cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ne'matjon Mansurov

Marketing, biznes va shunchaki kuzatuvlar

Show more
Advertising posts
267
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:51
Video unavailableShow in Telegram
Xayrli kech, do’stlar👋 Yuqoridagi keyslar bo’yicha olingan bilim va tajribalarni 28-oktyabr kuni, “Marketing Club” loyihasida bo’lishaman. Ro’yxatdan o’tish uchun havola🫴🏼 https://forms.gle/Yz7oLGHpBTSzRr5J9 P.S. Tadbir asosan sohada ishlayotgan, agentlik egalari, frilanserlar va marketologlar uchun mo’ljallangan. @nematjon_mansurov
Show all...
IMG_5363.MP49.93 MB
👍 10
​​Odamlar aytmagan narsangni bilmaydi Bir qaraganda oddiy, lekin ko’pchilik(o’zim ham) amal qilmaydigan narsa. Hamkorlik qilgan kompaniyalarim, ishlagan keyslarim bilan hech qayerda bo’lishmagan ekanmanu, hamma biladi deb yurganman. Kecha Marketing Club’da yangi post chiqdiyu, aslida vaziyat qanaqaligini ko’rsatib qo’ydi 😉 Keling, o’zimni tanishtiray: Ismim Ne’matjon Mansurov. Marketing sohasiga kirib kelganimga yaqinda 6 yil bo’ladi. Shu paytgacha Media and Project Management Group’da marketing direktor: Jamoamiz bilan qilgan Marketing Club, Modul5, Dizayn Club, Chegarasiz, Tezyoz loyihalarini eshitgan bo’lishingiz mumkin. Shuningdek, UNDP, Yoshlar ishlari agentligi, Aloqabank, Dalatek kompaniya va tashkilotlari bilan hamkorlik qilganmiz. texnomart kompaniyasida digital direktor: -10 ga yaqin yangi do’konlar ochilishi -Sizdan xarid bizdan Damas aksiyasi -Noutbuk xaridi uchun Cobalt -Har bir xarid uchun kafolatlangan sovg’alar aksiyalarini ishga tushurganmiz. Timsol marketing agentligi(hali hech qayerda e'lon qilinmagan, o’zimni agentligim) bilan esa yangi smartfonlarni bozorga taqdim etishdan, 1 million dollardan ortiq savdoga olib kelishgacha ishlab kelmoqdamiz. Hamkorlarimiz orasida texnomart, Huawei, Centrum Air, Namuna Development, Beko kompaniyalari mavjud. P.S. Suratda “Marketing Club” loyihasi uchun TAF(Toshkent reklama festivali)da Gold olgan kunimiz. Keling, siz bilan ham tanishib olamiz. Izohlarda o’zingiz va keyslaringiz bilan bo’lishing👇 @nematjon_mansurov
Show all...

🔥 12👍 3
​​Qaysidir loyihani boshlab, uni oxiriga yetkaza olmaslik - normal Kompaniyaga ishga kirib, 1 hafta ishlamasdan tashlab ketish - normal Qilayotgan ishingiz o’xshamasligi - normal Qayerga ketayotganingiz, nima uchun u yoki bu ishni qilayotganingizni bilmaslik - normal Har doim muvaffaqiyatli bo’lmaslik - normal Sohada eng zo’r ekspert bo’lmaslik - normal Nimanidir bilmaslik yoki tushunmaslik, hatto o’z yo’nalishingizda bo’lsa ham - normal Ishlagingiz kelmasligi - normal Qaysidir yaqiningiz bilan aloqalarni uzish - normal 30 yoshda mashinangiz bo’lmasligi - normal Eng yaxshi kompaniya egasi bo’lmaslik - normal Brend kiyimlarni kiymaslik - normal Lekin… Narsalarni o’z nomi bilan atamaslik va buni tan olmaslik normal holat emas. Reallikni qabul qiling. Sohada eng zo’ri emassiz, hozircha BMW ololmaysiz, kompaniyangiz N1 ham emas va qaysidir yaqinlaringiz sizning energiyangizni tortib olyapti. Faktni qabul qiling va uni yaxshilash uchun harakat qiling. Ishingizni almashtiring, odamlar bilan aloqalarni uzing, kreditga mashina olmang, tushunmaganingizni so’rang, yangi bilimlarni o’rganing, qarzga kiyinmang, Instagram uchun “muvaffaqiyatli” bo’lmang. Bu esa o’ta normal holat. @nematjon_mansurov
Show all...

