en
Feedback
Uysot.uz

Uysot.uz

Open in Telegram

Uysot.uz - onlayn uylar bozori + 6 000 kvartiralar + Eng foydali va aktual ma'lumotlar UYSOT - uy topish oson! https://uysot.uz/uz

Show more
3 255
Subscribers
-924 hours
-267 days
-11130 days
Posts Archive
Endi siz novostroykadan rassrochkaga uy ololmaysiz Prezidentimizning yangi qaroriga muvofiq Ko'chmas mulkni bo'lib to'lash asosida xarid qilish butunlay taqiqlanadi. Yangi qoidalarga ko‘ra, nasiya savdo faqat 12 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Xarid qilinayotgan narsaning narxi esa bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravaridan oshmasligi kerak. 1-sentyabrdan boshlab bu chegaraning maksimal miqdori 110 mln so‘mni tashkil etadi.
Bu videoni hoziroq novostroykadan uy xarid qilmoqchi bo'lgan tanishingizga yuborib qo'ying.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

Siz kelgusida uyni qaysi usulda sotib olmoqchisiz (yoki olgansiz)?
Anonymous voting

🏗 Toshkentdagi 24 ta novostroyka narxlari. Yangi uy izlayotganlar uchun Toshkentdagi eng sara 24 ta turar-joy majmuasi narxlari tahlil qilindi. Farqlar juda katta:
📍 Toshkent shahri: Resim Tashkent TJM (Yashnobod) — 26 450 000 so‘m/m² Terminal TJM (Mirobod) — 17 500 000 so‘m/m² Mehribon TJM (Yunusobod) — 15 000 000 so‘m/m² Jomiy Residence TJM (Olmazor) — 15 000 000 so‘m/m² Shirin TJM (Olmazor) — 14 500 000 so‘m/m² Avalon Residence TJM (Yashnobod) — 14 400 000 so‘m/m² Mirobod Residence TJM (Mirobod) — 13 775 000 so‘m/m² Fayzli Hayot TJM (Bektemir) — 12 500 000 so‘m/m² Twins TJM (Sergeli) — 12 500 000 so‘m/m² Do‘mbirobod Tower TJM (Chilonzor) — 11 700 000 so‘m/m² Bektemir Residence TJM (Bektemir) — 11 346 000 so‘m/m² Bunyodobod TJM (Sergeli) — $1 010 / m² 📍 Toshkent viloyati: Kelajak Residence TJM (Yuqori Chirchiq) — 16 550 000 so‘m/m² Yaqinlar TJM (Toshkent tumani/Olmazor yo‘nalishi) — 13 000 000 so‘m/m² Islomobod TJM (Toshkent tumani) — 10 500 000 so‘m/m² Qibray Residence TJM (Qibray) — 10 000 000 so‘m/m² Yangi Hayot TJM (Bo‘ka) — 10 000 000 so‘m/m² Makon Residence TJM (Zangiota) — 9 400 000 so‘m/m² Piskent City TJM (Piskent) — 8 500 000 so‘m/m² Orifon TJM (Bo‘stonliq) — 8 000 000 so‘m/m² Royal House TJM (Olmaliq) — 7 900 000 so‘m/m² Yangi Bozor Residence TJM (Yuqori Chirchiq) — 7 800 000 so‘m/m² Chinara Park TJM (Chirchiq) — 7 150 000 so‘m/m² Turon TJM (Bekobod) — 6 000 000 so‘m/m²
Byudjetingizga mos variantni topishda adashib qolmaslik uchun barcha 24 ta obyektning to‘liq ro‘yxati, tumanlar kesimidagi taqsimoti va tanlash sirlari maqolamizda👇 🔗 MAQOLA MAQOLA MAQOLA MAQOLA Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🇦🇪 Dubayda dunyodagi ilk 360 gradusda aylanuvchi osmono‘par bino qurilmoqda! Uydan chiqmagan holda bir kunning o‘zida ham s
🇦🇪 Dubayda dunyodagi ilk 360 gradusda aylanuvchi osmono‘par bino qurilmoqda! Uydan chiqmagan holda bir kunning o‘zida ham shahar markazini, ham dengiz manzarasini tomosha qilishni xohlarmidingiz? 💎 "Dynamic Tower" deb nomlangan bu g‘aroyib turar-joy minorasining asosiy siri shundaki, uning har bir qavati o‘z o‘qi atrofida mustaqil ravishda sekin aylanadi. ☀️ Bino o‘zini to‘liq muqobil energiya (quyosh va shamol turbinalari) yordamida elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. 🏗 Har bir qavat alohida yig‘ilib, joyiga o‘rnatilgani uchun qurilish jarayoni ham an’anaviy binolarga qaraganda tezroq kechadi.
