Uysot.uz
Open in Telegram
Uysot.uz - onlayn uylar bozori + 6 000 kvartiralar + Eng foydali va aktual ma'lumotlar UYSOT - uy topish oson! https://uysot.uz/uz
Show more3 255
Subscribers
-924 hours
-267 days
-11130 days
Posts Archive
3 255
+3
🏡 TRINITY турар жой мажмуаси - 2019 йилда ташкил топган B.INVEST DEVELOPMENT қурилиш компаниясининг лойиҳаси.
🏡 Блоклар: 6 та
📏 Қаватлар: 16
✨ Класс: Комфорт
📅 Топширилади: 2026 йил 3-чорак
📍 Манзил: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани
📐 Планировкалар:
🔹 1 хонали: 38,05 м² - 63,75 м²
🔹 2 хонали: 50,30 м² - 78,90 м²
🔹 3 хонали: 80,30 м²
📲 Расмлар ва чизмалар:[Кўриш]
📲 Хонадон нархлари: [Кўриш]
💳 Бўлиб тўлаш шартлари:
🔹 Бош тўлов: Бош тўловсиз
🔹 Муддат: 30 ой
🔹 Ойлик тўлов: 21.5 млн сўм
☀️ Афзалликлари:
✅ Мактаб
✅ Видеокузатув
✅ Болалар майдончаси
✅ Ҳовли
✅ Савдо маркази
✅ Кодли ешик
✅ Ёпиқ территория
☎️ Савдо бўлими: +998781136350
📍Локация: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани
🔗 TRINITY лойиҳаси ҳақида батафсил
3 255
O’ziga eng qulayi, eng kamfortini tanlab lekin, eng arzon summa bo’lishini so’raydigan mijozlar😅
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
+1
100 yil oldin Toshkentda uy-joy bozori qanday ishlaganini, uylar va yerlar qancha turganini bilasizmi?
O‘tgan asr boshlarida (1920–1930 yillar) Toshkent ikki qismga bo‘lingan edi: mahalliy aholi yashaydigan "Eski shahar" va yevropacha uslubda qurilgan "Yangi shahar".
Eski shaharda hovli-joylar arzonroq baholangan, chunki asosan 1 qavatli, paxsali uylar ko‘p edi. Yangi shaharda esa g‘ishtdan qurilgan, yevropacha uy-joylar va savdo do‘konlari joylashgan yerlarning narxi bir necha barobar qimmat bo‘lgan.
Sovet hokimiyati o‘rnatilgan ilk davrlarda pul qadrsizlanib, oldi-sotdi ko‘pincha oltin tangalar, chet el valyutasi yoki hatto bug‘doy va un hisobiga amalga oshirilgan.
Bolsheviklar kelishi bilan badavlat uy egalariga va ko‘p xonadonli uy saqlovchilarga og‘ir soliqlar solingan. Shahar markazidagi katta hovlilarga ega bo‘lganlar yuqori stavkada yer-mulk solig‘i to‘lashga majbur qilingan.
Aholi keskin ko‘payib, uy yetishmagach, hukumat bir hovliga bir nechta oilani majburan kiritib yuborgan. Toshkentdagi ilk kommunal uylar va ijaraga berish qoidalari shundan boshlangan.
Tarixdan ma'lumki, Toshkentda uy har doim qimmat turgan va har doim eng qattiq kurashlar ko‘chmas mulk uchun bo‘lgan.Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
💰 Qimmat uy — sifatli kvartira deganimi?
Ko‘pchiligimiz uy tanlayotganda "qimmatroq bo‘lsa, demak yaxshiroq" degan tushunchaga tayanamiz. Reklamalar ham doim premium, business-class yoki elit uylarni maqtab, yuqori narxlarni oqlashga harakat qiladi. Ammo nima uchun qimmat uy har doim ham sifatli bo‘lavermaydi?
