cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qalbimdasan_Allohim😇

Janatga kirish hammamizga nasib aylasin 😇 Jannat tomon bir qadam.... Kanal ochilgan sana 24-iyun 2022-yil Bizga mashxurlik kerak emas Qoldan kelguncha diniy videolar tashlaymz ibrat bóla olsa xursandmiz albatta Adminka @Malagim_07 🙂

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
189
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:02
Video unavailableShow in Telegram
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Kanalga omad sogʻ boʻlilar🥰
Show all...
Rasulullohning payg’ambar bo’lishdan avvalgi tirikchiliklari Muhammad alayhis-salomga otalaridan hech narsa meros qolmadi, u kishi kambag'al oilada, yetim bulib dunyoga keldilar, banu sa'd qabilasida emizilib, emukdosh birodarlari bilan podachilik qildilar. Makkaga qaytib kelgach, arzimagan ish haqiga odamlarning qo'yini boqdilar. Payg'ambar alayhis-salom dunyoga, dunyoviy mashg'ulotlarga ruju qo'ymadilar. Agar u kishi dunyoviy ishlarga berilib, boylik ketidan quvsalar abadiy baxt-saodatdan bebahra qolardilar. Shu bois Olloh taolo dunyoga berilmaslikka va undan yiroq turishga da'vat etadi. Oldin o'tgan payg'ambarlar o'z hayotlarida bu o'gitga qat'iy amal qilganlari hammaga ayon. Iso payg'ambar dunyo haqida o'ylab ham ko'rmaganlar, Muso va Ibrohim payg'ambarlar ham shunday yo'l tutishgan, ular ham bolaligida og'ir qiyinchiliklarga duch kelishgan, hayot mashaqqatlarini sabrlik bilan yengishgan. Olloh o'z payg'ambarlarining xulq-atvori tufayli odamlarga hayot ne'matlariga o'zini urmaslik, boylikka ortiqcha xirs qo'ymaslikni ta'lim beradi. Ma'lumki, yer yuzida hamma baloi qazo boylikka o'chlikdan, dunyoga keragidan ortiqcha berilishdan kelib chiqadi. Imom Buxoriyning "Sahihul Buxoriy" kitobidagi bir hadisda bayon etilishicha, payg'ambarlarning hammalari podachilik qilishgan. Bu narsada ham ajoyib hikmat bor. Jonivorlarning yuvoshi bo'lmish qo'yni boqqan insonning dilida muloyimlik, mehribonlik kurtak otadi. Payg'ambarlar odamlarni to'g'ri yo'lga da'vat etganlarida ularning tabiatidagi charslik, qalbidagi beqarorlik tuzalib, mo'tadil holga keladi. Muhammad alayhis-salom ulg'aygach, Soib ibn Abu Soib bilan birga tijorat qildilar. Xadichaga uylanganlaridan keyin ham u kishi o'z mehnatlari bilan pul topib, kun kechirdilar. Olloh Qur'oni Karimdagi Zuho surasining 6-8-oyatlarida rasulullohdan darig' tutmagan ne'matlarini shunday zikr etadi: (Robbing) yetim deb senga panoh bermay qo'ydimi, adashgan deb to'g'ri yo'lga solmadimi, faqir deb boy qilmadimi?" Shuningdek, Sho'ro surasining 52-oyatida: "Boshqa payg'ambarlarga vahiy qilgandek, senga ham amrimizga binoan Jabroilni yubordik. Sen aslida Qur'on va imon nimaligini bilmasding. Qur'onni shunday nur qildimki, shu orqali istagan bandamni hidoyatga muyassar etaman", deydi.
Show all...
