cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Feedback

I'm Tony CEO. There are the comments about my personality and my "RedPill" here sent by subscribers. My main channel: @ceotony

Show more
Advertising posts
409
Subscribers
-324 hours
-97 days
-5630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
I’m going through another difficult phase of my life. If I can't pass, I'll be broke. It may take me a long time to get back up. Elites. Dears. I need your Dua. If you have seen any goodness from me, pray for me. Please🤲🙏
Show all...
8🔥 2👍 1
RPdan oldin Men doim oʻzimni toliqqan his qilardim, darsga ham, kursga ham ulgura olmasdim, bundan doim yuragim siqilib yurardim, jismoniy aktivligim ham past edi. Vaqtimni koʻpi bekorchi oʻtardi, asli tartibni yoqtirardim, lekin unga amal qilolmasdim, balki nazoratchi yoki team yoʻqligidandur. Hech narsaga ulgurmaganimdan doim asablarim tarang yurardi va kimnidur tanqid qilishga sarflanardi bu energiyam. Erta uygʻonish va erta uxlashga qiynalardim, kunlarim samarasiz oʻtganidan oʻzimdan havsalam pir boʻlardi doim. Oʻzimga boʻlgan ishonchim kam edi. RPdan keyin: 1-kuniyoq uxlab qolaman deb oʻyladim toʻgʻrisi, negadir budilnigim bitta jiringlashiga tetik uygʻondim, va oʻzimga hayron qoldim. Tonggi suv ichish va cardio mashqlar orqali men oʻzimni doimgidan yaxshi his qila boshladim. RP missiyalari juda zoʻr, men xohlagan, lekin topolmayotgan, yaratolmayotgan, amal qilolmayotgan intizomni menga berdi. Jismoniy va aqliy faollik, kunlik zikrlar, shaxsiyatini rivojlantiruvchi podcastlar, kunlik kitob mutolaasi, tonggi pomoslar hamma hammasi judayam aʼlo darajada rejalashtirilgan. Oʻz maqsadimga erishishda Intizomli boʻlish judayam muhimligini chuqur angladim. Bu challenge menga kuchli energiya, intizom, yaxshi jamoani taqdim etdi. Jamoaviy ishlash judayam yaxshi bunda ham oʻzing ham jamoang yuksaladi. Oʻzimga koʻp narsalar oldim, lekin ularni soʻz bilan yozolmadim toʼgʻrisi, menga koʻp narsa qoʻlimdan kelishini oʻrgatdi - RPX. Jamoa aʼzolarining hammasiga rahmat kattakon. #Madina
Show all...
🔥 3
Yuqoridagi 2 ta screenshot RP'dan oldingi va RP davomidagi pomolar soni. Hammasi ochiq koʻrinib turibdi. RP effekti bir qarashda seziladi. RPX komfort zonamdan chiqardi va diskomfortda oʻsishimni taʼminlab berdi. Hammasi ajoyib) Doimgidek RedPill oʻz taʼsirini koʻrsata oldi. Hammasi uchun Tony va Judge'lar jamoasiga tashakkur.
Show all...
