cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Iqtisodiyot_《total essence》

✅ Specialists; ✅ Teachers; ✅ Students; ✅ ... Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi! Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot

Show more
Advertising posts
3 402
Subscribers
No data24 hours
-447 days
+14330 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Bizni boshqarishyapdi! “Sun’iy intellekt insonlarni boshqarishi mumkin emas, hayolga sigʻdirib boʻlmaydi” deb oʻylaymiz. Reels, shortslarda soatlab vaqtimizni oʻzimiz bilmagan holatda yoʻqotib yubormayabmizmi? Sun’iy intellekt bizni oʻzimizdanda yaxshiroq biladi, bizga qanday videolar emotsiya beradi qandaylari bermaydi, nima bilan vaqtimizni koʻproq oʻtkazayotganimizni analiz qiladi. Unga bizni boshqarish uchun emotsiya shart emas, bizniki bilib olishi yetarli. Boshqarilishimizga oddiy misol: Tasavvur qiling, Instagram egasi Rossiya nomidan urushtirish uchun toʻqima video yasab butun Oʻzbeklarga koʻrsatsa, juda katta urush boʻlishiga sabab boʻla oladi. Boshqa misol: Har kuni hammani ideal hayotini koʻraverib, oʻzingizga boʻlgan ishonch tushib ketadi, borgan sari sizni kuchsiz qilib qoʻyishi mumkin. Xoʻjayinlik qilayapman degan narsalaringiz, sizga xoʻjayinlik qilib qoʻyishligi ehtimoldan xoli emas. ✔️@Economics_ITE
1 17210Loading...
02
Marketing, ya'ni o'z mahsulotingizni reklama qilish va sotish demakdir. Quyida uning ba'zi oʻxshash turlarini oson farqlash uchun anekdot tarzda tushuntirilgan. Tasavvur qiling, siz ziyofatdasiz va bir go'zal qizni ko'rib qoldingiz. Uning yoniga borib o'zingizni maqtasangiz, boyman, falon joyda turaman... turmushga chiqish taklifini aytsangiz bu - Direct marketing (to'g'ridan -to'g'ri marketing) hisoblanadi. Agarda aynan o'sha ziyofatda do'stingiz ham bo'lsa va u boyagi qizning yoniga kelib siz haqingizda iliq fikrlar aytsa, boyligingiz, uy-joyingiz to'g'risida ma'lumot bersa va uni sizga turmushga chiqishga taklif qilsa bu - Reklama deyiladi. ✔️@Economics_ITE
1 8135Loading...
03
Qaysi poytaxt shaharlarga davlat iqtisodining ko'proq qismi to'g'ri keladi? Ko'plab mamlakatlarda poytaxt mintaqasi butun iqtisodiyotning yuragi hisoblanadi. Lekin Amerika va Avstraliyada bu holat kuzatilmaydi. Vashington Amerika YaIMning 0,7 foizini tashkil qilsa, Avstraliya poytaxti Kanberra mamlakat YaIMga qo'shgan hissasi atigi 2 foizni tashkil etdi. Boshqa tomondan, Osiyodagi ko'plab iqtisodiy jarayonlarda poytaxtlarning ta'siri yanada kuchliroq aks etadi. Masalan, Seul Janubiy Koreyaning YaIMning 52 foizidan ortig'ini, Yaponiyada Tokioning hissasi esa 33,3 foizni tashkil etadi. Sizningcha mamlakatimiz iqtisodiyotida Toshkentning hissasi qanday? ✔️@Economics_ITE
1 9582Loading...