Oli Imron surasining 96-97 oyatlarida. Ka'baga ismoil avlodidan keyin jurhum qabilasi egalik qildi. Ular Makkaga kelgan kishilarga zulm o'tkazishganda huzoa qabilasidagilar birlashib zo'ravonlarni muqaddas dargohdan quvib chiqarishdi va uzoq yillargacha Ka'baga ular ega bo'ldilar. Qusay ibn Kilob zamoniga kelib ziyoratgoh qurayshlarning qo'liga o'tdi. Makkada osoyishtalik o'rnatildi, qurayshlardan boshqa arab qabilalari hayiqishardi. G'animlar ta'qibga uchraganlar uchun Ka'ba ishonchli boshpanaga aylandi. Olloh Qur'onda ularga bergan ne'matini eslatib: "Ularning yon-beridagi kishilar talon-tarojga uchrashyapti, Makkani, Ka'bani tinch joy qilib qo'yganimizni bilishmadimikin" deydi Ankabut surasining 67-oyatida. *Maqomi Ibrohim - Ibrohim alayhis-salom Ka'bani qurayotganlarida turgan joylari.
Show all...
Baytullohning isloh qilinishi Muhammad alayhis-salom o'ttiz besh yoshga kirganlarida katta sel kelib, Ka'baning bir necha yil muqaddam yuz bergan yong'inda shikastlangan devorlari tars-tars yorilib ketdi. Quraysh ahli ziyoratgohni buzib, qaytadan muhtashamroq qilib qurmoqchi bo'lishdi. Oldingisi odam bo'yi balandlikda toshdan tiklangan edi. Odamlar hasharga to'plandi-yu, biroq qadimiy va ulug' inshootni buzishga hech kim botinolmadi, allaqanday qo'rquv bunga monelik qilardi. Valid ibn Mug'ira yig'ilganlarga yuzlanib: "Ka'bani buzishdan maqsad tuzatishmi yoki vayron qilishmi?" deb so'radi. Xaloyiq tuzatish deb javob berdi. "Olloh tuzatuvchilarni halok qilmaydi", dedi Mug'ira va nuragan devorni buza boshladi. Uning jasoratidan ruhlangan odamlar yurak yutib ishga tushib ketishdi. Ismoil alayhis-salom qo'ygan poydevorga yetganda turli hikmatli so'zlar zarb etilgan qimmatbaho laganlar chiqdi. Ilgari ulkan inshootlarning poydevori ishlanayotganda quruvchilar kelgusi avlodlarga mana shunday yodgorlik qoldirish udumi bor edi. Ka'bani qayta qurish boshlandi. Bu xayrli ishga fahsh va sudxo'rlikdan topilgan harom pul aralashmagan halol mol-dunyo sarflandi. Qabila oqsoqollari ham imoratning toshlarini tashishga ko'maklashishdi. Tosh tashuvchilar orasida rasululloh ham bor edilar. Qurilishga boshchilik qilayotgan Boqum ismli rumlik usta Ka'baning har bir burchagiga bir guruh odamni tosh tashishga tayin etdi. Afsuski, halol yo'l bilan topilgan pul bu ulkan inshootni asl holiga keltirishga yetmay qoldi. Shu bois binoning shimol tomonidagi hijr va hatim deb ataladigan olti gazcha yer mo'ljaldan chiqarib tashlanib, pastakkina devor tiklandi va Ka'ba shu yerdan boshlanajagini bildiruvchi belgi qo'yildi. Binoning balandligi o'n sakkiz gaz bo'lib, ilgarigisidan to'qqiz gaz baland edi. Ichkariga maxsus zinapoyalardan ko'tarilib, salobatli eshiklardan kirilar edi. Hojarul asvad joyiga qo'yiladigan paytda bu sharafli ishni kim bajarishi qattiq bahsu munozaraga sabab bo'ldi. Qiziqqon quraysh oqsoqollari san-manga borishdi, birov-birovga yon bergisi kelmas, shu bahona har kim o'z nufuzi va nasl-nasabini ulug'lashga intilardi. Talashib-tortishish to'rt kunga cho'zildi. Nihoyat Xolid ibn Validning amakisi Abu Umayya ibn Mug'ira Maxzumi janjallashayotganlarga' "Ey xaloyiq, bekorga tortishavergandan ko'ra o'zinglar yaxshi ko'radigan bir odamni tanlanglar. Shu odam qanday hukm chiqarsa, hammamiz rozi bo'laylik", dedi. Yig'ilganlar