Keling, asosiy sabablarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
📍1. Narxni nima belgilaydi? Kvartiraning qimmat bo‘lishi ko‘pincha uning devorlari mustahkamligidan emas, balki lokatsiyasi, markazga yaqinligi, qurilish kompaniyasining brendi va atrofidagi infratuzilmadan kelib chiqadi. Joylashuvi zo‘r bo‘lgani uchungina o‘rtacha sifatli uy ham qimmat turishi mumkin. ⚠️ 2. Qimmat bo‘lib, sifatsiz chiqishi mumkinmi? Afsuski, ha. Kvadrat metri 20–25 milliondan sotiladigan ba'zi dabdabali uylarda ham ovoz izolyatsiyasi yo‘qligi, devorlar yupqaligi yoki hali ham kadastr olib bo‘lmayotgan muammolar uchrab turadi. 📈3. Narxni sun'iy oshiruvchi omillar: Ba'zan narx binoning haqiqiy tannarxidan emas, shunchaki unga yopishtirilgan "premium" degan nom, reklama xarajatlari va "oxirgi xonadonlar qoldi" degan psixologik bosim evaziga oshib ketadi.🎯 Qimmatbaho narx va "premium" maqomi hech qachon sifatli yoki ishonchli degani emas. Shuning uchun reklama va brendga emas, real poydevor hamda hujjatlarga tayanib tanlov qiling. Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Mustaqillik muborak bo'lsin!
Har bir oilaning o'z uyi, o'z tinch maskani bo'lishi — eng katta baxt. Mustaqil Davlatda esa bu orzular ushaladi.
Uysot.uz jamoasi sizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi! Uyingiz fayzli, dasturxoningiz to'kin, kelajagingiz porloq bo'lsin.
🏡Orzuyingizdagi uyni topishda esa biz doimo yoningizdamiz. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
✨Bayramingiz muborak! Hurmat bilan Uysot jamoasiUysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Dunyodagi eng g'ayrioddiy binolarning TOP 5 tasini videoda ko'rishingiz mumkin
Siz qaysi binoga borib ko’rgan bo’lardiz izohlarda yozib qoldiring👇😊Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Qiynalib sotgan uyizning kalitini topolmagan vaqtiz bo’lganmi😅Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Siz so'radingiz, biz tayyorladik✅
O‘zbekistonda boshlang‘ich to‘lovsiz xonadon taklif qilayotgan 7 ta novostroyka.
Yangi kvartira sotib olishni istaysiz, lekin katta boshlang‘ich to‘lov yig‘ish muammomi? Aynan shu shartlar asosida uy izlayotganlar uchun O'zbekistondagi 7 ta turar-joy majmuasi haqidagi ma'lumotlarni bir joyga jamladik:
Obyekt 1 (Toshkent tumani) — 1 m² narxi 10 500 000 so‘mdan. 60 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati. Obyekt 2 (Toshkent shahri, Olmazor tumani) — 1 m² narxi 14 500 000 so‘mdan. 60 oygacha bo‘lib to‘lash. Obyekt 3 (Toshkent shahri, Sergeli tumani) — 1 m² narxi 11 000 000 so‘mdan. 45 oygacha bo‘lib to‘lash.Qolgan obyektlar bo'yicha to'liq ma'lumot va bog'lanish raqamlari haqida batafsil maqolamizda o'qing.👇🏻 🔗 [Boshlang'ich to'lovsiz xonadonlar ro'yxati] Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
🏗 Quruvchilar siz berishingizni istamaydigan 4 ta muhim savol.
Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olish — tayyor mahsulotni emas, ko'pincha va'dani sotib olishdir. Hali bitmagan uy uchun pul to‘layotganda, barcha tavakkallarni oldini olish uchun faqat 4 ta asosiy savol berishning o‘zi yetarli.