04
Mini yubka indeksi Iqtisodiy indekslar ichida eng birinchi paydo bo'lgan indekslardan biri. "Oʻlchov shkalasi" birinchi marta 1926-yilda Pensilvaniya universiteti professori, iqtisodchi Jorj Teylor tomonidan qayd etilgan. Mamlakatning iqtisodiyoti qanchalik barqaror va yaxshi holatda bo'lsa, qizlarning mini-yubkalari ham shunchalik kaltalashib borar ekan. Bunga sabab esa ularning chiroyli va qimmat uzun paypoqlarini (чулки) namoyish qilishga bo'lgan harakatining oshishi ekan. Professorning fikricha, inqiroz davrida ayollarning uzun paypoqlar sotib olishga ortiqcha mablag'lari kamayadi, shuning uchun ular oyoqlarini uzun palto va yubka ostiga yashirishadi. Nyu-Yorkdagi Anna Vintur nomidagi kostyum universiteti (Anna Wintour Costume Institute) xodimi Garold Kod shunday deydi: "Inqiroz paytlarida odamlar yashirinishni, o'zlarini o'rashni xohlashadi. Ajablanarlisi shundaki, qatlamli paltolar va yubkalar, ro'mol, tor qisma va yoqalar, qo'lni o'rab turadigan matolar aynan shunday paytlarda modaga aylanadi". Moda tarixchisi Marina Kokorina fikricha, inqiroz paytlarida ayollarda ortiqcha pul bo'lmasligi natijasida o'z onalarining yoki buvilarining eski kiyimlarini kiyishni boshlashadi. Bunga 1980-yillar oxiridagi moliyaviy inqiroz davrida ancha ilgari Dior brendi tomonidan chiqarilgan jun paltolarning yana modaga qaytishini misol qilib keltirish mumkin. Ma'lumot uchun, eng uzun yubka Amerikada 1929 yilda Buyuk Depressiya davrida modaga aylangan. Bu indeks borasida sizning fikringiz qanaqa? Xuddi shu kabi, "Soch turmagi indeksi" ham mavjud ekan. Iqtisodi rivojlangan davlatda ayollar o'rtasida ko'proq kalta sochlar kuzatiladi. Sababi sochni kalta qildirish, salonga borish xarajatlari bunday paytlarda muammo bo'lmaydi. Iqtisodiy inqiroz paytida esa sochni turmak qildirish ortiqcha xarajatni talab qiladi va ayollar o'rtasida uzun sochlilari ko'payadi. ✔️@Economics_ITE
2 1678Loading...
05
Qurilishida kuniga 12,000 ishchi ishlagan, dunyodagi eng baland osmono'par bino - Burj Khalifa Janubiy Koreyaning Samsung C&T qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan 🏗 Bu binoning qurilishi 2004-yil yanvar oyida boshlangan va 6 yildan keyin 2010-yil aynan yanvar oyida ochilish marosimi bo'lgan 💡 Binoning tashqi tarafida reklama yoki ko'rinishlar qo'yilish narxi - 250,000 AED yoki 68,073 dollarga teng ekan va bu atigi 3 daqiqa bo'ladi xalos. ✔️@Economics_ITE
2 2243Loading...
06
Menimcha bu eng ajoyib reklama bo'lsa kerak! Fly Emirates ✈️ ✔️@Economics_ITE
2 10911Loading...
07
Reaksiya bosishni sekin-sekin o‘rganib olyapmiz, auditoriyamizga rahmat! Reaksiya bu mehnat mahsulini natijasi. Yozuvchi yaratgan "mahsulotni" qiymati. Qiymat qancha ko‘tarilsa, sifat ham oshib boradi✔️
1 9493Loading...
08
Uchrashuvdagi Marketing Albatta adashayotgan boʻlasiz, qachonki marketingni faqat reklama deb oʻylasangiz! Uchrashuvga chiqqanimda ham Marketing bormi? Albatta bor uchrashuvdagi Marketolog. Turmush oʻrtogʻingga oʻzingni chiroyli, yaxshi kiyinib, atir sepib va sochlarni tarab koʻrsatasan. (Qadoqlash ham insonni jalb qilar ekan bu ham Marketing) Marketologning vazifasi nimalardan iborat? Marketologning birgina vazifasi bor: U ham boʻlsa Kompaniya foydasini oshirish! “Qanday qilib foydasini oshiradi?” desang, oshirish uchun nima qilish kerak boʻlsa barchasini qiladi. Eng muhim Marketing qoidalari: - Minimal harajat bilan maksimal foyda qilish. - Ketgan mijozlarni olib kelish. - Bor mijozlarni ushlab qolish. - Yoʻq va kelajakdagi mijozlarni jalb qilish. Marketing oʻrganishni nimadan boshlay? Klassik yozuvchilar Philip Kotler va Seth Godin kitoblari marketing fundamentingni qurib olish uchun ayni muddao. ✔️@Economics_ITE
2 0277Loading...
