Zangiota IM
Open in Telegram
🏫 Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi Aql tarozusida o'lchab ko'rilmagan har qanday bilim asossizdir. ✍️ Murojaat uchun: @ZangiotaIMBot
Show more234
Subscribers
+224 hours
+27 days
+1830 days
Posts Archive
234
#qabul_2026
DIQQAT, E’LON!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI.
✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi.
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
+6
✅ Pekin universitetlari: Agentlik bitiruvchilari uchun yangi imkoniyatlar.
“Study in Beijing” dasturining ikkinchi kuni delegatsiyamiz uchun yanada muhim voqealar bilan esda qoldi.
O'quvchilarimiz Xitoyning va dunyoning eng yetakchi oliygohlari – Pekin universiteti (QS reytingida TOP-14) va Pekin fan va texnologiyalar universitetida bo‘lishdi.
Tashrif davomida:
✅ xalqaro talabalar uchun taklif qilinayotgan zamonaviy ta’lim dasturlari o‘rganildi;
✅ xorijlik talabalarga ko‘rsatiladigan amaliy yordam va imtiyozlar bilan tanishildi;
✅ eng muhimi – Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun maxsus chegirmali kvotalar (grantlar) ajratish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida nufuzli universitet vakillari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari kelishib olindi va ular amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif etildi.
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
⚡️ Prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalar shakllantirildi!
Hurmatli talabgorlar va ota-onalar!
Prezident maktablariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar tayyor bo‘ldi. Endilikda har bir talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali ruxsatnomasini yuklab olishi va chop etishi mumkin.
🔵 Ruxsatnomada imtihon o‘tkaziladigan manzil, sana, vaqt hamda talabgor haqidagi muhim ma’lumotlar aks ettirilgan. 🟣 Imtihon kuni ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma) bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishingiz tavsiya etiladi.➡️ Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetga kirib yuklab oling va undagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Barcha talabgorlarga kirish imtihonlarida omad tilaymiz! 🤲 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
Repost from N/a
Eronlik sport karikaturachisi Hamid Sahari Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻyini hamda Kolumbiya urgan goldan keyin yigʻlab yuborgan oʻzbekistonlik bolakay (Isfandiyor) haqida animatsiya tayyorladi.
Rolikda uni yupatgan kolumbiyalik muxlislar voqeasi motivatsion tarzda tasvirlangan.
Bolaning otasi, Bektosh Xatamovning (Profi University asoschisi) yozishicha, FIFA rasmiylari, BBC, CNN va boshqalar ular bilan uchrashishmoqchi.
🔴Telegram
234
Repost from IELTS CEFR MULTILEVEL TOEFL TKT
#Sertifikat_natija
Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. ✅ BBA 🇬🇧@AptisCefr | 💬 Chat
234
+9
🇺🇿🇨🇳 Toshkent – Pekin: bilim sari ilk qadam!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 16 nafar iqtidorli o‘quvchisi Xitoy poytaxti – Pekinga yo‘l oldi!
✈️ “Study in Beijing” dasturida ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan yoshlarimizning bu safari – nafaqat bilim, balki yangi imkoniyatlar, xalqaro tajriba va orzular sari qo‘yilgan ulkan qadamdir. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan “Beijing Daxing” xalqaro aeroportiga uchib ketishdi.
✅ Dasturning dastlabki kunida delegatsiyamiz North China University of Technology (NCUT) universitetida kutib olindi. Rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston elchixonasi vakillari, universitet prezidenti va oliygoh rahbariyati ishtirok etdi. Mehmonlar ushbu loyiha ikki davlat ta’lim aloqalarida muhim qadam ekanini alohida ta’kidladilar.
O‘quvchilarimiz uchun:
✅ universitetning eng zamonaviy laboratoriyalari va innovatsion sharoitlari bilan tanishish;
✅ bakalavriat dasturlari va ustuvor texnologik yo‘nalishlarni o‘rganish;
✅ Xitoy milliy choy ichish marosimi orqali qadimiy madaniyat bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
❗️ Avval xabar berganimizdek, maktabimizning 10-V sinf o'quvchisi Axmadjonov Sardorjon ham ushbu dastur doirasida Xitoyda bo'lib turibdi.
