Kitoblarda(n)..📚
Open in Telegram
Hayotdan va kitoblardan sahifalarga ko'chgan satrlar... Kitob kino Falsafa Taqrizlar Shaxsiy fikrlar va izohlar 🤍 Ijodxona : @booktional_view Admin 🤖 : @bookhnoor_nomabot
Show more501
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-2030 days
Posts Archive
Repost from Kitoblarda(n)..📚
O'LIM! Og'ir! Go'zal! Buni chin san'atkorlar bilganlar. Tamagir bilmaydi, chunki u yolg'onlar qasrida yashaydi. Hech qachon o'lmaydigandek tasavvurda yuraveradi. O'limni idrok etgan, mana, hozir o'lishi mumkinligini bilgan yolg'on gapirmaydi, zulm qilmaydi. Zulmning otasi - qo'rqoqlik va johillik.
FOJIANI idrok etgan odam sirga yaqin keladi. Aslida, bu "sir" har bir insonda bor. Aytish mumkinki, u- Yaratganning insonga bergan ne'mati. Inson uni hamisha o'zida saqlashi kerak. Insonning "siri" ochilsa, Alloh bilan munosabati uziladi. Men falon narsani angladim, bildim desa, shu yerda u Allohdan ayriladi.
RUHSIZ odam qul bo'ladi. Ichida Alloh qo'rquvi bor odam erkindir. U hamma narsadan erkin. Xudosiz odam qafasdagi odamdir. Ular o'zlarini o'zlari qafasga solishgan. Toki Allohni topmagunlaricha bu qafasdan chiqolmaydilar. Yerda tirikchilik qilib yurgan odam uchun o'lim haqida ochiq gapirib bo'lmaydi.
Guvillab, garangsib yurgan olomon buni anglashi ogʻir. San'at hamisha odamni, odamlarni ushlab turgan.
•Rauf Parfi
#iqtibos
@booktional
Mundoq olib qarasa, reklama ko'rmaydigan yagona maskan - kitoblar bo'lib qolibdi.
Repost from N/a
ikki soat tarjima qildim o'ziyam. She'rni o'zini ruhiyatini saqlab qolish uchun, so'zma-so'z tarjimadan uzoqlashdim. To'g'ridan-to'g'ri tarjima qilganimda turkchadagi iboralar o'zbekchada joyini topolmay sarson bo'lgan bo'lardi.
Biroz adabiy bo'yoq kerak, to'g'ri so'zlarni topish uchun juda ko'p harakat qildim, qaysidir joylarini yana bir miyya o'ziga kelganda tahrirlab chiqish kerak deb o'ylayapman.
Bularni kimdir buyurtma qilgani uchun emas, shunchaki o'zim bir tilda o'qigan shohona satrlarimni o'z tilimga aylantirib, undan boshqalar ham bahramand bo'lib, men his qilganlarni his qilishini xohlaganimdan qilyapman. Zotan, eng azaliy tahsinga loyiq ishlar hech qanday manfaatsiz amalga oshirilgan ishlar bo'lsa kerak. Shunchaki miyyam kunlik charchoqdan xalos bo'lishi va matnlar bilan yaxshiroq ishlash uchun ham mana shu yo'l men uchun eng yaxshisi...
Siz nima deysiz, tarjima qilganmisiz hech? Qilgan tarjimalaringiz o'zingizga yoqqanmi? Tarjimada asosiy narsa nima deb o'ylaysiz, deb so'ragim keladi...
Repost from N/a
Istamayman, bo'lmasin sira!
Xo'sh, nima qilmoqlik kerak?
Kuchli tirgak topishim kerakmi?
Qilishim kerakmi uni hamroh?
O'z kuchim turib, yaltoqlanib,
Daraxt tanasiga chirmashib asta
bosh egib ta'zimmi aylashim kerak?
Kerakmas, bo'lmasin sira bunday!
Hamma qilganlarini qilishim kerakmi, Luvre?!
Boylar huzurida bukib qaddimni
madhlar aytib, yolg'on taxlaymi?
Tan olishlarichun, o'zgalar ko'ziga qarab
biroz hiyla bilan, fosiq bo'laymi?
Kerakmas, bo'lmasin sira bunday!
Har tong nonushtada qaymoq yemoq kerakmi?
Tongdan shomga qadar befoyda sang'imoq kerakmi?
Boshqalar ortidan soyaday tinmay,
bosh egib yashamoq kerakmi hardam?
Kerakmas, bo'lmasin shuhratim bunday!
Befoyda odamga aytaymi tahsin?
Rostini aytishdan chekinayinmi?
Hamma ismimni bilishi uchun
g'ururni oyoqosti qilayinmi?
Kerakmas, bo'lmasin sira bunday!
Qo'rqish, ado bo'lish, azobda qolish,
She'rni yozish o'rniga bazmlarda bo'lish,
Tilaklardan iborat soxta jumlalar bitish,
Kerakmas, bo'lmasin bunday sira!
©Erkin Tarjima
Populist degan odam bor. Soddaroq qilib aytganda, o‘zi hech nimani uddalay olmaydi, qo‘lidan keladigani boshqalarga yoqadigan jumlalarni topib, vaqtida qo‘llash (buyam san’atda hozirgi zamonda, akasi), aslini olganda boshqalarning foydasi u uchun sariq chaqalik qiymatga ega emas, faqat va faqat o‘zining har qanday turdagi shaxsiy manfaati uchun yelib-yugurib yashaydigan odam bu. (Hozir tarmoqdagi mashhurlarning ko‘pi populistlik qilib ko‘tarilgan, sir emas bu.)
