en
Feedback
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Open in Telegram

✅ Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy telegram kanali

Show more
990
Subscribers
+124 hours
-177 days
-6230 days
Posts Archive
🌱 ECOSCHOOL YANGI O‘QUV YILINI YANGI TARKIB BILAN BOSHLADI! 🌱 Bugun ertalabki saflanish jarayonida maktabimizda amalga oshi
+3
🌱 ECOSCHOOL YANGI O‘QUV YILINI YANGI TARKIB BILAN BOSHLADI! 🌱 Bugun ertalabki saflanish jarayonida maktabimizda amalga oshirilayotgan EcoSchool loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, maktab sardori Ubaydullayev Bekzodjon EcoSchool loyihasining yangi o‘quv yilidagi qo‘mitasi hamda barcha Step mentorlarini jamoaga tanishtirdi. Shuningdek, ushbu loyihaga yangi qo‘shilish istagini bildirgan faol o‘quvchilardan so‘rovnoma olindi. ✨ Shu tariqa maktabimizning EcoSchool loyihasi yangi o‘quv yilida yangi tarkib, yangi g‘oyalar va ulkan maqsadlar bilan o‘z faoliyatini boshladi! Faol va tashabbuskor yoshlarimizga omad, kuch-g‘ayrat va cheksiz shijoat tilaymiz! 💚 🌿 Yangi o‘quv yilida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida “Yashil bayroq” mukofotini qo‘lga kiritish nasib etsin! Yashil kelajak sari birgalikda qadam tashlaymiz! 🍀 #EcoSchool #YashilMaktab #YashilBayroq #EcoTeam #YashilKelajak #FaolYoshlar @chortoqtim @chortoq_ecoschool bizni kuzatishda davom eting.

SECOND LIFE — CHIQINDIGA EMAS, KELAJAKKA HAYOT BER! @ChortoqTIM @Chortoq_EcoSchool biz bilan kelajakni asrang !!!

🌱♻️ CHIQINDINI YIG‘ISH — IKKINCHI HAYOT BERAMIZ! 🌍💚 Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizdan keladigan kichik, ammo m
🌱♻️ CHIQINDINI YIG‘ISH — IKKINCHI HAYOT BERAMIZ! 🌍💚 Tabiatni asrash — har birimizning qo‘limizdan keladigan kichik, ammo muhim qadamdan boshlanadi! 🌿 📢 Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabida qog‘oz va plastik chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha “Chiqindi yig‘ish — ikkinchi hayot beramiz!” musobaqasi e’lon qilindi. ♻️ Chiqindilarni alohida yig‘amiz 🌳 Atrof-muhitni asraymiz 💚 Toza va sog‘lom kelajak uchun hissa qo‘shamiz! ✨ Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlarga olib keladi!
Ushbu tanlovni sentyabr oyiga start berdik !
Oy yakunida eng faol qatnashga guruhlar sovg'alar hamda "Yashil sinf" sertifikati bilan taqdirlanadi. #Eco #Ekologiya #TozaMaktab #ChiqindiniSaralash #TabiatniAsraylik #YashilKelajak #ChortoqMaktabi @ChortoqTIM @Chortoq_EcoSchool biz kuzatib boring !

Bitiruvchilarimizdan juda tirishqoq va o'z maqsadiga yetmaguncha harakatdan to'xtamaydigan Odilov Jasurbek Amerikaning Univer
+3
Bitiruvchilarimizdan juda tirishqoq va o'z maqsadiga yetmaguncha harakatdan to'xtamaydigan Odilov Jasurbek Amerikaning University of Missisipi da o'qishni boshladi. Ushbu Universitet Amerika da top Universitetlar qatoriga kiradi. Jasurbek Amerikada tahsil olib eng yaxshi kadr bo'lib, O'zbekistonga xizmat qiladigan kadr bo'lib qaytishiga ishonamiz. Butun jamoamiz nomidan Omad tilaymiz!!!

🏫 CHORTOQ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 😊 “Bugungi kayfiyatingiz qanday?” Maktabimizda o‘quvchilarning ruhiy holati, kayfiyat
+3
🏫 CHORTOQ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI 😊 “Bugungi kayfiyatingiz qanday?” Maktabimizda o‘quvchilarning ruhiy holati, kayfiyati va emotsional farovonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qiziqarli psixologik aksiya tashkil etildi. O‘quvchilar o‘z kayfiyatlarini turli smayliklar orqali ifodalab, kunni yaxshi kayfiyat va ijobiy munosabat bilan boshladilar. 💛 ✨ Har bir bolaning kayfiyati — uning ta’lim olishiga, muloqotiga va kun davomida o‘zini qanday his qilishiga ta’sir qiladi. 🌈 Yaxshi kayfiyat — yaxshi kunning boshlanishi!

🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — OILA, VATAN VA QADRIYATLAR HAQIDA MUHIM SUHBAT 🏫 Chortoq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvch
+9
🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — OILA, VATAN VA QADRIYATLAR HAQIDA MUHIM SUHBAT 🏫 Chortoq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 📚 5–8-sinflarda “Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi” mavzusida mazmunli suhbat va munozaralar olib borildi. O‘quvchilar mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar hamda oilada Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. 🇺🇿 9–11-sinflarda esa “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida muhokama darslari o‘tkazildi. Unda oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, mehr-oqibat, hurmat, mas’uliyat va vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarning ilk maskani ekani alohida ta’kidlandi. 👉 Bizni kuzatishda davom eting: @ChortoqTIM 🕊 Birgalikda yuksalamiz! 🚀📚✨

🇺🇿 “KELAJAK SOATI” — OILA, VATAN VA QADRIYATLAR HAQIDA MUHIM SUHBAT 🏫 Chortoq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. 📚 5–8-sinflarda “Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari muhokamasi” mavzusida mazmunli suhbat va munozaralar olib borildi. O‘quvchilar mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, erishilgan yutuqlar hamda oilada Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. 🇺🇿 9–11-sinflarda esa “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida muhokama darslari o‘tkazildi. Unda oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, mehr-oqibat, hurmat, mas’uliyat va vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarning ilk maskani ekani alohida ta’kidlandi. 💬 Darslar davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘z qarashlari va hayotiy mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Samimiy suhbatlar yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, oilaga mehr va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. ✨ Zero, mustahkam oila — mustahkam jamiyat, ma’naviyatli yoshlar esa yurtimizning porloq kelajagidir! 👉 Bizni kuzatishda davom eting: @ChortoqTIM 🕊 Birgalikda yuksalamiz! 🚀📚✨

🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON — YANGI G‘ALABALAR SARVARI! 🇺🇿 🏫 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublika
+9
🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON — YANGI G‘ALABALAR SARVARI! 🇺🇿 🏫 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida maktab pedagog xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etildi. 🏆⚽🏐 💪 Musobaqalarda pedagoglarimiz faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy chiniqqanligi, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. 🤝 Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, pedagoglar o‘rtasida do‘stona muhit va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, shuningdek, Mustaqillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashdan iborat. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz porloq bo‘lsin! 🏆 Sport — salomatlik garovi! 🤝 Bir jamoa — bir maqsad! 🇺🇿 Bir Vatan — bir xalq!

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori osti
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”  shiori ostida “Mustaqillik” darslari tashkil etildi. Bunda asosiy mavzu “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”  shiori ostida Mustaqilligimizning 35-yillik shukuhi, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, oʻtgan  35-yil davomida yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida asrga teng tarixiy ishlar amalga oshirilgani togrisida, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hayotning har jabhasida, xususan, xalqaro sport musobaqalari, fan olimpiadalarida, musiqa va sanʼat tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni egallashiga sabab boʻlayotgani to‘g`risida takidlab o‘tildi.

Barcha sinflarda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”  shiori ostida “Mustaqillik” darslari tashkil etildi. Bunda asosiy mavzu “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”  shiori ostida Mustaqilligimizning 35-yillik shukuhi, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasi, O‘tgan  35-yil davomida yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida asrga teng tarixiy ishlar amalga oshirilgani to`g`risida, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hayotning har jabhasida, xususan, xalqaro sport musobaqalari, fan olimpiadalarida, musiqa va sanʼat tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni egallashiga sabab boʻlayotgani to‘g`risida takidlab o‘tildi.

cuhChortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib ol
+9
cuhChortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish va yangi 2026-2027-o‘quv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” ni tashkil etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablar uchun ishlab chiqilgan tavsiya va senariylar asosida “Birinchi qoʻngʻiroq” va “Mustaqillik dars”lari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi  va “Bilimlar kuni” munosabati bilan  “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda maktab direktori B. Sayramov so‘zga chiqib, barchani mustaqilligimizning 35 yillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigini o`qib eshittirdi.

cuhChortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish va yangi 2026-2027-o‘quv yilining ilk kunida “Mustaqillik darsi” ni tashkil etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablar uchun ishlab chiqilgan tavsiya va senariylar asosida “Birinchi qoʻngʻiroq” va “Mustaqillik dars”lari tashkil etildi.

#Mustaqillik35yillik BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI MARRALAR SARI ILK QADAM! 2026-yil 2-sentyabr kuni
Chortoq
tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan tantanali tadbirda maktabimizning 45 nafar pedagogi, 430 nafar o‘quvchisi, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan va Mustaqillikni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi. Jaranglagan “Birinchi qo‘ng‘iroq” esa o‘quvchilarimizni yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi zafarlar sari chorlab, 2026–2027-o‘quv yiliga start berdi! Yangi o‘quv yili maktabimiz jamoasi uchun yangi imkoniyatlar, ulkan yutuqlar va munosib zafarlar yili bo‘lsin!

Chortoq  tuman ixtisoslashtirilgan  maktabida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” munosabati bilan  “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Shiori ostida ostida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. tadbirda maktab direktori B. Sayramov so‘zga chiqib, barchani mustaqilligimizning 35 yillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigini o`qib eshittirdi. Barcha sinflarda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”  shiori ostida “Mustaqillik” darslari tashkil etildi.

Repost from Sevara Shakirova
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT! Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshl
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT! Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!
Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.
Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin! Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!Rasmiy sahifalar