"UNIVERSAL" o'quv markazi
Open in Telegram
293
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+1030 days
Posts Archive
#mulohaza
⚡️ "Hatto cho'kayotgan bo'lsang ham o'qi!"
✅ Ushbu haykal Finlandiyada joylashgan bo'lib, unga shunday nom berilgan: "Hatto cho'kayotgan bo'lsang ham o'qi".
O'qish – inson o'zini anglashining bir qurolidir!!!
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati va imtihon fanlari ma’lum
bo‘ldi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining
ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti (http://www.piima.uz/) orqali elektron shaklda
quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
Bu haqida agentlik axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov brifingda ma’lum qildi.
Agentlik matbuot kotibi bergan maʼlumotga koʻra ushbu muassasalarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test
sinovi shaklida oʻtkaziladi:
Aniq fanlar yoʻnalishida:
- matematika (mantiqiy fikrlash);
- fizika fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- ingliz tili;
Tabiiy fanlar yoʻnalishida:
- biologiya;
- kimyo (8-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
- matematika;
- ingliz tili.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan oʻquvchilarning baholariga
hech qanday talab qoʻyilmaydi.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📝4 ёшли болакай энг ёш ёзувчи бўлди
Саид Рашид Абу-Дабида яшайди. У “Саид исмли фил ва айиқ” номли ўз муаллифлик асарини ёзган. Китоб дўстлик ва меҳрибонлик ҳақида. Асар мингдан ортиқ намунада сотилган.
Болакай энг ёш ёзувчи сифатида Гиннесс китобига киритилди.
“Мен қандайдир яхшилик қилганимдан хурсандман ва ўзим билан фахрланаман”, дейди болакай.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
ОТА-ОНА БИЛАН МУОМАЛА ҚИЛИШДАГИ ЎТТИЗ БЕШ ОДОБ:
1) Ҳузурларида қўл телефонларини ўчириб қўйиш.
2) Гапираётганларида жим туриш.
3) Раъйларини қайтармаслик.
4) Гапларини маъқуллаб туриш.
5) Уларга ўзини ҳокисор тутиб қараш.
6) Уларга доим мақтов,мадҳ айтиб туриш.
7)Уларга ҳурсандчилик хабарларини улашиш.
8) Ёмон хабарларни олдиларида гапирмаслик.
9)Улар яхши кўрган кишиларни ва дўстларини мақташ.
10) Эришган ютуқларини доим эслатиб туриш.
11) Агар қайта-қайта гапирсалар ҳам гапларини тасдиқлаб кўнгилларини кўтариб туриш.
12) Ўтмишдаги аламли
ўринларни зикр қилмаслик.
13) Отиқча гаплардан
четланиш.
14) Олдиларида ҳурмат
сақлаб ўтириш.
15) Фикрларини паст ва ноқис санамаслик.
16) Гапларини
тугатмасларидан олдин
эшитмасдан туриб кетмаслик.
17) Ёшларини ҳурмат қилиш
ва набиралари билан уларни
безовта қилмаслик.
18) Олдиларида набираларини
жазоламаслик.
19) Ҳамма насиҳату-
фикрларини қабул қилиш.
20) Ҳузурларида уларга
эҳтиром кўрсатиш.
21) Уларга овозни кўтармаслик.
22) Улардан олдин ёки
олдиларидан юрмаслик.
23) Таомга улардан олдин қўл узатмаслик.
24) Уларга тикилиб
қарамаслик.
25) Улар билан
фахрланишлик,агар улар
шунга лойиқ иш қилишмаган
бўлса ҳам.
26) Олдиларида оёқ
узатмаслик ёки уларга орқа
қилмаслик.
27) Сўкилишларига сабаб
бўлмаслик.
28) Ҳар доим уларни
ҳақларига дуо хайр қилиш.
29) Олдиларида чарчоқ ва
хафаликни зоҳир қилмаслик.
30) Улардан содир бўлган
хатоларга кулмаслик.
31) Ўзлари талаб қилишларидан олдин
хизматларини бажариш.
32) Доимий равишда уларни
зиёрат қилиб туриш ва уларга
ғазаб қилмаслик.
33) Улар билан гаплашганда
чиройли сўзларни танлаб
ишлатиш.
34) Ўзларига ёқадиган исмлар билан мурожаат қилиш.
35) Уларни ҳамма нарсадан ва ҳамма одамлардан устун
қўйиш.
Ота ва Она - ер остига кўмилиш арафасида бўлган ер юзидаги ҳазинадир.
Бу юқорида ўтган бандларнинг ҳар бири аҳамият жиҳатидан иккинчисидан кам эмас. Шундай экан, эътибор билан ўқишни ва ота-онага муомала қилишликда нафсни бир ҳисоб қилиб қўйишни насиҳат қилган бўлардим.
Албатта, жаннатга кириш, дунёдаги муваффақият, хотиржамлик, мўл ризқ келиши ва балоларни дафъ қилиниши - Ота-Онага яхшилик қилиш миқдорига боғлиқдир.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
⚡️ Imtiyozlar reyestri tasdiqlandi
📝 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat test markazining taklifiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022-yil
29-dekabrdagi majlisi 10-son bayoni bilan “Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlandi.
Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi o‘rin olgan bo‘lib, ular quyidagi kategoriyalarga bo‘lingan:
👉 Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha imtiyozlar (15 turdagi imtiyoz).
👉 Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha imtiyozlar (4 turdagi imtiyoz).
👉 Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berish bo‘yicha imtiyozlar (5 turdagi imtiyoz).
👉 To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish bo‘yicha imtiyozlar (2 turdagi imtiyoz).
👉 Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha imtiyozlar (12 turdagi imtiyoz).