eshikdan kirgan birinchi kishining hukmiga itoat etishga rozilik berishdi. Eshikdan birinchi bo'lib rostgo'yligi va aminligi bilan hammaning hurmat-e'tiborini qozongan Muhammad alayhis-salom kirib keldilar. Yig'ilganlar mamnuniyat bilan biz Muhammadning xolisligiga ishonamiz, deb yuborishdi. Quraysh odamlari orasida biron janjal, kelishmovchilik yuz bersa, rasulullohning oldilariga kelishar, u kishi esa hech kimni yuz-xotir qilmay, hech kimning dilini og'ritmay odil hukm chiqarar edilar. Hozirgi vaziyatda ham payg'ambar alayhissalom g'oyat tadbirkorlik bilan ish tutdilar; choponlarini yerga yoyib, ustiga hojarul asvadni qo'ydilar-da, har bir qabila oqsoqoliga choponning chekka-chekkasidan ushlab, barobar ko'tarishni buyurdilar. Qancha bahsu munozaraga sabab bo'lgan tosh o'z o'rniga qo'yildi, bironta qabila boshlig'ining ko'ngli qolmadi, sharafli ishda barobar ishtirok etganidan hammaning boshi osmonga yetdi. Bunday voqealar tufayli ko'pincha arablarda qonli urushlar kelib chiqar, arzimas narsalar sabab bo'lib, o'nlab odamning yostig'i qurir edi. Quraysh ahlining o'zaro muttasil qirpichoq bo'lishining sababi, Baytulloh ularning qiblagohi, haj qiladigan ka'basi bo'lib, bu muqaddas dargohga sarf etilgan mol-dunyo, mehnat tufayli katta imtiyoz va shon-sharafga erishish mumkin edi. Qur'oni Karimda uqtirilishicha, yer yuzida dastlab qurilgan ibodatxona Baytulloh edi. "Odamlarga (ibodat qilishlari uchun) dasavval barpo etilgan, olamlarni hidoyat qilguvchi uy chindan ham Makkadagi muborak Ka'badir. Ka'bada buning aniq nishonalari bor, maqomi Ibrohim* ana shulardan biri. Ka'baga kirgan kishi bunga ishonch hosil qiladi", deyiladi
Show all...
Rasulullohning Xadichaga uylanishlari Muhammad alayhis-salom bilan Maysara sog'-salomat Makkaga qaytib kelishdi. Ularning ishlari o'ngidan kelib, juda ko'p foyda olishdi. Biriga o'n qo'shilganidan o'zida yo'q quvongan Xadichaning rasulullohga mehri tushib qoldi. Odamlar u kishini bekorga Amin deyishmasligini, halolligi tufayli hamisha omadi chopishini ko'rgan qirq yoshlar chamasidagi boy-badavlat bu ayol taomilga zid holda unga turmushga chiqish mayli borligini bildirdi. Payg'ambar alayhis-salom amakisi Abutolib bildn Xadichaning amakisi Amr ibn Asadnikiga sovchi bo'lib borishdi. Mezbon ularning istagiga rozilik berdi. Abutolib kelin-kuyovni nikoh qilib, quyidagicha xutba o'qidi: "Olloh bizni Ibrohim va Ismoil avlodi, Ma'ad va Muzor nasli qilib yaratganiga, Baytullohga qaraydigan, Masjidi haromni boshqaradigan martabaga erishtirganiga,, Ka'bani ulug' ziyoratgoh, qon to'kish, hatto bironta giyohni uzish man etilgan muqaddas maskanga aylantirganiga, bizni martabamizni ko'tarib, odamlarga hukmron qilganiga ming qatla shukr. Jiyanim Muhammad ibn Abdullohning mardlikda, olijanoblikda, fazlu karamda tengi yo'q. To'g'ri, uning mol-dunyosi ko'p emas, biroq davlat degani soyaga o'xshash o'zidan nariga tushmaydigan va egasiga qaytariladigan omonat. Ollohning nomi bilan qasam ichib aytamanki, Muhammad kelajakda ulug' acham bo'ladi, katta ishlarni amalga oshiradi". Nikoh o'qilib, kelin-kuyov bir yostiqqa bosh qo'yishdi. Xadicha oldin turmush ko'rgan, avvalgi eri Abu Hola vafot etib, undan Hola ismli bola bilan tul qolgan edi. Yetim bolani rasululloh o'zlariga o'g'il qilib oldilar.
