en
Feedback
RedPill | Fikrlar

RedPill | Fikrlar

Open in Telegram

— RedPill haqida ma'lumot olish uchun: Link: https://redpillproject.my.canva.site/ Asosiy kanal: @ceotony Rasmiy: @redpill_akademiya

Show more
398
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-2030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum Tony ! Togrisini aytsam anchadan beri bunaqa tetiklik, energiya va kuch his qilmagan edim. Men uchun chinakam va eng katta natija boldi. Bugunni o'zida 350 minut dars qildim. Oldinlar bunday qilolmas edim. Hali yana qilaman dars 24:00 gacha ehhe ungacha hali yana 10 ta daraxt eksam kerak. Energiyam kun oxriga borib tugab qolardi lekin hozir unday emas. Aksincha energiyaga to'lib boryapman. Oldinlari 15 marta budilnik qoysam ham turmasdim hozir bittadayoq hattoki budilniksiz ham uyg'ondim bugun⚡️ bu men uchun katta natija. Mazza qilib dars qilyapman. Afsus qilish yaxshi bo'lmasada barbir afsuslanyapman men bu loyihaga ertaroq qo'shilmaganimga va bilmaganimga endi bundan buyog'iga har mavsumda qatnashaman nasib) RedPill - meni hayotimni butunlay tartibga va intizomga soldi 2 kundayoq. Men bunday natija kutmagandm Alhamdulillah kutganimdan ham ortiq bo'ldi. Alloh rozi bolsin sizdan. Shunday loyihalar orqali jamiyatdagi yoshlarni ilmga qiziqtirayotganingiz va rivojlanishiga hissa qo'shayotganiz uchun minnatdorman. Alloh ikki dunyoyingizni ham rohat va baxt bilan siylasin !!!

Qo'shilganimdan afsusdaman Bu loyiha haqida ancha oldin "Mutolaa" loyihasiga qoshilganimda bilgan edim , song ancha vaqt Ozodbek Nugmanovning kanalini kuzatib yurdim . Kanalda loyiha haqida qisqacha malumot va qoshilganlarning fikrlarini oqidim . Bundan keyin qoshilish istagi paydo boldi Loyihaga qo'shilishdan oldin butunlay komfort zonaga tushib qolgan edim . Hech qanday darslar yoq . Xohlagan vaqtimda uyg'onib , xohlagan vaqtimda uhlardim , iyuldan boshlab deyarli umuman asosiy fanimdan dars qilmayotgan edim ....... Bu komfort zonani buzib chiqib ketishim kerak edi , lekin qanday ozim ham bilmasdim va bu uchun ehhe qanchaaa challenglarni boshlaganman .Ishonaman bunday challenglarni kopchilik qilib korgan . Har doimgidek boshlanishi zor bolardi , oxiri esa unday emas yoki bazan oxiri ham bolmas edi . .....🙃 Har xil podcastlar , kitoblar oqigandim lekin baribir intizomni shakllantirib , discomfort zonaga tusha olmaganman . Oqiyotgan fanimdan onlayn kurslarga ham qoshilganman lekin oxiriga yetkaza olmaganman Shunday qilib avgutda qoshildim , shukur . Bu loyiha , bu muhit menga anchaaaa yordam berdi . Ham asosiy fanim ham mutolaa , ham sport hammasini teng olib keta oldim 🙂‍↔️😊 Men avgustda qoshildim , lekin nega oldinroq qoshilmaganimga afsuslandim . Negaki menda iyundan qoshilib 3 oyda ozimning ustimda ishlab , rivojlantirish imkoniyati bor edi . hay ,qolgan oylarni samarli otkazaman , nasib .

