uzmilliymedia
Open in Telegram
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/uzmilliymedia Facebook: facebook.com/uzmilliymedia
Show more1 294
Subscribers
+1524 hours
+187 days
+1730 days
Posts Archive
1 294
Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi Samarqandda
Joriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.
1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.
Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.
Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.
#ChessOlympiad2026
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
MuzTV O'zbekiston, Montella, Humo Arena hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi taqdim etadi!
Ilk bor Toshkentda, Humo Arena sahnasida rai janri qiroli va Sharqning eng taniqli ovozlaridan biri afsonaviy Cheb Mami!
16-oktyabr, soat 19:00 da.
Sizni 30 yillik xitlar oqshomi, unutilmas lahzalar va jonli ijrolar kutmoqda.
Bosh homiy — Montella. Homiylar — Centrum AIR, AKFA va Shox Med Center boshqalar.
Chiptalar allaqachon iTicket.uz saytida sotilmoqda.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
O‘z huquqlaringizni bilasizmi?
Mahalliy shifoxonada qaysi dori-darmonlar bepul berilishi kerak? Yo‘llar va jamoat joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
Bu shunchaki savollar emas. Siz o‘z huquqlaringiz, davlat xizmatlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬 Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
Byudjet — bu ham sizga daxldor masala.
Mahallangiz byudjeti qancha? Maktablarni ta’mirlash uchun davlat tomonidan qancha mablag‘ ajratiladi? Nega ayrim xarajatlar uchun aholidan mablag‘ yig‘iladi?
Bu savollarni berishga haqqingiz bor. Chunki siz o‘zingizga va jamiyat hayotiga daxldor masalalar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬 Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
Savol berish — sizning huquqingiz.
Hududingizdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun qancha mablag‘ ajratiladi? Havoning ifloslanishiga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?
Siz yashayotgan hudud va hayotingizga daxldor masalalar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
O‘z huquqlaringizni biling! 🇺🇿
Qayerda ta’lim olish, qanday imkoniyatlardan foydalanish va kelajagingiz uchun qaysi yo‘lni tanlash — avvalo, to‘g‘ri axborotdan boshlanadi.
Davlat stipendiyalari, grantlar, ta’lim kreditlari yoki startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari haqida savollaringiz bormi? Siz bu imkoniyatlar haqida axborot olish huquqiga egasiz.
🎬 Ijtimoiy rolik UNESCO, Kontent markazi, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi hamda Shveysariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamkorligida tayyorlandi.
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
“S Iqbol” telekanali — 20 yoshda!
O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi jamoasi Assotsiatsiya a’zosi “S Iqbol” telekanalini efirga chiqqanining 20 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!
20 yil — katta tajriba, izlanish va tomoshabinlar bilan birga bosib o‘tilgan munosib yo‘l. Telekanal jamoasiga yangi ijodiy g‘oyalar, muvaffaqiyatli loyihalar va kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
20 yillik muborak, “S Iqbol”!
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
Repost from Odiljon Tojiyev
Yer yuzi aholisining qariyb 42 foizini qamrab olgan Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT) boshqa bloklarga qarshi qaratilmagani, ochiqligi va qarorlarning faqat konsensus asosida qabul qilinishi bilan mintaqaviy blokdan xalqaro tizimdagi muvozanatning yangi kuch markaziga aylandi.
Davlatimiz o‘z milliy manfaatlarini qat’iy himoya qiladigan va yirik kuch markazlarini bir stol atrofida muvozanatda ushlab tura oladigan kuchli, pragmatik va mustaqil siyosat yuritib kelyapti.
Odiljon Tojiyev
1 294
1 294
1 294
Repost from Odiljon Tojiyev
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Odiljon Tojiyev
1 294
Repost from Odiljon Tojiyev
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Milliy media assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lgan nodavlat telekanal va OAVlarda faoliyat yuritayotgan bir guruh hamkasblarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlarini topshirdik.
Bugungi kunda jamoatchilik bilan muloqotda, xolis axborot yetkazishda aynan nodavlat medianing o‘rni har qachongidan muhim bo‘lib boryapti.
Nodavlat media odamlarning dardi, taklifi va muammosi erkin aytiladigan, ochiq muloqot kechadigan jonli maydonga aylangan. Bunday muhitni esa aynan o‘z kasbiga sadoqatli media vakillari yaratyapti.
E’tirofga sazovor bo‘lgan barcha kasbdoshlarimizni tabriklayman.
Qalamingiz doimo o‘tkir bo‘lsin.
Odiljon Tojiyev
1 294
+9
Ўзбекистон Миллий медиа ассоциациясига аъзо нодавлат телерадиоканаллар ва ОАВ вакилларидан бир гуруҳи «Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 35 йиллиги» эсдалик кўкрак нишони билан тақдирланди.
Олий Мажлис қонунчилик палатасида бўлиб ўтган тадбирда Ассоциация бошқарув раиси Одилжон Тожиев соҳа ходимларининг мамлакат медиа маконидаги ўрни ва фидойи меҳнатини алоҳида эътироф этди. Шундан сўнг Ватанимиз тараққиёти ва жамият равнақига муносиб ҳисса қўшиб келаётган бир гуруҳ фаол ижодкорларга эсдалик кўкрак нишонлари тантанали равишда топширилди.
Тадбирнинг энг қайноқ лаҳзаларини юқоридаги суратларда кўришингиз мумкин.
Барча тақдирланган қадрли касбдошларимизни ушбу юксак эътироф билан чин қалбимиздан муборакбод этамиз! Юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, ижодингиз ҳамиша сермазмун, қаламингиз ҳар доим ўткир бўлсин!
Instagram | Facebook | Linkedin | You tube | X |
1 294
Repost from N/a
1 294
🇺🇿Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
🎥MAMLAKATIMIZDA BAYRAM SHUKUHI!
🔴#NOCOMMENT
