cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sharqshunos tarixchi

Sharq xalqlari Tarixi, Siyosati, Antropologiyasi, Etnografiyasi va San‘ati haqida barcha barchasi. Murojaat uchun @Sharqshunoschat_bot ga yozishingiz mumkin. Kanaldan ma‘lumot olganingizda manbani ko‘rsatishingiz shart.

Show more
Advertising posts
3 485
Subscribers
-324 hours
-457 days
-47130 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
​​🦁 Qadimgi Ossuriyada qirollarning sher ovlash jarayonlaridagi tasvirlari ko‘p uchraydi. Nega? Mesopotamiya (aniqrog'i, qadimgi Ossuriya) tasviriy san'atining eng keng tarqalgan va mashhur mavzularidan biri, albatta, sher ovidir. 🗺Bir paytlar gʻarbda Suriya-Falastindan sharqda Hindistongacha, shimolda Zakavkaz va Kichik Osiyodan janubda Arabiston yarim orolining katta qismigacha boʻlgan hududlarda Osiyo sheri keng tarqalgan (ingliz manbalarda bu hayvonning ilmiy nomi Pantera leo persica tarzida uchraydi). 🤔Butun sharqda qirollik qudratining ramzi sherlar bo‘lgan. Samarqanddagi Sherdor madrasasi, Saljuqiylar bayrog‘i, boshqa Ko‘plab tangalar va tamg‘alarda bu hayvon tasviri bo‘lgan: axir podshoh odamlarni boshqarganidek, sher ham hayvonlarning shohi hisoblanadi. 👑 Shuning uchun uni ovlash, qonxo'r Ossuriya hukmdorlari uchun sharafli masala deb hisoblangan. Shu tarzda monarx o'z fuqarolarini tabiatning zo'ravon kuchlaridan, himoya qiladi va bu orqali xudolarning marhamatiga sazovor bo'ladi deb ishonilgan. Bundan tashqari, sherlar ko'pincha qishloq xo'jaligi yerlariga hujum qilib, beparvo dehqonlarni yutib yuborishardi yoki butun chorva mollarini bo‘g‘izlashi qishloqdagi butun hayotni falaj qilishi, ba'zida ocharchilik yoki hosilning yetishmasligiga olib kelishi mumkin bo'lgan. 🌾 Bularning barchasi bir tomondan yirtqichlarga qarshi kurash, ikkinchi tomondan ilohiy kuchga qarshi kurash shaklida javob berishni talab qildi. Yirtqich hayvonlarni, ayniqsa, sherlarni ovlash o‘z fuqarolariga podshohning o‘z xalqini himoya qilishga qodir rahbar sifatidagi qobiliyatini namoyish etishning eng samarali targ‘ibot vositasi bo‘lgan. ⛓‍💥Ov quyidagicha bo'lib o'tgan: dastlab sher (yoki 2 dan 4 tagacha bo'lgan kichik sherlar guruhi) aylanma usullar bilan maxsus qafasli tuzoqlarga haydalgan: buning uchun musiqachilar va itlar olib kelingan. Bir so'z bilan aytganda, hayvonni shovqin bilan qo'rqitish va uni boshpanasini tark etishga majbur qilish kerak edi (ko'pincha bular Dajla va Furot daryolarining botqoqli joylarida bo'lib, u yerda sherlar uy qurishgan) va uni qafas bilan chuqurga haydash kerak edi, keyin yirtqichlar harbiylar va otliqlar kuzatuvi ostida qirolning oldindan panjara bilan o'ralgan ov joylariga olib borilgan. Qo'lga olingan sherlar, shuningdek, to'qilgan yoki bronza qalqonlardan devor yasagan qalqonli askarlar tomonidan yaratilgan yopiq maydonga qo'yib yuborilishi mumkin edi. Ba'zi yirtqichlar yog'och qafas qutilaridan ozod qilingan holda tasvirlangan, u tepada joylashgan kichikroq minora qutisiga o'tirgan maxsus shaxs tomonidan darvozani ko'targan. (To‘liq rasmlarni izohlardan topasiz) Aytishga hojat yo'qki, bunday "ov" ov emas oddiy "kelishuv" edi: Sherlar bahaybatligiga qaramasdan hukmdorning momaqaldiroqdek yaltiroq aravalariga, o'qlar va nayzalar yomg'irida, shuningdek, Ossuriya shohi qurolli qo'riqchilarining bronza qilichlariga qarshi zarracha imkoniyatga ega emas edi. Ko'pincha sher qattiq yaralangan (masalan, umurtqa pog'onasi o'q yoki qilich bilan jarohatlangan) va podshoh allaqachon qisman falaj bo'lgan, charchagan, ammo g'azablangan hayvonni taqdirini hal qilgan; Bu bilan podshohlarning hech qanday qudratini tasvirlab bo‘lmaydi. Ammo internet mavjud bo‘lmagan zamonlarda buni odamlarga tushuntirib bo‘larmidi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
3322Loading...
02
#sharq_sanati #Etnografiya 💡Bizni kanal obunachilari zo‘rda. Manabu linkni yuborib yozmadingizku kutyapmiz debti. Shundan kelib chiqib ozroq izlanib ajoyib fakt topdim: TANDIR so'zi, shuningdek, qadimgi Mesopotamiya (Akkad) tilidan kelib chiqqan bo'lib, ikki qismdan iborat ekan: "tin va nur" yoki "tinuru", ya'ni "yer (yoki loy)) va olov (yoki yorug'lik)" ya‘ni yonuvchi yer yoki olovli loy degan ma‘nolarni bildiradi. Albatta bunga qarshi fikrlar bizni turkologlarimizdan chiqib qolsa jon deb muhokama qilamiz. Yana bir qiziq narsa aytaymi? Tandirni ajoyibroq rasmini izlayman deb GOOGLE ga yozsam nuqul "Tandir go‘sht" yoki "Qashqadaryo tandiri"ni topib beryapti. P.S Tandirning ham funksiyasi oʻzgarib bizning tandirlarda non emas go‘sht yoki go‘shtli taomlar ko‘p pishirilayotganidan dalolat bu. Gap gap 100+ 👍 bo‘lsa Non va Tandir tarixi xususida batafsil post bo‘ladi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
6853Loading...
