlik va idoralar, hamkor tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillariga chuqur tashakkur izhor etamiz.👨👩👧👦 Farzandlarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ishonch va dalda bergan ota-onalarga hamda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish uchun sinovlarda qatnashgan barcha o‘quvchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz. Har bir ishtirokchining intilishi, mehnati va kelajakka bo‘lgan ishonchi mamlakatimiz ta'lim tizimi taraqqiyotining muhim tayanchidir.
🖌 Kirish imtihonlarining yuqori saviyada tashkil etilgani — bu yuzlab fidoyi insonlarning mas'uliyatli mehnati, hamjihatligi va o‘zaro hamkorligining yorqin natijasidir. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi kelgusida ham ta'lim tizimida ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida barcha hamkorlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.💐 Barchangizga fidokorona mehnatingiz, yuksak mas'uliyatingiz va ezgu sa'y-harakatlaringiz uchun yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiramiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Repost from Sevara Shakirova
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar!
🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar
#Imtihon_2026
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari
🇺🇿 Joriy yilning 4-iyul kuni respublika bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va uning hududlardagi filiallariga kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
✅ Imtihonlar quyidagi vaqtlarda tashkil etiladi: 🖱️ 1-smena — soat 8:00; 🖱️ 2-smena — soat 11:30; 🖱️ 3-smena — soat 17:00.
⏰ Talabgorlar hamda ularning ota-onalaridan kirish imtihonlari o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat avval yetib kelishlari talab etiladi!🖌 Imtihon quyidagi fanlardan o‘tkaziladi: 🖱️matematika — 30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan; 🖱️ingliz tili — 15 ta topshiriq. ✅ Har bir talabgorga jami 45 ta test topshirig‘ini bajarishi uchun 105 daqiqa vaqt ajratiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
#Prezident_maktablari
✅ Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Prezident maktablariga saralash bosqichi 25-iyun, ikkinchi bosqich esa 17-iyul kuni bir smenada o‘tkaziladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?
✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI.
✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarga ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Imtihon topshiriladigan maktab turi;
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlarining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlash maqsadida belgilangan vaqtlarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🗓🗓🗓🗓🗓🗓
📅 Bugun 21-iyun, dushanba.
🇺🇳Xalqaro tropik o'rmonlar kuni.
🇨🇴Kolumbiya - Advokatlar kuni.
🇨🇬Kongo Respublikasi - Armiya kuni.
🇭🇳Salvador - O‘qituvchilar kuni.
⏳Tarixiy voqealar:
1876-yil - Ispaniya Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1901-yil - Sankt-Peterburgda "A. Suvorov" muzeyi ochildi.
1909-yil - Rigada «Russo-Balt» avtomobili taqdim etildi.
2016-yil - "Angren-Pop" elektrlashtirilgan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
🎊Tavallud ayyomlar:
1767-yil 22-iyun - nemis faylasufi, tilshunos olim, Berlin universiteti asoschisi Vilgelm Gumbolt.
1863-yil 22-iyun - rus fizigi, rentgen spektroskopiyasi asoschisi Georgi Volf.
1864-yil 22-iyun - nemis matematigi, raqamlarning geometrik nazariyasi asoschisi Hermann Minkovskiy.
1949-yil 22-iyun - amerikalik aktrisa, 3 karra “Oskar”, 9 karra “Oltin globus” mukofotlari sohibasi Meril Strip.
Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Threads
+3
#cefr_score
〰️〰️〰️
🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o‘quvchilari ingliz tili fanidan CEFR imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, B2 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar
✅ Jumladan:
➖ Rustamova Asalxon - 8-sinf o‘quvchisi, B2 daraja;
➖ Maxmudova Rayxona - 10-sinf o‘quvchisi, B2 daraja;
➖ Isroilova Mushtariy - 10-sinf o‘quvchisi, B2 daraja;
➖ G‘ulomova Munisa - 10-sinf o‘quvchisi, B2 daraja.
✨ Maktabimizning iqtidorli o‘quvchilarini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusi ta’lim bosqichlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Threads
#diqqat_eʼlon
#matbuot_anjumani
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulining yakuniy natijalari, kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi hamda muddatlari, shuningdek, joriy yildan faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🚨 Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, direktor o‘rinbosari va Agentlikning mas’ul xodimlari ishtirok etishadi.
📌 Mazkur anjuman 2026-yil 19-iyun kuni soat 11:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkaziladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
