en
Feedback
Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU

Open in Telegram

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz! • instagram.com/firstfacultyofficial 📩 Murojaat uchun: @birinchiingliz_dekanat 📩 Matbuot kotibi: @marjonaradshidova

Show more
2 045
Subscribers
+2324 hours
+4417 days
+70430 days
Posts Archive
"Ilm-kelajak poydevori" to'garagidan lavhalar 📎 Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi katta
+4
"Ilm-kelajak poydevori" to'garagidan lavhalar 📎 Ingliz tili birinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi katta o'qituvchisi Y. Xo'jamova tomonidan "Ilm-kelajak poydevori " to'garagining navbatdagi mashg'uloti birinchi kurs talabalari bilan 14-may sanasida olib borildi. 🕰️ To'garak davomida talabalarga ilmiy maqolaning asosiy va xulosa qismini yozish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berildi. 🔻To'garak davomida talabalar mas'ul ustoz tomonidan chiqarilgan maqolalardan asosiy qism va xulosalarni topib, ularni tahlil qilish orqali bu qismlarning tuzilishiga doir bilimlarga ega bo'lishdi. 💠To'garak jarayonida mas'ul o'qituvchidan tashqari talabalar ham mavzu doirasida muhokamaga jalb qilindi. ✅Ushbu to'garak mashg'uloti o'quv yili so'ngidagi oxirgi to'garak mashg'uloti bo'lgani uchun talabalar bu ijodiy va ilmiy faoliyatni keyingi yillarda ham davom ettirishga kelishib olishdi.

Talabalar bilan muntazam muloqot: navbatdagi tashrif 🔸2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ing
+5
Talabalar bilan muntazam muloqot: navbatdagi tashrif 🔸2026-yil 12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti huzuridagi Ingliz tili o‘qitish metodikasi N1-kafedrasi o‘qituvchilari — Ortiqova Iroda va Uralov Islom tomonidan 2-sonli talabalar turar joyiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi. ➖Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari tomonidan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi, ularning holidan xabar olindi hamda shaxsiy gigiyena, ozodalik, tartib-intizom va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida foydali tavsiyalar berildi. ➖Shuningdek, talabalar tomonidan ayrim muammolar ham bildirildi. Jumladan, darsxonalardan 21:00dan keyin foydalanish cheklanayotgani hamda tamaddi xonalari faoliyatidagi ayrim vaqt cheklovlari yuzasidan amaliy yordam so‘raldi. ✨Bunday tashriflar talabalarning ma’naviy, tarbiyaviy va ijtimoiy hayotini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 15-may sanasida universitetimizda chinakam adabiyot bayrami, qalb tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📝O‘zbekiston xalq shoi
+5
Joriy yilning 15-may sanasida universitetimizda chinakam adabiyot bayrami, qalb tadbiri bo‘lib o‘tdi. 📝O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludiga bag‘ishlangan xotira tadbiri barchaning ko'nglidan chuqur joy oldi. Ushbu unutilmas tadbir Ingliz tili birinchi hamda ikkinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M.Alimardonova, Z.Ibragimova tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi. 📌Kechaning faxrli mehmoni sifatida taniqli shoira Bashorat Sulaymonova ishtirok etib, o'zining dilbar she'rlari va samimiy xotiralari bilan davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. ✅Tadbir davomida Halima Xudoyberdiyeva maktabining sobiq o'quvchilari hamda universitetimizning eng iqtidorli talabalari ishtirokida she’riy mushoyiralar o‘tkazildi. Ayniqsa, talabalarimiz tomonidan o‘qilgan mualliflik she’rlari va shoira ijodiga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom barchani lol qoldirdi. Tadbir shunchaki xotira tadbiri emas, balki haqiqiy iste'dodlar kashf qilingan ma'naviyat bayramiga aylanib ketdi.

