cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TDTU QOʻQON FILIALI DIREKTORINING RASMIY KANALI

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Maqsudov Muzaffar Saminjonovichning rasmiy telegram sahifasi.

Show more
Advertising posts
327
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali jamoasining Namangan viloyatidagi ekskursiyasi davomida Oliygoh talabalari oʻrtasida ichki turizmni yanada rivojlantirish va talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Afsonalar vodiysi"ga sayohat uyushtirildi. Namangan shahriga ko‘rk bag‘ishlayotgan “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i kеyingi yillarda nafaqat, viloyat, balki Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos soʻlim goʻshasiga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda, “Afsonalar vodiysi”da joylashgan turli attraksion o‘yinlar, manzarali daraxtlar barchaning qalbida sof ekologik muhit yuzaga kеltirdi. E’tiborlisi shundaki, fusunkor bog‘, so‘lim va xushmanzara shahar ekskursiya aʼzolariga unutilmas lahzalar bagʻishladi. #FOTOGALEREYA2 #TDTUQF #ichkiturizm #yoshlarittifoqi ✅Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
OLIYGOH TALABALARI NAMANGAN VILOYATIGA SAYOHAT QILDILAR. Joriy yilning 19-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali rahbariyati tashabbusi bilan Oʻzbekistonning gullar shahri Namangan viloyatiga sayohat tashkil etildi. Sayohatga faol professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar hamda 42 nafar oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori, iqtidorli va faol talabalar jalb qilindi. Dastur doirasida sayohatchilar 63-Xalqaro gullar festivali munosabati bilan tashkil etilgan goʻzal bogʻlar bilan yaqindan tanishdilar va ochilish marosimida ishtirok etdilar. Goʻzal gullarga burkangan shahar va festival doirasida tashkil etilgan turli hil loyihalar barcha sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi. #TDTUQF #ichkiturizm #yoshlarittifoqiIjtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
🗣Oliygoh talabalari va mahalla fuqarolar yig'ini raisi bilan uchrashuv tashkil etildi. 👍 Joriy yilning 20-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali talabalaridan tashkil topgan jamoa Qo'qon shahar 36-Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig'iniga tashrif buyurdilar. 🏬 Tashrif davomida "Mahalla-tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik, hamjihatlik, ma'rifat va tarbiya qo'rg'onidir" shiori ostida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi. 🇺🇿 Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig'ini raisi Isakova Zulxumorxon Yusupovna so'z olib, mahalla azaldan hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tinchlik-osoyishtalik, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat hamda tarbiya maskani bo‘lib kelganligi, bugungi kunda ham mahalla odamlar o‘rtasida mehr-oqibat bardavomligini ta’minlash, milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash, odamlarga har tomonlama ko‘mak berish bilan samarali faoliyat olib borayotgan tuzilmaga aylanganligi to'g'risida fikrlarga to'xtaldi. 👩Mahalla fuqarolar yig'ini xotin-qizlar faoli Muhammedjanova Shaxnozaxon Zokirovna esa, har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishi, oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratishlari to'g'risida batafsil to'xtalib, tushuntirishlar berdi. 👍Yakunda esa oliygoh va mahalla fuqarolar yig'ini bilan doimiy ravishda hamkorlikni olib borishga kelishib olindi. 💼#mahalla #yoshlarittifoqi #suhbatIjtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling: Telegram | Instagram Facebook | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida yangi hafta kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishing! ⚫️⚫️-may Ma'sullar: 1. I.Usmonov 2. M.Qambarov 3. L.Islomov 4. Z.Nazarova 5. N.Alimova 6. Q.Mamatqulova 7. X.Xaydarov 8. X.Begmatov 9. Tyutorlar 10. Pedagog-tarbiyachilar ⚫️⚪️-may Masʼullar: 1. M.Qambarov 2. R.Ummatov 3. N.Xolmirzayev 4. Q.Mamatqulova 5. I.Usmonov 6. A.Asqarov 7. X.Begmatov 8. X.Xaydarov 9. Tyutorlar ⚫️⚫️-may Masʼullar: 1. M.Qambarov 2. I.Usmonov 3. R.Ummatov 4. A.Asqarov 5. N.Xolmirzayev 6. Q.Mamatqulova 7. X.Xaydarov 8. X.Begmatov 9. Tyutorlar 10. Pedagog-tarbiyachilar ⚫️⚪️-may 1. M.Qambarov 2. I.Usmonov 3. R.Ummatov 4. A.Asqarov 5. N.Xolmirzayev 6. Q.Mamatqulova 7. X.Xaydarov 8. X.Begmatov 9. Tyutorlar 10. Pedagog-tarbiyachilar ⚫️⚫️-may Masʼullar 1. I.Usmonov 2. A.Asqarov 3. N.Xolmirzayev 4. M.Qambarov 5. R.Ummatov 6. Q.Mamatqulova 7. D.Sarimsoqov 8. X.Begmatov 9. X.Xaydarov 10. Tyutorlar ⚫️⚪️-may Masʼullar 1. M.Qambarov 2. I.Usmonov 3. Q.Mamatqulova 4. R.Ummatov 5. A.Asqarov 6. X.Begmatov 7. Tyutorlar 8. Pedagog-tarbiyachilar ℹ Asos: Vazir oʻrinbosari S.Buzrukxonovning 19-yanvardagi 2023-2024-oʻquv yilining yarim yillik ish rejasi, filial Yoshlar ittifoqining yillik ish rejasi, 8-yanvardagi Fargʻona viloyat hokimligi va Qoʻqon shahar hokimligining qoʻshma Yoʻl xaritasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 351-sonli buyrugʻi, 2023-2024-oʻquv yilida Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat maʼrifat boʻlimining yillik ish rejasi. #️⃣ #haftalikreja #yoshlarittifoqi Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📖 Kitob oʻz egasiga topshirildi. 🇺🇿Joriy yilning 16-may kuni soat 20:00 da Telegramning maxsus random boti lotoreya gʻolibini ehtimoliy tanladi! 🏆 Gʻolib deb, kanalimiz obunachisi, "KokandRunners" sport klubi treneri Saydaliyev Rasuljon Oxunjonovich avtomatik ravishda bot orqali tanlandi. 🤯 Gʻolibimiz 17-may kuni oliygohga tashrif buyurib, Uolter Ayzekson qalamiga mansub boʻlgan "Stiv Jobs" kitobini qabul qilib oldilar. 💼 #gʻolib #lotoreya #kitobIjtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar: 👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari: 👉 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha); Barcha kurs talabalari: 👉 kamida 50% 1-yanvargacha; 👉 75% 1-aprelgacha; 👉 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha); xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha; Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.@talimuz
Show all...
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali jamoasi tomonidan, koʻhna Xudoyorxon Oʻrdasi maydonida, "Adabiy-maʼrifiy haftalik" doirasida “Milliy qadriyatlar festivali” hamda "Ezgulik shiorimiz - maʼrifat qurolimiz" shiori ostida tantanali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. #FOTOGALEREYA8 🇺🇿Batafsil 🇷🇺 Подробнее 🇬🇧 More informationIjtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali jamoasi tomonidan, koʻhna Xudoyorxon Oʻrdasi maydonida, "Adabiy-maʼrifiy haftalik" doirasida “Milliy qadriyatlar festivali” hamda "Ezgulik shiorimiz - maʼrifat qurolimiz" shiori ostida tantanali maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. #FOTOGALEREYA7 🇺🇿Batafsil 🇷🇺 Подробнее 🇬🇧 More informationIjtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:Telegram | ✅InstagramFacebook | ✅YouTube
Show all...
Go to the archive of posts