cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BUXORO.ADLIYA.UZ

Buxoro viloyat adliya boshqarmasining rasmiy telegram kanali https://t.me/buxoro_adliya_uz

Show more
Advertising posts
376
Subscribers
-124 hours
-57 days
-2830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kontrafakt nima? ✅Kontrafakt - tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan mahsulotlarda va ularning etiketkalarida, o‘ramlarida qonunga zid ravishda foydalanish tushuniladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini mashhur brendlarga aynan yoki o’xshash holda ishlab chiqadi va iste’molchilarni adashtiradi. Bu esa insofsiz raqobat, brendning qadrsizlanishi, sifatsiz mahsulot va iqtisodiyotga zarar yetkazishga olib keladi. ✅Kontrafakt mahsulotlardan ogoh bo‘ling. ✅U sizning cho‘ptagingizga foyda keltirishi mumkin, biroq sog‘lig‘ingizga zarar yetkazadi.
Show all...
Tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan joylarda tadbirkorlik subyektlari o'rtasida "Davlat tili" va Reklama to'g'risida'gi qonunlarning mazmun-mohiyati, savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarini davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos nomlashning ahamiyati haqida, reklama, e'lon va axborot matnlarida davlat tili ustuvor bo'lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Show all...
👍 1
Yangi bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi kerak “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi. Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega. Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi. Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Show all...
✅Noto'g'ri reklama uchun jarima bor!
Show all...
✅Пластик картанинг махфий кодини ҳеч кимга берманг!
Show all...
“Reklama to'g'risida”gi Qonunga (O‘RQ–776-son, 07.06.2022-y.) ko'ra reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi: ✅maktabgacha ta'limda hamda tarbiyada, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish; ✅narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko'rsatish; ✅bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko'rsatmasdan reklama qilish; ✅milliy va oilaviy an'analarga, shuningdek axloq va ma'naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo'lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish. Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi: ✅xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish; ✅ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish; ✅voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish. ✅Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko'rinishi shifokorlarning tashqi ko'rinishiga o'xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
Show all...
#Mening_huquqim Savol: Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat boji qanday hollarda kamaytiriladi? Sh.Jo'rayev - viloyat yuridik texnikumi Yuridik klinika rahbari tomonidan javob berildi.
Show all...
👍 1
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi 2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi. Shuningdek, 2024-yil 1-martdan: 👇 ✅litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi; ✅litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi; ✅tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro'yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi. Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi. 2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi. Manba: PF–8-son, 09.01.2024-y.
Show all...