Assalomu alaykum! Xitoydan alangali salomlar! RED Pill 💊 ushbu nomni eshitsam yoki aytganimda ich-ichimdan yengillik,umid, harakat va yengil tabassum keladi o'z -o'zidan.Bu yilgi Avgust butun yozdan samarali va yodda qolarli bo'ldi.To'g'ri va kerakli tartib bo'lganidanmi jismimdagi yengillik ruhimda ham borligi endi hech qachon RED PILL ni tark etmiyman va nimaga endi avvalroq qo'shilmadim degan savollarga sabab bo'lyapti. Ayni vaqtda manga ushbu loyihada qatnashib ko'ring aslo afsuslanmiysiz deb tavsiya bergan yana bir RED PILL ishtirokchisiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Sentyabr oyida ham insha'Allah nasib qilsin qatnashaman 💊💊💊

Redpill... Hayotimning eng qorong'u davrlarida yashayotgan paytimda topib olganim bir loyiha. Bilmadim RedPillsiz hayotim hozir qayerda bo'lardim, tasavvur qilishga qo'rqaman. Lekin, hamdki RedPillga qo'shildim va muhit bilan birga qanday qilib yaxshi odatlar orttirganim va yomon odatlarimdan qutulganimni sezmay qoldim. 20 yil davomida izlab topolmaganim potensialimni to'liq ochishni istab ammo buni uddasidan chiqa olmasdim. Ammo RedPill bilan bu 1 hafta vaqt oldi xolos. O'zimni kuchli tomonlarimni kashf qildim. O'zimga ishonchim ortdi. Yangi ilmlar, yangi eshiklarni ochishimga, hayotimni o'zgartirishimda eng katta hissasi bor loyiha aynan mana shu bo'ladi. Hech narsa qilmadim qiyin bo'lgan hatto majburlamadim ham o'zimni. Muhit o'zi oqim bilan olib ketdi shekilli oson bo'ldi. Aytaman desam gap uzayib ketadi, ammo aytamanki soatlab gapirishga ham arziydigan, hech qayerda bu borada tenglasha oladigan boshqa loyiha yo'q, aminman. Siz ham hayotingizni o'zgartirishni, shaxsiyatingizni kuchaytirishni, muvaffaqiyatli bo'lishni, maqsadlaringizga tezroq erishishni, orzularingizda yashashni istasangiz ikkilanmay qatnashing! Hech qachon afsuslanmaysiz! #Qudratova_Aziza

Assalomu alaykum red pill jamoasi. Men oʻzi avgust oyida qatnashsammi yoki qatnashmasammi degan oʻy xayollar bilan ikkilanib kursga qoʻshilgandim. Lekin ikkilanishlarim xato boʻlganligini tushunib yetdim dastlabki kunlarni oʻzidayoq. Men aynan oʻzimda shakllantirolmayotgan missiyalar red pill da bor edi. Moslashish men uchun qiyin boʻlmadi. Jamoa zoʻr edi. Raqobat kuchli edi shuni hisobiga charchash yoki boshqa faktorlar xayolga kelmadi. Agar red pill da qatnashmasdan odatiy avgust oyida yashaganimda nima boʻlar edi? Albatta oʻzimda oʻsish his qilmagan boʻlar edm. Vaqtimni rejalashtirib ishlamagan va produktivniy kun tartibiga ega boʻlmagan boʻlardm. Muhit zoʻr boʻldi. Mavsum yondi. Yana ishtirok etishni xohlayman nasib qilsa🙌💥💥💥💥💥🔥🔥🔥🔥

Assalomu alaykum! Xitoydan alangali salomlar! RED Pill 💊 ushbu nomni eshitsam yoki aytganimda ich-ichimdan yengillik,umid, harakat va yengil tabassum keladi o'z -o'zidan.Bu yilgi Avgust butun yozdan samarali va yodda qolarli bo'ldi.To'g'ri va kerakli tartib bo'lganidanmi jismimdagi yengillik ruhimda ham borligi endi hech qachon RED PILL ni tark etmiyman va nimaga endi avvalroq qo'shilmadim degan savollarga sabab bo'lyapti. Ayni vaqtda manga ushbu loyihada qatnashib ko'ring aslo afsuslanmiysiz deb tavsiya bergan yana bir RED PILL ishtirokchisiga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Sentyabr oyida ham insha'Allah nasib qilsin qatnashaman 💊💊💊