👉 Qo‘shimcha imtiyozlar (3 turdagi imtiyoz).
❗️Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga mas’ul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from Xushnudbek.uz
❓Joriy yilda maktab bahosi o‘qishga kirishda qo‘shiladimi? So‘nggi yillarning eng katta xato qarori haqida ikki og‘iz
#abituriyent
✅ JAVOB: Ha, amaldagi qonunchilik bo‘yicha 2023 yildan boshlab bitiruvchilarning shahodatnomadagi o‘rtacha bahosi testda olgan baliga qo‘shiladi.
Yaʼni maktab, litsey va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik taʼlimning so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi. Shunda o‘rtacha ko‘rsatkich 3, 4 yoki 5 baho chiqadi. Va mana shu baho test(ijodiy imtihon)da abituriyent to‘plagan ballga qo‘shiladi. Masalan, abituriyent 130 ball olsa, maktabda o‘rtacha 4 bahoga o‘qigan bo‘lsa, jami 134 ball bo‘ladi. 5 ga o‘qigan bo‘lsa, 135 ball bo‘ladi.
Bu tartib joriy yilgi kirish imtihonlaridan boshlanishi kerak.
O‘rtacha baho elektron bazaning o‘zida bo‘ladi, joriy yilgi bitiruvchilar onlayn hujjat topshirayotganda "Sizning o‘rtacha bahongiz mana bunaqa" degan yozuv chiqadi, abituriyent uni tasdiqlashi kerak. Agar mabodo xatolik bo‘lsa, unda bu xatoni to‘g‘rilatish uchun abituriyent test sinovlaridan oldin bir dunyo byurokratiya bilan kurashishga majbur bo‘ladi. Ayni yoz oylarida, taʼlim tizimida hamma mehnat taʼtilida bo‘lgan paytda kamida u eshikka borib, bu eshikka borib sarson bo‘lishi kafolatlanadi.
O‘zi umuman ushbu qaror so‘nggi yillarda kirish imtihonlariga oid qabul qilingan eng yomon va eng noto‘g‘ri qaror bo‘ldi, deyish mumkin. Sababi uzoqni o‘ylanmasdan chiqarilgan qarorning muammoli tomonlari ko‘p va haligacha bu muammolarga adolatli yechim topilgani yo‘q.
Masalan, birgina o‘tgan yilda tugatgan abituriyentlarni masalasini olaylik. Misol uchun, 2006-yilda o‘qishni tugatgan kimdir hujjat topshirdi. Uning o‘rtacha bahosi tabiiyki hech qanaqa elektron bazada yo‘q. Maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini topish, ularning har birini qo‘shib chiqib, o‘rtachasini chiqarish esa bu fantastika!
Agar avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlarga ball qo‘shilmasdan, faqat yangi bitirganlarga ball qo‘shilsa, bu qip-qizil A-DO-LAT-SIZ-LIK! Hukumat o‘zi eplolmagan ish uchun (yaʼni barchaning bahosini elektronlashtirolmaganligidandirda) qaysidir abituriyentga qo‘shimcha ball berib, qaysidir abituriyentning haqqiga xiyonat qilayotgan bo‘ladi.
Bu muammolarning bittasi xolos. Xullas, qani, ko‘ramiz, qabulda bu adolatsizlikni qanday hal qilishar ekan? Lekin haliyam bo‘lsa, xatoni to‘g‘rilash uchun vaqt bor.
👉 @xushnudbek 👈
Oʻqishga kirishda maktab bahosini hisobga olish tizimi qanday ishlaydi?
Joriy yilgi qabuldan boshlab maktab va oʻrta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlaydi. “5” ga oʻqigan oʻquvchiga kirish imtihonida toʻplagan balliga 5 ball, “3” ga oʻqigan bitiruvchiga esa 3 ball qoʻshiladi. Lekin oldingi yillarda maktabni bitirib ketganlarga ham ball qoʻshiladimi?
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ассалому алайкум барчага!
Эртага 9-май "Хотира ва кадрлаш куни" муносабати билан дам олиш куни хисобланади. "UNIVERSAL" укув марказида эртанги укув курслари тухтатилмайди, факат белгиланган вактларини укитувчингиз билан келишган холда узгартиришингиз мумкин.
Test sinovida qaysi nechta savol bo’lishi va qaysi fanga necha ball berilishi tasdiqlandi
#abituriyent
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldagidek o’zgarishsiz qoldirildi).
Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1,1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3,1 ball = 93 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2,1 ball = 63 ball
✔️60 ta savol uchun jami 156 ball.
🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилди!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Бугун Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун
ТЕСТ СИНОВИ бўлиб ўтди.
Барча ўқувчиларга омад ёр бўлсин!
🙋♂️Барча ўқувчиларни келгуси ТЕСТ СИНОВЛАРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказидан яна бир ажойиб янгилик!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун ҳар ойда икки маротаба якшанба кунлари ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилиши режалаштирилди.
🕥КУТИЛАЁТГАН НАТИЖА
✅ Ўқувчиларни тайёргарлик ва реал билим даражасини аниқлаш, шунингдек ҳар бир фан бўйича таҳлил натижаларини чиқариб бериш.
✅ Ўқувчиларни асосий имтихонларга тайёрлаб бориш ҳамда ўқувчиларда кўникма ва амалиёт ҳосил килиш.
✅ Тест синовларида юқори натижага эришган ўқувчиларни тақдирлаш ва соғлом рақобатни ташкил этиш.
⚡️Илк ТЕСТ СИНОВИ 2023 йил 7-май ЯКШАНБА куни соат 9:00 да бошланади!
🙋♂️Барча ўқувчиларни ТЕСТ СИНОВЛАРИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞Тел:+998905999532
Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ.
🎯Мўлжал:собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида.
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
