#me | Diyora Parpiyeva🌼
Closed channel
708
Subscribers
+124 hours
-47 days
-3230 days
Posts Archive
Qo’limdan kelgan bor imkoniyatni ishlatishga harakat qildim. Lekin biror kim darsimni o’tib berolmasakan😅. Hattoki bitiruvchi sinflargayam tel qildim. Topshiriq beraman qarab tursa bo’ldi deb u ham o’xshamadi. Mayli hammasi haqqoniy va qonuniy bo’lgani yaxshi. O’zimni darsim😊
Qarab turadigan odam bor shukur. Lekin ona bu holatda bolani tashlab ketishga qiynalarkan) jonimni uzib ketayotgandek ketyabman ishga
Kechadan beri Umarbekni mazasi yo’q. Istimasi tushmaydi. Qayt qilib yotibdi. Kecha amallab maktabda darslarim o’tib keludim. Bugun yanada kuchaygan. Sira ishga boradigan holatmas. Nargi sherigimam malaka oshirishga ketgan. Boshqa ingliz tilchilarga telefon qilsam darsi bor yoki ishi. Yig’lurib shishib ketdim. Alam qilyabdi. Ona bo’lish nimaga bunaqa qiyin. Qanaqqilib ketaman bolamni bu holatda tashab🥲
Qizlar guruh shakllantirib hotirjam yozib chiqaman. Lichkamga yozganlargayam kommentga yozganlargayam
30kunlik gazli ichimlik va shirinliksiz #challenge
30kun ichida ovqatimiz ratsionini nazorat qilamiz. Kaloriyaga e’tiborimizni qaratamiz. Kunlik mashqlar qilib boramiz📌
Rasman 15-sentabrdan boshlab 15-oktabr kuni tugatamiz
Chellangeda qatnashish uchun kommentga + qoldiring yoki @moychechakqizcha ga yozin.
Bu marafon 1oylik edi. Yana ochmoqchiman) 3oylik ochsam cho’zilib ketar aa? 1oylik yetarlimikin❤️
+6
Ozish guruhimizdan 1oylik natijalar💞
Eng kam vazn tashlagan ham 3kilo tashlabdi.😁
Mani yoshimda sovg’animas pulini so’rash normal holatmi? Deyarli bu yil pul oldim sovg’aga. Lekin bunga judayam hursandman😂
Kelinoyim bilan bugun obedgacha o’tirmoqchidik. Ruhsatlarni olib kiyinib tayyor bo’lib telefon qilsam jiyanim kechasi bilan istimalab chiqibdi🥴
24… 🤍
Bu shunchaki navbatdagi yosh emas.
Bu — men uchun yangilanish yoshi.
Bu yoshimga kelib, o‘zimga qayta qarashni, o‘zim uchun harakat qilishni, kecha qanday bo‘lganimdan ko‘ra bugun bir qadam yaxshiroq bo‘lishni o‘rgandim. Va sekin-asta, o‘zim ham sezmagan holda, ich-ichimdan yangilandim…
Bugun 24 yoshimni qarshi olar ekanman, qo‘limda eng katta baxtim — farzandim bor. Yonimda har doim suyanchim bo‘lib kelayotgan turmush o‘rtog‘im bor. O‘zim sevgan ishim, o‘z yo‘lim va hali amalga oshirilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p orzularim bor. 🤍
Balki avvalgidan unchalik boshqa emasdirman…
Ammo ichimda nimadir juda chiroyli tomonga o‘zgarganini his qilaman.
24 yoshim, xush kelibsan.
Meni yanada go‘zal kunlarga olib borishingga ishonaman. ✨
+1
Kimgadir 1ni bersangiz sizga 10barobar qaytadi degan gap rost 🫶🏻
Yaqinda kanalimga sharlarni bervoraman deb yozgandim. Va bugun bervoraman deb tug’ilgan kuni yaqinakan bolajonni deb kitob qo’shib bervorgandim. Dostavka yetib bordi deb sms kelganidan 3minut o’tib sizga dostavka bor deb telefon qilishdi😍. Yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi❤️
+1
Har yilgi an’ana qaytarilyabdi😅. Egasi noma’lum sovg’a keldi🙈 Lekin man buni egasini tahminan bilaman😁