Show all...
Fijor urushi Payg'ambar alayhis-salom 20 yoshga kirganlarida Fijor urushiga qatnashdilar. Kinona, quraysh va qays qabilalari o'rtasida yuz bergan urushning sababi quyidagicha edi. Furot daryosining g'arbidagi Xira shahrining podshosi No'mon ibni Munzir Madina yaqinidagi har yili bir marta bo'ladigan Ukoz bozoriga mol yuborib sottirar edi. U mollarni hammaga gapi o'tadigan e'tiborli odamlar nazoratida jo'natar edi. Kunlarning birida Kinona qabilasidan bo'lmish Barroz ibn Qays No'monning huzuriga tashrif buyurdi. O'ta zolim va yovuz bu kimsani qabiladoshlari oqsoqollikdan olib tashlashgan edi. U kelganda Urva ibn O'tbatur Rahhol No'monning huzurida o'tirgan edi. No'mon: "Mening mollarimni kim Ukozga yetkazib qo'yadi?" deb so'radi. Barroz: "Men mollaringni kinona qabilasidan asrab beraman", dedi. No'mon: "Mening mollarimni boshqalardan ham asray oladigan odam bormi, deyapman", dedi. Urva gapga aralashib: "E, qoyil-e, allaqanday pastkash it mollaringni asray olarmidi. Sening mollaringni arablarning hammasidan mana men asrayman", dedi. Bu gap Barrozga og'ir botsa-da, indamadi, o'ch olishni ko'ngliga tugib qo'ydi. Urva tijorat bilan yo'lga chiqqanda qulay fursat topib uni o'ldirdi va kinona qabilasiga odam jo'natib, qays qabilasi ularga hujum qilmoqchiligini yetkazdi. Bu xabarni eshitgan qays qabilasi yoppasiga otlanib Naxlaga* yetib keldi, hamda quraysh bilan kinona qabilasiga hujum qildi. Beadad qonlar to'kilib, qays qabilasi g'olib keldi, mag'lub ikki qabilaning odamlari panoh istab masjidi haromga yashirinib olishdi. Ularning orasida rasululloh ham bor edilar. G'alaba nash'u namosidan g'ururlangan qayslar: "Biz Urvaning qonidan kechmaymiz. Kelgusi yili Ukozda yana jang qilamiz!" deya tahdid solishdi. Ular yurtiga qaytgach, butun qabilani urushga safarbar etdi, atrofiga o'z tarafdorlarini yigdi. Saqif bilan yana bir necha qabila ularning tug'i ostiga jam bo'ldi. Quraysh ham kinonadan tashqari Makkaning janubidagi o'z ittifoqchilarini to'pladi. Hoshim avlodining boshlig'i Zubayir ibn Abdulmuttalib esa u bilan birga aka-ukalari Abutolib, Hamza, Abbos hamda jiyani Muhammad alayhis-salom ham bor edilar. Harb ibn Umayya quraysh qabilasidagi eng yoshi ulug va mo'tabar kishi bo'lgani uchun bani Umayya aymogining boshlig'i hisoblanardi. Bu qabiladagi har bir aymoqning o'z boshlig'i bo'lar edi. Ikki tomon yuzma-yuz kelib, shiddatli jang boshlandi va arab tarixida misli ko'rilmagan qirg'inbarotga aylandi. Muqaddas Makkaning hurmati oyoq osti qilingani uchun bu qirg'in Fijor urushi - gunohkorlar urushi deb ataldi. Qays qabilasining omadi chopmai uning tarafdorlari birin-ketin mag'lubiyatga uchray boshladi. Shunda tadbirli bir odam o'rtaga