💡 Dunyo ko‘chmas mulk bozoridagi eng hayratlanarli yangiliklar va trendlarni biz bilan kuzatib boring.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🎨❌Tarixiy uyni sotib olib, o‘zboshimchalik bilan bo‘yash mumkin emas. 🇮🇹Italiyaning Venetsiya yoki Florensiya kabi qadimiy shaharlarida eski uy xarid qilsangiz, istagan rangga bo‘yash yoki tashqi ko‘rinishini o‘zingiz xohlagandek o‘zgartirish qo‘lingizdan kelmaydi. Gap shundaki, shaharning yuzlab yillik tarixiy qiyofasini saqlab qolish uchun qat’iy davlat qonunlari amal qiladi. Hatto oddiy fasadni yangilash yoki deraza ramkalarini almashtirish uchun ham maxsus madaniy meros idoralaridan rasmiy ruxsat olish majburiy. Agar ruxsatsiz o‘zgarish qilinsa, juda katta miqdorda jarima to‘lashga yoki binoni avvalgi holatiga qaytarishga to‘g‘ri keladi.
💡Ko‘chmas mulk olamidagi eng qiziqarli yangiliklar va foydali maslahatlarni biz bilan kuzatib boring:
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🏢 Kvartira tanlayotganda ko‘pchilik e’tibor bermaydigan, lekin keyin qimmatga tushadigan 3 ta muammo. Xarid qilishdan oldin siz ham shu xatolarga yo'l qo'yganmisiz? 1. "Quyosh tushmaydigan" xonadonlar. Qishda uyingiz doim qorong‘i, nam va sovug‘roq bo‘lmasligi uchun, uy tanlayotganda derazalar qaysi tarafga qaraganiga e’tib bering. Kommunal to‘lovlar (isitish) qish faslida kutilganidan baland kelishi aniq. Oynadan tushadigan quyosh nuri bu nafaqat yorug‘lik, balki qishdagi tabiiy issiqlik hamdir. 2. Ovoz o‘tkazmaydigan devorlar (Shovqin muammosi) Hozir ko‘plab monolit uylar tez tiklanmoqda, lekin ularning devorlari yoki oralig‘idagi bloklar ba’zan juda yupqa qilinadi. Natijada, qo‘shnining televizori ovozi, yo‘lakdagi qadam tovushlari yoki liftning ovozi uyingizgacha eshitilib turadi. 3. Avtoturargoh va "ertalabki tirbandlik" Uyning o‘zi zo‘r bo‘lishi mumkin, lekin podyezdingizda 80 ta xonadon bo‘lib, hovlida bor-yo‘g‘i 15 ta mashina qo‘yadigan joy bo‘lsa-chi? Kechki payt ishdan kelib mashinangizni qo‘yishga joy topolmaslik — har kunlik asabbuzarlikka aylanadi.
💡Uy — bu shunchaki to‘rt devor va remont emas. Bu sizning har kunlik qulayligingiz. Arzon yoki shoshilinch tanlov kelgusida minglab dollarlik asab va qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🏡 AVALON RESIDENCE турар жой мажмуаси - 2020 йилда ташкил топган Avalon Rezidence қурилиш компаниясининг лойиҳаси. 🏡 Блокла
+3
🏡 AVALON RESIDENCE турар жой мажмуаси - 2020 йилда ташкил топган Avalon Rezidence қурилиш компаниясининг лойиҳаси. 🏡 Блоклар: 3 та 📏 Қаватлар: 12 дан - 14 гача ✨ Класс: Комфорт 📅 Топширилади: 2028 йил 3-чорак 📍 Манзил: Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани 📐 Планировкалар: 🔹 2 хонали: 48,80 м² - 63,60 м² 🔹 3 хонали: 73,60 м² - 89,50 м² 📲 Расмлар ва чизмалар:[Кўриш] 📲 Хонадон нархлари: [Кўриш] 💳 Бўлиб тўлаш шартлари: 🔹 Бош тўлов: Бош тўловсиз 🔹 Муддат: 24 ой 🔹 Ойлик тўлов: 32.58 млн сўм ☀️ Афзалликлари: ✅ Мактаб ✅ Болалар боғчаси ✅ Видеокузатув ✅ Болалар майдончаси ✅ Домофон ✅ Ҳовли ✅ Савдо маркази ✅ Кодли ешик ✅ Ер ости автотураргоҳ ✅ Ёпиқ территория ☎️ Савдо бўлими: +998781136350 📍Локация: Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани

🏡 AVALON RESIDENCE турар жой мажмуаси - 2020 йилда ташкил топган Avalon Rezidence қурилиш компаниясининг лойиҳаси. 🏡 Блокла
+3
🏡 AVALON RESIDENCE турар жой мажмуаси - 2020 йилда ташкил топган Avalon Rezidence қурилиш компаниясининг лойиҳаси. 🏡 Блоклар: 3 та 📏 Қаватлар: 12 дан - 14 гача ✨ Класс: Комфорт 📅 Топширилади: 2028 йил 3-чорак 📍 Манзил: Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани 📐 Планировкалар: 🔹 2 хонали: 48,80 м² - 63,60 м² 🔹 3 хонали: 73,60 м² - 89,50 м² 📲 Расмлар ва чизмалар:[Кўриш] 📲 Хонадон нархлари: [Кўриш] 💳 Бўлиб тўлаш шартлари: 🔹 Бош тўлов: Бош тўловсиз 🔹 Муддат: 24 ой 🔹 Ойлик тўлов: 32.58 млн сўм ☀️ Афзалликлари: ✅ Мактаб ✅ Болалар боғчаси ✅ Болалар майдончаси ✅ Савдо маркази ☎️ Савдо бўлими: +998781136350 📍Локация: Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани 🔗 AVALON RESIDENCE лойиҳаси ҳақида батафсил

🏠 Yosh oila uchun birinchi uyni tanlash bo'yicha to'liq qo'llanma. Birinchi xonadon sotib olishda shoshilib, faqat oylik to'lovga qarab xato qilish oson.
1. Byudjetni real hisoblang: Toshkentda 2026-yilda o‘rtacha kvartiraning 1 kvadrati 11–20 mln so‘m atrofida. Asosiy qoida: Ipoteka to'lovi oilaning umumiy daromadining 40% dan oshmasligi shart. 2. Imtiyozlardan foydalaning: Yosh oilalar uchun ipoteka stavkasining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi. Shartlarni my.gov.uz orqali albatta tekshiring! 3. Kelajakni o‘ylab joy tanlang: Bugungi kunga qarab bir xonali uy olib shoshilmang — oila o'sishi bilan u tezda torlik qiladi. Maktab, bog'cha va transport qatnovi yaqin bo'lgan 2 xonali variantlar eng maqbul va likvidli tanlovdir.
💡 Yosh oilalar ko'p yo'l qo'yadigan 5 ta xato, tumanlar kesimidagi real narxlar va imtiyozli ipoteka turlari haqida batafsil qo'llanmani maqolamizda o'qing: 🔗 MAQOLA MAQOLA MAQOLA Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

Video message00:30

Remontli yoki remontsiz? Novostroykadan qanday xonadon sotib olardingiz?
Anonymous voting

