en
Feedback
Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Show more
451
Subscribers
-224 hours
+37 days
-1330 days
Posts Archive
#psihology_time 🌱 YANGI MUHIT — YANGI QADAMLAR — YANGI ORZULAR! 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul
+4
#psihology_time 🌱 YANGI MUHIT — YANGI QADAMLAR — YANGI ORZULAR! 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan 5-sinf o‘quvchilari bilan maktab psixologi tomonidan tanishuv va moslashuv jarayoni tashkil etildi. 🤝 Jarayon davomida o‘quvchilar bilan yaqindan tanishish, ularning qiziqishlari, kayfiyati, yangi maktab haqidagi ilk taassurotlari va o‘quv muhitiga moslashuv holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. 📝 Shuningdek, o‘quvchilarga "Mening Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi 1-haftam" nomli so‘rovnoma to‘ldirtirildi. 💭 So‘rovnoma orqali bolalarning maktabdagi ilk kunlari qanday taassurot qoldirgani, nimalar ularga yoqqani, qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirayotgani va yangi muhitdan nimalarni kutayotganlari o‘rganildi. ✨ Yangi 5-sinf o‘quvchilariga maktabimizda quvonchli, mazmunli va unutilmas yillar tilaymiz! Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#salom_maktab MAKTABIMIZDA BIRINCHI QOʻNGʻIROQ 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘
+8
#salom_maktab MAKTABIMIZDA BIRINCHI QOʻNGʻIROQ 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ezgu g‘oyasi ostida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari  tashkil etildi. Tadbirda tuman prokurori Sh. Temirov, ota-onalar, oʻquvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Maktab direktori Mamadaliyeva Oydinxon Aliyevna so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. ✨ Bayram tadbiri davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy chiqishlar namoyish etilib, yangi o‘quv yilining ilk kuniga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#Mustaqillik35 #YagonaVatan 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va az
#Mustaqillik35 #YagonaVatan 🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va aziz o‘quvchilar! Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etadi! Mustaqillik — xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargan, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimiz, tariximiz va ma’naviyatimizni yuksaltirish uchun keng imkoniyatlar yaratgan buyuk ne’matdir. Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot sari dadil odimlar ekan, yurtimizning tinchligi, xalqimizning farovonligi va yosh avlodning bilimli, barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar barchamizga cheksiz faxr va g‘urur bag‘ishlamoqda. Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, farovonlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi

#ota_onalar_majlisi 🤝🤝🤝🤝🤝 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onala
+3
#ota_onalar_majlisi 🤝🤝🤝🤝🤝 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 🤝 Yig‘ilish davomida ota-onalarga maktabning ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, maktabning ichki tartib-qoidalari hamda o‘quvchilarning bilim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 🎓 Shuningdek, o‘quvchilarning yangi ta’lim muhitiga moslashuvi, ustozlar va ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘yish, farzandlarning ta’limdagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. 🌱 Farzand ta’limi — maktab va ota-onaning mushtarak mas’uliyati. Zero, ta’lim-tarbiyada hamjihatlik va hamkorlik kelajak avlodning munosib kamol topishida muhim omildir. Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#YagonaVatan35 #Mustaqillik35 FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF 🇺🇿 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori M
#YagonaVatan35 #Mustaqillik35 FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF 🇺🇿 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Mamadaliyeva Oydinxon Aliyevna fidokorona mehnati, taʼlim tizimiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25-iyun kungi farmoniga binoan taʼsis etilgan "Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 🏅 Ushbu mukofot Oydinxon Aliyevnaning ta’lim sohasidagi samarali va fidokorona mehnatiga berilgan yuksak bahodir. Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Mamadaliyeva Oydinxon Aliyevnani ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! ✨ Kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik hamda yangi-yangi zafarlar tilaymiz! Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#avgust_kengashi #OAV_biz_haqimizda 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. ✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

