cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Elchi (Mahdiy)

𝐕𝐚𝐪𝐭 𝐛𝐮 𝐊𝐚𝐥𝐢𝐭 𝐯𝐚 𝐮 𝐘𝐮𝐳𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐌𝐮𝐭𝐥𝐚𝐪𝐨 𝐨𝐜𝐡𝐚𝐨𝐥𝐚𝐝𝐢 ©𝐄𝐥𝐜𝐡𝐢

Show more
Uzbekistan47 223Uzbek29 446The category is not specified
Advertising posts
265
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Sulton Muhammad fotih ning Istanbul fathida kiygan dubug'asi
Show all...
​​#Turon_tarixi SHAYBONIYXON O‘LIMI Shayboniyxon Movarounnahrda eng ko‘p qarshilik va qiyinchilik bilan olgan hududi bu Xorazm hisoblanadi. 1504-yilda Shayboniyxon Buxorodan Xorazmga yurish boshladi. Oʻn oy davom etgan qattiq va shiddatli qamaldan keyin 1505-yilning avgust oyida Urganch egalladi. O‘shanda Xorazm Shayxlari Shayboniyxonga "Xorazmni egallading endi uning janubiga yaqin kelma, aks holda ajaling shu yerlarda bitilgan" degan Bashoratomuz gap aytishadi. Ammo Shayboniyxon hargalgidek g‘alabalaridan mast edi. 1506-yil 5-may kuni Xurosonning yakka hukmdori Husayn Bayqaro ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi. Taxt uchun Bayqaroning ikki oʻgʻli Badiuzamon bilan Muzaffar Mirzo jon olib, jon berib kurashdi. Natijada mamlakat parokandalikka yuz tutdi. Oʻsha yilning kuzida Shayboniyxon otining boshini Hirot sari burdi. Maʼlumotlarga koʻra, uning lashkari 200 ming atrofida boʻlgan. 1507-yil may oyining boshlarida Shayboniyxon Hirotni ishgʻol qiladi. 20-may kuni Jome masjidida Shayboniyxon nomiga xutba oʻqildi. U Movarounnahr va Xurosonning yagona hukmdori deb eʼlon qilindi.  Shayboniyxon saltanatining sarhadlarini sohibqiron Amir Temur zabt etgan yerlarni tasarrufiga kiritishni orzu qilardi. Bu vaqtda Xurosonning yarmi, Iroq, Ozarbayjon Shoh Ismoil Safaviy qoʻl ostida edi. Ismoil shialar sardori, takabbur, ayyor, oʻtaketgan mutaassib bir shaxs boʻlgan. U sunniylarni oʻzicha gʻayridin deb sanar, shia mazhabiga til tekkizganlarni ayovsiz qatli om qilishdan qaytmasdi. Maʼlumotlarga koʻra, Shoh Ismoil Hirotni olganida shahar shayxulislomi Sayfuddin Ahmadni huzuriga chorlaydi. U shayxulislomga jamoat oldida sunniylarni laʼnatlab, shialarni olqishlashni buyuradi. Shayx buni rad etadi. Shunda Shoh Ismoil shayxni daraxtga bogʻlab, oʻt qoʻydiradi. Safaviylar va Shayboniylar necha yildirki, oʻzaro qattol raqiblar edi. Shoh Ismoil shialik tariqatini tarqatish maqsadida Movarounnahr hududiga hujum qilib turardi. Shayboniyxon esa “qizilbosh”larni rasuli akramni malomat qilganini kechirolmaydi. U Imomi zamon, xalifa-ul rahmon sifatida sunniylar sharafini oqlashni oʻziga farz deb sanaydi. Shoh Ismoil puxta harbiy tayyorgarlik koʻrib olish uchun urushni ortga surishga harakat qiladi. Shu niyatda u Shayboniyxonga sulh taklif qildi. Elchilar Shayboniyxonga Shoh Ismoilning maktubini topshirishadi. Maktubda shunday yozilgan edi: “Koʻp zamonlardan beri oʻrtadagi ahdnomaga amal qilib, yaxshi qoʻshnichilik rasmini ado etib keldik. Koʻngildagi kelishmovchilik chang-gʻubori koʻtarildi. Ikkala tarafda gina-kudurat qolmadi. Magar siz tarafdan otaliq qoidasi muvofiq koʻrilsa, biz tomondan ham farzandlik yoʻrigʻi bajo keltirilgay, inshoolloh”. Shayboniyxon Shoh Ismoilning