🔥 6
Red Pill💊 Avvalgi Navruza, Hozirgi Navruza emas! Nega bunday sarlavha bilan boshladim eng avvalo shuni tushuntirsam. Buni bugun xis qildim. Harkungiday rejim bóyicha uygonib guruhga phone usage hamda uyg'onganligim isbotini tadhlash uchun guruhga kirsam bugun uchun missiyalar ózgacha. Qaytib uhlavorish hayoli keldi "ha bularni Kun davomida qilsa bólar ekanku" Deb. Lekin compassi to'g'irlangan, óz hayotini óz qóliga olgan, loser bólishni emas winner bólishni tanlagan Navruza uchun bu narsa qabul qilib bólmas holat bóldi va nazoratsiz ham kunlik missiyalarini bajardi.  Tóg'ri hozircha red pill ta'sirida motiv bilan turgandirman lekin eski holatimga qaytmasligim aniq buni men ózim bilan kelishib oldim. Red pill hayotimni 180° ózgartirib, potensialimni ózim óylaganimdanda kóproq narsaga yetishini ochib bergan loyiha bóldi. Red pill har tomonlama kólamni qoplab olgan aynan bir narsa emas. Hammasi puxta óylangan. Oldinlari ham 5-6 soat qilar lek gym bilan shugullanmas yoki boshqa tomonlarda oqsash doimiy shoshilib harakatlanish bólardi. Deyarli 15 Kundan beri hammasi ózgardi. Va bu meni hayot tarzimga aylandi. Mana shu 15 Kun ichida reading hamda listening skillimni 1 pog'ona kótarishga, gym va healthy diet orqali BMI kórsatkichimni normaga keltirishga erishdim. Social Media detox va men bunga body detox qóshib qilishim charchoq, diqqat jamlolmaslikni tag tugi bilan yóq qildi desam ham bóladi. Red pill nafaqat ózim uchun balki jamoa uchun ham harakat qilishni órgatdi. Bazida qórquv g'olib kelib, men sababli guruhdoshlarim zarar kórmasin deya bor kuchim bilan amallab barcha topshiriqlarni tóliq qilgan kunlarim bóldi. Umuman jamoamizga gap yóq hammasi Juda ajoyib yigit qizlar. Barchasiga xavasim keldi. Endi,sóz navbati Dil izhorlarimga: Red pill asoschisi Tony Ceo hamda nazoratchilarimiz Riga va Berlin Ceo larga kattakon rahmat. Juda ajoyib tizim tashkillagansizlar. Kimlarnidir hayoti ózgarishiga,ózini, maqsadlarini qayta topishiga kómakdosh bólyapsizlar. Alloh rozi bólsin sizlardan! #Navruza
Show all...
🔥 5
Deyarli ikki oy davomida RP da qatnashyapman. Foydali tomonlari ko'p. Eng yoqqani ertalab tongda turish va suv ichish missiyasi bo'ldi. Chunki kech ishlar sabab kech uhlaganim uchun ertalab sahar turish deyarli imkonsizdek tuyulib bo'lgandi. Ammo RP sabab ertalab 03:30 dan kech soat 23:00 gacha faol tarzda yashash mumkinligini tushundim va uddalay oldim. Podcast va kitoblar uchun yoziladigan hulosalar ham ajoyib tanlov bo'lgan. Kitoblarni tanlab o'qiyman. Avval kitoblar tugagandan keyin hulosa yozardim. Kunlik yozgani erinar edim. Ammo kunlik yozilganini yozish orqali ko'proq foyda olinar ekan. (Vaqt ko'p ketgani sababli keyingi safar vaqtga arzirli kitob tanlash odati ham yanada shakllanar ekan) Ba'zida ishim sabab missiyalarni bajarishga qiynaldim. (9-10 soat ishda bo'laman) Ammo jamoani natijasiga ta'sir qilmaslik uchun bor energiyani to'plab harakat qilishga majbur bo'ldim. Teldan nimadir ko'rguncha bitta pomos foydali deb kitob o'qidim yoki dars qildim. Loyiha uchun rahmat Ozodbek. Nazoratchilar ham har biri alohida e'tirofga loyiq. Riga va Berlin ga perfect. Tokyo tugamaydigan energiya. To'xtatib bolmas mashina. Ozodbek bundan keyin ham yangi loyihalarda "Lokomativ" bo'lish nasib etsin. Davomiy bo'lsin. Ota-onangizdan Olloh rozi bo'lsin. Jamoaga rahmat. Ozmi ko'pmi tanish orttirdim. RPillsiz kun yoqimsizdek ham tuyulyapti. Ammo hech narsa abadiy emas. Erishgan natijalarimizdan motivatsiya olib, avval uddaladikmi bundan keyin ham uddalay olamiz deb kelgan joyidan davom etaveramiz. #Mirzoxid
Show all...
