cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Oʻzgarish LC

O'ZGARISH o'quv markazining MISSIYASI: "Biz o'z sohasi bo'yicha dunyo miqyosida tasir doirasi keng bo'lgan, qadriyatli va to'xtovsiz ilm oladigan shaxslarni yetishtiramiz!!!" Manzil:Qarshi shahri I.Karimov ko'chasi Chevar supermarketi 2-qavati 991700060

Show more
Uzbekistan28 296The language is not specifiedLinguistics13 180
Advertising posts
196
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2023-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
⚡️ Chet tili imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2023-yil 20-yanvar kuni fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. 🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 30-yanvar (to‘lovni amalga oshirish 31-yanvar) ga qadar davom etadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar imtihon topshirish hududini o‘zlari tanlashlari va mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Bunda test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 12-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa yozma imtihonlardan oldin tashkil etiladi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Kishi cho'ntakdagi pulini bilim uchun sarflasa, hech kim bu pullarni undan tortib ololmaydi B.Franklin Sifatli ta'lim berish uchun biz sizga, doim ko'makchimiz. 📝  Kursga ro'yxatdan o'tish uchun. Quyidagi ssilka ustiga bosing 👉👉uzgarish_admin 👈👈 ☎️  Murojaat uchun.          +99899 170 00 60 📌 Manzil: Qarshi shahri Chevar supermarketi 2-qavati O'zgarish o'quv markazi
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Milliy sertifikat imtihonlarida (Matematika, Fizika, Biologiya, Kimyo) 45 ta savolga quyidagicha ballar beriladi 10 ta yopiq turdagi savol — 1.3 ball 25 ta yopiq turdagi savol — 2.2 ball 10 ta ochiq turdagi savol — 3.2 ball 10 ta ochiq turdagi savol oʻz oʻrnida 2 tadan topshiriqni oʻz ichiga oladi va quyidagicha baholanadi: a topshiriq: 1.5 ball b topshiriq: 1.7 ball Maksimal ball — 100 Ajratilgan vaqt (javoblar varaqasini toʻldirish bilan) — 150 daqiqa (Ps: Jami topshiriqlarini soni ochiq turdagi topshiriqlar juftligiga asosan 45 ta emas, aslida 55 tani tashkil etadi) @uzgarish22
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Milliy sertifikat imtihonlari baholash mezoni @uzgarish22
Show all...
Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan? 🖥 2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi. 📚 Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan. 📌 Ma’lumki, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim. ❕ Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas. 👨🏻‍🎓 Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan. ❎ Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan. @uzgarish22
Show all...
Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor ekan 😳 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi. Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan: 1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta); 2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta); 3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta); 4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta); 5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta); 6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta). Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan. @uzgarish22
Show all...
Imtiyozlar reyestri.pdf1.32 MB
Hozirda - ONA TILI - MATEMATIKA - FIZIKA - KIMYO - BIOLOGIYA fanlaridan MILLIY SERTIFIKAT joriy qilingan. Bundan tashqari Chet tili darajasini aniqlash bo'yicha ham (CEFR) bor😊
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#kulgu ⚡️ Harakat qilayapman... Ota o'g'liga debdi: 🤨 O'g'lim makatabdagi baholaringni qachon to'g'irlaysan? O'g'il: 🙄 Harakat qilayapman dadajon. Lekin ustozim bir daqiqa ham jurnalni tashlab chiqib ketmayaptilar-da... 👉 @uzgarish22
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.