Rivojlanish uchun ideal muhit - RedPill! Agar senda kelajak uchun maqsadlar ko'p bo'lsa, shaxsiyatingni yangi darajaga olib chiqmoqchi bo'lsang yoki ham ruhan ham jismonan sog'lom hayot tarzini yo'lga qo'ymoqchi bo'lsang, hech ikkilanmay RedPillga qo'shil, do'stim. Aniq ayta olaman umuman afsuslanmaysan. So'ngida menga o'xshab o'zinga rahmat aytasan. Bu muhit meni shunday o'zgartirdiki ortiqcha narsalarni o'ylamay qo'ydim. Bekorchi vaqtlarim deyarli bo'lmadi. Missiyalarni foydasi bir kundayoq seziladi degandi Tony. To'g'ri aytgan ekan birinchi kundanoq energiyaga to'la his qildim o'zimni. O'zimga qilgan yaxshiliklarimdan biri bo'ldi bu loyihaga qatnashganim. Oyni boshidagi o'zim bilan oxiridagisini solishtirib ko'rdim. Bu orada hayotimda katta o'zgarishlar yuz beribti. Mana misol, kechalari uxlashim juda qiyin bo'layotgandi. 2, 3 bazida 4 gacha ham uxlolmasdim. Keyin esa bu vaqtlar qisqarishni boshladi. 2 kun o'tib uyqu rejimim joyiga tushdi, 00 vaqtigacha uxlab ertalab soat 5da uyg'onishni boshladim. Undan tashqari bu loyihada Sport bilan muntazam shug'ullanasan. Sog'lom hayot tarzini yo'lga qo'yasan. Agar biror kursda qatnashayotgan bo'lsang bu muhit senga ayni muddao. Samarali dars qilish texnikasi bilan qanday qilib 3 soat darsni bajarib qo'yganingni sezmay qolasan. Xullas do'stim, to'g'ri yashashni istasang Redpillga qo'shil, uyog'ini o'zing ko'rasan. #Mohitabon

RedPill💊... Ha. Boshida sizda ham ikkilanish bo'ladi. "Qanaqasiga online loyiha bo'la turib bunaqa natijalarga erishish mumkin. Bu fikrlar yolg'onmi. Qanday loyiha bu shu darajada kuchli fikrlar bildirishgan. Odamlarni 180° ga o'gartiradigan. O'sish, rivojlanish, o'z ustida ishlash uchun muhit yaratib beradigan qanday loyiha bo'ldi bu" deb o'zizga ko'p savol berasiz. Lekin bu muhitga, RedPillga qatnashib, mavsum tugagandan keyin o'zizga qoyil qolasiz, o'zizga rahmat aytasiz va menmi shu, bir kunda shuncha narsa qila olish mumkinmi, deb o'zizga savol bera boshlaysiz. Asosiysi vaqtni qadriga yetib, orzuyingiz tomon olg'a qadam tashlaysiz. Bitta mavzsum tugagandan keyin TONY CEO ga: " Keyingi mavsum qachon boshlanadi, sog'indim " deya ayta boshlaysiz. Biz bilan maqsadingizga tezroq erishasiz. ❤️‍🔥 #Sobirova Barno