09
Kutilmagan, noodatiy sovgʻalarni albatta sevishadi “Hilton” mehmonxonasining ajoyib keysi. Bir oila mehmonxona uchun buyurtma berishadi. Shu oila a’zosi ayol nomini qabuldan bilib, ichki ishchilar mijoz xonasiga kirishidan oldin, ayol nomi uchun pechenyelar qoʻyib qoʻyishadi. “Hadicha” deb stol ustiga tayyorlangan boʻladi. Xonaga kirgan, allaqachon mijoz boʻlishga ulgurgan insonlarga kutilmagan holda sovgʻa berishganligi uchun ayol oʻzida yoʻq xursandchilikni his etadi. Darrov telefonida su’ratga olib, instagram profiliga joylaydi. Tabiiyki uni koʻrgan doʻstlari, bu qayer ekan? deb soʻrashadi. Ayol barchasini aytib, oʻzi bilmagan holda reklama qilib beradi. Eng qizigʻi pechenye atigi 2$, lekin mijozlar esa undan 10 hattoki 100 barobar koʻproq foyda olib keladi. P.S: “Mijoz sotib oldi, boʻldi men ishimni bajardim” deb emas, uni yanada xursand qilsangiz, umri davomida sizga jonli reklamachi boʻlib beradi. ☑️@Economics_ITE
2 3857Loading...
10
Mijoz bilan umumiy jihatlaringiz qanchalik ko’p bo’lsa, sotib olish ehtimoli shunchalik oshadi! Agar siz faol savdo qilsangiz, unda sizdan mahsulot sotib olgan mijozlaringizning aksariyati bilan sizni birlashtiruvchi umumiy narsa bor. Ehtimol, ongsiz yoki ongli ravishda siz ikkalangiz uchun qiziqarli bo’lgan umumiy mavzularda gaplashsangiz, va shu vaqtning o’zida mijoz sizga yaqin do’st sifatida ishonishni boshlaydi... ☑️@Economics_ITE
2 2912Loading...
11
Imkoniyat bahosi o’zi nima? Imkoniyat qiymati deb, inson bir narsani qilish imkoni bo’la turib, boshqa narsani tanlagani sababli qo’yib yuborilgan fursat qiymatiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyat narxi bu muqobil tanlovni iste'mol qilmaslik natijasidan kelib chiqqan "xarajat". Masalan, bir joyda tekinga lavash tarqatishyapti deb tasavvur qilaylik. Shu lavashni olish uchun bir soat navbat kutishingiz kerak. U yerda navbatga turishingiz bilan, shu vaqtda yana boshqa biror narsani qilish imkoniyatidan voz kechdingiz. Demak, tekinga lavash yeyishning imkoniyat bahosi, uning o’rniga qila oladigan narsalardan iborat. Shu bir soat kutishning o’rniga ishlashingiz, kompyuter o’ynashingiz, kitob o’qishingiz, kerak bo'lsa, uxlab dam olishingiz ham mumkin edi. Shuning uchun, o'sha tekin lavash, aslida “tekin” emas, chunki uni olish uchun siz boshqa narsalardan voz kechdingiz. Stadiondan jonli futbol koʻrish imkoniyat bahosiga kelsak, to’gri javob 100$. Chunki Manchester derbisini ko’rishni o’rniga, El klassikoni koʻrishingiz mumkin edi. El klassikodan 500$ bahra olar ekansiz, lekin kirish chiptasi uchun 400$ to’lashingiz kerak, ya’ni agar Manchester derbisini koʻrish uchun kirmagan bo’lganizda 100$lik madaniy ozuqa olgan bo’lar edingiz. Shunining uchun ham, Manchester derbisi ko’rishni imkoniyat bahosi 100$.
2 8983Loading...
12
Izohda oʻzingiz fikringiz qoldirasiz, birozdan keyin oʻzim fikrimni yozaman!
2 6361Loading...
13
Menda obunachilarimga bitta iqtisodiy savolim bor, samimiy javobingizni kutib qolaman. Tasavvur qiling, siz "Manchester derbisi (Man.City vs Man.United)"ni ko'rish uchun bepul biletni qo'lga kiritdingiz (hech qanday qayta sotish imkoniyati yo'q). O’sha kunning o’zida, "el classico (Barselona vs Real Madrid)" ham boʻlayotgan ekan va shu uchrashuv sizning keyingi eng yaxshi muqobil vaqt o’tkazish imkoniyatingiz. El klassiko uchun, chiptalar 400$ turadi. Ixtiyoriy kunda, siz el classiconi jonli stadiondan koʻrish uchun 500$gacha to'lashga tayyorsiz. Shu ikki futbol olamidagi muhim baxsni koʻrish uchun, boshqa hech qanday xarajatlar yo'q deb hisoblang. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, Manchester derbisini koʻrishning imkoniyati bahosi (opportunity cost) qancha deb o’ylaysiz? ☑️@Economics_ITE
13 2576Loading...