makkorligini xoʻb bilardi. Xon javob xati yozib elchilar qoʻliga tutqazadi. Unda shunday yozilgan edi: “Sen oʻzingni kimga tenglashtirmoqchi boʻlgansan? Sen kimu men kim, oʻylab koʻr! Men Chingiziylar  avlodidanman. Sulton Abulxayirxon nabirasiman. Har bir kishi otasining hunarini qilishi kerak. Otang kim edi, bilarsan. Darveshlar darveshi, qalandar! Esingdan chiqqan ersa, ota kasbini davom ettir, deb senga uch narsa yubordim. Qashkul, aso, janda. Hali ham kech emas, bidʼatdan yuz oʻgir, Haq Mustafo yoʻliga kir, shunda tangrim gunohlaringni kechirgay, Alloh akbar!” Xalqda “achchiq danak ekib, shirin meva kutma”, degan maqol bor. Tez orada Shayboniyxonning yozgan xatiga javob keldi. “Har bir oʻgʻil otasining hunarini qilishi kerak deb yozipsan. Unday boʻlsa, Odam alayhissalomning hamma avlodlari paygʻambar boʻlishi kerak edi. Valekin, Alloh Taolo suygan bandalarini nabiy qilib tanladi. Sen Chingiziyman, deb kerilma. Xon naslidan boʻlsang-da, qilichimizning kuchini urush maydonida sinashamiz. Oyogʻim oʻzangida. Senga duk bilan charx yubordim. Hadding sigʻsa, qarshimga chiq, chiqa olmasang, charxni yigirib oʻtiraver”. DAVOMI BOR...
Show all...
👍 1
Memati rost aytgan Shunaqa gaplar
Show all...
😢 1
Turkiy xalqlarning kelib chiqishi bo’yicha “Alan Quva” to’g’risidagi afsona ham diqqatga sazovordir. Bunda Alan Quva nomli ayol turklarning eng katta onasi sifatida tasvirlangan. Bunda aytilishicha, Alan Quva juda aqlli, tadbirkor, mehribon ayol sifatida tasvirlangan. Mazkur afsonada barcha turk qavmlari Alan Quva farzandlari deyilgan. Qadimgi turkiy xalqlarning umumiy yodgorligi bo’lgan “O’g’iznoma”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar ham mavjud. Bu dostonlarda aks ettirilgan voqyealarning ko’pchiligi miloddan oldingi davrlarda bo’lib o’tgan. Bizga grek tarixchilarining asarlaridan yetib kelgan “To’maris”, “Shiroq” nomli afsonalar ham barcha turkiy xalqlarning madaniy yodgorligi bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qadimiy turkiy xalqlar Eron tili guruhiga mansub xalqlar bilan yonma–yon yashagan. Tarixiy taraqqiyot natijasida ular bilan qo’shilib, aralashib ketgan turkiy qavmlar ham bor. Bu holat ko’proq o’zbeklarda ko’zga tashlanadi. Qadimgi Xorazm hududida paydo bo’lgan zardushtiylik dini bilan bog’liq bo’lgan afsona va rivoyatlar ham bevosita turkiy xalqlarning qadimgi o’tmishiga aloqadordir. Ayniqsa, bu dinning muqaddas kitobi bo’lgan “Avesto”dan bizgacha yetib kelgan parchalar madaniyatimiz tarixi juda boy va rang – barang bo’lganidan darak beradi. Zarina, Rustam, Siyovush haqidagi afsonalar ham turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. Qadimgi qipchoqlarning ham o’ziga xos madaniyati va folklori bo’lgan. Bu borada ham hozir katta tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yevro–Osiyo materigining juda katta hududida ko’chmanchi chorvador bo’lib yashagan qadimgi qipchoq madaniyati hozirgacha fanga noma’lum bo’lib keldi. Shuning uchun uning ko’plab obidalari o’z tadqiqotchilarini kutib yotibdi. Bu sohada I.Stebleva, N.Gumilyov, Adjumurod kabi olimlarning dastlabki ilmiy kitoblar e’lon qilindi.