03
#manba_ulshamiz VIII-IX asr boshlarida ilk arab tarixshunosi va nasabnomachilaridan biri Hishom ibn Kalbiy (هشام بن محمد بن السائب الكلبي) «Kitob al-asnam (کتاب الأصنام) asarini yozgan. Bu islomgacha boʻlgan davrdagi arablarning dini, tili va madaniyati haqida bizgacha yetib kelgan yagona asardir. Asar Arabistonga ko'p xudolikning kirib kelishi haqidagi hikoyalarni o'z ichiga olgan, turli arab qabilalari (semit) va arablar butlari, marosimlar, qurbonliklar, muqaddas joylarga ziyorat qilishning tavsiflari berilgan. Matnni ilk marta 1914-yilda misrlik filolog Ahmad Zakiy Posho kashf etgan, u "Arabshunoslar shayxi" (shayx al-Arabiyya/ شيخ العروبة) nomi bilan mashhur. Matn ustida olim 10 yil ishlab 1924 yilda chop etgan P.S Kitobni sizlar bilan bo‘lishamiz. Arab xalqlarining Islomdan oldingi tarixi bilan shug'ullanuvchi tadqiqotlar uchun manfaatli bo‘ladi degan umiddamiz. Kitob bilan bu link orqali tanishishingiz mumkin. Bu manba hozirgi davrdagi ko‘plab savollarga ham javob beradi. 🖌@Sharqshunos_tarixchi
6084Loading...
04
​​Ibrohimbek qo‘rboshi qo‘shinining qabilaviy tarkibi Muhammad Ibrohimbek 1889 yilda hozirgi Dushanbe shahridan o‘n ikki kilometr uzoqlikdagi Ko‘ktoshda tug‘ilgan. Uning oʻzi laqay qabilasining kenja urugʻi — Esonxoʻjadan. 1920-yilda oʻz qabilasining bekiga aylanib, Buxoro amiri Said Olimxon xizmatiga kiradi, u 1920-yil sentabrda Turkistonda sovet hokimiyati oʻrnatilgach, Afgʻonistonga qochib ketadi. 1921-yildan 1924-yil oxirigacha maxsus komissiya maʼlumotlariga koʻra, Sharqiy Buxoro (hozirgi Tojikiston) aholisidan 200-250 ming kishi (50 ming xonadon) Afgʻonistonga muhojir sifatida koʻchib kelgan, yaʼni Sharqiy Buxoro umumiy aholisining toʻrtdan bir qismi. Shuningdek, muhojirlarning etnik tarkibi xilma-xil bo'lib, asosan, laqay, qo'ng'rot, durman kabi o'zbek urug'lari, shuningdek, tojik, turkman va qirg'izlar bo'lgan. Ibrohibek qoʻshinlari tarkibida Afgʻonistondan koʻp sonli oʻzbek va tojiklar ham bor edi. Ibrohimbekning sheriklari, shuningdek, unga bo'ysungan qo‘rboshilar haqida ma'lumotlar mavjud. Ibrohimbek qoʻshinida eng koʻp oʻzbek qatag‘on urugʻining vakillari boʻlgan: 1. Ibrohimbekning asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Toluqondagi qatag‘on urug‘ining boshlig‘i Abdushukur. 2. Mulla Ko‘lobning 300 yigitlik otryadi bor edi. 3. Iskoshimlik Mulla Imomqul, uning otryadida 400 yigit bor edi. 4. Nahrinlik Mulla Latif, 200 yigiti bilan. 5. Siyatlik Mulla Sulton, uning otryadi 150 yigitdan iborat edi. 6. Banguylik Mulla Abdusamatning 100 nafar yigiti bor edi. 7. Toluqonlik Xolmamat, 100 yigit. 8. Toluqonlik mulla Abdushukur, 100 yigit. 9. Oqmurod - Qatag‘on urugʻidan, Rustokdan, 100 Yigit. 10. Xazorgaklik bo‘ri, 50 yigit. 11. Jibirbuloqlik Xolmuhammad, 50 yigit. Ibrohimbek tarafida kurashgan qoʻngʻirotlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar bor; Uning otryadida Qo‘rboshi Mulla Xoldor, Mulla Jaylov, Polvonxo‘ja, Boysari, Mulla Jo‘ralar ham jang qilgan. Qayd etilishicha, bu otryad afg‘onlardan tortib olingan ingliz miltiqlari bilan qurollangan. Moʻgʻul urugʻidan bo‘lgan qo‘rbashilar haqida ham maʼlumotlar mavjud: 1. Toluqonlik Rustam botirning 400 yigiti bor edi. 2. Badaxshonlik Polvon Imomnazar, 100 kishi. Ibrohimbek qoʻshinida Qang‘li urugʻidan boʻlgan oʻzbeklar ham bor edi: 1. Mozori Sharif yaqinidagi Oybek qishlog‘idan Arziqulning 400 nafar yigiti bor edi. 2. Mozori Sharif yaqinidagi Dalam qishlog‘idan mulla Imomyor, 100 yigit. 3. Mozori Sharif yaqinidagi Qorabo‘yin qishlog‘idan Mulla Abdukarim, 100 yigit. Jumladan, tojiklardan Qo‘rboshilar bor edi: 1. Nahrinlik Shaqulxo‘ja, 100 yigit. 2. Toluqonlik Bobo Niholband, 100 kishi; 3. Ishkashim tumani Shir qishlog‘idan mandarachi, 100 kishi bo‘lgan. Ma’lumotlar olingan manba: N. Nazarov. Muhammad Ibrohimbek Laqay. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
75014Loading...
05
#tarixiy_iqtibos "Urush insoniyatning tabiiy holatidir" Ilgari, men Immanuel Kantning Toms Gobbs bilan inson mavjudligining asosiy prinsipi bo'yicha bir xil qarashlarga ega ekanligiga e‘tibor bermagan edim. Urush uchun hech qanday maxsus turtki beruvchi sabablar kerak emas: u inson tabiatiga singdirilgan va hatto olijanob narsa deb hisoblanadi. Urushga odam foyda chanqog'i tufayli emas, balki shuhratparastlik illati tufayli kiradi; Bu shuni anglatadiki, harbiy jasorat urush paytida yaxshi namoyish etiladi (bu haqiqat) degan xato fikr tufayli, anashu jasoratni ko'rsatish uchun urushlar boshlanadi; Urushning o'zida odam ichki dunyosini, qadr-qimmatini ko‘radi. Shuning uchun hatto faylasuflar ham urushni insoniyatning olijanob hodisasi sifatida ulug'laydilar. Ammo yunonlarning mashhur iborasini keltirmoqchiman: "Urush yomon, chunki u yovuz odamlarni yo'q qilishdan ko'ra ko'proq yaratadi". Manbalar: Кант, И. (1966). К вечному миру. 1795. Кант. Избранное, (3) Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
7625Loading...
06
#sehrli_sharq 🇮🇶🇸🇦Iroq davlati hududida nomi bilan sizni hayratga soladigan etnik guruh mavjud. Ular "botqoq arablari" yoki "maadanlar" deb ataladi. Ular Dajla va Furot daryolari kesishgan Mesopotamiyada yashaydilar. Kichik ko'llar va balchiqli botqoqlar o'lkasi bo‘lmish 15 ming kvadrat kilometr nam yopishqoq yer, baland qamishlar, loyqa suvlar va kichik sun'iy orollar jamlanmasini botqoqlik qirolligi deyish mumkin. 👑Maadanliklar shumerlarning bevosita avlodlari hisoblanadilar, ular asrlar davomida Mesopotamiya botqoqlarida yashagan, sholi yetishtirgan, baliqchilik bilan shugʻullangan, qamish yetishtirgan; 🌳Maadanliklar asrlar davomida butunlay botqoqlik va soylar resurslariga tayangan, tashqi dunyodan butunlay ajratilgan yopiq tsivilizatsiya yaratishga muvaffaq bo'lishdi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
94711Loading...
07
​​Migratsiya razvedkasi Ko'pchilik G'arb davlatlarida migratsiya razvedkasi (yoki kontrrazvedka) borligini juda kutilmaganda bilib oldim. Buyuk Britaniyada bu zobitlar Ichki ishlar vazirligiga hisobot beradi va xorijdagi immigratsiya bo'yicha aloqa xodimlari (overseas immigration liaison officers) deb ataladi. Sasseks universiteti tadqiqotchisi Nikol Ostrandning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarida bunday migratsiya razvedka bo‘linmalarining shakllanishi chegara nazoratini (externalization of borders control) yaxshiroq tashkilashtirishning bir qismidir. Bu jarayon mamlakatga migrantlar oqimini uzoq nuqtada, hatto migrantlarni mamlakatga kirishidan oldin nazorat qiladigan jarayondir. (Tasavvur qilyapsizmi? Men Londonga migratsiya qilishni boshlamasimdan avval ular men haqimda hamma narsani bilishadi) Migratsiya razvedkasi xodimlari nima ish bilan shug‘ullanadi? ⬇️ ▪️Mamlakat milliy xavfsizligi uchun potentsial xavfli bo'lgan odamlarning kirib kelishining oldini olishga yordam beradigan razvedka ma'lumotlarini to'plash. Bunga odam savdogarlari, kontrabandachilar, soxta hujjatlar bilan kiruvchi shaxslar, noqonuniy migrantlar va boshqalarni nazorat qilish kiradi. ▪️Ular notinch davlatlar va boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlar uchun tranzit vazifasini bajaradigan mamlakatlardan kadrlar tayyorlashmoqda. Ular rasmiylarga qalbaki hujjatlarni aniqlashning yangi texnologiyalari haqida ma'lumot beradi, razvedka ma'lumotlarini almashadi va hokazo. ▪️Boshqa mamlakatlarning, shu jumladan Global Shimoldagi aksariyat mamlakatlarning migratsiya razvedkasi xodimlari bilan maʼlumot toʻplash va almashish ham ular zimmasida. Ular yagona strategiya doirasida ish olib boradi va bu yo‘nalishda bir-birlarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi Ostrand ta'kidlaganidek, ushbu razvedka xodimlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar hukumatning migratsiya siyosatini shakllantiradi. Misol tariqasida, Suriya, Liviya va Misr fuqarolari uchun mamlakatga cheklovli tranzit vizalari joriy etilishini tushuntiruvchi Ichki ishlar vazirligi hujjatiga qarashingiz mumkin. Hujjat migratsiya razvedkasi xodimlarining hisobotlari asosida tuzilgan. 👇 Xaritada Britaniya migratsiya razvedkasi faoliyati geografiyasi ko'rsatilgan. Unda qaysi mamlakatlarda ushbu razvedka tarmoqlari ishlashini ko'rish mumkin. Ostrand, N. (2022). Overseas immigration liaison officers:‘Knowledge brokers’ and transnational spaces of mid-level negotiations shaping extraterritorial migration control practices. Migration Studies, 10(1), 41-61. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
9199Loading...
08
#sharq_sanati 🇺🇳2021-yilda YUNESKO arab xattotligini nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritdi. Arab xattotligi VII asrga - muqaddas Qur'onning paydo bo'lgan vaqtiga borib taqaladi. ☪️ Arxitektura va rangtasvirda arab yozuvidan foydalaniladi. U bilan kitoblar, masjidlar, rasmlar va boshqa narsalar bezatilgan. Avvalgi saroylarning Zinalarining ushlagichlari, derazalar va eshiklarida, yog‘och o‘ymakorlikda arabiy harflar shunday mohirlik bilan yozilganki, siz ularni yozuvligini payqamay qolasiz. Yozuvlar muqaddas kalomdan parchalar keltirishdan tashqari, masus boshqotirmalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Masalan Iroqdagi Bayt-ul Hikma - Donishmandlar uyida matematik va astronomik formulalar shu uslubda berilgan. Ammo buni faqat maxsus olimlar jamoasigina aniqlay olgan. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
9773Loading...
09
👑 Hamma davrlarda ham mamlakat aholisida milliy ma’naviyat va vatanparvarlikni mustahkamlashning asosiy vositasi o‘tmishga yuz tutish bo‘lgan! 🇮🇶🗡🇮🇷Iroq va Eron o'rtasidagi og'ir urush (1980-1988) davrida Iroqning Bobil imperiyasining vorisi sifatidagi qiyofasini yaratish harakati keng rivojlandi. Saddam Husayn Bobil hukmdori Navuxodonosor II o'z fathlarida hozirgi Isroil va Eronni egallab olganligi ramziy misol sifatida talqin qilindi. 🛕Saddam Husayn saroyi Bobil hududida qurilgan. U tarixiy va diniy manzarali barelyeflar bilan bezatilgan, unda Saddam portreti yonida ruhoniylar va Bobil askarlari tasvirlangan. Saroy xonalaridan birining shiftini zamonaviy Iroq binolari va Bobil davridagi chizmalari bilan uyg‘unlashtirilgan. Tanglarda Saddam va Bobil hukmdori. ☪️ “Iroq prezidenti, buyuk posboni, g‘olib Saddam Husayn Bobilni qayta tiklash tashabbuskori va buyuk sivilizatsiya bunyodkori bo‘ldi" degan so‘zlarni toshga o‘yilgan shakllarini ko'rishingiz mumkin. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
9967Loading...
10
​​​​Islomdan oldingi arablar tuyani qanday nomlar bilan atashgan?🐪🐪 Arab tili hayvonlarga ham, jonsiz narsalarga ham atalgan epitetlarga boy til hisoblanadi. Birgina sher (أسد/asad) uchun qaswara (قسورة), hamza (حمزة), leyth (ليث), haydar (حيدر), usama (أسامة), dirgham(ضرغام), labu'a (urg‘ochi sher /لبؤة)... labua kabi 10 dan ortiq sinonimlar mavjud. Oxirgi sinonim LABUA juda qadimiy ildizlarga ega: rekonstruksiya qilingan protosemit tilida labu'a so'zi ham eng qadimgi semit tili bo'lgan akkad tilida sher ma'nosini bildirgan. Bundan xulosa qilish mumkinki qadimgi Mesopotamiyada shu so‘z sherni anglatgan. Lekin islomdan oldingi arablar yirik chorva mollarini, masalan, tuyalarni nima deb atashgan? Uy tuyasi uchun arablarda bu hayvonni urgʻochi yoki erkak boʻlishiga qarab 4 ta atama bor edi: 1️⃣Bahira (بحيرة) - katta nasl tug‘ib, qulog‘i kesilgan (ko‘pincha beshinchi bolasini tug‘gandan keyin va beshinchi bo‘taloq nar tuya bo‘lishi kerak bo‘lgan) shundan keyin Bahira tuyani bemalol o‘tlash uchun qo‘yib, yuborishgan. Beshinchi bolasi butlarga qurbonlikka bag‘ishlagan. 2️⃣Saiba (سائبة) - uzoq yurishdan, jangdan, safardan egasining eson-omon qaytishi yoki og'ir xastalik yoki boshqa darddan tuzalib ketishi sharafiga egasi tomonidan berilgan vadaga binoan qo'yib yuborilgan tuya. Arab yaylovlarida ko‘plab Saibalar bo‘lgan. Qaroqchilar asosan qo‘yib yuborilgan shunday turdagi tuyalarni tutib kelishgan va foydalanishgan. 3️⃣Vasila (وصيلة) - bu nom qo'y yoki urg‘ochi tuyani atash uchun foydalanilgan. U qiz tug‘ganda, islomdan oldingi arablar uni o‘zlari uchun saqlab qolishgan, agar erkak bo‘lsa, butga qurbonlik qilishgan. Qo‘y/tuya qarama-qarshi jinsdan egizak tug‘ganda, qo‘zi/tuya so‘yilmagan, balki uni qandaydir xudoga bag‘ishlab, tirik qoldirishgan. 4️⃣Ham (حام) - o'n marta tug'gan va shuning uchun butparastlarning butiga bag'ishlangan barcha mas'uliyatdan ozod qilingan (uni endi minish va tashishdan voz kechilgan). U qari tuya bo‘lib qo‘yib yuborilgach ham ularga mehribonchilik ko‘rsatishgan. Bu tuyalar "bakr" (بکر) so'zi bilan ham belgilangan. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
9277Loading...
11
🇮🇷🇮🇷Bugun 28-iyun Eronda prezidentlik saylovlari boshlandi. Ular Eronning sobiq prezidenti bilan sodir bo'lgan fojiadan roppa-rosa 40 kun o'tib boshlangani ham ramziy asosga ega. (40 kunlik aza). 🇮🇷 Eronda prezident oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomanaiydan keyin mamlakatdagi ikkinchi muhim siyosiy figura hisoblanadi. Prezidentning vazifalariga konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish va ijro etuvchi hokimiyatga rahbarlik qilish kiradi. Eron tashqi siyosatining umumiy yo‘nalishi qaysidir ma'noda yangi prezidentga ham bog‘liq bo‘ladi. 🇮🇷 Eronda 250 ga yaqin partiya roʻyxatdan oʻtgan, ammo uchta siyosiy harakat mavjud: 🛑1979 yilgi islom inqilobining asl manbalariga qaytishni yoqlovchi fundamentalistlar 🛑Islomiy respublika poydevoriga tajovuz qilmaydigan, balki oʻzgarishlar tarafdori boʻlgan islohotchilar. 🛑Birinchi oliy rahbarning ko‘rsatmalariga amal qiladigan konservatorlar yoki markazchilar. Saylov natijalari tez orada ma‘lum bo‘ladi. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
9395Loading...
12
#arxiv 🥤📸👑 Eronda Coca Cola Reklamasi. 1970-yillar. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
9502Loading...
13
​​Samtavriyalik Avliyo Gabriel Lenin portretini yoqib yuborayotgan gruzin freskasi. (Rasm post ostida) 1965-yil 1-mayda, 1-may namoyishlari paytida Avliyo Gabriel Leninning ulkan portretiga o't qo'ydi, buning uchun uni g'azablangan olomon kaltakladi. Keyin u "antisovet faoliyatlari" uchun hibsga olingan va KGB hibsxonasiga olib ketilgan. So'roq paytida Gabriel otadan o'z harakati oliy cherkov rahbariyatining buyrug'i bilan sodir etilganligini tan olishni talab qilishdi, ammo u rad etdi. So'roq paytida Gabriel ota shunday dedi: "Mening harakatimning sababi biz Leninga emas, xochga mixlangan Masihga sajda qilishimiz kerak. Siz yerdagi odamni ilohiy qila olmaysiz. "Leninga shon-sharaf!" emas, balki "Xudoga shon-sharaflar, Isoga shon-sharaflar". Ushbu tushuntirish Gruziya Oliy sudining qarori bilan avliyo Gabrielni "tibbiy ko'rikdan" o'tish uchun psixiatriya shifoxonasiga yuborilishiga olib keldi. U yerda 1965-yil 12 oktyabrgacha yetti oy qoldi, shu vaqt oralig‘ida turli xil qiynoqlarga duchor bo'ldi. U quyidagi tashxis bilan bo'shatilgan: "Shizofreniyaga o'xshash psixotik holatlarga moyil bo'lgan psixopatik shaxs, noaniq past ovozda ming'irlaydi; samoviy kuchlar, Xudo va farishtalarning mavjudligiga ishonadi. Suhbatlarining asosiy mavzusi olam Allohning inoyati bilan yaratilgan. Bo'limda u o'zini alohida ajratib tutadi, agar kimdir u bilan suhbat boshlasa, u albatta unga Xudoni, farishtalarni va ikonalarni eslatadi". 2014-yil 25-dekabrda Rus provaslav cherkovining Muqaddas yig‘ini “Rus pravoslav cherkovining oylik kitobiga Muqaddas Samtavriyalik Gabriel nomini 2-noyabrda uning xotirasi nishonlanishini belgilash bilan birga kiritish to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Gruziya pravoslav cherkovida avliyo sifatida nomi ham oqlandi. Uning sharafiga bir nechta ko'chalarga nomlari qo‘yildi. Tarix g‘alati. To‘g‘ri ishlar ham, noto'g'ri faoliyatlar ham albatta avlodlar tomonidan munosib baholanadi. Ammo qaysi avlod buni qiladi shu vaqt masalasi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
9846Loading...
14
👑TOJ BEG SAROYI YOXUD OXIRIGA YETMAGAN ORZU    📏📏📏📏📏📏📏📏📏 💧Ushbu saroy 1920-yillarda Afg'oniston qiroli Omonullaxon tomonidan Kobulning janubi-g'arbida bo'lajak  Afg'onistonning modernistik kelajagi uchun qayta tiklanadigan poytaxti markazlaridan biri sifatida qurilgan edi. ❄️Biroq, "Yosh afg'onlar" ga xayrixoh bo'lgan Omonullaxonning orzulari ro'yobga chiqmadi. 1929-yilda Omonullaxon va qirolicha Surayyo Tarziy hukmronligi mamlakat sharqidagi konservatorlar tomonidan ag'darildi va Afg'onistondan tark etib umrini oxirigacha Shveysariyada yashaydi hamda 1960-yilda Syurix shahrida vafot etadi. ✨Aytish joizki ushbu saroy Yevropalashgan va modernizatsiya qilingan Afg‘oniston uchun eng yaxshi yodgorlik hisoblanar edi. 🕓Saroy qurilib, Omonullaxon humronligi ag'darilgandan so'ng bir necha yil o‘tib saroy bo‘m-bo‘sh qoldirildi. O'tgan yillar davomida u afg'on armiyasi, Sovet qo'shinlari va Tolibon va boshqalar tomonidan ishg'ol qilinib, vayronaga aylandi. 📍 Afg'oniston, KOBUL 👑 TOJ BEG saroyi (قصر تاج بیگ) 🇦🇫Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Afghanistan_analysis
9124Loading...
​​🦁 Qadimgi Ossuriyada qirollarning sher ovlash jarayonlaridagi tasvirlari ko‘p uchraydi. Nega? Mesopotamiya (aniqrog'i, qadimgi Ossuriya) tasviriy san'atining eng keng tarqalgan va mashhur mavzularidan biri, albatta, sher ovidir. 🗺Bir paytlar gʻarbda Suriya-Falastindan sharqda Hindistongacha, shimolda Zakavkaz va Kichik Osiyodan janubda Arabiston yarim orolining katta qismigacha boʻlgan hududlarda Osiyo sheri keng tarqalgan (ingliz manbalarda bu hayvonning ilmiy nomi Pantera leo persica tarzida uchraydi). 🤔Butun sharqda qirollik qudratining ramzi sherlar bo‘lgan. Samarqanddagi Sherdor madrasasi, Saljuqiylar bayrog‘i, boshqa Ko‘plab tangalar va tamg‘alarda bu hayvon tasviri bo‘lgan:
axir podshoh odamlarni boshqarganidek, sher ham hayvonlarning shohi hisoblanadi.
👑 Shuning uchun uni ovlash, qonxo'r Ossuriya hukmdorlari uchun sharafli masala deb hisoblangan. Shu tarzda monarx o'z fuqarolarini tabiatning zo'ravon kuchlaridan, himoya qiladi va bu orqali xudolarning marhamatiga sazovor bo'ladi deb ishonilgan. Bundan tashqari, sherlar ko'pincha qishloq xo'jaligi yerlariga hujum qilib, beparvo dehqonlarni yutib yuborishardi yoki butun chorva mollarini bo‘g‘izlashi qishloqdagi butun hayotni falaj qilishi, ba'zida ocharchilik yoki hosilning yetishmasligiga olib kelishi mumkin bo'lgan. 🌾 Bularning barchasi bir tomondan yirtqichlarga qarshi kurash, ikkinchi tomondan ilohiy kuchga qarshi kurash shaklida javob berishni talab qildi. Yirtqich hayvonlarni, ayniqsa, sherlarni ovlash o‘z fuqarolariga podshohning o‘z xalqini himoya qilishga qodir rahbar sifatidagi qobiliyatini namoyish etishning eng samarali targ‘ibot vositasi bo‘lgan. ⛓‍💥Ov quyidagicha bo'lib o'tgan: dastlab sher (yoki 2 dan 4 tagacha bo'lgan kichik sherlar guruhi) aylanma usullar bilan maxsus qafasli tuzoqlarga haydalgan: buning uchun musiqachilar va itlar olib kelingan. Bir so'z bilan aytganda, hayvonni shovqin bilan qo'rqitish va uni boshpanasini tark etishga majbur qilish kerak edi (ko'pincha bular Dajla va Furot daryolarining botqoqli joylarida bo'lib, u yerda sherlar uy qurishgan) va uni qafas bilan chuqurga haydash kerak edi, keyin yirtqichlar harbiylar va otliqlar kuzatuvi ostida qirolning oldindan panjara bilan o'ralgan ov joylariga olib borilgan. Qo'lga olingan sherlar, shuningdek, to'qilgan yoki bronza qalqonlardan devor yasagan qalqonli askarlar tomonidan yaratilgan yopiq maydonga qo'yib yuborilishi mumkin edi. Ba'zi yirtqichlar yog'och qafas qutilaridan ozod qilingan holda tasvirlangan, u tepada joylashgan kichikroq minora qutisiga o'tirgan maxsus shaxs tomonidan darvozani ko'targan. (To‘liq rasmlarni izohlardan topasiz) Aytishga hojat yo'qki, bunday "ov" ov emas oddiy "kelishuv" edi: Sherlar bahaybatligiga qaramasdan hukmdorning momaqaldiroqdek yaltiroq aravalariga, o'qlar va nayzalar yomg'irida, shuningdek, Ossuriya shohi qurolli qo'riqchilarining bronza qilichlariga qarshi zarracha imkoniyatga ega emas edi. Ko'pincha sher qattiq yaralangan (masalan, umurtqa pog'onasi o'q yoki qilich bilan jarohatlangan) va podshoh allaqachon qisman falaj bo'lgan, charchagan, ammo g'azablangan hayvonni taqdirini hal qilgan; Bu bilan podshohlarning hech qanday qudratini tasvirlab bo‘lmaydi. Ammo internet mavjud bo‘lmagan zamonlarda buni odamlarga tushuntirib bo‘larmidi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...

👍 12
#sharq_sanati #Etnografiya 💡Bizni kanal obunachilari zo‘rda. Manabu linkni yuborib yozmadingizku kutyapmiz debti. Shundan kelib chiqib ozroq izlanib ajoyib fakt topdim: TANDIR so'zi, shuningdek, qadimgi Mesopotamiya (Akkad) tilidan kelib chiqqan bo'lib, ikki qismdan iborat ekan: "tin va nur" yoki "tinuru", ya'ni "yer (yoki loy)) va olov (yoki yorug'lik)" ya‘ni yonuvchi yer yoki olovli loy degan ma‘nolarni bildiradi. Albatta bunga qarshi fikrlar bizni turkologlarimizdan chiqib qolsa jon deb muhokama qilamiz. Yana bir qiziq narsa aytaymi? Tandirni ajoyibroq rasmini izlayman deb GOOGLE ga yozsam nuqul "Tandir go‘sht" yoki "Qashqadaryo tandiri"ni topib beryapti. P.S Tandirning ham funksiyasi oʻzgarib bizning tandirlarda non emas go‘sht yoki go‘shtli taomlar ko‘p pishirilayotganidan dalolat bu. Gap gap 100+ 👍 bo‘lsa Non va Tandir tarixi xususida batafsil post bo‘ladi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 42
#manba_ulshamiz VIII-IX asr boshlarida ilk arab tarixshunosi va nasabnomachilaridan biri Hishom ibn Kalbiy (هشام بن محمد بن السائب الكلبي) «Kitob al-asnam (کتاب الأصنام) asarini yozgan.
Bu islomgacha boʻlgan davrdagi arablarning dini, tili va madaniyati haqida bizgacha yetib kelgan yagona asardir.
Asar Arabistonga ko'p xudolikning kirib kelishi haqidagi hikoyalarni o'z ichiga olgan, turli arab qabilalari (semit) va arablar butlari, marosimlar, qurbonliklar, muqaddas joylarga ziyorat qilishning tavsiflari berilgan. Matnni ilk marta 1914-yilda misrlik filolog Ahmad Zakiy Posho kashf etgan, u "Arabshunoslar shayxi" (shayx al-Arabiyya/ شيخ العروبة) nomi bilan mashhur. Matn ustida olim 10 yil ishlab 1924 yilda chop etgan P.S Kitobni sizlar bilan bo‘lishamiz. Arab xalqlarining Islomdan oldingi tarixi bilan shug'ullanuvchi tadqiqotlar uchun manfaatli bo‘ladi degan umiddamiz. Kitob bilan bu link orqali tanishishingiz mumkin. Bu manba hozirgi davrdagi ko‘plab savollarga ham javob beradi. 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 13
​​Ibrohimbek qo‘rboshi qo‘shinining qabilaviy tarkibi Muhammad Ibrohimbek 1889 yilda hozirgi Dushanbe shahridan o‘n ikki kilometr uzoqlikdagi Ko‘ktoshda tug‘ilgan. Uning oʻzi laqay qabilasining kenja urugʻi — Esonxoʻjadan. 1920-yilda oʻz qabilasining bekiga aylanib, Buxoro amiri Said Olimxon xizmatiga kiradi, u 1920-yil sentabrda Turkistonda sovet hokimiyati oʻrnatilgach, Afgʻonistonga qochib ketadi. 1921-yildan 1924-yil oxirigacha maxsus komissiya maʼlumotlariga koʻra, Sharqiy Buxoro (hozirgi Tojikiston) aholisidan 200-250 ming kishi (50 ming xonadon) Afgʻonistonga muhojir sifatida koʻchib kelgan, yaʼni Sharqiy Buxoro umumiy aholisining toʻrtdan bir qismi. Shuningdek, muhojirlarning etnik tarkibi xilma-xil bo'lib, asosan, laqay, qo'ng'rot, durman kabi o'zbek urug'lari, shuningdek, tojik, turkman va qirg'izlar bo'lgan. Ibrohibek qoʻshinlari tarkibida Afgʻonistondan koʻp sonli oʻzbek va tojiklar ham bor edi. Ibrohimbekning sheriklari, shuningdek, unga bo'ysungan qo‘rboshilar haqida ma'lumotlar mavjud. Ibrohimbek qoʻshinida eng koʻp oʻzbek qatag‘on urugʻining vakillari boʻlgan: 1. Ibrohimbekning asosiy ittifoqchilaridan biri bo‘lgan Toluqondagi qatag‘on urug‘ining boshlig‘i Abdushukur. 2. Mulla Ko‘lobning 300 yigitlik otryadi bor edi. 3. Iskoshimlik Mulla Imomqul, uning otryadida 400 yigit bor edi. 4. Nahrinlik Mulla Latif, 200 yigiti bilan. 5. Siyatlik Mulla Sulton, uning otryadi 150 yigitdan iborat edi. 6. Banguylik Mulla Abdusamatning 100 nafar yigiti bor edi. 7. Toluqonlik Xolmamat, 100 yigit. 8. Toluqonlik mulla Abdushukur, 100 yigit. 9. Oqmurod - Qatag‘on urugʻidan, Rustokdan, 100 Yigit. 10. Xazorgaklik bo‘ri, 50 yigit. 11. Jibirbuloqlik Xolmuhammad, 50 yigit. Ibrohimbek tarafida kurashgan qoʻngʻirotlar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar bor; Uning otryadida Qo‘rboshi Mulla Xoldor, Mulla Jaylov, Polvonxo‘ja, Boysari, Mulla Jo‘ralar ham jang qilgan. Qayd etilishicha, bu otryad afg‘onlardan tortib olingan ingliz miltiqlari bilan qurollangan. Moʻgʻul urugʻidan bo‘lgan qo‘rbashilar haqida ham maʼlumotlar mavjud: 1. Toluqonlik Rustam botirning 400 yigiti bor edi. 2. Badaxshonlik Polvon Imomnazar, 100 kishi. Ibrohimbek qoʻshinida Qang‘li urugʻidan boʻlgan oʻzbeklar ham bor edi: 1. Mozori Sharif yaqinidagi Oybek qishlog‘idan Arziqulning 400 nafar yigiti bor edi. 2. Mozori Sharif yaqinidagi Dalam qishlog‘idan mulla Imomyor, 100 yigit. 3. Mozori Sharif yaqinidagi Qorabo‘yin qishlog‘idan Mulla Abdukarim, 100 yigit. Jumladan, tojiklardan Qo‘rboshilar bor edi: 1. Nahrinlik Shaqulxo‘ja, 100 yigit. 2. Toluqonlik Bobo Niholband, 100 kishi; 3. Ishkashim tumani Shir qishlog‘idan mandarachi, 100 kishi bo‘lgan. Ma’lumotlar olingan manba: N. Nazarov. Muhammad Ibrohimbek Laqay. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...