📢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovla
📢❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🏛 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlariga hujjatlar qabuli boshlandi. ✅ Tanlovlarda bakalavriat va magistratura bosqichida yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega, ilmiy-ijodiy faoliyatda faol ishtirok etayotgan talabalar qatnashishlari mumkin. 📌 Nomzodlar uchun asosiy talablar: 🔹 barcha fanlardan yuqori o‘zlashtirish; 🔹 ilmiy-ijodiy ishlarda faol ishtirok; 🔹 konferensiya va tanlovlarda qatnashganlik; 🔹 xorijiy til va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish; 🔹 Prezident stipendiyasi uchun — kamida 2 ta chop etilgan ilmiy ish (maqola, tezis va boshqalar) mavjud bo‘lishi. 📂 Taqdim etiladigan hujjatlar: 📎 transkript nusxasi; 📎 dekanat va kafedra tavsiyanomasi; 📎 ilmiy rahbar fikri; 📎 ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari; 📎 til va tarix fanlari bo‘yicha suhbat natijalari ma’lumotnomasi. 🗓 Tanlovning OTM bosqichi may–iyul oylarida o‘tkaziladi. 💻 Tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari “my.edu.uz” platformasiga 1–15-avgust kunlari joylashtiriladi. 🌟 Iqtidorli va faol talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! 📍Batafsil ma’lumot uchun fakultet dekanati yoki mas’ul bo‘limga murojaat qiling. Mas'ul bo'lim xodimi: @boboev_murodjon

📚 2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish m
+5
📚 2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Ortiqova Iroda Shuhratovna tomonidan “Gorizont Modern School” xususiy maktabida “Xorijiy tillarni o‘qitishning innovatsion metodlari” mavzusida amaliy tadbir tashkil etildi. ✨ Tadbir davomida o‘quvchilar bilan zamonaviy interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuvlar, jamoaviy faoliyatlar hamda o‘yin asosidagi ta’lim texnologiyalari asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌍 Tadbir yuqori saviyada va qizg‘in ruhda o‘tib, o‘quvchilarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani yanada kuchaytirdi.

2026-yil 14-may kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasining Ural davlat pedagogika universiteti dotsen
+3
2026-yil 14-may kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi hamda Rossiya Federatsiyasining Ural davlat pedagogika universiteti dotsenti Kazakova O.P.  ishtirokida "Chet tili ta'limini optimallashtirish masalalari" master-klass bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida UzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilar sun’iy intellektdan chet tili o‘qitish metodikasida, tarjima amaliyotida va lingvistik tadqiqotlarda foydalanish masalalari, shuningdek, akademik halollikni ta'minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Davra suhbati davomida chet tili ta’limiga sun’iy intellekt vositalarini bosqichma bosqich joriy etish, avtomatik tarjimasini tahrirlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda talabalarning lingvistik tayyorgarligida korpus tahlili elementlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi. Davra suhbati yakunida taklif etilgan mehmon Kazakova O.P. esdalik sovg‘alari va sertifikat bilan taqdirlandi.

AXBOROT XATI (6).doc0.38 KB

"Texnologik innovatsiyalar va tarjimonlik: muammolar, imkoniyatlar, istiqbollar II" O'zbekiston davlat jahon tillari universi
"Texnologik innovatsiyalar va tarjimonlik: muammolar, imkoniyatlar, istiqbollar II" O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida navbatdagi Talabalar konfrensiyasi bo'lib o'tadi. ✅Qabul tillari: 🇺🇿o'zbek 🇷🇺rus 🇬🇧ingliz 🇩🇪nemis 🇫🇷fransuz 🇮🇹italyan 🇸🇦arab 🇹🇷turk 🇨🇳xitoy 🇪🇸ispan ✅Qabul kunlari: -joriy yilning 20-may sanasiga qadar! ✅Maqola hajmi: 3-10 betgacha! Ushbu kun siz uchun: — ijodkorlikni namoyish qilish — yangi bilim va g‘oyalar bilan bo‘lishish — jamoaviy muhitda rivojlanish imkoniyati ✅Murojaat uchun: @Talabalar_konfrensiyasi 🌟 Bu — o‘zingizni sinab ko‘rish, tajriba orttirish va ilhom olish uchun ajoyib imkoniyat! 🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: ✅TelegramTelegram 🌐Instagram