Show all...
🔥 1
𝐌𝐔𝐇𝐀𝐌𝐌𝐀𝐃 𝐈𝐁𝐍 𝐃𝐎𝐔𝐃 𝐀𝐋𝐏 𝐀𝐑𝐒𝐋𝐎𝐍 (𝐽𝑎𝑠𝑢𝑟 𝑠ℎ𝑒𝑟) 𝐁𝐮𝐲𝐮𝐤 𝐬𝐚𝐥𝐣𝐮𝐪𝐢𝐲𝐥𝐚𝐫 imperiyasining ikkinchi hukmdori Alp-Arslon tarixda juda muhim rol o'ynadi. Uning avlodi Mehmed Fatix Konstantinopolni egallashidan 400 yil oldin, Alp Arslon  𝒃𝒊𝒓𝒊𝒏𝒄𝒉𝒊 𝒃𝒐'𝒍𝒊𝒃 𝑮'𝒂𝒓𝒃 𝒅𝒖𝒏𝒚𝒐𝒔𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒒𝒖𝒅𝒓𝒂𝒕𝒊 𝒃𝒖𝒛𝒊𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊 𝒎𝒖𝒎𝒌𝒊𝒏𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊 butun dunyoga ko'rsatgan. 1071 𝐘𝐢𝐥𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚𝐧𝐳𝐢𝐤𝐞𝐫𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 jangda, Vizantiya imperatori Rim IV Diogenning mag'lubiyati va qo'lga olinishi turklarning milliy o'ziga xosligi va g'ururi uchun alohida ahamiyatga ega voqeaga aylanadi. 𝐊𝐞𝐲𝐧𝐜𝐡𝐚𝐥𝐢𝐤 turk knyazliklarining ko'plab zodagon oilalari Alp-Arslon aynan ularga tegishli ekanligi haqida bahslasha boshladilar.  Aynan shu jangdan keyin Turkiyaning Anatoliyani bosib olishi boshlandi, keyinchalik bu hudud 𝒃𝒖𝒚𝒖𝒌 𝑼𝒔𝒎𝒐𝒏𝒍𝒊 𝒊𝒎𝒑𝒆𝒓𝒊𝒚𝒂𝒔𝒊 𝒗𝒖𝒋𝒖𝒅𝒈𝒂 𝒌𝒆𝒍𝒊𝒔𝒉𝒊𝒅𝒂 𝒂𝒔𝒐𝒔 𝒃𝒐'𝒍𝒅𝒊
Show all...
🔥 1
#огоҳлик 💻 Iqror manzili: Sodiq Samarqandiyga ishonganlar manqurtga aylanib qolgan ©️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 🔗 Улашинг: @Xojiota_jomeMasjidi
Show all...
Аль-Худжурат 49:12 يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱجْتَنِبُوا۟ كَثِيرًا مِّنَ ٱلظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ ٱلظَّنِّ إِثْمٌۖ وَلَا تَجَسَّسُوا۟ وَلَا يَغْتَب بَّعْضُكُم بَعْضًاۚ أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَن يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَۚ إِنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ رَّحِيمٌ Uzbek - Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Эй иймон келтирганлар! Кўп гумонлардан четда бўлинглар, чунки баъзи гумонлар гуноҳдир. Жосуслик қилманглар. Баъзиларингиз баъзиларингизни ғийбат қилманглар. Сизлардан бирорталарингиз ўзининг ўлган биродарининг гўштини ейишни яхши кўрадими? Ҳа, ёмон кўрасизлар. Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта, Аллоҳ тавбани кўп қабул қилувчи ва раҳмлидир. (Маълумки, кимнинг ўйига бадгумонлик ўрнашса, у одам ўша гумонини тасдиқлаш учун ҳужжат ва далил қидира бошлайди. Натижада гумон остидаги одамнинг ўзига билдирмасдан, айбини ахтаришга тушади. Буни эса, жосуслик, дейдилар. Одатда, жосуслик деб бировга ёмонлик етказиш ниятида айбларини ва заиф жойларини ўзига билдирмай яширинча ахтаришга айтилади. Бу иш ҳам катта гуноҳлардандир. Чин мусулмон кишининг қалби бу каби жирканч одатлардан пок бўлмоғи зарур.)