DIQQAT, E’LON! 📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi 🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtiril
DIQQAT, E’LON! 📢Agentlik axborot xizmatining rasmiy ogohlantirishi 🟡 Ayni daqiqalarda ijtimoiy tarmoqlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari nomidan soxta akkauntlar ochilib, ular orqali feyk (yolg‘on) xabarlar tarqatilmoqda. 🎓 Agentlik rasmiy ma’lumotlarni faqat quyidagi manbalar orqali e’lon qiladi: ✅Rasmiy veb-sayt, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook sahifalari ✅Direktor Sevara Shakirovaning rasmiy telegram kanali ⚠️ Eslatma: ❌ Yolg‘on xabarlarni tarqatmang; ❌ Soxta profillarni bloklang (Report); ❌ Shubhali havolalarga kirmang. ⚠️ Hurmatli fuqarolar, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori yoki Agentlikning boshqa mas'ul xodimlari sizga birinchi bo‘lib shaxsiy messenjerlar orqali yozib, shubhali topshiriq, ko‘rsatma, moliyaviy talab yoki turli takliflar bilan murojaat qilmaydi. Agar sizga Agentlik nomidan shunday mazmundagi xabarlar yuborilsa, ularga ishonmaslikni, shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etmaslikni hamda hech qanday to‘lovni amalga oshirmaslikni so‘raymiz. Agentlik faoliyati yuzasidan savol, murojaat yoki takliflaringiz bo‘lsa, faqat Agentlikning rasmiy aloqa kanallari va rasmiy axborot manbalari orqali murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from Sevara Shakirova
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslasht
+9
#avgust_kengashi 🌿 Kelajakni yaratayotgan maktablar kuchli liderlardan boshlanadi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan ikki kunlik Avgust kengashi — o‘quv-seminarini yakunladik. Unda Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari bilan 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va maktab boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha oldimizda turgan muhim masalalarni atroflicha muhokama qildik.
Bu yilgi kengashning asosiy g‘oyasi — kuchli maktab kuchli liderlikdan boshlanadi.
❗ Seminar davomida Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati va inventarizatsiya jarayonlarini raqamlashtirish, ta’lim sifatini monitoring qilish va tahlil etish, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting va natijadorlikni oshirish mexanizmlari bo‘yicha fikr va tajriba almashdik. ❗ Shuningdek, HR siyosati va pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlaridan samarali foydalanish, ta’lim va sport integratsiyasi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik. ❗ Maktab rahbarlari bilan huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha ham muhim masalalarni ko‘rib chiqdik. ❗ Shu bilan birga, ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish, o‘quv reja va tarifikatsiyani shakllantirish, kelajak maktablari uchun rahbar va pedagog kadrlarni saralashning zamonaviy mexanizmlari hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab oldik.
Mazkur yo‘nalishlarning har biri bo‘yicha Agentligimizning tegishli boshqarma va bo‘limlari mas’ullari tomonidan seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, maktab direktorlari bilan mavjud muammolar, amaliy tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Eng muhimi, bu uchrashuvlar faqat ma’lumot berish bilan cheklanmay, joylardagi muammolarni bevosita rahbarlarning o‘zidan eshitish, fikr va takliflarni muhokama qilish hamda kelgusidagi vazifalarni birgalikda belgilab olish uchun amaliy maydon bo‘ldi. Men uchun maktab direktori — faqat ta’lim jarayonini boshqaruvchi rahbar emas. U jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, yangilikka ochiq, tashabbus ko‘rsatadigan va eng muhimi, natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan liderdir.
Ikki kun davomida ushbu kengashni mazmunli tashkil etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tayyorlash va o‘tkazishga hissa qo‘shgan Agentligimiz jamoasi, boshqarma va bo‘limlarimiz mas’ullariga, shuningdek, o‘z tajribasi, fikr va takliflari bilan faol ishtirok etgan barcha maktab direktorlariga minnatdorlik bildiraman.
🖌 Oldimizda yangi o‘quv yili va katta vazifalar turibdi. Ishonamanki, bir jamoa bo‘lib, aniq maqsad va mas’uliyat bilan harakat qilsak, ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqamiz.Rasmiy sahifalar

✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan
+9
AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi. ✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar. ✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda. ✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#xushxabar VAZIR JAMG‘ARMASI SOHIBI 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, "Shuhrat" meda
#xushxabar VAZIR JAMG‘ARMASI SOHIBI 🤩 Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi Qurbonov Jo‘rabek pedagogik faoliyatidagi yuqori natijalari va kasbiy mahorati bilan Vazir jamg‘armasiga sazovor bo‘ldi Mazkur yutuq ustozning o‘z fanini chuqur egallagani, ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’uliyat bilan yondashayotgani hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘lidagi samarali mehnatining munosib e’tirofidir. ✨ Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Qurbonov Jo‘rabekni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etib, kelgusidagi pedagogik faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan ma
#diqqat_eʼlon 🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi. 🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi: ✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami; ✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi; ✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami; ✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot; ✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi. 🔴 ESLATIB O‘TAMIZ! 🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi. 🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi. 🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bi
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!
🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#OAV_nigohida #Andijon_MTRK 🟦🟦🟦 OAV BIZ HAQIMIZDA | ANDIJON MTRK 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi, "Yil oʻqituvchisi" musobaqasi gʻolibi Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻli Andijon MTRKning "Andijon nafasi" koʻrsatuvi mehmoni boʻldi. Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#xushxabar YIL O‘QITUVCHISI GʻOLIBI 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi Axmedov Mansurbek M
#xushxabar YIL O‘QITUVCHISI GʻOLIBI 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻli "Yil oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻolibi boʻldi Ushbu yuksak natija ustozning kasbiy mahorati, fidoyiligi hamda taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi samarali mehnatining munosib eʼtirofidir. 🎉 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻlini ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar, mustahkam sogʻlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Ustozlarimizning muvaffaqiyati — maktabimiz faxri va taʼlim taraqqiyotining yorqin ifodasidir! Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#xushxabar YIL O‘QITUVCHISI GʻOLIBI 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi Axmedov Mansurbek M
#xushxabar YIL O‘QITUVCHISI GʻOLIBI 🤩 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Kimyo fani oʻqituvchisi Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻli "Yil oʻqituvchisi" koʻrik-tanlovi tuman bosqichi gʻolibi boʻldi Ushbu yuksak natija ustozning kasbiy mahorati, fidoyiligi hamda taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi samarali mehnatining munosib eʼtirofidir. 🎉 Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Axmedov Mansurbek Murodjon oʻgʻlini ushbu munosib gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatida ham ulkan zafarlar, mustahkam sogʻlik va yangi yutuqlar tilaymiz. Ustozlarimizning muvaffaqiyati — maktabimiz faxri va taʼlim taraqqiyotining yorqin ifodasidir! Ulugʻnor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook | Threads

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#BizningPrezident 🇺🇿 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezident
#BizningPrezident 🇺🇿 Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi shakllandi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ining kengayishi, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturi, "Renessans" oromgohi hamda zamonaviy ta’lim loyihalari ana shu islohotlarning yorqin amaliy ifodasidir. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi davlatimiz rahbarining yuksak ishonchi va doimiy e’tibori tufayli yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni hayotga tatbiq etish yo‘lida mas’uliyat bilan faoliyat olib bormoqda. Bugun xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan yoshlarimiz hamda zamonaviy ta’lim muhitida kamol topayotgan iste’dodlar Prezidentimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligining yorqin samarasidir. Muhtaram Prezidentimizni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, kuch-g‘ayrat va Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti, iqtidorli yoshlar kamoli yo‘lida boshlab bergan ezgu islohotlaringiz izchil davom etib, ulkan natijalar bersin!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from Sevara Shakirova
#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar
#BizningPrezident 🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! ➡️ Rasmiy sahifalar

#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi ha
#imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoq
#imtihon_natijalari_2026 🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinmoqda! 🖌 Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz ✅“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan: 🖱️ Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda qabul qilinadi. ✅ Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi: 🖱️ C toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich; 🖱️ A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.
Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng bo‘lganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi. Agar bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor