Детский Невролог
Open in Telegram
• Канал для родителей • Отвечу на вопросы, которые давно Вас интересуют • Всё о детской неврологии
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
339
Subscribers
-124 hours
+97 days
+5830 days
Posts Archive
1️⃣Antiepileptik preparatni tanlash. Bu davr qiyin bo'lishi mumkin, chunki turli xil tutqanoqlar dorilarga turlicha javob beradi va bu vaqt ichida kasallik kuchayishi mumkin. Ota-onalar nimaga e'tibor berishlari kerak?
👉🏻Dori-darmonlarni o'z vaqtida, to'g'ri dozada berish va dozani o'tkazib yubormalik❕
🛌Kun va ovqatanish tartibiga rioya qilish, gadjetlar uchun vaqtni chegaralash kerak📱
Agar huruj takrorlansa, darhol shifokorga xabar berish kerak🏥
Agar barcha qoidalarga rioya qilingan holda hurujlar tez-tez va kuchliroq bo'lib quzatilsa, shifokoringizdan so'rang va agar javob sizni qoniqtirmasa, shifokoringizni o'zgartirish haqida o'ylang👨🏻⚕️
🟢Lekin hech qachon taslim bo'lmang!!!
2️⃣Remissiyaga erishish - ya'ni hurujsiz davr🚫
Bu davr ota-onalarni biroz tinchlantirishi mumkin, ammo buni qilmaslik kerak❌
Antiepileptik preparatlarni💊 qabul qilishni qat'iy nazorat qilish, kunlik rejimni kuzatish🛌 muntazam ravishda nevrolog bilan maslahatlashish, qon parametrlarini va EEGni kuzatish kerak. Bu davr bir necha yilgacha davom etishi mumkin va siz sabr-toqatli bo'lishingiz kerak😌
3️⃣Antikonvulsant terapiyani bekor qilish davri ham asta-sekin va EEG monitoring nazoratida utishi kerak, shuningdek, bir necha yil davom etishi mumkin✅
Epilepsiya bu hukm emas! 👩🏻⚕️
Epilepsiya 🧠(ota-onalar uchun post)
Epilepsiya surunkali miya kasalligidir.
Bunday jiddiy tashxis qo'yish uchun anamnezni to'liq yig'ish, 8 soat davomida EEG monitoringi va бош мия МРТси кerak👆🏻 Agar farzandingizga epilepsiya tashxisi qo'yilgan bo'lsa, bilingki, bu ❎HUKM EMAS!!!!
Ma,lum tavsiyalarga rioya qilsa, farzandingizi hayot sifati hech qanday tarzda zarar ko'rmaydi.
Kognitiv nuqsoni bo'lmagan epilepsiya bilan og'rigan bola ta'lim muassasalariga borishi, ijodkorlik bilan shug'ullanishi va remissiya davrida engi sport turlari bilan shug'ullanishi mumkin.
❗️Davolanish vaqtida BIR shifokor tomonidan kuzatilishi kerak❗️
🩺An'anaviy ravishda epilepsiyani davolashda 3 bosqichni ajratish mumkin:👇🏻