🌿 "ECO CLEANERS" OZODALIK HARAKATI DOIRASIDAGI NAVBATDAGI AMALIY ISHLAR! Fakultetimiz hududini obodonlashtirish va ekologik madaniyatni amalda ko’rsatish maqsadida 2528-guruh iqtidorli talabasi Eshmuratova Aysuliw tashabbusi bilan “Eco Cleaners” ekologik harakatining navbatdagi tozalash kuni o’tkaziladi. Atrof-muhit ozodaligi uchun mas'uliyatni his qilgan barcha ko’ngillilarni ushbu harakatga chorlaymiz! 📌 Tafsilotlar: 🗓 Sana: 15-may 🕔 Vaqt: 17:30 📍 Manzil: Ingliz tili 1-fakulteti 📱 Murojaat uchun: @ya_aysuliwBatafsil ma’lumot uchun

🇺🇿 O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1 kafedrasi mudiri V.R. Ochilova boshchiligida hamda fakultetning iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza Ruslonovna tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maxsus videolavha tayyorlandi. 📍Videolavha G‘alaba bog‘i hududida suratga olinib, unda muzey faoliyati, Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona kurashgan, jonini fido qilgan qahramon ajdodlarimiz haqida ma’lumotlar yoritildi. 🎖Lavhada jasorat, vatanparvarlik, milliy qadriyatlar hamda ajdodlar xotirasiga hurmat kabi yuksak insoniy fazilatlar aks ettirilgan bo‘lib, yosh avlod qalbida tarixga bo‘lgan qiziqish va faxr tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi. 🌟Xotira — millatning ma’naviy kuchi, qadrlash esa insoniylikning eng oliy belgilaridan biridir. Ajdodlarimizning mardligi va fidoyiligi hech qachon unutilmaydi.

Repost from UzWAVE
🌞💃 MORNING ZUMBA WITH STUDENTS 💃🌞 English First Faculty of Uzbekistan State World Languages University together with UzWA
🌞💃 MORNING ZUMBA WITH STUDENTS 💃🌞 English First Faculty of Uzbekistan State World Languages University together with UzWAVE is launching energetic “Morning Zumba” sessions to promote healthy lifestyle, positivity, student well-being, and active campus life 🕖 Time: Friday, 15th May, 07:00 AM 📍 Venue: University Sport Area Start your morning with music, movement, motivation, and positive energy! These sessions are designed to inspire students to stay active, healthy, confident, and connected. Let’s build a stronger, healthier, and happier student community together! A healthy body is the foundation of a bright future! @UzWAVE_center❤️

Joriy yilning 3-may kuni Ingliz tili birinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Alimardonova
+3
Joriy yilning 3-may kuni Ingliz tili birinchi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Alimardonova hamda Ingliz tili o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi v.b. dotsenti M. Raupova 4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. 🤝 Tashrif davomida fakultet talaba-qizlaridan hol-ahvol so‘ralib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. 🏠 💬 Suhbat jarayonida talaba-qizlarning o‘ylantirayotgan masalalar tinglanib, zarur tavsiya va maslahatlar berildi. Shuningdek, turli fakultet talabalari bir joyda istiqomat qilishiga qaramay, ular o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar alohida e’tirof etildi. 🌸 📚 Bundan tashqari, talabalarning darsdan tashqari qiziqishlari o‘rganilib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi fikrlari ham tinglandi. ✨ Mazkur uchrashuv talaba-qizlarning muammolarini tinglash, ularga zarur tavsiya va maslahatlar berish hamda yashash va ta’lim jarayonidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.