🔥 22❤‍🔥 3👍 2 2🐳 2
Oyiga 200 000 dollargacha daromad. Baxtsiz marketing agentligi asoschilari. Istarasi issiq marketologlar. Mansurov vlog’ning yangi mehmoni - Abba marketing agentligi asoschisi Muzaffar To’xtasinov. Ko’ring, izoh qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing. https://youtu.be/ucPp4prWo7g?si=pOWGXn8Zas2NNp0_ @nematjon_mansurov
Show all...
Marketing agentligi qanday ishlaydi? Agentlik asoschilari baxtsizroq(mi)? | Muzaffar To'xtasinov

Mansurov vlog'ning navbatdagi mehmoni - Abba marketing agentligi asoschisi va rahbari - Muzaffar To'xtasinov. Suhbat davomida biz marketing agentligi faoliyati, undan qancha daromad olish mumkinligi, agentlik faoliyatidagi muammolar haqida gaplashdik. Ijtimoiy tarmoqlar: Instagram:

https://www.instagram.com/nematjon.mansurov/

Telegram:

https://t.me/nematjon_mansurov

Muzaffar To'xtasinov:

https://www.instagram.com/muzaffar.tokhtasinov/

Hamkorimiz - Media and Project Management Group (

https://www.instagram.com/mpmg.uz/)

Videograf: Nurbek Shodmonov (

https://www.instagram.com/nurbekshodmonov1/)

#marketing #biznes #abbamarketing #mansurovvlog

💯 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qiziq kuzatuv. Nimagadir oxirgi paytlar qaysi tarmoqqa kirmang, qo'liga klaviatura tushgan yoki futbolkasiga Caramonic mikrofon ilgan odam borki, yoshlarni tanqid qilgisi, ularga qanday yashashni, qachon uylanishni, yosh bo'lib turib, professional bo'lish mumkin emasligini o'rgatgisi kelyapti. "100 yillik tajribang bo'lmay turib, nega bunaqa narx?" "Yosh bolalar o'zini ekspert deydi. xa-xa-xa" Keling, oldin aniqlab olaylik. Sizga natija muhimmi yoki mutaxassisni yoshi? Natija bormi - krasavchik. Natija yo'qmi - 1000 yillik tajribasi bo'lsa ham foydasiz. Bo'ldi. Professionallik - bu birinchi o'rinda mas'uliyat va ishga bo'lgan munosabat. Mutaxassisdan asosiy talab esa o'z ishiga professional yondashishi va natija olib kelishi. Yoshi E-M-A-S! Yoki 30-40 yillik tajribasi bor diletantlarni faqat men taniymanmi? Xullas iltimos, yoshlarni tinch qo'yinglar. Qo'lingizdan kelsa o'sishiga, rivojlanishiga yordam bering. Kelmasa xalaqit ham bermang. @nematjon_mansurov
Show all...
🔥 11👍 3🗿 2 1😁 1🌭 1🍌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ma’lumot uchun: Ushbu Instagram sahifa Qozog’istondagi eng taniqli va ko’p foydalaniladigan Super-app - Kaspiga tegishli Kunlik foydalanuvchilar soni 7 mln(2022-yil). Aksiyalarining bozor narxi qariyb 20 mlrd dollarni tashkil etadi. Mijozingizga xizmatlaringizni taklif qilishda yoki keyslaringizda dizaynini zo’r qildik deb Instagramga qo’yishdan oldin shu brendni eslang. @nematjon_mansurov
Show all...
🔥 8
​​Tadbirkordek o'ylang, marketologdek ishlang Menga o'xshamang. Ancha vaqt oldin, tashqi buyurtmachilar(brendlar) bilan ishlaganda bir muammoga duch kelgandim. Ishlaymiz, chiroyli dizayn qilamiz, saytlar qilamiz, pafosga boy matnlar yozamiz, lekin... Lekin mijoz ketib qoladi. Chunki sotuv kam yoki yo'q. Xuddi mendek aytishingiz mumkin, sotuvga maxsus bo'lim javob beradi. Meni vazifam trafik olib kelish. Man ishimni bajardim. Sizni xafa qilishga majburman. Aynan sizning ishingiz effektivligini sotuvlar belgilab beradi. Ya'ni biznesga siz qanday foyda olib keldingiz? Zo'r taqdimot qildim, kreativ kontent qildim, mana shuuncha qamrov bo'ldi. Ba'zi marketing agentliklarining Instagram sahifasida hatto layklar soni haqida yozishganini ko'rdim. Layk??? Tadbirkor layklaringizni yig'ib, yangi tovar sotib oladimi? Balki "prosmotr"larni konvertatsiya qilib, bank kartasiga tashlab olishni imkoniyati chiqqandir? Super kreativ taqdimotni "Open Byudjet" uchun bitta ovozga almashishganini esa hozircha eshitmadim. Shu sababli doimo raqamlarda gapirishni va raqamlar bilan ishlashni o'rganing. Developer bilan ishlayapsizmi, marhamat nechta uy sotganingiz haqida gapirib bering, riteyl kompaniyami, trafik qanchaga oshgani, konversiya foizi sizgacha va sizdan keyin qanaqa bo'lgani, onlayn yoki offlayn sotuvlarni aniq sonlarda ayting. Tadbirkordek o'ylang, unga muhim bo'lgan element(asosan sotuv) haqida o'ylang, natija uchun ishlang va bu haqida qo'rqmasdan gapiring. @nematjon_mansurov
Show all...