chiqib, ikki tomonning qancha talofot ko'rganini, kim ko'p odam yo'qotgan bo'lsa g'olib tomon o'lganlarga tovon to'lashi lozimligini aytib, sulhga chaqirdi. Qays qabilasi ko'p talofat ko'rgani uchun qurayshlar tovon to'laydigan bo'ldi, bu ishni nazorat qilishga Harb ibn Umayya mas'ul etib tayinlandi va tovon to'lanib bo'lgancha o'g'li Abu Sufyonni qays qabilasiga garovga berib qo'ydi. Juda ko'p bsgunoh odamlarning yostig'ini quritgan bu maqsadsiz urush shu zayl barham topdi. Islom nuri tarqala boshlagach, Olloh arablarning qalbini do'stlik, birodarlikka moyil qildi, nohaq qon to'kishlar to'xtadi. *Naxla - Makka bilan Toif oralig'idagi joy
Show all...
XAYRIYA UYUSHMASI Qurayshlar Fijor urushidan qaytgach, xayriya uyushmasi qurishga qaror qilishdi. Qabila boshliqlaridan Abdulloh ibn Jud'on Taimning hovlisida uyushma tashkil etildi. Bu ishda Abdumonofning ikki o'g'li bo'lmish Hoshim va Muttalib avlodi, Asad ibni Abduluzzo, Zuhra ibni Kilob avlodi va Taim ibn Murra avlodi jamoasi qatnashdi. Ular ittifoq tuzib, makkaliklardan yoki musofirlardan birortasi Makkada zulmga uchrasa, unga yordam berib, qaqni qaror toptirishga qaror qilishdi. Payg'ambarimiz ham amakilari bilan birga uyushmaga a'zo bo'ldilar. U kishi payg'ambarlik sharafiga erishgach, men Abdulloh ibn Jud'oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan* qimmatroq, agar hozir ham birov shunday ishga da'vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar. Payg'ambar alayhis-salom odamlarga go'zal xulq-atvorlarni o'rgatishga yuborilgan, xayriya uyushmasining ishlari ham go'zal axloq jumlasiga mansub. Islom dini mana shunday olijanob ishlarni e'tirof etadi. Payg'ambar alayhis-salomning: "Men go'zal axloqlarni jam etish uchun yuborildim", degan so'zlari shu fikrning tasdiqidir. Mazkur uyushmaga kirgan ko'pchilik xulq-atvorini o'zgartirib, yaxshilarning safidan joy olishgan. *Qizil tuya - arablarda eng qimmatbaho narsa hisoblanadi. RASULULLOHNING SHOMGA QILGAN IKKINCHI SAFARI Payg'ambar alayhys-salom yigirma besh yoshga kirganlarida Shomga ikkinchi marta safarga otlandilar. Asad jamoasidan bo'lmish Huvaylidning qizi Xadicha boy savdogar xonimlardan edi. U odam yollab, sherikchilikka tijorat qilardi. Muhammad alayhis-salomning g'oyat samimiyligini, rostgo'yligini, qabiladoshlari uni Amin (ishonchli) deb atashlarini eshitgan Xadicha u kishini ishga yollab, mollarining eng aslini berdi hamda sodiq xizmatkori Maysarani hamroh qilib Shomga jo'natdi, bu galgi savdo-sotiq juda katta foyda keltirdi, tujjorlarning ishlari doim o'ngidan kelib, baraka yog'ilib turdi. Rasulullohning xosiyatli odamligini ko'rgan Maysaraning hurmati chandon ortib, u kishiga bir umr bog'lanib qoldi.
Show all...