📚 XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINARNING IKKINCHI QISMI BO‘LIB O‘TDI Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Associa
+5
📚 XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINARNING IKKINCHI QISMI BO‘LIB O‘TDI Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Associate Professor Dr. Barzan Jaafar Ali ishtirokidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminarining ikkinchi qismi tashkil etildi. Seminar davomida “Working with References and Citation Systems” mavzusi bo‘yicha academic citation, referencing usullari hamda ilmiy ishlarda manbalardan to‘g‘ri foydalanish masalalari yoritildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘qituvchi va talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 📌 Seminar tashkilotchilari: Dildora Isroilova Farangiz Umarova

📚✨ Talabalar uchun unutilmas ma’naviy sayohat! Jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti talabalari va tyutor Azimo
+4
📚✨ Talabalar uchun unutilmas ma’naviy sayohat! Jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti talabalari va tyutor Azimova A bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi adabiyot va san’at muzeyiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida talabalar buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti hamda milliy san’atimiz tarixiga oid noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. 💥Muzeydagi tarixiy qo‘lyozmalar, san’at asarlari va ma’naviy meros namunalarini ko‘rish talabalarda katta taassurot qoldirdi. Bunday ma’rifiy ekskursiyalar yoshlarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim аhamiyat kasb etadi. ✨ Ma’naviyat va tarix uyg‘unlashgan mazmunli kun barchaga iliq taassurot ulashdi.

Joriy yilning 12-may kuni soat 14:00 da Ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti M.B. Alimardonova tashabbus
+5
Joriy yilning 12-may kuni soat 14:00 da Ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi v.b. dotsenti M.B. Alimardonova tashabbusi bilan, UzWAVE jamoasi hamkorligida ajoyib seminar tashkil etildi. 🌟 Seminarga maxsus mehmon sifatida Filadelfiyalik (AQSH) tajribali mutaxassis, xalqaro toifadagi ESL o'qituvchisi Justin Erkess taklif qilindi. 📍 Seminar mavzusi: "Bridge the Gap: Linguistics and Equity Perspectives and Digital Nomad Life" Uchrashuv davomida quyidagi qiziqarli mavzular muhokama qilindi: ✅ Ingliz tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar; ✅ "Digital Nomad" (Raqamli ko'chmanchi) hayot tarzi va masofaviy ta'lim; ✅ Xalqaro tajriba almashish va madaniyatlararo muloqot. Seminar juda mazmunli, interaktiv va savol-javoblarga boy bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob olish bilan birga, xalqaro metodika bo'yicha yangi bilimlar egallashdi. 📚🔥 Hamkorlik uchun barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

📚🌐 Ingliz tili 1-fakultetida “Yosh tilshunoslar” to‘garagi doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi 2026
+3
📚🌐 Ingliz tili 1-fakultetida “Yosh tilshunoslar” to‘garagi doirasida navbatdagi ilmiy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi 2026-yil 12-may kuni O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchilari M. Nosirova, S. Saloxiddinova hamda D. Xoliqovalar tomonidan “Yosh tilshunoslar” to‘garagi faoliyati doirasida “Tarjima turlari va tarjima dasturlarining ahamiyati” mavzusida to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotda 3-kurs talabalari faol ishtirok etib, ularga zamonaviy tarjimashunoslik, mashina tarjimasi hamda raqamli texnologiyalarning tarjima jarayonidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 💡 Mashg‘ulot davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi: 🔹 tarjimaning og‘zaki, yozma va badiiy turlari; 🔹 sun’iy intellekt asosidagi tarjima dasturlari; 🔹 Google Translate va DeepL platformalarining imkoniyatlari; 🔹 tarjima jarayonidagi lingvistik va madaniy muammolar; 🔹 avtomatik tarjimaning afzalliklari va kamchiliklari. Shuningdek, talabalar zamonaviy tarjima dasturlaridan foydalanish jarayonini amaliy misollar asosida tahlil qilib, tarjima sifatini oshirishda inson omilining muhimligi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. 🗣 To‘garak mashg‘uloti qizg‘in bahs-munozaralar va interaktiv muloqotlarga boy tarzda o‘tdi. Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan qiziqarli fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar. ✨ “Yosh tilshunoslar” to‘garagi yoshlarning ilmiy dunyoqarashi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