14
Media files
2 9393Loading...
15
Media files
3 0222Loading...
16
Media files
10Loading...
17
Dunyo bo‘ylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual kontentlar yaratilib borilyapti. Ushbu kontent ham vazirlikkacha ko‘tarilgan qiz hikoyasi haqida, qizlarimiz uchun juda yaxshi kontent ekan! ☑️@Economics_ITE
4 36240Loading...
18
Menimcha, hech kimning onasi: - Bolam, hech nimaga chalg'ima. Bor diqqat e'tiboringni Facebook va WhatsAppga qarat! deb tanbeh bermasa kerak ✔️ Bu ishni faqatgina bir inson qilar ekan. Bu - Mark Zuckerbergning onasi 👵 Uning onasi doimo o'g'lini diqqat e'tibori shu ikki ijtimoiy tarmoqda bo'lishini istaydi💡 ☑️@Economics_ITE
3 2214Loading...
19
Bir narsa qiziq, men uchun muhim boʻlgan, yoki deylik meni fikrlashimga katta hissa qoʻshgan kitoblar bilan, men oʻqishni tavsiya qiladigan kitoblar har xil. Faqat menda unaqa emasdir, sizlarda ham shunaqami? Menimcha bir kitob hayotingizga katta taʼsir oʻtkazishi mumkin, lekin tavsiya qilishga arzimasligi mumkin. Yoki aksincha, juda koʻp tavsiyaga arzigulik kitoblarni bilaman, lekin mening fikrlashimga, qolaversa hayotimga ularni umuman taʼsiri boʻlmaganligiga ham aminman. Xullas kitobni tavsiya qilish, hayotdagi taʼsirga teng emas. Agar insonning fikrlashi haqida bilmoqchi boʻlsangiz, qaysi kitob taʼsir qilgan deb soʻrang. Inson qanday qilib fikrlashni xohlashi haqida bilmoqchi boʻlsangiz esa, tavsiya qilgan kitoblariga boqing. Adashtirmang, bu bir xil narsa emas. ☑️@Economics_ITE
2 9704Loading...
20
Bozorga chiqayotgan aqliy mehnat mahsuli ko'p hollarda kuchli marketologlar, reklama agentliklari yordamiga ehtiyoj sezadi. Mahsulot balki foydali va sifatlidir, lekin hali "tatib ko'rilmagan" muallifga kamdan kam holda qiziqish bildiriladi.
2 6923Loading...
21
O'tgan asr oxirlarida bir amerikalik okulist ya'ni ko'z kasalliklari bilan shug'ullanuvchi shifokor o'zining yangi kitobini chop ettiradi. Asarda qanday qilib uy sharoitida uzoqni ko'ra olmaslik (miopiya) kasalligini davolash mumkinligi haqida batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Bilamizki, so'ngi yarim asr ichida turli texnologiyalarning ommalashishi natijasida odamlar orasida ko'rish bilan bog'liq muammolar anchagina oshgan. Shu sababdan ushbu yangi qo'llanmaga talab kuchli bo'lishi, uning bestseller darajasiga chiqishi taxmin qilingan edi. Biroq natija kutilganidek bo'lib chiqmadi. Kitobga talab juda kam edi. Muammoning nimada ekanligini aniqlash uchun maxsus marketologlar yollandi. Buni qarangki, kitobning sotilmayotganiga asosiy sabab uning orqasidagi muallifning surati ekan. Ko'z nurini yaxshilash bo'yicha maslahat berayotgan mutaxassisning o'zi suratda ko'zoynakda tasvirlangan edi. Muallifning o'zining ko'zi yaxshi emasligini ko'rgan mijozlar unga ishonarmidi? Xullas kitob tez orada qayta nashr etildi va muqovalar almashdi. Yangi nashrda muallif ko'zoynaksiz chop etildi. Natijada asar savdosi dastlab kutilganidek muvaffaqiyatli bo'ldi. ☑️@Economics_ITE
3 0795Loading...
22
Muallifini koʻrib, kitobini ol!
2 7473Loading...
23
Media files
3 2553Loading...
24
Media files
2 8544Loading...
25
🎙Uorren Baffet: “Tasavvur qiling, bank hisobingizda $86 400 bor. Kimdir undan $10 o‘g‘irladi. Xafa bo‘lib, qolgan $86 390ni tashlab yuborasizmi? Yo‘q. Qarang, bizda har kuni 86 400 soniya bor. Salbiy 10 soniya butun kuningiz yomonlashishiga yo‘l qo‘ymang. Vaqtingizni o‘zingiz boshqarasiz, o‘zgalar emas”. ☑️@Economics_ITE
3 19414Loading...