🔥 3
Redpill proyektiga qoʻshilishimdan oldin juda koʻp oʻylanganman. Proyektga emas oʻzimga shubha qilganman. Lekin baribir qoʻshildim. Toʻgʻrisini aytsam, Redpilldan avval Dushanba yoki oyning boshini kutardim (perfeksionist boʻlganim sababli butun oy yoki haftani mukammal qilaman derdim). Lekin planlar notoʻgʻri ketib qolib Payshanbaga borib shu hafta tezroq tugasaydi der edim . Bilmadim, agar Alloh Redpillga duch keltirmaganda yana qancha Mondays va 1st date of monthlar shunchaki yoʻq boʻlar edi. Sogʻligimda, uyqum sifatida katta oʻzgarishlar boʻldi. Podcastlarni zerikarli deb hisoblardim , proyektni boshida zoʻrgʻa majburan eshitardim , lekin bora bora bu podkastlar ham juda qiziqarli va foydali ekanligini tushundim. 2 hafta ichida 2 oyni yashagandek boʻldim 😊 Tony , Tokyo va jamoadoshlarga katta rahmat 💫 ✌️🔥 Support uchun , discomfort va super team uchun #Sevinch
Show all...
5
RP haqida oldin ham eshitganman toʻgʻrisini aytsam oʻylaganimdan ham foydali proyekt ekan🔥Oldin ham kurslarga proyektlarga qatnashganman. Yoki nazariy boʻlgan yoki bu qadar 5 jabhani qamrab olmagan. Qatnashgan proyektlarim ichida eng zoʻrlaridan boʻldi Alhmadulillah yaxshi ham qatnashgan ekanman. Natijalarga kelsak kunim tartiblangan. Oldin rejalarim bunaqa mukammal boʻlmagan yani har sohani qamrab olmagandi. kunlik reja tuzishim un namuna boʻldi. 1kun davomida shuncha narsani qilish imkoniyatim borligini angladim. Yangi skillar bn tanishdim. umuman fikrlash tarzim kengaydi oldin faqat darslarim yoki boshqa 1 2ta mavzular bb qolgandi. GYM ham jismoniy ham ruhiy energiyamni oshirdi. oldin ham shugullanib turardim ln qiziqarli boʻlmasdi. tashlab berilgan videolardagi mashqlar esa qiziqarli. Podcast mavzulari esa prosta vauv. Oldin koʻrmagan ln har bir inson un foydali mavzular boʻldi. Gruppavoy ishlash, ballash tizimi, telefondan chegaraviy foydalanish ham juda foydali boʻldi. Hammasi un Minnatdorman❤️ Yana davom ettirishni xohlardim💥🥲 #Sanobar
Show all...
🔥 4
Redpill loyihasi shu paytgacha ko’rgan va foyda olgan loyihalarimning eng zo’ri desam yolg’on bo’lmaydi. Aql xushim joyiga kelgandan berin yenga olmagan dangasalik va uyquga o’chlikni shu loyiha sababli yengdim. Fikrlashimda , hayot tarzimda juda ko’p ijobiy o’zgarishlarni sezdim. Anchadan berin boshlashni hohlagan lekin qandaydir ikkilanishlar tufayli boshlanmagan rejalarni amalga oshirdim. Ko’p loyihalarda qatnashganman lekin hammasidan bir pasda zerikardim lekin bu loyihadan faqatgina energiya oldim. Redpill loyihasi asoschisiga va barcha ijodkorlariga kattakon rahmat. Redpill nafaqat yurtimiz miqyosidagi balki butun dunyo miqyosida rivojlangan loyihalardan biri bo’lishini tilayman va bunga ishonaman. @tokyoceo_redpill har qanday vaziyatda bizni guruh bilan bo’lib ruhlantirib turganingiz va vaqtingizni biz uchun ayamaganingiz uchun rahmat❤️ #Niginabonu
Show all...