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
Repost from N/a
#muxlislar_maydoni
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumtaʼlim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
🔹 Mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)da belgilangan mazkur maktablar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
➖ Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur maktablarda barcha oʻquvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlarimiz katta ekranlar orqali jahon chempionatidagi futbolchilarimiz oʻyinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
👉 Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich oʻyinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan)
➖ Oʻzbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
➖ Oʻzbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
➖ Oʻzbekiston — Kongo (28-iyun, soat 4:30).
©️ MMTV 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🔴Telegram
234
+2
⚡️ Bugun Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-"V" sinf o‘quvchisi Axmadjonov Sardorjon Xitoy Xalq Respublikasiga 5 kunlik ta’limiy-tanishuv safariga yo‘l oladi.
Mazkur safar davomida o'quvchimiz Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalari faoliyati, zamonaviy ta’lim tizimi hamda xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu safar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli va faol o‘quvchilarning xalqaro tajriba orttirishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda kelgusidagi ta’lim yo‘nalishlarini aniq belgilashiga xizmat qiladi.Sardorjonga ushbu safarda omad tilaymiz! 😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
#qabul #qabul2026 #infografika
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tegishli muhim ma'lumotlar mazkur infografika ko‘rinishida taqdim etilmoqda.
❗️ Prezident maktablari kirish imtihonlarining 1-bosqichi 25-iyunda, ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari esa 28-29-30-iyun kunlari bo'ladi.
☎️ Call-markaz: 1206
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
+2
⚡️ The University of Sydney, Australia.
Bitiruvchimiz Lazizbek Yodgorov El-Yurt Umidi fondi stipendiyasiga sazovar bo'ldi va Sidney universitetiga o'qish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Avstraliyada dunyoning TOP-25 universitetida tahsil oladi.
Lazizbekni , ota-onasini va ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!!!
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
#Ovozli_chat
Qabulning birinchi bosqichi (abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish) bo‘yicha ovozli chat
📆 2026-yil 9-iyun kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
💻 Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
✅ BBA
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
📣 DIQQAT E'LON!
🟠 zangiotaim.uz saytini modernizatsiya qilish va yangi funksiyalar bilan boyitish maqsadida ko‘ngilli dasturchi o‘quvchilar jamoaga taklif etiladi.
🧩 Yo‘nalishlar:
• Front-end dasturlash • Back-end dasturlash • UI/UX dizayn • Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash • Testlash va texnik qo‘llab-quvvatlash❗️ Nomzodlardan talablar:
• HTML, CSS va JavaScript asoslarini bilish; • Front-end uchun React, Vue yoki shunga o‘xshash texnologiyalarni bilishi maqsadga muvofiq; • Back-end uchun PHP, Python, Node.js yoki boshqa server texnologiyalaridan kamida birini bilish; • MySQL yoki boshqa ma'lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish; • Jamoada ishlash va yangi bilimlarni o‘rganishga tayyor bo‘lish; • Mas'uliyatli va tashabbuskor bo‘lish. • Sun'iy intellekt texnologiyalaridan maqsadli foydalana olish.👉 Ariza topshirish uchun: O‘zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot, mavjud ko‘nikmalaringiz, foydalanadigan texnologiyalaringiz hamda amalga oshirgan loyihalaringiz (GitHub, portfolio yoki havolalar mavjud bo‘lsa) haqida ma'lumotni quyidagi elektron manzilga yuboring: 📧
counselor@zangiotaim.uz
Iqtidorli yosh dasturchilarni jamoamiz safida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ234
Repost from Zangiota IM
CAU xalqaro olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi: 100%gacha grantni qo‘lga kiritish imkoniyati
2026-yil iyun oyida Central Asian University (CAU) ilk bor o‘z kampusida fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha yirik xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi. Mazkur akademik musobaqada 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, eng yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilar universitetda butun ta’lim davri uchun 100 foizlik grant (kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etilish) imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
👉 Ro'yhatdan o'tish: https://new-form-project-37c3ad.zapier.app/cau-international-olympiad-2026
CAU Opens Registration for the International Olympiad: A Chance to Win a 100% Tuition Scholarship
In June 2026 Central Asian University will host, for the first time on its campus, a large-scale academic competition in physics, mathematics, and chemistry, offering full scholarships for the entire period of study to top-performing students from grades 9-11.