1. Loyiha "Shaffof qurilish"da ro'yxatdan o'tganmi va ruxsatnomangiz bormi? Pulingiz xavfsiz joyga borishini aniqlovchi eng birinchi savol. 2. Avvalgi loyihalaringizni o'z vaqtida topshirganmisiz, reytingingiz qanday? Kompaniyaning o‘tmishi uning ishonchliligining eng yaxshi ko‘rsatkichi. 3. Topshirish sanasi shartnomada aniqmi va kechiksa javobgarlik bormi? "Tez orada" degan og'zaki va'dalarga aldanmang. 4. Uy qanday holatda va aniq maydoni qancha? Uy "qora ta'mir"da (chernovaya) topshiriladimi yoki yashashga tayyormi?To‘liq maqolani o‘qib, xarid qilishdan oldin bilishingiz shart bo‘lgan barcha sirlarni bilib oling👇🏻 🔗 [MAQOLANI O'QISH] Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
🌊 Suv yuzasida suzuvchi hashamatli uylar sotuvga chiqdi!
🌍Global iqlim o‘zgarishlari va suv sathining ko‘tarilishi ko‘chmas mulk bozorida mutlaqo yangi yo‘nalishlarni ochmoqda. AQShning Florida shtatida tabiiy ofatlarga bardosh beruvchi, fantastik loyihadagi "Arkup 2.0" nomli suzuvchi villalar rasman ommaviy sotuvga chiqarildi.
🌴Panoramali darchalar, zamonaviy dizayn, keng terrasalar va shaxsiy yaxta to‘xtash joyi barchasi o‘ylangan.
💨Kuchli dovullar yoki bo‘ronlar yaqinlashganda, uy ostidagi maxsus gidravlik ustunlar ishga tushadi. Ular suv yuzasidan balandga ko‘tarilib, binoni har qanday xavfli to‘lqinlardan xavfsiz masofada ushlab turadi.
📲Qo'shimchasiga bino o‘zini to‘liq quyosh energiyasi bilan ta'minlaydi. Ya'ni shahar tarmoqlariga bog'lanib qolmaysiz, ehtiyojingiz bo'lmaydi.
Havfsizligi 100% ta'minlangan bo'lsa ham, siz shunday villada yashagan bo'lamiridingiz, fikrlarinizni izohlarda yozib qoldiring.Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
💸 Ipotekaga uy olganingizda, bankga uy narxidan tashqari yana nechta “Gentra”ning pulini to’lashingizni bilasizmi?
Tasavvur qiling, $50,000 ga ipotekaga uy oldingiz. Standart shartlar asosida 20 yil muddatga olinsa, oxirida jami $120,000 – $130,000 atrofida mablag‘ to‘laysiz. Ya'ni bitta uy uchun bankka deyarli 2.5 barobar ortiqcha pul berasiz.
Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor: 20 yildan keyin o‘sha uyning bozordagi narxi qancha bo‘ladi? Agar ko‘chmas mulkning qadrlanishi va inflyatsiyani hisobga olsak, uyning o‘zi bu foizlarni qoplab ketishi mumkin. O‘zbekiston bozorining so‘nggi yillardagi dinamikasi ham aynan shuni ko‘rsatmoqda.
Ipoteka — qimmat moliyaviy vosita, lekin to‘g‘ri hisob-kitob qilinsa, uzoq muddatda o‘zini oqlashi mumkin.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
🇯🇵 Minglab dollarga olgan uyingiz 30 yildayoq buzib tashlanishini bilarmidingiz?
Butun dunyoda ko‘chmas mulk yillar o‘tgani sayin qimmatlashsa, Yaponiyada buning aksi — bino qurilgan kunidanoq uning narxi nolga qarab ketaveradi.
📉Buning sababi hukumat har 10 yilda zilzilaga chidamlilik talablarini shunchalik qattiqlashtiradiki, eski binolarni yangi standartga moslab ta’mirlagandan ko‘ra, ularni butunlay buzib qaytadan qurish 3 barobar arzonroqqa tushadi.
