en
Feedback
ᵃᶻᶦᵐᶦʸ ᵒʳᵍ I Islom gavhari

ᵃᶻᶦᵐᶦʸ ᵒʳᵍ I Islom gavhari

Open in Telegram
3 277
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Shaxsiy sabablarga koʻra kanal faoliyati noma'lum muddatga toʻxtatildi! In sha Alloh qaytamiz.

Uch narsa birodaring qalbida senga nisbatan do'stlikni mustahkamlaydi: (so'zni) salom bilan boshlash; majlisda unga joy berish; eng yaxshi ismi bilan chaqirish. @azimiy_org

Uch narsa birodaring qalbida senga nisbatan do
stlikni mustahkamlaydi: (sozni) salom bilan boshlash; majlisda unga joy berish; eng yaxshi ismi bilan chaqirish. @azimiy_org

«Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul qilgin» (Ibrohim surasi, 40-
«Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to`kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul qilgin» (Ibrohim surasi, 40-oyat). @azimiy_org

Chayon chaqsa ham doʻstining uyqusini buzmaslik uchun tizzasini qimirlatmay, uyqusidan uygʻotmagan Abu Bakr Siddiqdek doʻstlar hozir ham bormi? Ogʻriq kuchayib, koʻzidan yosh toʻkilmaguncha Nabiy sollallohu alayhi vasallam boʻlgan voqeani bilmaganlar. @azimiy_org

Oʻzingiz oʻqigan top 5 kitobni tavsiya qiling. Oldindan rahmat! @azimov_shahobiddin

Payg‘ambarimiz ﷺ shafoatiga eng haqli odam u zotga eng ko‘p salavot aytgan odamdir. U zotga salavot aytish uchun eng afzal ku
Payg‘ambarimiz ﷺ shafoatiga eng haqli odam u zotga eng ko‘p salavot aytgan odamdir. U zotga salavot aytish uchun eng afzal kun – Juma kunidir. Allohumma solli a'laa sayyidina Muhammad 📿 T.me/azimiy_org

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin: أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ «Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Ma'nosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo'q va Unga istig'for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari. ERTAGA JUMA! @azimiy_org

Hasan Basriydan: “Rohatni qayerdan topamiz?” deb soʻrashdi. U zot: “Gʻaflatdan keyingi sajdadan va gunohdan keyingi tavbadan”
Hasan Basriydan: “Rohatni qayerdan topamiz?” deb soʻrashdi. U zot: “Gʻaflatdan keyingi sajdadan va gunohdan  keyingi tavbadan”, dedilar. @azimiy_org

Bir kishi Xolid ibn Validni soʻkdi. Shunda Xolid roziyallohu anhu unga qarab, “Bu sening sahifang, uni xohlagan narsang bilan toʻldiraver”, dedi. @azimiy_org

Payg‘ambarimiz ﷺ shafoatiga eng haqli odam u zotga eng ko‘p salavot aytgan odamdir. U zotga salavot aytish uchun eng afzal ku
Payg‘ambarimiz ﷺ shafoatiga eng haqli odam u zotga eng ko‘p salavot aytgan odamdir. U zotga salavot aytish uchun eng afzal kun – Juma kunidir. Allohumma solli a'laa sayyidina Muhammad 📿 @azimiy_org

• AYRIM XONIMLARGA • “Post”larni oʻqiyman boʻlib hayrona, Jiddiy mavzularda kulib, qotishar. Ostidan nom qoʻyib Ummu Falona, Kommentlar bahona gaplar otishar! Sochib qalblardagi pinhon hislarin, Diniy soʻzlar topib bahonasiga Eriga aytmagan iliq soʻzlarin Aytarlar nomahram parvonasiga. Kuzgi xazon kabi soʻlib ketmishdir. Ne boʻldi rijollar himmatlariga! Yo Rabbiy, nimalar boʻlmoqda, axir, Soʻnggi Paygʻambarning ummatlariga?! Koʻrsatib oʻzlarin goʻyo “olimlar”, Chiqolmay izgʻirlar vasvas domidan. Eng alam qilgani – johil xonimlar Soʻz qotishar, hayhot, dinning nomidan! Ne ajib jasorat, naqadar erkin?! Yoqangni ushlaysan koʻrib savolni. Ayting-chi, nima deb tushunish mumkin Koʻp xotinga targʻib qilgan ayolni?! Hayodan gapirsa boʻlurmi axir, Tunda nomahramla baxslashgan ayol?! Erini mensimas, nafsiga asir, Men haqman, degani xayoldir, xayol! Tagʻin, oqlab ushbu shaddodligini, Deydi: “Haqparvarman, xolis, begʻubor” Smaylik yoʻllagan bedodligini Qosh qoqib qoʻygandan nima farqi bor! Siz koʻp tanildingiz, toʻgʻri, hozirda Fitnali bahslarga siz doim tayyor! Ammo shunday ona borki, moziyda, Hech tanilmasada Buxoriysi bor! Bilmadim Sukerberg kashf qilgan bu toʻr, Ishlaydi qay maqsad, qay niyat bilan, Ammo afsus ayrim muslimani koʻr Gaplashib yotibdi yetti yot bilan! Tik qarash mushkuldir gapning rostiga, Har zamon tan olmas botil gʻururlar, Ayollar chekinsin parda ortiga! Bas, chiqsin sahnaga Amir Temurlar! © Abror Muxtor Aliy @azimiy_org

#hadis Ertaga JUMA! Share to your friends. @azimiy_org
#hadis Ertaga JUMA! Share to your friends. @azimiy_org

Qiyomatning 10 ta katta alomatlari. @azimiy_org

Bas, Allohga qoching. @azimiy_org
Bas, Allohga qoching. @azimiy_org

Ular bilan jannatga kirsam! Kunim bitib dunyodan oʻtsam, Man ham jannat ahlidan boʻlsam. Boshlariga tojlar kiydirib, Otam bilan jannatga kirsam! Ikki dunyo meni degan zot, Ikki dunyo gʻamim yegan zot, Koʻrsatib men unga iltifot, Onam bilan jannatga kirsam! Kasal boʻlsam yoʻqlab kelganim, Yarim koʻnglim toʻqlab kelganim, Onamdan soʻng “ona” bilganim, Opam bilan jannatga kirsam! Yoʻlatmagan yonimga hech gʻam, Men uchun ming kuyungan odam, Otamdan soʻng keyingi “otam”, Akam bilan jannatga kirsam! U boʻlmasa koʻnglim doim kam, Tatimaydi u siz davlat ham, Tatirmidi ayting jannat ham! Bolam bilan jannatga kirsam! Doim meni etgan ming eʼzoz, Qilmagan hech biror eʼtiroz, Hurlar xafa boʻlmang iltimos, Yorim bilan jannatga kirsam! Bolalikdan chiqqanmiz yoʻlga, Chidaganmiz yomgʻirga, doʻlga, Hatto, jonin tutqazgan qoʻlga, Doʻstlar bilan jannatga kirsam! Otamdan ham ortiq suyganim, Onamdan koʻp yaxshi koʻrganim, Mening suyuk bir paygʻambarim, Rasul bilan jannatga kirsam! Kechir meni, ey parvardigor, Jannat soʻrab, nodonlik qilsam, Shunday mening niyatlarim bor, Ular bilan jannatga kirsam! Ular bilan jannatda yursam! @azimiy_org