Sodiq_Yo'ldoshev_she'rlari✍
Open in Telegram
Assalomu alaykum! Siz ushbu kanalda shoir SODIQ_YO'LDOSHEVning ijodini kuzatib borishingiz mumkun! MUROJAT UCHUN: +998 88 639 93 00 Yoki shu raqamdagi telegram orqali.👆 <<< Ijod 2012-yildan...>>> <>
Show more595
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-2530 days
Posts Archive
Dias Neymatov - To'yingda o'ynadim 2024
Text:Sodiq Yo'ldoshev. Tg:https://t.me/sodiq_sherlar
Arranger:Dias Neymatov
Idea:Dias Neymatov
Composite:Dias Neymatov
#PREMYERA
@Dias_Neymatov
Dias Neymatov - To'yingda o'ynadim 2024
Text:Sodiq Yo'ldoshev. Tg:https://t.me/sodiq_sherlar
Arranger:Dias Neymatov
Idea:Dias Neymatov
Composite:Dias Neymatov
#PREMYERA
@Dias_Neymatov
https://t.me/sodiq_sherlar
Ikki ming yigirma uch ( 2023 )
Umr o'tib bormoqda shoshib,
Iz qoldirib otam sochida.
Kechagina kelgan yangi yil,
Hozir ketish arafasida.
Yanvar yilni boshlagan shavvoz,
Qancha reja tuzib bergandi.
O'tdi bahor, o'tib ketdi yoz,
Dekabrga kelib eslandi.
Azaldan bor yakun degan so'z,
Boshi borning oxiri ham bor.
Bu yil kimdan omad burdi yuz,
Va kimlarga omad bo'ldi yor.
Nihollar ham o'sdi ko'k tomon,
Yerga qarab yozdilar tomir.
Kapalaklar tug'ulib o'ldi,
Ular bir yil yashamas axir.
Qatorlardan kamlar ham bo'ldi,
Dunyo yuzin ko'rdi qancha jon.
Qancha bog'lar yashnadi so'ldi,
Shukur quruq qo'ymadi osmon.
Yozay desam yana ko'p gap bor,
Ammo olib qochmaslik kerak.
Rosti shuki yana bir yilga,
Zarblarini qoldirdi yurak.
Inson asli to'ymas hayotga,
Umr oqib ketayotgan suv.
Tarix degan eski kitobga,
Yoziladi yana bir yozuv.
Dunyo shunday darbadar o'zi,
Yildan yilga o'tib yuradi.
Ammo hech vaqt bo'lmaydi takror,
Bugun o'tsa erta keladi.
Sodiq so'zim aytayin so'ngi,
Rahmat baxtli kunlaring uchun.
Sen ham uzur so'rada endi,
Bedor o'tkan tunlaring uchun.
Hazillashdim roziman sendan,
Saqladingku tani jonim sog'.
Sen men uchun eng yaxshi yilsan,
Hayr borar yo'ling bo'lsin oq.
Umr o'tib bormoqda shoshib,
Iz qoldirib otam sochida.
Kechagina kelgan yangi yil,
Bugun ketish arafasida...!
✍️Sodiq_Yo'ldoshev
https://t.me/sodiq_sherlar
MENI IZLAGANLAR..
Gulim, bu eshikni qoqma endi bas
Endi izlarimni qumlar yopadi
Boshqa bu havodan olmayman nafas
Meni izlaganlar sherdan topadi
Qolmadi men boshim urmagan devor
Ko'rdim mushuklar ham itdek qopadi
Ishongan do'stlarim qilib ketdi or
Meni izlaganlar sherdan topadi
Muzlagan qalbimni quyosh isitmas
Bevafo dunyodan ko'nglim sovidi
Yo'q men o'z jonimga qilganim yo'q qasd
Meni izlaganlar sherdan topadi
Oliy janoblarga javobimdir sher
Qo'limdan kelgan bir savobimdir sher
Axir endi mening hayotimdir sher
Meni izlaganlar sherdan topadi
Yolg'on kemalarda suzmayman endi
Yolg'iz yuragimni ezmayman endi
Baxtli hayotingni buzmayman endi
Meni izlaganlar sherdan topadi
Alvido aytaman eski kunlarga
Oysiz osmonlarga qaro tunlarga.
Bor yo'g'imni tortib olgan yillarga
Meni izlaganlar sherdan topadi.
Gulim ketganimni dunyolarga ayt,
Bilaman ortimdan hech kim chopadi.
Daryoyu soyga ayt, samolarga ayt,
Meni izlaganlar sherdan topadi
Adabiyot degan yerdan topadi.