👍 6🔥 1
RDB marketing metodi haqida eshitganmisiz? Biror mahsulot va xizmatingizni sotayotganda “O’ylab ko’raman”, “Menga kerak emas”, “Arzonroq variantini ayting” kabi e’tirozlarni eshitishni xohlamasangiz ushbu metodni qo’llab ko’ring. P.S. Video hajmi sal kattalashib ketdi :) @nematjon_mansurov
Show all...
IMG_4696.MOV59.05 MB
👍 12👌 3🕊 3
​​Marketing sohasida ishlab, o'zim uchun qilgan xulosalarim: 1.Marketingda ishlash bu faqatgina kreativ g'oyalar, qarsaklar, yutuqlar emas. Marketing bu bitmaydigan qog'ozlar, raqamlar, grafiklar, taqdimot va tuganmas "otkaz"lar 2.Hamma sohani o'zini mutaxassislari bor, faqat marketingni emas. Marketingda hamma: rahbar, dizayner, sotuvchi, yordamchi, hatto ishxona qorovuli ham ekspert. Ular istagan paytda "E, ukam ishlomayapsanla" deyishi mumkin va bu normal 3.Mahsulotingizni hech kim kutmayapti. Hamma "и так" yaxshi yashayapti. Shu uchun "Qora... tez kunda" degan reklamalarga pulni bekorga sarflamang 4.O'qigan kurslaringizdagi bilimlar 20% holatda kerak xolos. Qolgan 80% ida muloqot ko'nikmangiz, kommunikatsiya, sotuvchilik, muzokara olib borish va odamlarni ishontira olish qobiliyatlari kerak 5.Raqamlar aldamaydi. Har doim raqamlar, statistika va natijalar haqida gapiring. Shunchaki g'oyalar hech kimga qiziq emas 6.Yaxshi va yomon kreativ degan narsa yo'q. Ishlaydigan va ishlamaydigan kreativ bor. Qaysidir keysga baho berish faqat natijalariga qarab bo'ladi 7.Xorijiy ekspertlarning hurmati balandroq bo'lgani ular juda kuchli ekanidan emas. Shunchaki biz o'ta va o'ta kuchsiz ekanimizdan(1 0 dan 100 marta kattaroq degan iborani eslang) 8."Pulidan muammo yo' ukam" deydigan mijozdan qochish kerak. Ishonavering, aynan shu mijoz bilan puldan muammo bo'ladi 9."Yoki tekinga yoki qimmatga ishlang" degan narsa bekor gap. Tekinga hech qachon ishlamang, tekin narsani qiymati ham, hurmati ham yo'q. Qimmatga sotish uchun esa tajriba kerak. 10.Bunisini siz yozing. Yana qanday xulosa va takliflarni qo'sha olamiz? @nematjon_mansurov
Show all...

🆒 11 2🔥 2💔 1
Keys bo’yicha fikrlaringiz qanday? Izohlarda qoldiring👇 P.S. Kechroq to’liq ko’rib chiqamiz va o’z fikrlarimni batafsil yozaman
Show all...
2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.