26
Barcha kanallarga bir vaqtning oʻzida obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
9933Loading...
27
Doʻstlar, quyida sizlarga turli mavzularda foydali va qiziqarli boʻlgan kanallarni tavsiya qilmoqchiman: @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @lazizbek42 - Dastirlash haqida foydali maslahatlar, foydali gikrlar va kuzatishlar @Bookerberg - kitoblar, filmlar va seriallar haqida @legal_mind - ijtimoiy-siyosiy va aktual mavzularda faqat fikrlar, huquqiy kontent va fikrdoshlar jamiyati @blogdilshoda - yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar (grantlar) haqida rasmlar, videolar, maslahatlar hamda oʻsha imkoniyatlar toʻgʻrisida to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal @Kinovat - kino olami haqida qiziqarli va siz bilmagan barchasi @nota_bene1 - shunchaki qiziqarli ma’lumotlar @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @engengeng888 - barchasi zakovatga oid... @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida barchasi, xullas, ideal kanal @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @nofalsafiy - kinodan koinotgacha: turli sferarlar ichra sayohat @Jahonas_world- Amerikada siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi sohasi boʻyicha oʻqish haqida. Study with me va lifestyle content
1 3579Loading...
28
Har qanday katta biznes ham kichik faoliyatdan boshlanadi. Siz bilgan hozirgi Amazon, Apple, Facebook, Alibaba kabi katta miqdordagi kapitalga ega bo'lgan bizneslar ham o'z faoliyatini kichik doirada boshlagan. Amazon dastlab faqat kitoblarni online sotish bilan shug'ullangan. Applening birinchi mahsuloti shaxsiy garajda yaratilgan. Facebook dastlab faqatgina Garvard universiteti talabalari uchun ichki muloqot qilish tizimi bo'lgan. Alibabani esa oddiy ingliz tili o'qituvchisi Jack Ma 80 ta investordan $80 000 olib online biznes sifatida boshlagan. ☑️@Economics_ITE
3 29210Loading...
29
#anekdot Kunlardan bir kuni bir inson kattakon kompaniya bilan bir yirik shartnoma qilibdi. Shartnomaning qiziq tarafi shundaki, u tovarlarni 2 baravar yuqori narxda olib, avvalgi narxida sotarkan. Shartnoma muddati bir yil ekan va aynan shu muddatdan so'ng boyagi biznesmen millionerga aylanibdi💰 Savol u kim bo'lgan? ☑️@Economics_ITE
2 8292Loading...
30
Media files
3 0125Loading...
31
Ayrim professorlar "Hamma Janubiy Koreyani AQSh ning pullari hisobiga boyigan, deydi. Lekin, AQSh dan pul olgan va olayotgan davlatlar kam emas. Ularning hammasi ham "Koreya" bo‘lolganmas. Bu yerda qandaydir iqtisodiy sharh bo‘lishi kerak." "Shuhrat, bu yerda Koreya hukumatining birgina dono siyosati hammasini hal qilgan. Hukumat davlat g‘aznasiga kirib kelayotgan mablag‘ni hammaga teng taqsimlaydi, mehnatiga, sa’y-harakatiga qarab, albatta. Bu esa fuqarolarni ruhlantiradi, sog‘lom raqobat yuzaga kelishi natijasida, inson omili yuksaladi. Fuqarolar ishlab topayotgan mablag‘larining bir qismini banklarda saqlashga odatlanadilar. Aynan ana shu mablag‘ "koreys moʻjizasi"ga sababchi bo‘lgan. Bu mablag‘ni 1980-yillardagi avlod biznes uchun, ta’lim uchun oqilona sarf qilganlar. Unutma, qo‘lida sarmoyasi yo‘q odamning ertasi gumon bo‘lganidek, ortiqcha kapitalsiz xalqning ham kelajagi mavhum." Hech bir zamonda davlat xalqning hisobidan boyimagan. Iqtisodiyotda isbotini topgan haqiqat shuki, to‘g‘ri qarorlar ortidan avval xalq boyigan, shundan so‘ng davlat oyoqqa turgan. Agar aholining oz qismi ham "qashshoqlik tuzog‘i"ga tushsa, butun xalq bundan aziyat chekadi, qashshoqlik yuqumli bo‘ladi; undan xalos bo‘lish uchun bir necha avlod kurashishiga to‘g‘ri keladi. Agar hozirgi avlodga mehnatiga yarasha haq to‘lab, pul jamg‘arish imkoni berilsa, bu mablag‘ keyingi avlod o‘zini o‘nglashi uchun yaxshi sarmoya bo‘ladi! ☑️@Economics_ITE
3 0489Loading...