🔥 5 2
RedPill tizimi mening hayotimning asosiy poydevori bolib xizmat qilishiga yana bir karra amin bo'ldim.Nega desangiz bu tizim orqali nafaqat bilimimizni,balki amallarimizni oziga xos tarzda tartiblashtirishni organdim. Va shuni aytishim kerakki ,Bu tizim albatta O'zbekiston yoshlariga ,deyarli butun O'zbekiston rivojlanish tizimiga katta ta'sir o'tkaza oladi .Men bunga ishonaman va qo'llab quvvatlashda davom etaman.Yoyaman.Targ'ib qilaman.Chunki arziydigan ilmingizni ulashsangiz,kimgadir manfaatli bo'lsa buni ko'rmoqlik ,osha olgan ilmingizga munosib bo'lmoqlik totli boladi va men bundan faxrlanaman. Kelajakda qanchadir vaqtdan keyin men Ozim shu yolda bosib otgan yolim orqali ularga ham ta'sir qilishim,ilhomlantirishim ,kelajak avlodni tortishim kerak. Bu uchun esa avvalo ozim munosib bolishim kerak. Bu tizim menga foyda berdimi ,bu ilmni oldimmi ,bajarishim kerak,agar bajarmasam,uning mas'uliyatini uddalamagan bo'laman. Kelajakda yaxshi natijaga erishmasam ,ularga ornak bola olmayman,bu esa ulasha olmasligimga olib kelishi mumkin ekan,men davom etaman.Hamisha davom etaman.Consistency saqlayman.Saqlashga doim harakatdaman. Va shuni aytib qoyayki,missiyalarim, kunlik rejalarim bajarilmas ekan ,menga shirin uyqu mumkin emas! Doim harakatdaman! Va ishonchingiz uchun rahmat ,albatta oqlashga intilaman🫰🫰🫰 #Raykhona_oquvchingizdan_samimiy_rahmat
Show all...
3🔥 3
RPXni ham tugatdim... Hayotingda eng dabdala vaziyating, eng cho'kkan payting Allohdan yo'l so'rab-so'rab yurgan paytlaring Allohning belgi berishini xis qilgan oningda bir kanalni ko'rasan. Unda yozilganlar seni miyangga tepadi. Debilsan deydi, Luzersan deydi. Tan olasan, boshidan o'qib chiqasan kanalni. O'zingni ancha qo'lga ola boshlaysan. Keyin shu kanalda RedPill' degan loyihani ko'rasan. 2 ta bosqichni o'tkazib yuborasan o'ylanib. Va oxiri qo'shilasan. Ayni vaqtida. Qo'shilishdan oldin sen luzer, hammani ayblagan, hayotdan hafa, o'qishi dabdalalashayotgan, oilasidan ham hafani yoqib olgan inson eding. Hammasiga hammani ayblading. RedPill' yuzingga shapaloq urdi: jismoniy jihatingdan tortib mental tomoninggacha tuzatishni bo'yningga qo'ydi: eplasang ana, eplamasang katta ko'cha dedi. Boshida qo'rqding, siqilding. No bir kirishib oldingki, hozir xoxlasang ham(umuman xoxlamayman aslida.)bu tizimdan chiqa olmaysan. Chiqmaysan ham. Bu o'zingga berilgan va'da. 2 oy bo'libdi mana. Hozir o'zingga va fevral-martdagi o'zingga boqasan va RedPill'ni berganiga hamd aytasan... O'sha gap: hali Marsga uchmagandirman, hali dunyo kezmagandirman, lekin minglab luzerlar ichidamasman. Hayotim tartibli, kunimda nimanidir o'rganyabman. Hayotimda mas'uliyatni oldim o'zimga. Networking orqali olov insonlar bilan tanishdim va ular bilan rivojlanyabman. Eng asosiysi, men o'zimni angladim. Hamma ayb mendaligini tan oldim va shuni ustida ishlay boshladim. RedPill' meni maktabim bo'ldi. Hayot maktabim❤️❤️❤️
Show all...
🔥 6
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.