Yaqinlarimga va eng yaqin qadrdonlarimga Redpill haqida soʻraganlarida aslida juda koʻp , toʻlib toshib gapirishim mumkin) Ammo asalni totib koʻrmagan,ta'mini bilmagan insonlarga ming xil soʻz bilan ta'riflamay baribir his qila olmasliklarini bilib,bir marta boʻlsa tatib koʻrishlarini maslahat bergan boʻlar edim. Mendagi oʻzgarishlarishlarni,energiyani his qilib ham juda qiziqib qolishadi,soʻrashadi,aytaman) Shuning uchun bir marta boʻlsa ham shunchaki Allohga tavakkul qilib qatnashib koʻring deyman,oʻzingiz koʻzingiz bilan koʻrib,his qilib,qanchalik hayotingizda ijobiy oʻzgarishlar boʻlganini sezasiz✨ Qatnashib koʻrgan yaqinlarim bunga ishonch hosil qilishgan😊🔥 Haqiqiy hayot tarzi🔥 Men bilan birga qayta va qayta ishtirok etib yuqori natijalar qilib kelishadi⚡ Oʻz Ukam ham men bilan🤍 Insha'Alloh bundan keyin ham yaqinlarim bilan birga ishtirok etishda davom etamiz🔥 #Gulhayo Davronova

Kurs haqida 🔥🚀
Bu loyihaga qo‘shilganimdan beri o‘zimda ancha katta o‘zgarishlarni sezdim. Avval ko‘p narsalarni boshlashga qo‘rqardim yoki qanday yo‘l tutishni bilmasdim. Loyiha davomida esa maqsad qo‘yish, o‘z ustimda ishlash va boshlagan ishimni oxirigacha yetkazish kerakligini tushundim. Eng yoqqan tomoni — bu yerda faqat nazariya emas, balki amaliyot va real tajribaga ham katta e’tibor beriladi. Ustoz, sizning bergan maslahatlaringiz va har bir mavzuni tushunarli tarzda yetkazishingiz menga juda katta motivatsiya bo‘ldi. Har bir darsdan keyin yangi bilim va yangi fikr bilan chiqyapman. RedPill orqali o‘zimga bo‘lgan ishonchim ham oshdi. Hali oldinda qiladigan ishlarim juda ko‘p, lekin shu RedPill menga to‘g‘ri yo‘nalish berdi. Ishonamanki, olgan bilimlarimni amalda qo‘llab, yaxshi natijalarga erishaman. Buning uchun sizga katta rahmat, Tony ! 🚀🔥

Baʼzan bizga nimadirni tasvirlab ber deyilsa, chunonam soʻz axtarib qolamizki, keyin bu holatni taʼriflab boʻlmaydigan' deymiz. RedPill loyihasi haqida yozmoqchiligimda ham qalamimiz ostidan qanot chiqarmoqchi soʻzlar nechun urinmaylik kamday tuyulyapti. RedPill bu – haqiqiy elitalar', maqsadiga erishishni chin dildan xohlaydigan va shuning uchun hatto budilnikdan oldin turib oladigan insonlar jamiyati. Oʻzining missiyalari bilan kun yakunida sizga "sense of accomplishment" beroladigan loyiha. Chunki 'bugun nimalar qiloldim oʻzi' deganingizda ularni koʻrsatib qoʻyuvchi, mana ular deb sizga koʻzgu tutuvchi, sizga toʻgʻri muhitni taʼminlab beradigan loyiha... 🔥 Loyiha davomida forest' ilovasidan foydalanib boshladik. Hozir oʻquvchilarimiz ham uni dars qilish jarayonlarida ishlatishyapti. Biz esa buni bizga bildirgan loyiha tashkilotchilariga kattadan-katta rahmat aytmoqchimiz. Shunday loyiha tashkil etganingiz uchun tashakkur ❤️‍🔥