Shu bois Yaponiyada badavlat insonlar binoning o‘ziga emas, faqatgina uning ostidagi yer maydoniga pul tikishadi.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
💰 Yer solig'i aslida qayerdan paydo bo'lgan? 5000 yillik tarix
🤔 Har yili mulk solig'ini to'laganda o'ylab ko'rganmisiz — bu odat qayerdan kelib chiqqan? Ma'lum bo'lishicha, yer va mulkdan soliq olish insoniyat tsivilizatsiyasi bilan deyarli teng yoshda.
📜 Eng qadimgi soliq izlari qadimgi Shumer — hozirgi Iroq hududidan topilgan loy taxtachalarda saqlangan va ular miloddan avvalgi 3300-yilga borib taqaladi. Ya'ni odamlar yozuvni endigina ixtiro qilgan payt, birinchi yozib qoldirgan narsalaridan biri aynan kim kimga qancha soliq to'lashi bo'lgan.
🌾 O'sha davrda pul hali yo'q edi. Shuning uchun soliq yerning hosildorligiga qarab belgilangan — bir bo'lak yer qancha don yoki mahsulot berishiga qarab. To'lovni esa don, mol, yog' yoki oddiygina mehnat bilan, ya'ni davlat qurilishlarida ishlab berish orqali amalga oshirishgan.
🏛 Eng qizig'i shundaki, bu soliqlar bejizga yig'ilmagan. Qadimgi Misrda dehqonlardan yig'ilgan don va mahsulotlar aynan Giza piramidalarini qurish va sug'orish kanallarini saqlashga sarflangan. Ya'ni bugun biz hayratlanadigan ulkan piramidalar — aslida o'sha davr soliqlari hisobidan qad ko'targan.
⏳ Oradan besh ming yil o'tdi, lekin mohiyat o'zgarmadi. Faqat endi loy taxtacha o'rnini elektron tizim, don o'rnini bank o'tkazmasi egalladi — mulkdan soliq olish esa hamon o'sha-o'sha.
📲 Ko'chmas mulk va uning huquqiy tomonlari haqida foydali ma'lumotlarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting.
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
🏡 Kvartira olayotganda odamlar qiladigan 10 ta katta xato
Kvartira — ko'pchilik uchun umridagi eng katta xarid. Va aynan shu yerda qilingan bitta xato yillab pushaymon qildirishi mumkin.
Ammo bu xatolarning deyarli barchasini oldindan bilib, osongina oldini olsa bo'ladi.
❗️Shartnomani diqqat bilan o'qimaslik
❗️Novostroyka quruvchisini rasmiy platformada tekshirmaslik
❗️Uyning qarzlarini (kommunal, soliq) tekshirmaslik
Bularning hammasi — va yana 7 ta keng tarqalgan xato hamda ularning yechimi bitta maqolada to'plangan. 2026-yil real holatiga asoslanib yozilgan 👇
🔗MAQOLANI O'QISH
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Oddiy suv quvurlarida ham odamlar yashashini bilarmidingiz?