👍 25🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tarixiy_iqtibos "Urush insoniyatning tabiiy holatidir" Ilgari, men Immanuel Kantning Toms Gobbs bilan inson mavjudligining asosiy prinsipi bo'yicha bir xil qarashlarga ega ekanligiga e‘tibor bermagan edim. Urush uchun hech qanday maxsus turtki beruvchi sabablar kerak emas: u inson tabiatiga singdirilgan va hatto olijanob narsa deb hisoblanadi. Urushga odam foyda chanqog'i tufayli emas, balki shuhratparastlik illati tufayli kiradi; Bu shuni anglatadiki, harbiy jasorat urush paytida yaxshi namoyish etiladi (bu haqiqat) degan xato fikr tufayli, anashu jasoratni ko'rsatish uchun urushlar boshlanadi; Urushning o'zida odam ichki dunyosini, qadr-qimmatini ko‘radi. Shuning uchun hatto faylasuflar ham urushni insoniyatning olijanob hodisasi sifatida ulug'laydilar. Ammo yunonlarning mashhur iborasini keltirmoqchiman:
"Urush yomon, chunki u yovuz odamlarni yo'q qilishdan ko'ra ko'proq yaratadi".
Manbalar: Кант, И. (1966). К вечному миру. 1795. Кант. Избранное, (3) Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 13🔥 2😱 1🎉 1
#sehrli_sharq 🇮🇶🇸🇦Iroq davlati hududida nomi bilan sizni hayratga soladigan etnik guruh mavjud. Ular "botqoq arablari" yoki "maadanlar" deb ataladi. Ular Dajla va Furot daryolari kesishgan Mesopotamiyada yashaydilar. Kichik ko'llar va balchiqli botqoqlar o'lkasi bo‘lmish 15 ming kvadrat kilometr nam yopishqoq yer, baland qamishlar, loyqa suvlar va kichik sun'iy orollar jamlanmasini botqoqlik qirolligi deyish mumkin. 👑Maadanliklar shumerlarning bevosita avlodlari hisoblanadilar, ular asrlar davomida
Mesopotamiya botqoqlarida yashagan, sholi yetishtirgan, baliqchilik bilan shugʻullangan, qamish yetishtirgan; 🌳Maadanliklar asrlar davomida butunlay botqoqlik va soylar resurslariga tayangan, tashqi dunyodan butunlay ajratilgan yopiq tsivilizatsiya yaratishga muvaffaq bo'lishdi.
Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 15 1
​​Migratsiya razvedkasi Ko'pchilik G'arb davlatlarida migratsiya razvedkasi (yoki kontrrazvedka) borligini juda kutilmaganda bilib oldim. Buyuk Britaniyada bu zobitlar Ichki ishlar vazirligiga hisobot beradi va xorijdagi immigratsiya bo'yicha aloqa xodimlari (overseas immigration liaison officers) deb ataladi. Sasseks universiteti tadqiqotchisi Nikol Ostrandning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarida bunday migratsiya razvedka bo‘linmalarining shakllanishi chegara nazoratini (externalization of borders control) yaxshiroq tashkilashtirishning bir qismidir. Bu jarayon mamlakatga migrantlar oqimini uzoq nuqtada, hatto migrantlarni mamlakatga kirishidan oldin nazorat qiladigan jarayondir. (Tasavvur qilyapsizmi? Men Londonga migratsiya qilishni boshlamasimdan avval ular men haqimda hamma narsani bilishadi) Migratsiya razvedkasi xodimlari nima ish bilan shug‘ullanadi? ⬇️ ▪️Mamlakat milliy xavfsizligi uchun potentsial xavfli bo'lgan odamlarning kirib kelishining oldini olishga yordam beradigan razvedka ma'lumotlarini to'plash. Bunga odam savdogarlari, kontrabandachilar, soxta hujjatlar bilan kiruvchi shaxslar, noqonuniy migrantlar va boshqalarni nazorat qilish kiradi. ▪️Ular notinch davlatlar va boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlar uchun tranzit vazifasini bajaradigan mamlakatlardan kadrlar tayyorlashmoqda. Ular rasmiylarga qalbaki hujjatlarni aniqlashning yangi texnologiyalari haqida ma'lumot beradi, razvedka ma'lumotlarini almashadi va hokazo. ▪️Boshqa mamlakatlarning, shu jumladan Global Shimoldagi aksariyat mamlakatlarning migratsiya razvedkasi xodimlari bilan maʼlumot toʻplash va almashish ham ular zimmasida. Ular yagona strategiya doirasida ish olib boradi va bu yo‘nalishda bir-birlarining sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi Ostrand ta'kidlaganidek, ushbu razvedka xodimlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar hukumatning migratsiya siyosatini shakllantiradi. Misol tariqasida, Suriya, Liviya va Misr fuqarolari uchun mamlakatga cheklovli tranzit vizalari joriy etilishini tushuntiruvchi Ichki ishlar vazirligi hujjatiga qarashingiz mumkin. Hujjat migratsiya razvedkasi xodimlarining hisobotlari asosida tuzilgan. 👇 Xaritada Britaniya migratsiya razvedkasi faoliyati geografiyasi ko'rsatilgan. Unda qaysi mamlakatlarda ushbu razvedka tarmoqlari ishlashini ko'rish mumkin. Ostrand, N. (2022). Overseas immigration liaison officers:‘Knowledge brokers’ and transnational spaces of mid-level negotiations shaping extraterritorial migration control practices. Migration Studies, 10(1), 41-61. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...