Assalomu alaykum barchaga. Avgust oyi ham iyul oyidek zo'r o'tdi. O'z oldimda maqsadlar qo'yishni yana boshladim. Va intizomli bo'ldim. Bir ishni oxirigacha tugatolmaydigan, sabri yetmaydigan inson endi o'sha ishni tugatmaguncha shoshadigan insonga aylandi. Bir kunda faqat bitta ish qilsam bo'ldi emas. Bir daqiqasini ham bekor ketkazishni istamaydigan insonga aylandi. Avtobusda ketayotib insonlarga nazar soldim. hammani ko'zi telefonda: o'yin o'ynayapti, Instagram ko'ryapti, kino ko'ryapti va hokazo.... Menam RedPilldan oldin xuddi shu holatda edim. Lk RedPill bilan shu avtobusdagi vaqtim qaysi missiyalarni bajarsam bo'ladi deb o'ylab, yo zikr, yo podkast yokida kitob o'qib ketardim. O'zimga va RedPillga rahmat aytvordim. Boshqalardan vaqtdan unumli foydalanishim bilan ajratib qo'ydi 🥹❤️ RedPill jamoasi a'zolariga rahmat aytaman. Kelasi mavsumlarda ko'rishguncha deb qolaman❤️‍🔥 #Sobirova Barno

Oyni boshida kunlarim bir tekisda, maqsadsiz va zerikarli o'tayotgandi. Xuddi bir mo'jizani kutayotgandek edim. Qo'limdan hech narsa kelmaydigandek his qilayotgandim o'zimni. "Rivojlanishim uchun yaxshi muhit ber "deb duo qila boshladim. Kunlar o'tib. Ozodbek Nugmanov kanalida Redpillga qabul ochilishi haqida eshitishim bilan harakatni boshladim. Avvaliga loyihaga qo'shilish ilojsizdek tuyildi lekin shukur, amalladim. RedPillga qo'shilganimdan keyin kunlarim ancha barakali o'tishni boshladi. Avvalgi zerikishlar yo'q faqat harakat va kunlik rejalarni amalga oshirishga intilishni boshladim. Loyiha boshlanishidan oldin 2 ta kichik kursni tugatishni maqsad qilgandim lekin 5 ta kursni yakunladim. Xullas, avgust oyida bu muhitda o'ylaganimdan ko'proq foyda oldim. Endi oyni boshidagi Mohitabon bilan oxiridagisi ancha farq qiladi chunki shu 3 hafta ichida juda ko'p bilimga ega bo'ldim. Bu muhitga qo'shilishga meni yaxshiyam undadingiz Tony. Katta rahmat hammangizga❤️ #Mohitabon

Assalomu alaykum Redpill bilan Avgust oyi! Hayotimdagi eng samarali va haqiqiy yashash lazzatini his qilgan oy. Universitetga kirganimdan beri oʻzimda mas'uliyat tushib ketganday, darslarimni oʻz vaqtida bajara olmay, hayot tarzim butunlay buzilib ketgan edi. Yoz uchun oldimga koʻp maqsadlar qoʻygandim, lekin hayotimda ba'zi bir koʻngilsiz hodisalar boʻlganligi sababli oʻzimga kela olmay, oʻzimni yoʻqotib qoʻygan edim. Anchadan beri Tony CEO ning kanalini kuzatib yurardim va Redpill loyihasiga qatnashish rejam bor edi. Avgust uchun loyihaning 35-soni ochilganini eshitib , hursand boʻlib tezda tolov qilib qoʻshildim. Hayotimni tartiblash, haqiqiy hayotga qaytish uchun nimadir topganday boʻldim o'sha paytda. Avgust oyi ham boshlandi va loyihaga ham start berildi. Boshida hamma missiyaga moslashib, hammasini vaqtida bajarish ozgina qiyindek tuyildi. Lekin vaqt oʻtishi bilan har bir missiya hayot tarzimga aylanib bordi. Har bir missiyani bajarishdan zavq oladigan darajaga yetib keldim oxirida. Redpill nafaqat menga shaxsiy rivojlanishimda, darslarimni oʻz vaqtida bajarib tugallashimga , balki haqiqiy hayot tarzini yaratib unda yashashga, jismoniy rivojlanishim uchun eng zoʻr muhit yaratib bera olgan loyiha boʻldi.✅ Avgust oyi davomida SAT English kursimni yarmini muvaffaqqiyatli tugallashga, Rayxonim nomli diniy kursimdan ham ancha muncha narsani organib chiqishga, jismoniy mashqlarni, sogʻlom ovqatlanish va umumiy olganda soglom hayot tarzini yoʻlga qoʻya olishga ulgurdim✅ Bu loyihaning asoschisi Tony CEO va unga yordam bergan loyiha tashkilktchilariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman💓 Endi Redpill siz hayotim qanday boʻlarkin deb hafa ham boʻlyapman ich - ichimdan , haqiqiy muhitga moslashib qolgan ekanman🤍 Xudo xohlasa , nasib boʻlsa yana qayta va qayta ishtirok etaman💘 With a lot of respect #Abdulhamidova_Ruxsora🤩