32
Ushbu davlat haqida fikringiz?
2 9374Loading...
33
Hozirgi paytda Toshkent shahrining asosiy muammolaridan biri uning ekologiyasi hisoblanadi. Yomon ekologik ahvol shahar iqtisodiyotiga sezilarli zarar keltiradi: ish samaradorligi pasayadi, sogʻliqni saqlash xarajatlari ortadi va aholining umri qisqaradi. Shu sababli ham iqtisodchilar ushbu muammolarga javob topish uchun aholidan soʻrovnomalar oʻtkazishadi. Quyida keltirilgan ekologik soʻrovnoma toʻliq anonim hisoblanadi va maksimum 5 daqiqa vaqtingizni oladi. Toshkent shahrining ekologik holati boʻyicha anonim soʻrovnoma Birgalikda shaharni obod qilaylik, doʻstlar!
3 6357Loading...
34
Molxona Bu kitob teng, erkin va baxtli yashash mumkin bo'lgan jamiyatni yaratishga umid qilib, o'z egasiga qarshi isyon ko'targan bir guruh qishloq hayvonlari haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobni yaqinda o’qib tugatdim. Bu kitobdan olish mumkin bo’lgan eng katta saboq - bu o’z fikringizga ega bo’lishdir. Har qanday vaziyatda oxirgi qarorni o’zingiz qabul qiling va shaxsiy fikringiz bo’lsin. Aks holda, birovlarning qo’lida qo’g’irchoq bo’lishingiz tayin. Siz bu kitobni o’qiganmisiz? Kommentda o’z fikringizni yozib qoldiring.
2 9148Loading...
35
Muqobil xarajat ko'rinmaydi xolos Insonning har qanday qarori xarajatli bo'ladi. (Xarajat deganda faqat pulni tushunmang). Doim, biror qaror qabul qilsangiz, uning muqobil xarajati - siz voz kechgan boshqa bir qarorga, foydalanilmagan imkoniyatga teng. Kechki payt kinoga yoki futbolga borishingiz mumkin. Kinoga borsangiz - futbolga borolmaysiz. Demak kinoga tushishning muqobil xarajati - o'ynalmagan futbol.
2 7595Loading...
36
Agar siz bir soat umringizni 1000 so’m (ikki kilo shakar oganda) tejash uchun sarf qilsangiz, soatiga 1000 so’mga ishlashga roziligingizdan dalolatdir. Aynan shu narsa, muqobil xarajatdir. Demak, har qanday masalada muqobil xarajatlarni hisobga olgan holda ish yuritishimiz kerak. Aks holda, o’z manfatlarimizga qarshi harakatlangan bo’lamiz. Siz aytishingiz mumkin, bu tushunarli-ku, hamma ongi bor odam bunday xato qilmaydi-ku deb. Lekin, adashasiz. Siz ham, men ham, barcha insonlar kabi juda ko’p masalalarda muqobil xarajatlarni unutib ish yuritamiz. Ba’zida muqobil xarajatlarni inobatga olmaslik oqibatlari ayanchlik.
1 6559Loading...
37
Media files
2 7961Loading...
38
Media files
2 8343Loading...
39
Ana endi konkurensiya rivojlanadi✔️
3 1061Loading...
Bizni boshqarishyapdi! “Sun’iy intellekt insonlarni boshqarishi mumkin emas, hayolga sigʻdirib boʻlmaydi” deb oʻylaymiz. Reels, shortslarda soatlab vaqtimizni oʻzimiz bilmagan holatda yoʻqotib yubormayabmizmi? Sun’iy intellekt bizni oʻzimizdanda yaxshiroq biladi, bizga qanday videolar emotsiya beradi qandaylari bermaydi, nima bilan vaqtimizni koʻproq oʻtkazayotganimizni analiz qiladi. Unga bizni boshqarish uchun emotsiya shart emas, bizniki bilib olishi yetarli. Boshqarilishimizga oddiy misol: Tasavvur qiling, Instagram egasi Rossiya nomidan urushtirish uchun toʻqima video yasab butun Oʻzbeklarga koʻrsatsa, juda katta urush boʻlishiga sabab boʻla oladi. Boshqa misol: Har kuni hammani ideal hayotini koʻraverib, oʻzingizga boʻlgan ishonch tushib ketadi, borgan sari sizni kuchsiz qilib qoʻyishi mumkin. Xoʻjayinlik qilayapman degan narsalaringiz, sizga xoʻjayinlik qilib qoʻyishligi ehtimoldan xoli emas. ✔️@Economics_ITE
Show all...