✍Sodiq_Yo'ldoshev
https://t.me/sodiq_sherlar
#Qishdan bahor tomon yo'lga chiqqanman..
Qish, muzlagan qilichi bilan,
Kuz qamalin buzib tashladi.
Daraxtlarda qolgan oxirgi,
Yaproqni ham uzib tashladi.
Qarg'alarning ovozi o'ktam,
Bulut bosgan osmon yuzini.
Qish yo bahor demasdan qo'shnim,
Uzatyapti yolg'iz qizini.
O'zbekchilik fasl tanlamas,
Qorda qancha to'ylar bo'lmadi.
Qishni yomon ko'rardi bir qiz,
Endi qishda to'yi bo'ladi.
Meni aytsa bormasam kerak,
Mensiz ham to'y yaxshi bo'ladi.
Borsam nima bormasam nima,
U baribir baxtli bo'ladi.
Qor baxt olib keladi axir,
To'yi kuni yoqsa bo'lgani.
Men bormayman borsam qor emas,
To'yxonada yomg'ir yog'adi.
Endi bahor kelishin kutib,
Qorga qadam bosmay turaman.
Dil yarasi ketguncha bitib,
Men boshqa she'r yozmay turaman.
Lek yozmasam, yasholmayman ham...
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 12.2023
Bolalik...
Do'stim yurakdagi so'zlarimni men,
Mitti kapalakga aytkim keladi.
Bir kuni, butun bir dunyolarga teng,
Bolalik paytimga qaytgim keladi.
Bu shahar havosi bug'ar tomog'im,
Kechir seni tashlab ketdim qishlog'im.
Menga chin do'st eding cho'pon tayog'im,
Yana qo'llaringdan tutgim keladi.
Ulg'ayib qoldimu, o'rtanib qoldim,
O'tkinchi dunyo deb o'zgarib qoldim.
O'sha maktabdagi birinchi sevgim,
Yana sochlaringdan tortgim keladi.
Otam yosh, Onam yosh chog'lar esimda,
Bolaligim o'tgan bog'lar esimda.
Qancha gaplar qolib ketgan ichimda,
Yana yulduz sanab yotgim keladi.
Otlardan yiqilsam turib ketardim,
Go'zal qizchalarga kulib ketardim.
Qaytolsam qadriga yetardim,
Tuproq ko'chalardan o'tgim keladi.
Hom bu hayollarni suraman ammo,
Tengi yo'q u damlar qaytmaydi aslo.
Dunyolar ustimdan kulsa ham hatto,
Bolalik paytimga qaytgim keladi.
Bolalik paytimga qaytgim keladi.
✍SODIQ_YO'LDOSHEV
https://t.me/sodiq_sherlar
Birinchi qor bilan qadrdonlarim
Qor otar osmonga boqaman hayron,
Ko'nglimda izohsiz ajib hayajon.
Olmaganlar sotib oling soyabon,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Dekabr, ertagi boshlandi qishning,
Kumushrang ko'zlari yoshlandi qishning.
O'zgacha gashti bor qorda yurishning,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Tomdan chanalarni tushuring endi,
Kuzgi ginalarni o'chiring endi.
Hafa qilganlarni kechiring endi,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Nega qorning rangi oq deb o'ylayman,
Ammo fizikani yaxshi bilmayman.
Bugun qorni koptok qilib o'ynayman,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qarang qorda qolgan izlar chiroyli,
Tarnovlarda qotgan muzlar chiroyli.
Sovuqdan qizargan yuzlar chiroyli,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Daraxt shohlariga qo'ngan parchalar,
Oq bo'yinbog' taqib olgan archalar.
Oysiz ham yop-yorug' oydin kechalar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qorbobolar yasang qo'lingiz bilan,
Qizlaringiz bilan o'g'lingiz bilan.
Yuragingiz bilan ko'nglingiz bilan,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Oppoq kabutarlar, oppoq laylaklar,
Hokisor tuproqlar, olis falaklar.
Umri osudalar, joni halaklar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim!.
✍Sodiq_Yo'ldoshev 05.12.2022
https://t.me/sodiq_sherlar
#Кишдан бахор томон йулга чикканман
Тентираб юрибти кучада кимдир,
Ярим тун, юлдузлар ва яримта ой.
Деразамни очиб чакиргим келди,
Уйсиз булса унга, берсаммикан жой.
Кучада хаттоки дайди итлар йук,
Декабр киш боши, музлаган куча,
Бирдан ташкарида отилди бир ук,
Ук отган ушами, отилган уша...