Avgust. Yozning oxirgi 31 kuni. Xoʻsh qachon oʻzgarishni, yangi sogʻlom hayot tarzi,kun tartibini boshlab oʻz ustingda ishlab rivojlanishni boshlamoqchisan? Yozning 2/3 qismi ham oʻtib boʻldi, qolgan 1 qismidan samarali foydalanib qolib yangi oʻquv yiligacha new me ni yaratish niyating bormi yoki yana oʻsha tartibsiz kun tartibimi,nima yana uzogʻi 1 hafta yaxshi odatlar shakllantirib yana qolgan 2,3 hafta rejasiz yashisanmi?
Oʻzimga oʻzim shunaqa savollar berib, har kuni qanday qilib hayotimni yaxshi tarafga oʻzgartirish (aslida judayam yomon emasdiku-ya)) maʼlum bir kun tartibiga rioya qilib yashashni maqsad qilib yurgan kunlarimdan birida Redpill haqida oʻqib qoldim. 1 haftacha ikkilanib yurdim, qoʻshilsammi qoʻshilmasammi, ishonsam boʻladimi yoʻqmi deb, fikrlarni oʻqib, yaxshilab koʻzdan kechirib, oxirgi deadline kuni tavakkal qilib qoʻshildim. Va hozir bu uchun hech qachon afsuslanmiman! New me ni yaratdim va productive day rejimiga oʻtdim. Har kuni erta uygʻonaman, kardio mashq qilaman, sogʻlom nonushta, ertalabdan Pomodoro dars va kun oxirigacha foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlib,kechki payt kun xulosasini qilib,ertangi kunni rejasini ham birdan tuzib qoʻyaman. Ha aytgancha yangi doʻst ham topdim)... Xullas shunaqa gaplar,gapirsamku gap koʻp... Rahmat barchaga! #MadinabonuIsmoilova

Assalomu alaykum Men RedPill loyihasiga birinchi marta qatnashishim. Tuğrisi bunday muhitni hatto tasavvur ham qilmagandim. Anchagina tartib va intizomni yólga qóyib oldim. Darslarimda sezilarli ósish bóldi. Barcha vazifalarimni bajaryabman. Guruh bilan ishlaganda masulyat his qildik. Chunki men kam bal olsam boshqalar meni deb ortda qolishi mumkin va bu bizda masulyat hissini ham kuchaytirdi. Kópdan beri boshlolmay yurganim Sport bilan shuğillanyabman kamroq bólsam. Ichimdagi qandaydir bushliq tólgandek. Kun buyi tel kórib u bu qilub kech bólardi va qarardim darslar chala rejalarim yarmi ham bajarilmagan bólardi. Keyin ózimga vada berardim ertadan hammasi boshqacha bóladi hammasi rejadagidek bóladi lekin ertaga ham shu narsa takrorlanadi. RedPill bilan esa darslar ham ishlar ham reja asosida. Kechga barcha rejalar bajarilib uyquga yotish bu boshqacha hissiyot beradida odamga. Shu yozda avgust oyi men uchun ózgacha ótdi deyolaman. Qanchalik ózimdan mamnunligimni hatto tasvirlab berolmayman