Dunyodagi eng tor uylarni yashab bo’lmaslik darajasida Top 5 taligini qildik. Birinchi o’rindagi uyda siz aniq yasholmagan bo’lardiz👆
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
🏡 Mijozlar bizga eng ko'p beradigan 4 ta savol — javoblari bilan
Uy sotib olish oldida hammaning boshida bir xil savollar aylanadi. Biz eng ko'p so'raladiganlarini to'plab, qisqa va tushunarli javob berdik 👇
1️⃣ Ipoteka olish uchun qancha daromad kerak? Bank odatda oylik to'lov daromadingizning 50%dan oshmasligini talab qiladi. Ya'ni oyiga 4 mln so'm to'lov bo'lsa, rasmiy daromadingiz kamida 8 mln bo'lishi kerak. Aniq summa bank va muddatga bog'liq — biz sizga mos variantni hisoblab beramiz. 2️⃣ Yangi qurilish yaxshimi yoki ikkilamchi bozor? Yangi qurilish — toza hujjat, zamonaviy planirovka, lekin remont va kutish kerak. Ikkilamchi — darrov ko'chib kirasiz, lekin hujjat va holatni sinchiklab tekshirish zarur. To'g'ri javob — sizning byudjetingiz va maqsadingizga bog'liq. 3️⃣ Uyning hujjatlari "toza"ligini qanday bilaman? Kadastrdan ko'chirma oling, egasi kimligini, garov yoki sud cheklovlari yo'qligini tekshiring. Kommunal qarzlarni ham so'rang. Ishonch hosil qilish uchun bir marta yuristga ko'rsatish — keyingi katta zarardan saqlaydi. 4️⃣ Rieltorsiz uy sotib olsam bo'ladimi? Bo'ladi. Lekin uyni o'zingiz izlab, hujjatlarni tekshirib, narx haqida savdolashishga tayyor bo'lishingiz kerak — bu vaqt va bilim talab qiladi. Tajribali rieltor esa sizga yordam beradi: mos uy topadi, narxni tushiradi va firibgarlikdan saqlaydi. Ya'ni tanlov sizniki — vaqtingiz ko'p bo'lsa o'zingiz, tez va xavfsiz bo'lsin desangiz — mutaxassis bilan.💬 Sizda ham savol bormi? Kommentga yozing yoki bizga murojaat qiling — bepul maslahat beramiz! Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
⛩ Xitoyning 57 qavatli Changsha binosi atigi 19 kunda qurib bitkazilgan desam ishonasizmi? Ha bu fakt.
Bundanda qiziq faktlarni bilish uchun videoni oxirigacha ko'ring👆
Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Kvartira tanlashda 2026-yilgi tahlillar va real raqamlar asosida qisqacha xulosalar bilan tanishing👇
1 xonali kvartiralar 📈: Kirish narxi eng past, ijaraga eng tez ketadi. MHTI ma’lumotlariga ko‘ra, ijaradan keladigan daromad va narx o‘sishi bo‘yicha aynan 1 xonali uylar yetakchi (+14.3% gacha ijara o‘sishi). 2 xonali kvartiralar ⚖️ : Yosh oilalar uchun eng qulay, bozorda esa eng yuqori likvidlikka ega (sotish ham, ijaraga berish ham eng oson). 3 xonali kvartiralar 👨👩👧👦 : Yashash uchun juda qulay, lekin investitsiya va daromadlilik nuqtai nazaridan 1 va 2 xonalilarga nisbatan pastroq rentabellikni ko‘rsatmoqda.💡 Agar maqsad daromad bo‘lsa — 1 va 2 xonali; agar oila bilan uzoq muddat yashash bo‘lsa — 2 yoki 3 xonali maqbul.
Tumanlar kesimidagi aniq narxlar, qaysi xonali uylar qancha daromad keltirishi va to‘liq solishtiruv jadvalini batafsil maqolamizda o‘qing:👇🔗[Maqolani o'qish] Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
3 255
Adliya vazirligining ta'kidlashicha: Quruvchi uyni xaridorga rassrochkaga sotishi taqiqlanmaydi.
Prezidentning 2026 yil 14-avgustdagi PQ - 294-sonli qarorining 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining ob’yekti bo‘la olmaydi. Ya’ni vositachi-operator sizga uyni «rassrochka»ga olib bera olmaydi. Ammo bu quruvchi o‘zi qurgan uyni xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sota olmaydi, degani emas.
Chunki qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.
Demak, siz avvalgidek quruvchining o‘zidan uy-joyni «rassrochka»ga olishingiz mumkin. «Qaror quruvchi va xaridor o‘rtasidagi bevosita savdoni taqiqlamaydi», deya habar berdi vazirlik.Uysot.uz | PlayMarket | AppStore | Instagram