Деразам ойнасин очиб карадим,
Урнимдан турдиму шошиб карадим.
Юлдуздан сурадим ойдан сурадим,
Кучада тентираб йурган одам йук.
Эшик кунгироги чалинди бирдан,
Йурагим куксимга ура бошлади.
Узим котиб колдим дераза билан,
Ойокларим эса юра бошлади.
Хаёлимга келди алла нечуклар,
Йеттинчи каватда ярим тунда ким.
Бир кадам колганда ешик олдига,
(Кимлигин билолмай уйгониб кетдим)
Тушга нималарни кирмайди дейсиз,
Мен курган бу тушни хеч ким курмасин.
Хеч кайси тирик жон колмасин уйсиз,
Хеч ким кор остида музлаб колмасин.
✍️Содик_Йулдошев_08_12_2023
#Qishdan bahor tomon yo'lga chiqqanman
Tentirab yuribti ko'chada kimdir,
Yarim tun, yulduzlar va yarimta oy.
Derazamni ochib chaqirgim keldi,
Uysiz bo'lsa unga bersammikan joy.
Ko'chada hattoki daydi itlar yo'q,
Dekabr qish boshi, muzlagan kecha.
Birdan tashqarida otildi bir o'q,
O'q otgan o'shami otilgan o'sha.
Derazamni yana ochib qaradim,
O'rnimdan turdimu shoshib qaradim.
Yulduzdan so'radim oydan so'radim,
Ko'chada tentirab yurgan odam yo'q.
Eshik qo'ng'irog'i chalindi birdan,
Yuragim ko'ksimga ura boshladi.
O'zim qotib qoldim deraza bilan,
Oyoqlarim esa yura boshladi.
Hayolimga keldi alla nechuklar,
Yettinchi qavatda yarim tunda kim?
Bir qadam qolganda eshik oldiga,
(Kimligin bilolmay uyg'onib ketdim).
Tushga nimalarni kirmaydi deysiz,
Men ko'rgan bu tushni hech kim ko'rmasin.
Hech qaysi tirik jon qolmasin uysiz,
Hech kim qor ostida muzlab qolmasin.
✍️Sodiq_Yo'ldoshev_08_12_2023
#Premyera
TO'YINGDA O'YNADIM
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Alamlar o'tida yonib o'ynadim,
Yolg'on dunyolardan tonib o'ynadim.
Ko'zlarim yoshiga qonib o'ynadim,
Bilaman seni ham qiynadim
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Bu telba holimni ko'rganlar kuldi,
Hatto qarsak chalib turganlar kuldi.
Nima bo'lgan bo'lsa o'zimdan bo'ldi,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Aytsam kelasanmi to'yimga sen ham,
Tushasanmi mendek o'yinga sen ham.
Afsuslar qilsam ham ertaga,
Men bugun o'ynadim to'yingda.
Ichmadim may yoki sharobni,
Ko'rdingmi men holi harobni.
Oshiqlar bilar bu azobni,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 11.2023
*****
Men uni jonimdan yaxshi ko'raman,
Chiroyli, aqilli, farishtadek qiz.
Ey buyuk musavvir sendan iltimos,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Oy yug'du sochishni biladi faqat,
Kamon o'q otishni biladi faqat.
U juda chiroyli kuladi faqat,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Sochlari dengizning, ummonning aksi,
Ko'zlari yulduzning, osmonning aksi.
Ham juda mehribon ham juda yaxshi,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Umrida shaharga borib ko'rmagan,
U tog'da yashaydi lolalar bilan.
Uning eng yoqtirgan, fasli oltin kuz,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Ayama eng toza ranglarni undan,
Quyoshdek porlasin suratdagi qiz.
Ey buyuk musavvir iltimos sendan,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 11.2023
https://t.me/sodiq_sherlar
*********
Men uni jonimdan yaxshi ko'raman,
Chiroyli, aqilli, farishtadek qiz.
Ey buyuk musavvir sendan iltimos,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Oy yug'du sochishni biladi faqat,
Kamon o'q otishni biladi faqat.
U juda chiroyli kuladi faqat,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Sochlari dengizning, ummonning aksi,
Ko'zlari yulduzning, osmonning aksi.
Ham juda mehribon ham juda yaxshi,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Umrida shaharga borib ko'rmagan,
U tog'da yashaydi lolalar bilan.
Uning eng yoqtirgan, fasli oltin kuz,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
Ayama eng toza ranglarni undan,
Quyoshdek porlasin suratdagi qiz.
Ey buyuk musavvir iltimos sendan,
Chizsang faqat uning suratini chiz.
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 11.2023