Afsuski, bugun deyarli hamma sohada, jabhada populistlar yetarlicha topiladi. Bir tomondan olib qaraganda, hozir ularga ehtiyoj har qachongidan-da ko‘proq. Hozir hammada mikrofon va telefon bor bo‘lsa, istagan odam populist bo‘lishi mumkin-ku axir.
Nashriyotlar orasida ham populist nashriyotlar bor. Kitobxonlar orasida ham populistlar talaygina. Bookblogerlar orasida ham qo‘lidan o‘zi deyarli hech narsa kelmaydigan soxta haypajorlar ko‘payib qoldi.
Tarjimonlar orasida ham bitta-yarimta kitobni o‘ziga qulay tildan sun’iy idrok yordamida tarjima qilib, asl kitob o‘qish nimaligini bilmaydigan, olomon qay tomon tortqilasa, suzulib ketadigan va o‘zidan "namunali" kitobxon yasab olganlar orasida dong‘i ketgan "dohiy" tarjimonlar, ming afsuslar bo‘lsinki, bor.Ha, qo‘shilaman, bunday muvozanatsiz dunyoda hamma manfaatparast. Hamma iloji boricha yaxshi yashash va imkoniyatlari ko‘p bo‘lishi uchun marrasi aniq bo‘lmagan kurashda. Lekin umr qayerdadir to‘xtaydi va bir kun inson o‘z vijdoni bilan yolg‘iz qolishga mahkum. Ana shu onda populistlar qanday mahkamada bo‘lishlarini o‘ylasam, etim jimirlaydi, xolos... #word
Zamonaviy ahmoqlikning yorqin ko'rinishi :
Bitta kitob beraman, meni maqtab beringlar deyilganda shaxsni "iloh" darajasiga ko'tarib, hali o'qilmagan tarjima kitob haqida maddohlik qilish - qanchalik krinj va saviyasizlik ekanligiga ishim yonyapti.
Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli, Tongim rangi sariq, xasta kunduzim. Ixrab quyosh chiqar, o‘qchib oy sho‘rlik,***
Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli, Xo‘rligim keltirar g‘alati gina. Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun,
Siz tanigan, bookbloger deb bilgan odam hali sotuvga chiqqaniga ko'p bo'lmagan yoki hali sotuvi uchib ketmagan kitobni qayta-qayta turli xil vositava va elementlar bilan targ'ib qilayotganini ko'rib, uni reklama emasligini tushunish, anglash, fahmlash qiyin emas-ku, shunday emasmi?!
Repost from N/a
"The mentalist" serialini 1- mavsumi 9-qismini ko'rib, amerikan adabiyotining eng yaxshi namunalaridan biri Herman Melville'ning "Moby-Dick" kitobini topdim.
Asar haqida menda dastlabki ma'lumotlar bor edi. Biroq serialdagi aynan shu epizod kitobni mohiyatini to'liqroq ochib berganini guvohi bo'ldim. Inson qasd olish niyatida qanchalik chuqur jarlikka qulashi mumkinligini, qasos olish insonni ko'zini nechog'lik ko'r qilib qo'yishini epizod zo'r tushuntirgan.
Yaxshiyamki, "Moby-Dick" - romani yaqinda Zabarjad media nashriyoti tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilinib, nashrga tayyorlanmoqda. Tarjimon kimligi haqida ma'lumotim yo'q, lekin kutivim Bobil, Mirzohid Muzaffar tarjimasi bo'lsa kerak deb o'ylayapman.
Nima bo'lganda ham bu kitobning o'zbek tilida bo'lishi juda quvonarli hol.
#tahlil
@booktional
Repost from Kitoblarda(n)..📚
Meni o'nligim boshqacha. Ammo, men quyidagi o'n kitobni o'qigan kitob o'qish orqali nimadir olgan bo'lardi deb o'ylayman :
1. Martin Iden - Jek London 2. Azizim Po'rtaxol - Joze M. de Vaskonselos 3. Farangeyt bo'yicha 451 - Rey Bredberi 4. Qora suyaklar - Sherbek Bobonur 5. Eljernonga atalgan gullar - Deniel Kiz 6. Qalblardan so'rang - Abdulqodir Samarqandiy 7. Iztirob - Rashod Nuri Guntekin 8. Jinoyat va Jazo - Dostayevskiy 9. Molxona | Jorj Oruel 10. Huzursizlik | LiaveliBularni hammasi unchalik og'ir bo'lmagan, bemalol qaysi darajada bo'lmang o'qib keta olasiz. Deyarli barchasi badiiy kitoblar. Bularni sizlar uchun tuzdim. Shaxsiy o'nligimni shakllantirish qiyinroq masala.
Siz bulardan qaysi birini o'qigansiz???@booktional
Quyosh chiqib, hammayoq issiq bo'lib ketgungacha mutolaa qilib olish zarur bo'lgan fursatda yashayapmiz.
Biroz sabr qilsak kuz kelib kunduzlari ham mutolaa zavqini his qilishimiz mumkin bo'lar..
Kuz yaqin...
#mutolaa
@booktional
O'zi kim yig'lab o'qiladigan kitob - zo'r kitob degan jinnicha qarashni ommalashtirdi. So'kdim.