Show all...
🔥 1
2🔥 2👍 1
📌📌
O'rganish bu o'zgarishdir, o'zgarmadingmi demak o'rganmabsan.
📌📌
Show all...
#Ислом_тарихи_қомуси “Ҳилфул фузул” – фазилатли кишилар иттифоқи. Ҳижрий ҳисоб: ҳижратдан 33 йил муқаддам Қамарий ой: Зулқаъда Милодий ҳисоб: 591 йил Воқеа тафсилоти: “Ҳилфул фузул”нинг тузилиши ҳаром ойга тўғри келди. Унга Қурайш қабиласи таркибидаги Бану Ҳошим, Бану Мутталиб, Асад ибн Абдулуззо, Зуҳра ибн Килоб, Тайм ибн Мурра уруғлари аъзо бўлиб кирди. Улар ораларидаги энг ёши улуғ ва обрўли бўлган Абдуллоҳ ибн Жудъон Ат-Таймийнинг уйида тўпланиб, “Маккада унинг аҳлидан бўладими, ташқаридан келган бўладими, қандай мазлум бўлса, унга ёрдам бериш, унга зулм қилган кишига қарши туриш ва золимдан ҳаққини олиб бериш”га аҳдлашишди. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам бу ташкилотга аъзо бўлиб кирган ва кейинчалик уни шундай эслаган эдилар: “Абдуллоҳ ибн Жудъоннинг уйида шундай бир иттифоққа кирдимки, қизил туяларим бўлиши ҳам менга бунчалик суюкли эмас. Агар Исломда ҳам шунга (шундай иттифоққа аъзо бўлишга) чақирилсам, иккиланмай жавоб берардим”. (1) Бу иттифоқ жоҳилият давридаги қабилавий тарафкашлик руҳига зид, мазлум ким бўлса ҳам унга ёрдам бериш, золим кимлардан бўлса ҳам уни тийиб қўйиш иттифоқнинг асосий мақсади эди. Иттифоқнинг тузилишига сабаб бўлган воқеа: Зубайд қабиласидан бўлган бир киши Маккага ўз маҳсулоти билан келиб, уни Ос ибн Воил Ас-Сайҳмийга сотди. Аммо Ос молнинг пулини бермади. Шунда зубайдий Оснинг яқинлари бўлган Абдуддор, Махзум, Жумаҳ, Саҳм, Адий уруғларидан ҳаққини олиб беришда ёрдам сўради, лекин бундан наф чиқмади. Чорасиз қолган киши Макканинг бир четидаги Абу Қубайс тоғига кўтарилди-да, ўзининг зулмга учраганини баланд овозда шеър қилиб айта бошлади. Шу вақт яқин орадан Зубайр ибн Абдулмутталиб (Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг амакиси) ўтиб қолди ва унинг гапини эшитиб, “Бу одамни ташлаб қўйиб бўлмайди”, деди. Шу билан унга ҳамфикр, ҳаммаслак кишилар бир жойга йиғилиб, “Ҳилфул фузул” номи билан танилган иттифоққа асос солишди. Уларнинг биринчи қилган иши ўша масжлисдан туриб, Ос ибн Воилнинг олдига бориш ва ундан зубайдийнинг ҳаққини олиб бериш бўлди. Бу иттифоққа “Ҳилфул фузул” номи берилишига сабаб тарихда шунга ўхшаш бир уюшма бўлганлиги эди. Бир вақтлар Маккани бошқарган Журҳум қабиласига мансуб уч киши – Фазл ибн Фазола, Фазл ибн Вадоа ва Фазл ибн Ҳорис айни мақсадни кўзлаган иттифоққа асос солган. Қурайшликларнинг бу иши ўша, барчасининг исми Фазл бўлган журҳумликларнинг амалига ўхшаш бўлгани учун янги ташкилот ҳам “Ҳилфул фузул” (“Фазллар, фазилатли кишилар иттифоқи”) деб аталди. ____ (1) Ибн Ҳишом, “Сийра”, 1/133.
Show all...