👉 Register: https://new-form-project-37c3ad.zapier.app/cau-international-olympiad-2026
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
Repost from N/a
📊 O'qituvchilar bir haftada qancha vaqt ishlaydi?
Qiziq bir statistikaga duch keldim, unga aytilishicha, OECD (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti) mamlakatlarida o'qituvchining o'rtacha yuklamasi quyidagi ekan:
🟣 Sinfda o'qitish: haftasiga 20 soat 🔵 Darsga tayyorgarlik: haftasiga 10-15 soat 🟣 Tekshirish, baholash: 5-8 soat 🔵 Uchrashuvlar va boshqasi: 4-6 soat➡️ Jami: haftasiga 40-50 soat — ko'rinmaydigan ish. ❗️ Xulosa qilsak, o'qituvchining yuklamasi bu faqat dars berishdan iborat deb o'ylash xato. Pedagoglarning dars jarayonigacha va undan keyingi jarayondagi mehnatlari ko'pincha e'tiborsiz qoldiriladi va qadrlanmaydi. 🔴Telegram
234
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
SAT imtihoni natijalari talaborlar tomonidan "College Board" tashkiloti rasmiy sahifasi orqali (Score Report) standart tartibda elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka yuboriladi. Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yoki imtihonga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Agentlik natija qabul qiluvchi tashkilot sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, imtihon sanasidan keyin bir necha hafta ichida yetkaziladi.
Shuningdek, tezkor (Rush) xizmati orqali natijalarni yuborish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Manba: College Board rasmiy sahifasi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonining birinchi bosqichida abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtishi belgilangan.
Ma’lumot uchun: Agentlik tomonidan DI kod orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topilishini ma’lum qilamiz.
BBA
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
CAU xalqaro olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tishni boshladi: 100% kontrakt grantini qo‘lga kiritish imkoniyati
2026-yil iyun oyida Central Asian University (CAU) ilk bor o‘z kampusida fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha yirik xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi. Mazkur akademik musobaqada 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, eng yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilar universitetda butun ta’lim davri uchun 100 foizlik grant (kontrakt to‘lovidan to‘liq ozod etilish) imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
👉 Ro'yhatdan o'tish: https://new-form-project-37c3ad.zapier.app/cau-international-olympiad-2026
CAU Opens Registration for the International Olympiad: A Chance to Win a 100% Tuition Scholarship
In June 2026 Central Asian University will host, for the first time on its campus, a large-scale academic competition in physics, mathematics, and chemistry, offering full scholarships for the entire period of study to top-performing students from grades 9-11.
👉 Register: https://new-form-project-37c3ad.zapier.app/cau-international-olympiad-2026
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
Repost from N/a
#muxlislar_maydoni
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyun-iyul oylarida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi umumtaʼlim maktablarida “Muxlislar maydoni” loyihasi tashkil etilmoqda.
🔹 Mamlakatimizning 208 ta tuman (shahar)da belgilangan mazkur maktablar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
➖ Futbol tomoshalari uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan mazkur maktablarda barcha oʻquvchilar, ota-onalar va boshqa yurtdoshlarimiz katta ekranlar orqali jahon chempionatidagi futbolchilarimiz oʻyinlarini jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
👉 Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich oʻyinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan)
➖ Oʻzbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
➖ Oʻzbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
➖ Oʻzbekiston — Kongo (28-iyun, soat 4:30).
©️ MMTV 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🔴Telegram
234
⚡️ Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari sanalari
👉 Izoh: Ma'lum sabablarga ko'ra imtihon o'tkaziladigan kunlarga kelishuv asosida o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
😎@ZangiotaIM | 📹 Youtube |🟠 CHSB.UZ
234
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