👍 10 1
#sharq_sanati 🇺🇳2021-yilda YUNESKO arab xattotligini nomoddiy madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritdi. Arab xattotligi VII asrga - muqaddas Qur'onning paydo bo'lgan vaqtiga borib taqaladi. ☪️ Arxitektura va rangtasvirda arab yozuvidan foydalaniladi. U bilan kitoblar, masjidlar, rasmlar va boshqa narsalar bezatilgan. Avvalgi saroylarning Zinalarining ushlagichlari, derazalar va eshiklarida, yog‘och o‘ymakorlikda arabiy harflar shunday mohirlik bilan yozilganki, siz ularni yozuvligini payqamay qolasiz. Yozuvlar muqaddas kalomdan parchalar keltirishdan tashqari, masus boshqotirmalar bilan uyg‘unlashtirilgan. Masalan Iroqdagi Bayt-ul Hikma - Donishmandlar uyida matematik va astronomik formulalar shu uslubda berilgan. Ammo buni faqat maxsus olimlar jamoasigina aniqlay olgan. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 14 1
👑 Hamma davrlarda ham mamlakat aholisida milliy ma’naviyat va vatanparvarlikni mustahkamlashning asosiy vositasi o‘tmishga yuz tutish bo‘lgan! 🇮🇶🗡🇮🇷Iroq va Eron o'rtasidagi og'ir urush (1980-1988) davrida Iroqning Bobil imperiyasining vorisi sifatidagi qiyofasini yaratish harakati keng rivojlandi. Saddam Husayn Bobil hukmdori Navuxodonosor II o'z fathlarida hozirgi Isroil va Eronni egallab olganligi ramziy misol sifatida talqin qilindi. 🛕Saddam Husayn saroyi Bobil hududida qurilgan. U tarixiy va diniy manzarali barelyeflar bilan bezatilgan, unda Saddam portreti yonida ruhoniylar va Bobil askarlari tasvirlangan. Saroy xonalaridan birining shiftini zamonaviy Iroq binolari va Bobil davridagi chizmalari bilan uyg‘unlashtirilgan. Tanglarda Saddam va Bobil hukmdori. ☪️
“Iroq prezidenti, buyuk posboni, g‘olib Saddam Husayn Bobilni qayta tiklash tashabbuskori va buyuk sivilizatsiya bunyodkori bo‘ldi"
degan so‘zlarni toshga o‘yilgan shakllarini ko'rishingiz mumkin. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Show all...
👍 11🔥 5👏 5
​​​​Islomdan oldingi arablar tuyani qanday nomlar bilan atashgan?🐪🐪 Arab tili hayvonlarga ham, jonsiz narsalarga ham atalgan epitetlarga boy til hisoblanadi. Birgina sher (أسد/asad) uchun qaswara (قسورة), hamza (حمزة), leyth (ليث), haydar (حيدر), usama (أسامة), dirgham(ضرغام), labu'a (urg‘ochi sher /لبؤة)... labua kabi 10 dan ortiq sinonimlar mavjud. Oxirgi sinonim LABUA juda qadimiy ildizlarga ega: rekonstruksiya qilingan protosemit tilida labu'a so'zi ham eng qadimgi semit tili bo'lgan akkad tilida sher ma'nosini bildirgan. Bundan xulosa qilish mumkinki qadimgi Mesopotamiyada shu so‘z sherni anglatgan. Lekin islomdan oldingi arablar yirik chorva mollarini, masalan, tuyalarni nima deb atashgan? Uy tuyasi uchun arablarda bu hayvonni urgʻochi yoki erkak boʻlishiga qarab 4 ta atama bor edi: 1️⃣Bahira (بحيرة) - katta nasl tug‘ib, qulog‘i kesilgan (ko‘pincha beshinchi bolasini tug‘gandan keyin va beshinchi bo‘taloq nar tuya bo‘lishi kerak bo‘lgan) shundan keyin Bahira tuyani bemalol o‘tlash uchun qo‘yib, yuborishgan. Beshinchi bolasi butlarga qurbonlikka bag‘ishlagan. 2️⃣Saiba (سائبة) - uzoq yurishdan, jangdan, safardan egasining eson-omon qaytishi yoki og'ir xastalik yoki boshqa darddan tuzalib ketishi sharafiga egasi tomonidan berilgan vadaga binoan qo'yib yuborilgan tuya. Arab yaylovlarida ko‘plab Saibalar bo‘lgan. Qaroqchilar asosan qo‘yib yuborilgan shunday turdagi tuyalarni tutib kelishgan va foydalanishgan. 3️⃣Vasila (وصيلة) - bu nom qo'y yoki urg‘ochi tuyani atash uchun foydalanilgan. U qiz tug‘ganda, islomdan oldingi arablar uni o‘zlari uchun saqlab qolishgan, agar erkak bo‘lsa, butga qurbonlik qilishgan. Qo‘y/tuya qarama-qarshi jinsdan egizak tug‘ganda, qo‘zi/tuya so‘yilmagan, balki uni qandaydir xudoga bag‘ishlab, tirik qoldirishgan. 4️⃣Ham (حام) - o'n marta tug'gan va shuning uchun butparastlarning butiga bag'ishlangan barcha mas'uliyatdan ozod qilingan (uni endi minish va tashishdan voz kechilgan). U qari tuya bo‘lib qo‘yib yuborilgach ham ularga mehribonchilik ko‘rsatishgan. Bu tuyalar "bakr" (بکر) so'zi bilan ham belgilangan. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Show all...

👍 10🔥 4🎉 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.