📚 XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINAR MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Amaliy fanlar 1 kaf
+4
📚 XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINAR MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Amaliy fanlar 1 kafedrasi kafedra mudiri p.f.d., professor Dildora Isroilova va katta o’qituvchi f.f.f.d Farangiz Umarovalar tomonidan tashkil qilingan xorijlik mutaxassis, Associate Professor Dr. Barzan Jaafar Ali ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida: ✔️ Principles of Academic Article Writing ✔️ Working with References and Citation Systems mavzulari bo‘yicha foydali ma’lumotlar va xalqaro tajribalar ulashildi. Seminar talaba va o‘qituvchilar uchun academic writing hamda ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Dr. Barzan Jaafar Ali ga qimmatli tajriba va mazmunli seminar uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

📣📣📣O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza boshchiligid
+4
📣📣📣O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti iqtidorli talabasi Erkinboyeva Aziza boshchiligida 1-bosqich talabasi Otamurodova Mohichehra tashabbusi bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ijodiy tanlovimiz o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi, badiiy talqini, ifodali nutqi hamda ovoz tiniqligi inobatga olinib, quyidagi g‘oliblar aniqlandi: 🥇 1-o‘rin — Karimova Mehribon 🥈 2-o‘rin — Sobirova Farzona 🥉 3-o‘rin — Eshonova Saidzaynuraposhsha 🌟 G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va ularga bundanda ulkan yutuqlar tilaymiz! 👏 Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilar ham sertifikatlar bilan taqdirlandi. ✨ Barchangizga faol ishtirokingiz, ijodingiz va tashabbuskorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Repost from UzWAVE
📢✨ EXCLUSIVE INTERNATIONAL SEMINAR | UzWAVE ✨📢 🌍 UzWAVE – Women and Voices for Equity at Uzbekistan State World Languages
📢✨ EXCLUSIVE INTERNATIONAL SEMINAR | UzWAVE ✨📢 🌍 UzWAVE – Women and Voices for Equity at Uzbekistan State World Languages University proudly invites you to an inspiring international seminar with global educator and mentor Justin Erkess! 🎤 “Bridge the Gap: Linguistic & Equity Perspectives” Meet an experienced ESL teacher, online mentor, digital nomad, and intercultural communication expert who has taught across Asia and Europe and inspired learners worldwide through global education experiences. 🗓 Date: 12 May 🕑 Time: 14:00 (2 PM) 📍 Venue: EFF 1 – Lecture Hall ✨ During the seminar, participants will explore: 🔹 Teaching English internationally 🔹 ESL classroom experiences and real-life challenges 🔹 Digital nomad lifestyle and remote work opportunities 🔹 Intercultural communication and global perspectives 🔹 Effective approaches to teaching Asian students 👥 Open to: Students, educators, researchers, and language enthusiasts! Explore through instagram: https://www.instagram.com/jees_2120?igsh=Y2x3emR1NWxrcWUw 🌐 An opportunity to learn, connect, and gain international insights from a truly global educator. LinkedIn Telegram Instagram

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2026-yilning 8-may sanasida ✅ Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi #1 kafedrasi dots
+9
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2026-yilning 8-may sanasida ✅ Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi #1 kafedrasi dotsenti V.R.Ochilova raxbarligidagi 2201 gurux talabalari tadbir tashkil etishdi. ✅Toshkent shahar Chilonzor tumani 200-IDUMda 9-may-Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan "XOTIRA -ABADIY, QADR-MUQADDAS" (MEMORY - ETERNAL , HONOR - SACRED) nomli adabiy kecha tashkil etildi. ✅ Tadbirni maktab direktori U.R.Ravshanov kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni qutlugʻ sana va bayram bilan tabrikladi. ✅ Tadbir davomida O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti talabalari va 8-"G" sinf o'quvchilari bilan birgalikda II jahon urushi qahramonlari va Qatagʻon qurbonlarini yod etishdi va Vatanga sadoqat, tinchlik haqida sheʼr va qoʻshiqlar ijro etishdi. ✅ Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilib, 5 oʻgʻli qurbon boʻlsa-da, sabr ila matonat koʻrsatgan Zulfiya ona Zokirova siymosining sahnada gavdalangani tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.