💯 16🔥 3👍 1
Marketing, ya'ni o'z mahsulotingizni reklama qilish va sotish demakdir. Quyida uning ba'zi oʻxshash turlarini oson farqlash uchun anekdot tarzda tushuntirilgan. Tasavvur qiling, siz ziyofatdasiz va bir go'zal qizni ko'rib qoldingiz. Uning yoniga borib o'zingizni maqtasangiz, boyman, falon joyda turaman... turmushga chiqish taklifini aytsangiz bu - Direct marketing (to'g'ridan -to'g'ri marketing) hisoblanadi. Agarda aynan o'sha ziyofatda do'stingiz ham bo'lsa va u boyagi qizning yoniga kelib siz haqingizda iliq fikrlar aytsa, boyligingiz, uy-joyingiz to'g'risida ma'lumot bersa va uni sizga turmushga chiqishga taklif qilsa bu - Reklama deyiladi. ✔️@Economics_ITE
Show all...
😁 12👍 5🔥 2 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qaysi poytaxt shaharlarga davlat iqtisodining ko'proq qismi to'g'ri keladi? Ko'plab mamlakatlarda poytaxt mintaqasi butun iqtisodiyotning yuragi hisoblanadi. Lekin Amerika va Avstraliyada bu holat kuzatilmaydi. Vashington Amerika YaIMning 0,7 foizini tashkil qilsa, Avstraliya poytaxti Kanberra mamlakat YaIMga qo'shgan hissasi atigi 2 foizni tashkil etdi. Boshqa tomondan, Osiyodagi ko'plab iqtisodiy jarayonlarda poytaxtlarning ta'siri yanada kuchliroq aks etadi. Masalan, Seul Janubiy Koreyaning YaIMning 52 foizidan ortig'ini, Yaponiyada Tokioning hissasi esa 33,3 foizni tashkil etadi. Sizningcha mamlakatimiz iqtisodiyotida Toshkentning hissasi qanday? ✔️@Economics_ITE
Show all...
👍 11 3🔥 2💯 2👏 1
Mini yubka indeksi Iqtisodiy indekslar ichida eng birinchi paydo bo'lgan indekslardan biri. "Oʻlchov shkalasi" birinchi marta 1926-yilda Pensilvaniya universiteti professori, iqtisodchi Jorj Teylor tomonidan qayd etilgan. Mamlakatning iqtisodiyoti qanchalik barqaror va yaxshi holatda bo'lsa, qizlarning mini-yubkalari ham shunchalik kaltalashib borar ekan. Bunga sabab esa ularning chiroyli va qimmat uzun paypoqlarini (чулки) namoyish qilishga bo'lgan harakatining oshishi ekan. Professorning fikricha, inqiroz davrida ayollarning uzun paypoqlar sotib olishga ortiqcha mablag'lari kamayadi, shuning uchun ular oyoqlarini uzun palto va yubka ostiga yashirishadi. Nyu-Yorkdagi Anna Vintur nomidagi kostyum universiteti (Anna Wintour Costume Institute) xodimi Garold Kod shunday deydi: "Inqiroz paytlarida odamlar yashirinishni, o'zlarini o'rashni xohlashadi. Ajablanarlisi shundaki, qatlamli paltolar va yubkalar, ro'mol, tor qisma va yoqalar, qo'lni o'rab turadigan matolar aynan shunday paytlarda modaga aylanadi". Moda tarixchisi Marina Kokorina fikricha, inqiroz paytlarida ayollarda ortiqcha pul bo'lmasligi natijasida o'z onalarining yoki buvilarining eski kiyimlarini kiyishni boshlashadi. Bunga 1980-yillar oxiridagi moliyaviy inqiroz davrida ancha ilgari Dior brendi tomonidan chiqarilgan jun paltolarning yana modaga qaytishini misol qilib keltirish mumkin. Ma'lumot uchun, eng uzun yubka Amerikada 1929 yilda Buyuk Depressiya davrida modaga aylangan. Bu indeks borasida sizning fikringiz qanaqa? Xuddi shu kabi, "Soch turmagi indeksi" ham mavjud ekan. Iqtisodi rivojlangan davlatda ayollar o'rtasida ko'proq kalta sochlar kuzatiladi. Sababi sochni kalta qildirish, salonga borish xarajatlari bunday paytlarda muammo bo'lmaydi. Iqtisodiy inqiroz paytida esa sochni turmak qildirish ortiqcha xarajatni talab qiladi va ayollar o'rtasida uzun sochlilari ko'payadi. ✔️@Economics_ITE
Show all...