Red Pill qoʻlimizdan kelmaydi, qilolmaymiz, imkoni yoʻq. Degan tushunchani oʻzgartirib yuboradi. 1-kundan tong saharlab uyg'onasiz. Ertalabda faqat o'zingizga vaqt ajratasiz. Kun davomida tugalmas energiyangiz boʻladi. Majburiyatni his qilasiz. Bugungi, ertangi kerak boʻlsa, 1 oylik vazifalaringiz tayyor. Ularni bajarishga mukammal muhit beradi. Nazorat qilinasiz. CEO'lar holingizdan xabar olishadi. Savollaringizga 24/7 javob berishadi. Shuncha sharoit bersa-yu, uzrsiz rivojlanishdan qolsangiz, qoyil qolaman lekin. RedPill sizni mukammal versiyangiz. #OzodbekQobiljonov

Oradan bir yil o‘tib, kimdir mendan natijalarimni ko‘rib: “RedPill nima o‘zi?” deb so‘rasa, men bu savolga shunchaki “intizom loyihasi” deb javob bermagan bo‘lardim. Chunki RedPill men uchun shunchaki loyiha bo‘lib qolmadi. Bu bir yil davomida o‘zimni ancha yaxshiroq tanidim, nimalarga qodir ekanimni bildim va eng asosiysi, intizom aslida qanchalik muhimligini tushundim. Albatta, hammasi ham oson bo‘lmagan. Ba’zida charchagan paytlarim, hech narsa qilishni xohlamagan kunlarim ham bo‘lgan. Lekin shunday paytlarda ham davom etish kerakligini o‘rgandim. Oldin ko‘p narsani kayfiyatimga qarab qilardim, hozir esa qilinishi kerak bo‘lgan ishni shunchaki qilish kerakligini tushunaman. Bu bir yil ichida kichik-katta yutuqlarim bo‘ldi. Semestrni yaxshi yakunladim, stipendiya imtihonida yutdim, oʻqishimni koʻchirdim va bunda RedPillning ham oʻrni katta. Lekin eng katta o‘zgarish natijalarda emas, o‘zimda bo‘ldi. Shuning uchun kimdir mendan “RedPill nima?” deb so‘rasa, men shunday derdim: “RedPill — bu shunchaki loyiha emas. Bu o‘zingga bergan va’dalaringni bajarishni, kayfiyating bo‘lmasa ham harakat qilishni va eng asosiysi, o‘zingni kechagidan yaxshiroq qilishni o‘rgatadigan joy. Bir yil oldingi o‘zimga qarab, bugungi o‘zimni ko‘rsam, yaxshiyam shu loyihaga qo‘shilgan ekanman” derdim❤️‍🔥

Redpillga qoʻshilganimdan buyon atrofimdagilar mendan qanday qilib hamma narsaga ulgurasiz deb koʻp soʻrashadi, endi bu sirni hammaga aytadigan payt keldi, Redpill bilan. - Redpill nima? Redpill bu intizomning amaliy shakli, insonni harakatga keltiruvchi doridek goʻyo, ha, chunki bu yerda shunday sistema borki, hohlasangiz ham toʼxtay olmaysiz. Redpillda siz oʻzingizni kuchli mindsetingizni, sogʻlom tanangizni, va tartibli kuningizni qurasiz. Insonni oʻziga qoyib bersa hech narsa qilmaydi, harakat uchun nazorat kerak, marhamat, redpillda sizni nazorat qiladigan va doim support qilib turadigan insonlarlar bor. Balki oʻylarsiz birodar, men bunday gaplarni koʻp eshitganman, qatnashib ham koʻrganman, foydasi boʻlmagan dersiz, ha bilaman, men ham nechtasida qatnashganman, lekin Redpillni ular bilan solishtirmang, bu yerda qatnashuvchilarning natijalari va loyiha haqida fikrlari gapiradi, marketing emas.

Red pillni bir so'z bilan taʼriflash kerak bo'lsa men aytardim — Red pill bu meni hayotimni tubdan o'zgartirgan loyiha 🔥 #Madina