🥇Dunyodagi birinchi osmono'par bino! Hozirgi kunda dunyoning har bir burchagida qad rostlayotgan baland binolarga qarab ko'n
🥇Dunyodagi birinchi osmono'par bino! Hozirgi kunda dunyoning har bir burchagida qad rostlayotgan baland binolarga qarab ko'nikib ketganmiz. Lekin dunyodagi ilk osmonoʻpar bino qanday paydo bo'lganini bilasizmi? Tarixdagi ilk osmonoʻpar bino 1885-yilda AQShning Chikago shahrida qad rostlagan — Home Insurance Building. U atigi 10 qavatli (42 metr) edi. Hozirgi zamonaviy baland binolar bilan solishtirganda mittigina tuyulsa-da, u dunyoda birinchi bo'lib temir-beton konstruksiyadan foydalanib qurilgani bilan tarixga kirgan. Nega baland binolar qurila boshlandi❓ Shaharlarda yer qimmatlashib ketgani va aholi soni keskin oshgani sababli arxitektorlar qavatlarni ko'paytirishni boshlashdi. Shundan so‘ng AQShda, keyinchalik butun dunyoda "eng baland bino" uchun chinakam poyga boshlanib ketdi.
👉 O‘zbekistonda ham zamonaviy osmonoʻpar binolar qanday rivojlanmoqda? Ko‘chmas mulk olamidagi qiziqarli faktlar va tahlillarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🏢 Yangi uyga ko‘chdingizmi? Demak, eng mas’uliyatli 30 kun boshlandi! Yangi xonadondagi dastlabki bir oy bajaradigan ishlaringiz, kelgusi yillardagi xotirjamligingizni ta'minlaydi. Quyidagi ro'yxatni saqlab qo‘ying👇🏻 🔑 1-hafta (Xavfsizlik): Kirish eshigi qulflarini darhol almashtiring (ustalar yoki eski egalarda nusxasi qolgan bo‘lishi mumkin). Qurilish changidan tozalash uchun professional "tozalash xizmati"dan foydalaning. 📄 2-hafta (Kommunal va Hujjatlar): Provayderlar bilan bog‘lanib internet o‘rnating. Gaz, svet, MIB bilan shartnomalarni o‘z nomingizga o‘tkazing. Agar uy vtorichka bo‘lsa, mahalla qo‘mitasidan tuman hududi va rejalashtirilgan o‘zgarishlarni aniqlashtiring. 🛠 3-4 hafta (Kamchiliklar va Shinamlik): Devorlardan sovuq o‘tyaptimi, santexnikada muammo bormi — tekshiring. Yangi uy bo‘lsa, kamchiliklarni quruvchidan bartaraf etishni talab qiling. Uyga mayda detallar va shinamlik baxsh eting.
Birinchi oyda qilinishi kerak bo‘lgan barcha ishlar, yashirin nuqsonlarni aniqlash sirlari va foydali maslahatlar haqida batafsil maqolamizda o'qing.👇🏻
🔗Maqola Maqola Maqola Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🏢 Yangi uyga ko‘chdingizmi? Demak, eng mas’uliyatli 30 kun boshlandi! Yangi xonadondagi dastlabki bir oy bajaradigan ishlaringiz, kelgusi yillardagi xotirjamligingizni ta'minlaydi. Quyidagi ro'yxatni saqlab qo‘ying👇🏻 🔑 1-hafta (Xavfsizlik): Kirish eshigi qulflarini darhol almashtiring (ustalar yoki eski egalarda nusxasi qolgan bo‘lishi mumkin). Qurilish changidan tozalash uchun professional "tozalash xizmati"dan foydalaning. 📄 2-hafta (Kommunal va Hujjatlar): Provayderlar bilan bog‘lanib internet o‘rnating. Gaz, svet, MIB bilan shartnomalarni o‘z nomingizga o‘tkazing. Agar uy vtorichka bo‘lsa, mahalla qo‘mitasidan tuman hududi va rejalashtirilgan o‘zgarishlarni aniqlashtiring. 🛠 3-4 hafta (Kamchiliklar va Shinamlik): Devorlardan sovuq o‘tyaptimi, santexnikada muammo bormi — tekshiring. Yangi uy bo‘lsa, kamchiliklarni quruvchidan bartaraf etishni talab qiling. Uyga mayda detallar va shinamlik baxsh eting.
Birinchi oyda qilinishi kerak bo‘lgan barcha ishlar, yashirin nuqsonlarni aniqlash sirlari va foydali maslahatlar haqida batafsil maqolamizda o'qing.👇🏻
🔗Maqola Maqola Maqola Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

🦾Zamonaviy texnologiyasiz biror bir ish qilishni tasavvur qilib bo’lmay qoldi. Har bir qadamimiz, xatti-harakatimiz, bajaradigan yumushimizni yengillashtirish uchun 21-asr texnologiyalari yordamga keladi. 👆Yuqoridagi videoda esa yaqin 20yil ichida nimalar o’zgarganini qisqa videoda ko’rsatib o’tdik😊 Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

Toshkent tumanida Yangi hovliga ega bo‘lish umidida 171 ta oila shartnoma qilib, pullariga kuyishdi.
"Yashab turgan uyimni sotib to‘lov qilgandim" : yuzlab fuqarolarning xonadon umidlari puchga chiqmoqda. Manba :Manbani ochish
Quruvchining chiroyli reklamasiga aldanib millionlab pulingizni havoga sovurishni istamasangiz, uy xarid qilishdan avval qilinadigan quyidagi 3 xil yechimni saqlab qo'ying. 1. Quruvchining hujjatlarini tekshiring: dshk.shaffofqurilish.uz ga kiring. Menyu ichidan “Noqonuniy qurilishlar” bo‘limini tanlang. O‘zingizga kerakli hududni belgilab, noqonuniy binolarni ko'zdan kechiring. 2.Kompaniyaning reklamasiga emas, uning real natijalariga qarang: Bungacha nechta uy qurib bitkazgan va uylarning sifati qanday? Quruvchi ilgari qurgan tayyor uylarga borib, u yerda yashayotgan insonlar bilan shaxsan gaplashing. 3. Obyektning qonuniyligini rasmiy saytlar orqali tekshiring: Har bir yangi qurilayotgan novostroyka ham qonuniy hujjatlarga ega bo'lmasligi mumkin. open-data.mc.uz ushbu sayt orqali kiring xaritadan turar joy majmuasini tanlang va qaysi hujjatlari bor yoki yo'qligini tekshiring
Bu postni uy olmoqchi bo'lgan yaqinlaringizga jo'natib qo'ying. Ular ham aldanib qolishmasin.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

Nima uchun milliarderlar uylari, muzeylar va gallerylar shimol tarafga qarab quriladi❓ Ular shu usul bilan millionlab dollar turadigan san'at asarlarini saqlab qolishgan.
Qanday deb o'ylayotgan bo'sangiz videoni oxirirgacha ko'ring👆🏻
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram

SDFGHJKL;