😁 21🔥 4👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qurilishida kuniga 12,000 ishchi ishlagan, dunyodagi eng baland osmono'par bino - Burj Khalifa Janubiy Koreyaning Samsung C&T qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan 🏗 Bu binoning qurilishi 2004-yil yanvar oyida boshlangan va 6 yildan keyin 2010-yil aynan yanvar oyida ochilish marosimi bo'lgan 💡 Binoning tashqi tarafida reklama yoki ko'rinishlar qo'yilish narxi - 250,000 AED yoki 68,073 dollarga teng ekan va bu atigi 3 daqiqa bo'ladi xalos. ✔️@Economics_ITE
Show all...
👍 18😱 1
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Menimcha bu eng ajoyib reklama bo'lsa kerak! Fly Emirates ✈️ ✔️@Economics_ITE
Show all...
😱 16👍 10🔥 5👏 2💯 1🏆 1🤝 1
Reaksiya bosishni sekin-sekin o‘rganib olyapmiz, auditoriyamizga rahmat! Reaksiya bu mehnat mahsulini natijasi. Yozuvchi yaratgan "mahsulotni" qiymati. Qiymat qancha ko‘tarilsa, sifat ham oshib boradi✔️
Show all...
👍 51🔥 7 6💯 6
Uchrashuvdagi Marketing Albatta adashayotgan boʻlasiz, qachonki marketingni faqat reklama deb oʻylasangiz! Uchrashuvga chiqqanimda ham Marketing bormi? Albatta bor uchrashuvdagi Marketolog. Turmush oʻrtogʻingga oʻzingni chiroyli, yaxshi kiyinib, atir sepib va sochlarni tarab koʻrsatasan. (Qadoqlash ham insonni jalb qilar ekan bu ham Marketing) Marketologning vazifasi nimalardan iborat? Marketologning birgina vazifasi bor: U ham boʻlsa Kompaniya foydasini oshirish! “Qanday qilib foydasini oshiradi?” desang, oshirish uchun nima qilish kerak boʻlsa barchasini qiladi. Eng muhim Marketing qoidalari: - Minimal harajat bilan maksimal foyda qilish. - Ketgan mijozlarni olib kelish. - Bor mijozlarni ushlab qolish. - Yoʻq va kelajakdagi mijozlarni jalb qilish. Marketing oʻrganishni nimadan boshlay? Klassik yozuvchilar Philip Kotler va Seth Godin kitoblari marketing fundamentingni qurib olish uchun ayni muddao. ✔️@Economics_ITE
Show all...
👍 38💯 14🔥 4 3😁 1🏆 1
Kutilmagan, noodatiy sovgʻalarni albatta sevishadi “Hilton” mehmonxonasining ajoyib keysi. Bir oila mehmonxona uchun buyurtma berishadi. Shu oila a’zosi ayol nomini qabuldan bilib, ichki ishchilar mijoz xonasiga kirishidan oldin, ayol nomi uchun pechenyelar qoʻyib qoʻyishadi. “Hadicha” deb stol ustiga tayyorlangan boʻladi. Xonaga kirgan, allaqachon mijoz boʻlishga ulgurgan insonlarga kutilmagan holda sovgʻa berishganligi uchun ayol oʻzida yoʻq xursandchilikni his etadi. Darrov telefonida su’ratga olib, instagram profiliga joylaydi. Tabiiyki uni koʻrgan doʻstlari, bu qayer ekan? deb soʻrashadi. Ayol barchasini aytib, oʻzi bilmagan holda reklama qilib beradi. Eng qizigʻi pechenye atigi 2$, lekin mijozlar esa undan 10 hattoki 100 barobar koʻproq foyda olib keladi. P.S: “Mijoz sotib oldi, boʻldi men ishimni bajardim” deb emas, uni yanada xursand qilsangiz, umri davomida sizga jonli reklamachi boʻlib beradi. ☑️@Economics_ITE
Show all...
😁 22👍 13💯 9

👍 7💯 5🔥 1